Guliston davlat universiteti


muhofazasining boshlig’i etib o’sha korxonaning yoki tashkilotning boshlig’i tayinlanadi



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix06.06.2020
ölçüsü2,83 Mb.
#31713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
favqulotda vaziyatlar va fuqarolar muxofazasi


muhofazasining boshlig’i etib o’sha korxonaning yoki tashkilotning boshlig’i tayinlanadi.
 Fuqaro muhofazasi yana belgilangan vazifasiga ko’ra-umummaqsadli hamda xizmatli
tizimlarga bo’linadi. Umummaqsadli tizimlar zararlangan o’choqlarda qutqaruv ishlarini olib
boradilar. Xizmatli tizimlar esa maxsus tadbirlarni bajaruvchi xizmatlar-qidiruv ishlarini olib borish,
tibbiy yordam ko’rsatish, yong’inlarning tarqalishiga yo’l qo’ymaslik va ularni o’chirish, jamoat
tartibini saqlash, insonlar salomatligini tiklash, razvedka o’tkazish, avariya va texnikalarni tiklash,
himoya inshootlarida xizmat ko’rsatish va boshqa maxsus vazifalarni bajaruvchi tizimlarga bo’linadi.
  Fuqaro muhofazasi tizimlariga O’zbekiston Respublikasi fuqarolari: 18 yoshdan 60 yoshgacha
bo’lgan erkaklar, 18 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan ayollar qabul qilinadi, safarbarlik ko’rsatmasiga
ega bo’lgan harbiy xizmatga mansublar, 1,2,3-guruh nogironlari, homilador ayollar, 8 yoshga
to’lmagan bolalari bor ayollar, ayni paytda 3 yoshga to’lmagan bolalari bor o’rta yoki oliy tibbiy
ma’lumotli ayollar bundan mustasno.
 Yuqorida ta’kidlab o’tilgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollarda
harakatlarni boshqarishning davlat tizimini tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlash maqsadida
«O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi
to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 558-sonli (1998 y) qarori qabul
qilindi (ilovaga qarang).
  Ushbu qaror O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat
qilish davlat tizimi (FVDT)ning asosiy vazifalarini, uning tashkil etilishini, tarkibini va faoliyat
ko’rsatish tartibini belgilab beradi.
  FVDT ning asosiy vazifalari qo’yidagilardan iborat:
- Tinchlik va harbiy davrda aholi va hududlarni favqulodda  vaziyatlardan muhofaza qilish
sohasida huquqiy va iqtisodiy-me’yoriy hujjatlarning yagona kontsentsiyasini belgilash, ishlab chiqish
va uni amalga oshirish;
- Respublika hududidagi mumkin  bo’lgan texnogen va tabiiy favqulodda vaziyatlarni ifodalash,
bashoratlash, ularning oqibatlarini baholash;
- Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, odamlar xavsizligini ta’minlashga, xavfli
texnologiyalar va boshqa ishlab chiqarishlarning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-texnik
dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Boshqaruv organlari va tizimlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf
etish uchun mo’ljallangan kuch va vositalarining doimiy tayyorligini ta’minlash;
- Aholini, boshqaruv organlari boshliqlarini, FVDT kuch va vositalarini favqulodda vaziyatlarda
harakat qilishga tayyorlash;
- Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zahiralarini
yaratish;
- Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;
- Favqulodda vaziyatlardan zarar ko’rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga oid tadbirlarni amalga
oshirish;
- Favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish sohasida, shu jumladan, ularni tugatishda
bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish;
- Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlik
qilish.
FVDT hududiy va funktsional qo’yi tizimlardan iborat bo’lib, u Respublika, mahalliy va
ob’ektlar miqyosi darajasida bo’ladi.
