Guliston davlat universiteti «ishlab chiqarish texnologiyalari» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyalari» kafedrasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə4/22
tarix26.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#161375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
portal.guldu.uz-YOG`-MOYLARNI TADQIQ QILISH USULLARI VA EKSPERTIZASI (1)

Takrorlash uchun savollar:

  1. Xromatografiya usuli nimaga asoslangan?

  2. Xromatografiya usullari va ularning farqi nimada?

  3. Lipidlarni tarkibiy qisimlarga ajratish nimaga asoslangan?

  4. Eruvchanlik qobiliyati nimaga bog’liq?

  5. Taqsimlovchi xromatografiyani ta’riflang.


Adsorbsion-molekulyar xromatografiya.
ReJA: Adsorbsion va molekulyar xromatografiya. Taqsimlovchi xromatografiya.

Bu usul moddalarning har xil adsorbsiyalanish xususiyatiga asoslangan. Bunda taxlil qilinayotgan maxsulot tarkibidagi moddalarning, xromatografiyalash jarayonida eritma tarkibidan to’xtovsiz ravishda qattiq dispers faza yuzasiga adsorbsiyalanishi va desorbsiyalanishi amalga oshadi. Agar sorbsiyalanish tezligi desorbsiyalanish tezligiga teng, ya’ni sorbent yuzasiga vaqt birligida adsorbsiyalanayotgan molekulalar soni, shu vaqt ichida desorbsiyalanayotgan molekulalar soniga teng bo’lsa, adsorbsion tenglik vujudga keladi. Bu vaqtda moddalarning sorbent yuzasidagi va eritmadagi konsentrasiyalari o’zgarmay qoladi.


Adsorbsiyalangan moda miqdorining uning eritmadagi konsentrasiyasiga bog’liqligi Lengmyur tenglamasi bilan ifodalanadi.



Bunda, n - bir birlik sorbent yuzasiga adsorbsiyalangan modda miqdori.
Z – bir birlik sorbent yuzasida sorbsiyalanishi mumkin bo’lgan moddaning maksimal miqdori
W - adsorbsiyalanish koeffisiyenti
C - moddaning eritmadagi konsentrasiyasi.
Yuqoridagi bog’liqlikning o’zgarmas temperaturadagi grafik ko’rinishi adsorbsiya izotermasi deyiladi.
Suyultirilmagan eritmalarning adsorbsiyalanishi xolati uchun adsorbsiya izostermasi Freyndlixning imperik tenglamasiga bo’ysunadi.
P = a x s x b
Bunda, P – bir birlik sorbent yuzasiga sorbsiyalangan modda miqdori
S – eritmadagi modda miqdori
a va b – berilgan sistema uchun doimiy bo’lgan, sorbsiyalanadigan modda va adsorbent miqdori.
Adsorbsion xromatografiya usulining moxiyati shundaki, organik erituvchida ertilgan lipidlar aralashmasi, bir-biridan ajratilish maqsadida, kolonkaga (shisha naychaga) to’ldirilgan reaksion inert sorbent qatlami orqali o’tkaziladi. Aralashmadagi moddalarning turli sorbsiyalanish qobiliyatiga ko’ra ular bir- biridan ajaraladi. Bunda, kuchli sorbsiyalanuvchi moddalar kolonkaning yuqori qismida ushlanib qolsa, sorbsiyalanish qobiliyati kam bo’lgan aralashma tarkibidagi moddalar sorbent balandligi bo’yicha ma’lum ketma-ketlikda qatlam-qatlam bo’lib joylashadilar. Bu qatlamlar orqali toza erituvchi quyib, komponentlar qatlamini aniq chegaralash mumkin.
Moddaning sorbsiyalanish qobiliyati uning kimyoviy tuzilishi va tabiyatiga xamda, adsorbentning fizik va kimyoviy xossalariga bog’liq.
Adsorbsion xromatografiya prinsipiga ega bo’lgan yupqa qatlamli xromatografiya usuli lipidlardan fosfatidlar, tokaferollar guruxlarini aniqlashda qo’llaniladi.
Trigliserid va erkin yog’ kislotalar fraksiyalari esa gaz-suyuqlik xromatografiya usulidan foydalangan xolda taxlil qilinadi .
Taqsimlovchi xromatografiya – moylar tadqiqotida qog’ozli, yupqa qatlamli va kolonkali ko’rinishlarda ko’llaniladi. Bu usul 1941 yilda ishlab chiqilgan. Uning asosiga aralashma komponentlarining o’zaro qo’shilmaydigan – aralashmaydigan ikki suyuq faza orasidagi taqsimlanish koeffisiyentlari farqi qo’yilgan. Ikki suyuqlik fazalaridan biri sorbsiya kuchlari yordamida tutuvchi qattiq yuzasida xarakatsiz tursa, ikkinchisi to’xtovsiz qattiq tutuvchi faza orqali oqib o’tadi va xarakatli faza deyiladi.
Taqsimlovchi xromatografiyani bajarishning moxiyati quyidagicha: xarakatsiz suyuq fazali qattiq tutuvchi fazaga, aniqlanishi kerak bo’lgan modda joylanib, u orqali ikkinchi xarakatli faza o’tkaziladi. Ikki suyuq aza bir-biriga tekkan vaqtda, modda xarakatsiz suyuq fazadan xarakatli fazaga o’ta boshlaydi. Bu jarayon ikkala fazada moddaning konsentrasiyasi ma’lum qiymatga yetguncha davom etadi. Konsentrasiyalar nisbati Karistaning taqsimlanish qonuniga buysunib, quyidagi formula bilan ifodalanadi:
S1 / S2 = sonst = K
Bunda, S1 - moddaning xarakatsiz fazadagi konsentrasiyasi
S2 – moddaning xarakatli fazadagi konsentrasiyasi.
K – taqsimlanish koeffisiyenti.
Xar bir moddaning ikki faza orasidagi taqsimlanish koeffisiyenti, o’zxgarmas temperaturada, doimiydir. Aralashmaning ajratilishi kerak bo’lgan moddalari xar xil taqsimlanish koeffisiyentiga ega bo’lganligi sababli, xar xil tezlikda xarakatlanayotgan fazaga o’tib, qattiq tutuvchi faza bo’ylab xarakatlanadi va shu tariqa bir-biridan ajraladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin