Mol go’shtining biriktiruvchi to’qima oqsillari o’rtasidaga kattaligi (triptofan-oksiprolinga musbati bilan) 7-j a d v a l
Ko’rsatkich
Semizlik
Yuqori
O’rta
O’rtadan past
Triptofan-oksiprolin
Biriktiruvchi to’qima oqsilining umumiy oqsilga nisbatan % i
5,8
2,1
4,8
2,4
2,5
3,5
Go’shtning sifat ko’rsatkichlari Go’shtning asosiy qismlaridan biri eksgrak moddalar bo’lib, ular azotli va azotsiz bo’ladi. 1 kg go’sht tarkibida o’rtacha 3,5 g azotli ekstrakt modda bor. Azotli ekstrakt moddalar cho’chqa go’shtida ko’p miqdorda bo’ladi: ularning umumiy miqdori 1 kg go’shtda 6,6 g ga yetadi. Eng kam ekstrakt modda qo’y go’shtida bo’ladi - 1 kg go’shtda 2,5 g. SHuning uchun eksxrakt moddalarni kamroq iste’mol qilish kerak bo’lsa, yog’siz qo’y go’shti tavsiya qilinadi.
Azotli ekstrakt moddalar.Bularga karnozin, kreatin, anserin, purinli asoslar (gipoksantin) va boshqalar kiradi. Ekstrakt moddalarning ahamiyati shundan iboratki, ular ovqatga ta’m beradi va oshqozon shirasi ajralishini kuchaytiradi. Azotli ekstrakt moddalar tufayli go’sht mazali bo’ladi.
Qatta yoshdagi hayvonlarning go’shti ekstrakt moddalarga boy bo’ladi va yosh hayvon go’shtiga nisbatan kuchli ta’mga ega. Qatta yoshli hayvon go’shtidan pishirilgan qaynatma sho’rvalar to’yimli bo’ladi. Go’shtdagi ekstrakt moddalar oshqozon bezi sekretsiyasining qo’zratuvchisi bo’lib hisoblanadi, shuning uchun kuchli sho’rvalar, qovurilgan go’shtlar oshqozon shirasi ajra- lishini kuchaytiradi. Qaynatilgan go’sht bunday xossaga ega Emas, shuning uchun u parhez maqsadida gastritlarda, oshqozon yarasida, jigar kasalliklarida ishlatiladi.