FVDT ning hududiy qo’yi tizimlari o’z ma’muriy hududlari doirasida favqulodda vaziyatlarning
oldini olish va ularni bartaraf etish uchun qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va toshkent
shahrida tuzilgan hamda tegishli ravishda tumanlar, shaharlar, qishloqlar va ovullar miqyosida tashkil
topadi.
  FVDT hududiy qo’yi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil etish, kuch va vositalari tarkibi,
aoliyat ko’rsatish tartibi mahalliy geofizik va tabiiy, iqlim sharoitlarini, kuchli xavfli ob’ektlarning

20
mavjudligini hisobga olib belgilanadi hamda FVV bilan kelishilgan holda qoraqalpog’iston
Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan
tasdiqlanadi.
Fuqaro muhofazasi shtabi asosida quyidagi xizmatli tizimlar tashkil etiladi:
Aloqa va tashviqot
Meditsina
Radiatsiya va kimyoviy qurollar ta’siriga qarshi
Jamoat tartibini saqlash
Elektr ta’minoti
Avariya-texnikani ta’mirlash
Panada va qochoqlar maskanida xizmat ko’rsatish
Transportda xizmat ko’rsatish
Moddiy ta’minot va boshqa vazifalar.
       Bularga maxsus topshiriqlarni bajarish vazifalari topshiriladi. Yuqoridagi har bir xizmatga
fuqaro muhofazasi boshlig’i tomonidan rahbar etib, bo’lim, tsex, smena boshliqlari tayinlanadi.
Yuqorida ta’kidlangan fuqarolar muhofazasining xizmatli tizimlaridan tashqari texnika va transport
vositalariga maxsus qayta ishlov berishda fuqarolar muhofazasining bir qator xizmatli qismlari keng
ishlarni tashkil etadi.
NAZORAT TOPSHIRIQLARI:
1. O’zbekiston fuqaro muhofazasi organlari to’g’risida nimalar bilasiz.
2. Fuqaro muhofazasi vazifalariga nimalar kiradi.
3. Fuqarolar muhofazasi shtabi asosida qaysi xizmatli tizimlar tashkil etiladi.
4. O’zbekiston Respublikasi fuqarolar muhofazasi tizimiga aholining qaysi qatlamlari qabul
qilinadi.
MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI:
1. Fuqarolar muhofazasi va favqulodda vaziyatlar fanining maqsad va vazifalarini aniqlang.
2. Fuqarolar muhofazasi va favqulodda vaziyatlarning inson hayotidagi roli qanday.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Nigmatov I., Tojiev M.  “Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi”, o’quv-qo’llanma,
Toshkent, «Iqtisod-moliya», 2011 yil.
2. Tojiev M, Ne’matov I, Ilhomov.  “Favqulodda vaziyat va fuqaro muhofazasi”, o’quv-qo’llanma,
Toshkent, «Iqtisod-moliya», 2002 yil.
3. Sh.Ubaydullaev, A.Norboev, M.Ziyoeva, M.Ortiqov, U.Yo’ldoshev, O.Ortiqov “Chaqiruvga
qadar boshlang’ich tayyorgarlik”, o’quv qo’llanma, Toshkent, 2007 yil.
4. N.I. Akimov. «Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarida fuqarolar muhofazasi».Toshkent,
«Mehnat», 1983 yil.

21
2-MAVZU: ZAMONAVIY QIRG’IN QUROLLARI – YADROVIY, KIMYOVIY VA
BAKTERIOLOGIK QUROLLAR
ASOSIY SAVOLLAR:
2.1. QIRG’IN QUROLLARI HAQIDA TUSHUNCHA.
2.2. YaDROVIY QUROLLAR VA ULARNING XUSUSIYATLARI
2.3. KIMYoVIY QUROLLAR VA VA ULARNING XUSUSIYATLARI.
2.4. BAKTERIOLOGIK (BIOLOGIK) QUROLLAR.
2.5. ODDIY HUJUM VOSITALARI.
MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR:
Qirg’in qurollar, oddiy hujumkor qurollar, yadroviy aslahalar, birlamchi ta’sir omillari,
ikkilamchi ta’sir omillari, to’lqin zarbasi, yorug’lik nurlanishi, radiatsiya to’lqini, elektromagnit
impuls, portlatish turlari, kimyoviy qurollar, Vi-Iks,  zonan, zarin, iprit.
MAVZU BO’YICHA DARSNING MAQSADI:
Qirg’in qurollari haqidaa tushuncha berish va ularga qarshi chora tadbirini qo’llashni o’rgatish.
IDENTIV O’QUV MAQSADLARI:
1. Qirg’in qurollari haqidaa tushuncha bera oladi
2. Zamonaviy qirg’in qurollariga nimalar kirishini ayta oladi.
1. Zamonaviy qirg’in qurollarining ishlashi va qo’llashini tushuntira biladi.
2. Yadroviy qurollar ta’sirini tushunadi.
3. Yadroviy qurollar xususiyalaridan xabardor etadi.
4. Yadroviy qurollar, ularni ishlatilishini tushuntiradi
1-SAVOL BAYONI
Harbiy davrdagi favqulodda vaziyatlarga-zamonaviy ommaviy qirg’in qurollari qo’llanilishi
natijasida kelib chiqadigan favqulodda vaziyatlar kiradi.
Ommaviy qirg’in qurollari XX asrga kelib, juda ko’p va turli-tuman nomlarda ishlab
chiqarila boshlandi. Bunday qirg’in qurollariga yadroviy, kimyoviy, biologik, nurli va boshqa
qurollar kiradi. Ushbu qurollarning qirg’in qurollari, deb atalishiga sabab — juda katta
miqyosda vayronagarchilik va yo’q qilish kuchiga ega bo’lganida.
• Yadroviy qurollar — tirik organizmni, jamiki inshootlar, texnikalarni qattiq shikastlaydi.
• Kimyoviy qurollar — ular ta’sir etgan jamiki mavjudotlar, narsalarni zaharlab, oldingi
holatiga qaytarib bo’lmaydigan darajaga tushirib qo’yadi.
• Biologik qurollar — bunday qurollar tirik mayjudotlarga kuchli kasallik tarqatish usuliga
asoslanadi.
• Nurli qurollar — bu qurollarning ta’sir etish xususiyati termomexanik ta’sirga
asoslangan. Ya’ni, nurlar dastasining ob’ektga yo’naltirilishi. Bunda ob’ekt (tank, texnika va
h.k.) suyulib ketadi.
2-SAVOL BAYONI
YaDRO QUROLI ENG KUChLI ZARBA BERUVChI QUROLLARDAN
.
Yadro quroli portlaganda, hatto
havo ochiq kunda ham osmonni va bir necha o’n kilometr atrofidagi joylarni yoritib turadigan
darajada ravshan chaqnash paydo bo’ladi, momaqaldiroqqa o’xshash, quloqni kar qilarli darajada
qattiq tovush chiqadi. Bu tovush bir necha o’n kilometr uzoqlikdan ham eshitiladi. Agar yadro
quroli havoda portlatilgan bo’lsa, chaqnash paydo bo’lgandan keyinroq olov shar (agar erda
portlatilgan bo’lsa, yarim shar) paydo bo’ladi. Olov shar tez kattalashib, yuqoriga ko’tariladi va
sovib, qo’ziqorin shakliga o’xshab ketadigan, burqirab turgan bulutga aylanadi (rasmlarga qarang).

22
Yadroviy portlash tashqi muhit jabhalaridan 5 xil zararlovchi omillar bilan ta’sir ko’rsatadi:
- zabr to’lqini;
- yorug’lik nurlanishi;
- o’tuvchi (sinuvchi) radiatsiya;
- joylarning radioaktiv zaharlanishi;
- elektromagnit impulsi.
Zarb to’lqini (suv osti, er osti, seysmik  silkinish to’lqini) binolarni,  er ustidagi va ostidagi
qurilmalarini, suv inshootlarini, texnikalarini vayron qilish bilan birga odamlar va hayvonlarga katta
zarba beradi. Zarb to’lqini atrofga tovush tezligidan katta tezlik bilan tarqaluvchi siqilgan havo
qatlamidir. Hushdan ketish, eshitish organlarining shikastlanishi, a’zolarining joyidan chiqib ketishi,
burun va quloqdan qon ketishi kuzatiladi, bu belgilar o’rtachazaharlanishdan kuzatiladi. Og’ir
holatlarda og’ir jarohatlarga olib boradi.
Yorug’lik nurlanishi- ko’rinuvchi ultrabinafsha va infraqizil nurlarni o’z ichiga oluvchi nur
energiyasi oqimi. Uning manbai portlashning qizib ketgan mahsulotlari va havo tomonidan hosil

23
qilinadigan nurlanuvchi maydon. Yorug’lik nurlanishi deyarli ko’z ochib-yumguncha tarqaladi va
portlash kuchiga qarab 20 soniyagacha davom etadi. Muddat shunchalik qisqa bo’lishiga qaramasdan
teri kuyadi, ko’rish organlari shikastlanadi, yonuvchi material va ob’ektlar yonib ketadi.
O’tuvchi radiatsiya (singuvchi) gamma-nurlar va neytronlar oqimidan iborat, bu oqim bir necha
soniyada tevarak-atrofga tarqaladi. Nurlanish ta’sirida organizmda biologik jarayon ro’y berib,
nurlanish kasalligining rivojlanishiga olib keladi.
Joylarning radioaktiv zaharlanishi –yadro portlashi bulutidan radioaktiv moddalarning tushish
tufayli ro’y beradi. Radiatsiyaning yuqori darajasi faqat portlashi yuz bergan joydagina emas, balki
o’nlab va yuzlab  kilometr  masofada kuzatilishi mumkin. Sekin-asta joyning radiatsiya darajasi
kamayib boradi.
Elektromagnit impulsi (EMI)- portlash  vaqtida paydo bo’ladi. Odamlar, hayvonlar,
o’simliklarga ta’sir ko’rsatmaydi.  U aloqa va elektr tarmoqlarini, radioaloqani o’tkazuvchi
apparaturani ishdan chiqaradi.
3-SAVOL BAYONI
KIMYOVIY
QUROL-o’ta xavfli qurollardan biri bo’lib, uning asosini zaharli   moddalar tashkil
etadi. Bu qurol oz miqdorda qo’llanilganda ham juda ko’p joylarni zaharlashi mumkin. Zaharli
moddalar odam organizmiga ta’siri jihatidan qo’yidagi guruhlarga bo’linadi:
- Asab sistemasiga ta’sir qiluvchi-nervnoparalitik, asosan nerv sistemasini zaharlaydi, bularga
zarin (zamon) va  V-gazlari turidagi zaharli moddalar kiradi;
- terini iritib yuboruvchi-terida uzoq bitmaydigan yaralar hosil qilishi bilan terini shikastlaydi,
bularga  iprit kiradi;
-bug’uvchi zaharli moddalar, organizmga nafas olish organlari  orqali ta’sir qiladi, fosgen,
difosgen zaharli moddalar kiradi4
- umumzaharlovchi moddalar-organizmning butunlay zaharlanishiga olib keladi, bularga sinil
kislota, xlortsian kiradi.
- ta’sirlash xususiyatiga ega bo’lgan zaharli moddalar, bu zaharli moddalarga si-es, adamsit va
boshqalar kiradi;
-ruhiy, ruhiyatga ta’sir qiluvchi zaharli moddalar, bularga bi-zet zaharli moddasi kirib, asosan
markaziy nerv sistemasiga ta’sir qiladi. Odamlarni psixik esankiratadi, qo’rqinch paydo qiladi.
Eshitmaydigan, ko’rmaydigan og’ir ahvolga soladi.
  Zaharli moddalar nafaqat inson va hayvonlarni, balki oziq-ovqatlarni, suv, havo, em-xashakni
ham birdek zaharlashi mumkin.
4-SAVOL BAYONI
BAKTERIOLOGIK (BIOLOGIK) QUROLLAR-bu insonlarni, qishloq xo’jaligi
hayvonlarini, o’simliklarini ommaviy zararlovchi quroldir. Bu qurol asosini kasallik tug’diruvchi
mikroblar va toksinlar tashkil etadi. O’ziga xos xususiyatlaridan biri, bu qurollarning juda ham oz
miqdori, juda tez tarqalib, odamlar va hayvonlarda kasallik keltirib chiqaradi.
Ularning yashirin davri xavfli va kasalliklar uzoq vaqt, oziq-ovqat  mahsulotlarida, suvda,
tuproqda, kiyim-kechak va anjomlarda, hamda hayvonlar,  kemiruvchilar, kanalar, hasharotlar va qurt-
qumursqalar organizmlarida saqlanib qoladi.
Bakteriologik qurollar qo’yidagi kasalliklarni chiqaradi: Leptospiroz,  sibir yarasi, vabo,
brutsellyoz, o’lat, terlama, tulyaremiya, sariq kasalligi va boshqalar.
5-SAVOL BAYONI
Oddiy hujum qurollari alohida yoki ommaviy qirg’in qurollari bilan birgalikda dushmanning
aholisini, texnikasini shikastlash uchun hamda  ob’ektlarni buzish va yo’q qilib yuborish maqsadida
ishlatilishi mumkin.
Oddiy hujum vositalariga parchalanuvchi, fugas, kumulyativ, beton  buzuvchi, yondiruvchi
aslahalar, hajmiy portlash aslahalari kiradi.
Parchalanuvchi aslahalar asosan odamlarga talofat etkazish uun mo’ljallangan, ularning ichida
eng samaralisi sharikli bombalar hisoblanadi. Sharikli bombalar samolyotlardan kassetalarda
tashlanadi. Har bir kassetada  96 tadan 640 tagacha bomba bo’ladi. Bunday  kasseta er ustida ochilib,

24
bombalar har tarafga otilib chiqadi. Har bir bombaning parchalarini o’ldirish kuchi 15 metr   radiusda
saqlanadi.
Fugas aslahalar asosan sanoat, turar joy va ma’muriy binolarni, temir  yo’llarni buzish, texnika
va odamlarga talafot etkazish uchun mo’ljallangan.
Kumulyativ aslahalar himoyalangan nishonlarni yo’qotish uchun mo’ljallangan.
Yondiruvchi aslahalar odamlarni shikastlash uchun, binolarni va ishlab chiqarish ob’ektlarini,
aholi yashaydigan maskanlarni, omborlarni, transport vositalarni yondirish, yo’q qilish uchun
mo’ljallangan. Yondiruvchi aslahalar 4 xil bo’ladi; napalmali, pirogel, termitli, fosforli.
Hajmiy portlash aslahasi ishlatilganda havoda aralashmaning 15 metr radiusda va 2-3 metr
qalinlikdagi yoqilg’i havo aralashmasining sferik buluti hosil bo’ladi. Bu bulut detonator yordamida
portlatiladi. quvvati jihatidan yadroviy qurolga yaqinlashib qoladi.
NAZORAT TOPSHIRIQLARI:
1. Qirg’in qurollari haqida tushuncha bering.
2. Kimyoviy qurollar ta’sirini izohlab bering.
3. Biologik qurollarning tirik mavjudotga ta’sirini tushuntiring.
4. Yadro qurollar ishlatishda nimalarga e’tibor qaratish muhimligini tushuntiring.
5. Yadro qurollari ta’siri va hozirgi kunda sinalayotgan yadroviy qurollarni sanab o’ting.
6. Yadroviy qurollar va uning olib keladigan oqibatlari haqidaa tushuncha bering.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Nigmatov I., Tojiev M.  “Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi”, o’quv-qo’llanma,
Toshkent, «Iqtisod-moliya», 2011 yil.
2. Tojiev M, Ne’matov I, Ilhomov.  “Favqulodda vaziyat va fuqaro muhofazasi”, o’quv-qo’llanma,
Toshkent, «Iqtisod-moliya», 2002 yil.
3. Sh.Ubaydullaev, A.Norboev, M.Ziyoeva, M.Ortiqov, U.Yo’ldoshev, O.Ortiqov “Chaqiruvga
qadar boshlang’ich tayyorgarlik”, o’quv qo’llanma, Toshkent, 2007 yil.
4. N.I. Akimov. «Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarida fuqarolar muhofazasi».Toshkent,
«Mehnat», 1983 yil.

25
3-MAVZU: O’ZBEKISTONDA KUZATILADIGAN TABIIY OFATLAR
ASOSIY SAVOLLAR:
3.1. TABIIY OFATLAR HAQIDA MA’LUMOT.
3.2. ER QIMIRLAShI (ZILZILA).
3.3. ER SURILIShI (KO’ChKI).
3.4. SUV TOShQINLARI, SEL KELIShI. KUChLI ShAMOL (TO’FONLAR), BO’RONLAR, QUYuNLAR
(SMERCh).
MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR:
Er silqinishi, epitsentr, gikotsentr, magnituda, ball, er silqinishi belgilari, suv toshqini, kuchli
shamol, seysmoaktiv hududlar, sellar, tektonik er silkinishi. Vulqoniy er silkinishi, er o’pirilishi, er
siljishi, ko’chki, qor ko’chkisi, davul, tornado, smerch.
MAVZU BO’YICHA DARSNING MAQSADI:
Tabiiy ofatlar haqidaa tushuncha berish, tabiiy ofatlardan qanday saqlanish usullari mavjud
ekanligini o’rganitish.
IDENTIV O’QUV MAQSADLARI:
1. Tabiiy ofatlar turlarini sanab o’ta oladi.
2. Tabiiy ofatlar turlarini ta’riflaydi va izohlab beradi.
3.  Tabiiy ofatlardan saqlanishni tushuntiradi.
1-SAVOL BAYONI
Vatanimiz  hududlarida tabiiy ofatlarning ko’proq uchrab turishi uning tabiiy tuzilishi bilan
bog’liqdir.
Har bir tabiiy ofat sodir bo’lish joyi, sababi, ko’lami, u bilan bog’liq bo’lgan moddiy zarar va
boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Respublikamiz hududlarida uchraydigan tabiiy ofatlarning hosil bo’lishida geofizik,
gidrogeologik, atmosfera va boshqa omillar asosiy o’rinni egallaydi. Ular oqibatida hayot xavfsizligi
buziladi, insonlar nobud bo’ladi, iqtisodiyot inshoatlariob’ektlariga turli darajada moddiy zarar
etkaziladi.
Geofizik omillar- erning fizik xususiyati (magnit, elektr, gamma faollik, issiqlik va boshqalar)
natijasida yuzaga keladigan turli noxush vaziyatlarni sodir etadi.
Geologik omillar- erning paydo bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan va hozirgi vaqtgacha davom etib
kelayotgan ichki va tashqi kuchlari ta’sirida paydo bo’ladigan xavfli vaziyatlarni yuzaga keltiradi.
Gidrogeologik omillar – er ichki va yuzasidagi suvlar (gidrosfera) ta’sirida bevosita yuzaga
keladigan noxush vaziyatlar tushuniladi.
Atmosfera omillari – erning atmosfera  qatlamidagi o’zgarishlar (iqlim, ob-havo, ifloslanish,
ozon qatlami va b)  natijasida xavfli holatlarga olib keladi.
Tabiiy ofatlar qo’yidagi turlarga bo’linadi:
Geologik xavfli hodisalar: zilzila, er ko’chkilari, o’pirilish, to’proq emirilishlari;
Gidrometeorologik xavfli hodisalar: qor ko’chish, kuchli shamol (dovul), kuchli
yog’ingarchilik (jala),  sel, suv toshqini.
Epidemiologik, epizootik, epifitotik vaziyatlar.
Yuqorida qayd qilingan tabiiy ofatlar sodir bo’lish ko’lami, ya’ni ular qamrab olgan
hududlarning kattaligiga  qarab ham bir necha turlari: lokal, mahalliy, mintaqaviy va transchegarali
turlarga.
2-SAVOL BAYONI
ZILZILA – tabiatda sodir bo’ladigan eng xavfli hodisalarning biridir. YuNESKO ma’lumotiga ko’ra
zilzila yuzaga  keladigan iqtisodiy zarar va insonlar halokati bo’yicha tabiiy ofatlarning ichida birinchi
o’rinni egallaydi.

26
Zilzila-er tebranishlari bo’lib, qisqa (10-15 sek) muddat ichida bir necha minglab aholiga ega bo’lgan
shaharlarni vayron qilish qudratiga ega.
Ma’lum bir joyda keltirilgan zarar darajasini zilzila kuchi deb ataymiz va u ballarda o’lchanadi. Zilzila
kuchi Merkalining 12 balli shkalasi yordamida o’lchanadi. Vatanimizda bu shkalaning «MSK-64» shkalasi
qo’llaniladi.
«MSK-64» shkalasi:
1. Sezilmaydigan zilzilalar. Er tebranishining kuchi insonlar sezadigan darajaga etmaydi. Uni faqat
tebranishni qayd qiluvchi maxsus asboblar-seysmograflar yordamida qayd etish mumkin.
2. Zo’rg’a seziluvchi zilzilalar. Zilzila kuchini binoning ichida harakatsiz holatda bo’lgan, ayniqsa
yuqori qavatlarda bo’lgan ayrim insonlar sezishi mumkin.
3. Erning kuchsiz tebranishi. Zilzilani bino ichida bo’lgan insonlarning ayrimlari, ochiq joyda
bo’lganlardan faqat tinch holatda turganlarigina sezadi. Tebranish go’yo ma’lum masofadan yuk mashinasi
o’tgandek tuyuladi. Sinchkov kuzatuvchi osma holatda bo’lgan predmetlarning engil tebranishini ilg’ab
oladi, binolarning yuqori qavatlarida tebranish nisbatan kuchliroq bo’ladi.
4. Sezilarli tebranish. Bino ichida bo’lgan insonlarning aksariyat qismi, ochiq joydagilarning ozchiligi
sezadi. Ba’zan uyqudagilar ham uyg’onadi. Uy derazalari, eshiklar, idishlar engil zarillaydi. Osma holatda
holatda bo’lgan anjomlar tebranadi. Idishlardagi suyuqliklarda chayqalish paydo bo’ladi. To’xtab turgan
avtotransportdagilar  ham sezishi mumkin.
5. Uyg’onib ketish. Zilzilani bino ichidagi insonlarning hammasi sezadi. Uydagilarning aksariyat
qismi qo’rquv aralash uyg’onadi.  Ayrimlari zudlik bilan ko’chaga otalanadi. Hayvonlar bezovta bo’ladi.
Osma soatlar to’xtab qoladi.  mustahkamlanmagan eshik va derazalar  ochilib yopiladi. Idishlardagi
suyuqliklar  kuchli chayqaladi, qisman to’kiladi.
6. Qo’rquv bosish. Zilzilani bino ichidagi va ochiq joydagi insonlarning hammasi  sezadi.
Ko’pchilikni qo’rquv bosadi va uydan tashqariga qochib chiqishadi. Harakatdagilar muvozanatini yo’qotadi,
hayvonlarga bezovtalik kuchayadi. Ba’zan shisha buyumlar sinishi mumkin, javondagi kitoblar tushib
ketadi. Og’ir mebellar suriladi.
7. Binolar shikastlanadi. Ko’pchilik insonlarda  qattiq qo’rquv paydo bo’ladi. Avtomobil
boshqarayotganlar ham sezadi. Tepalik va tog’ oldi zonalarida ko’chki,  o’pirilish bo’ladi. Suv yuzida
to’lqinlar paydo bo’lib loyqalanadi. quduq suvlari sathi, miqdori o’zgarishi kuzatiladi. Er osti suvlar sizib
chiqish hollari bo’ladi.
8. Binolarning kuchli shikastlanishi. Aholining ko’pchiligida qattiq qo’rquv paydo bo’ladi, sarosima
bosadi. Daraxt shoxlari sinadi, tuproqda bir necha  sm.li darzliklar paydo bo’ladi. Yangi suv havzalari paydo
bo’ladi. quvurlar payvandlangan joylaridan uzilib ketadi. Haykallar va yodgorliklar joyidan siljiydi. Er osti
suvi harakati keskin o’zgaradi. Yangi buloqlar paydo bo’ladi.
9. Binolarning batamom shikastlanishi. Aholining hammasini vahima bosadi. Hayvonlar kuchli ovoz
chiqarib, betartib harakat qiladi. Er osti quvurlari uziladi, temir yo’llar qiyshayadi, suv omborlari
shikastlanadi. Tuproqda 10 sm.gacha darzliklar paydo bo’ladi. qoyalar qulaydi, ko’chkilar yuzaga keladi.
Haykallar, ustunlar yiqiladi.
10. Inshootlarning batamom buzilishi. Suv omborlari, to’g’onlar, ko’priklarda buzilish bo’ladi, er
yuzasi yoriladi, to’lqinsimon past-balandliklar paydo bo’ladi. Er osti inshootlari buziladi. Qoyalarda tosh
ko’chish yuzaga keladi. Kanal, ko’l va daryolarda suvlar kuchli chayqaladi, yangi suv xavzalari paydo
bo’ladi.
11. Talofot. Puxta qurilgan inshootlar: ko’priklar, uylar, to’g’onlar, temir yo’llar jiddiy shikastlanadi.
Er yuzasida keng yoriqlar, uzilish, siljish kabi deformatsiyalanishi kuzatiladi. Tog’ oldi zonalarida kuchli
ko’chkilar yuzaga keladi.
12. Er relefining o’zgarishi. Barcha er usti va osti  inshootlari to’liq shikastlanadi. Yoriqlar paydo
bo’lib, relef butkul o’zgaradi. Daryo o’zanlari o’zgaradi. Yirik tog’ ko’chkilari bo’ladi. Yangi ko’llar paydo
bo’ladi.
Qayd qilingan 12 balli shkala mutlaq shkala bo’lmasdan, keyingi izlanishlar davomida
takomillashtirilib borilmoqda.
Odatda, sayyoramizning biror burchagida er qimirlasa, tebranish Rixter shkalasi bo’yicha 5 yoki 6
magnitudali kuchlanishda bo’ldi, degan ma’lumotni eshitib qolamiz.

27
Xo’sh, Rixter shkalasi nima? Bu seysmik energiyaning o’lchov birligiga asoslangan shkala bo’lib,
zilzila gipotsentrida seysmik to’lqin sifatida nurlangan energiyani o’lchaydi. O’lchov birligi qilib magnituda
qabul qilingan. Har ikka shkalani o’zaro solishtirib ko’radigan bo’lsak, qo’yidagi munosabat ko’rinishidagi
jadvalga ega bo’lamiz:
Zilzila shkalalarini solishtirish:
Rixter shkalasi bo’yicha magnituda
Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin