Guliston davlat universiteti



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix06.06.2020
ölçüsü2,83 Mb.
#31713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
favqulotda vaziyatlar va fuqarolar muxofazasi


3-SAVOL BAYoNI:
Aholini radiatsiyadan himoya qilish. Radiatsiyadan zararlanishda tibbiy profilaktika va
birinchi tibbiy yordam.
Aholini radiatsiyadan himoya qilish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- radiatsiya xavfi to’g’risida xabar berish,
- jamoa va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish,
- radioaktiv moddalar bilan zaharlangan hududda yurish-turish qoidalariga rioya etish,
- oziq-ovqat mahsulotlari va suvni radioaktiv moddalar yuqib qolishidan asrash,
- shaxsiy himoyaning tibbiy vositalaridan foydalanish,
- hududning qanchalik zaharlanganini aniqlash,
- aholiga ta’sir etgan nurni dozimetrik yo’l bilan tekshirish
- radioaktiv moddalardan zaharlangan-zaharlanmaganini aniqlash uchun oziq-ovqat mahsulotlari
bilan suvni ekspertizadan o’tkazish.
Fuqaro muhofazasining «Radiatsion xavf» xabari berilganida, aholi himoyalovchi inshootlarga
bekinib olishi kerak. Ma’lumki, bunday inshootlar o’tib-kirib boruvchi radiatsiya ta’sirini sezilarli
darajada (bir necha baravar) susaytiradi.
Radiatsiyadan shikastlanishning tibbiy profilaktikasi uchun shaxsiy aptechkada bo’ladigan
radiatsiyadan himoya qiluvchi vositalardan foydalaniladi.
Joydagi radiatsiya darajasi yuqori bo’lsa, radiatsiyadan shikastlanish xavfi borligidan aholiga
birinchi tibbiy yordam ko’rsatib bo’lmaydi. Bunday sharoitlarda shikastlangan odamlarning o’z-o’ziga
va bir-biriga yordam ko’rsatishi, zaharlangan hududda yurish-turish qoidalariga qattiq rioya qilish
katla ahamiyatga ega bo’ladi. Shaxsiy himoyaning tibbiy vositalaridan oldindan foydalanilmagan
bo’lsa, u holda bular shaxsiy aptechka (A—2)dan foydalanish yo’riqnomasiga muvofiq ishlatiladi.
Radioaktiv moddalardan zararlangan hududda ovqat eyish, zaharlangan suv manbalaridan suv
ichish, erga yotish mumkin emas. Taom tayyorlash va aholini ovqatlantirib borish tartibini fuqaro
muhofazasi tashkilotlari joyning radioaktiv qoidalardan qanchalik zaharlanganligini hisobga olgan
holda belgilab beradi.
Yadro qurolidan zararlangan o’choqlarda radioaktiv moddalardan zaharlangan hududda birinchi
tibbiy yordam ko’rsatishda, eng avalo, zararlangan inson hayotini saqlab qolishga aloqador bo’lgan
chora-tadbirlar ko’riladi. So’ngra tashqi gamma-nur ta’sirini bartaraf etish yoki kamaytirish zarur,
buning uchun himoya inshootlaridan: pana joylar, chuqurlikdagi binolar, g’isht, betondan qurilgan
imoratlar va boshqa binolardan foydalaniladi. Radioaktiv moddalarning badan va shilliq pardalarga
ta’sir qilib borishiga yo’l qo’ymaslik uchun qisman sanitar ishlovi o’tkaziladi va kiyim-kechak hamda
poyabzal qisman dezaktivatsiya qilinadi.
Qisman sanitar ishlovi badanning ochiq qismlarini toza suv bilan yuvish yoki qo’llangan
tamponlar bilan artish yo’li bilan o’tkaziladi. Zararlangan odamning ko’zlari yuvilib, og’zini chayqab
tashlash uchun suv beriladi. So’ngra unga yuz niqob kiygiziladi yoki paxta-doka bog’lam taqilgan
og’zi bilan burnini sochiq-ro’mol, sharf bilan bekitib, kiyim-kechaklari qisman dezaktivatsiyadan
o’tkaziladi. Bunda kiyimdan supurib-qoqib tushiriladigan chang boshqalarga tegmaydigan bo’lishi
uchun shamolning yo’nalishi hisobga olinadi.
Radioaktiv moddalar organizm ichiga tushib qolgan bo’lsa, me’da yuviladi, odamga
adsorbsiyalovchi moddalar (aktivlashtirilgan ko’mir) ichiriladi. Ko’ngil aynib, behuzur bo’lsa, shaxsiy
aptech-kadan qusishga qarshi modda olib ichiriladi. Nur ta’siriga uchragan odam yuqumli kasalliklarga
moyil bo’lib qoladi, shunga ko’ra bunday xastali zararning oldini olish maqsadlarida bakteriyalarga
qarshi JVS-2 vositani ichish tavsiya etiladi.
Dezinfeksiya,  dezinseksiya va deratizatsiya
Dezinfeksiya yoki yuqumsizlantirish — atrof-muhitda yuqumli kasalliklar qo’zg’atuvchilarini yo’q
qilishga qaratilgan maxsus chora-tadbirlar kompleksi. Dezinsektsiya bilan deratizatsiya dezinfektsiyaning
xususiy turlari bo’lib hisoblanadi.
Dezinsektsiya deyilganda, yuqumli kasalliklarni yuqtiruvchilar bo’lmish hasharotlar va kanalarni yo’q
qilish tushuniladi

42
Deratizatsiya deyilganida, epidemiologik jihatdan xavf soladigan kemiruvchilarni qirib tashlash
tushuniladi.
Profilaktik, joriy va yakunlovchi dezinfeksiya tafovut qilinadi. Profilaktik dezinfeksiya odamlar o’rtasida
ishlatadigan buyumlari va narsalaridan yuqumli kasalliklar paydo bo’lishi yoki yuqishi  ehtimolini
bartaraf etish maqsadida o’tkaziladi. Joriy dezinfeksiya -infeksiyaning tarqalib ketishiga yo’l qo’ymaslik
maqsadida bcmor to’shagi yonida amalga oshiriladi (bemorning ajratmnlarini va unga tutilgan narsalarni
yuqumsizlantirish).
Yakunlovchi dezinfeksiya-infeksiya o’chog’ini kasallik qo’zg’atuvchilaridan batamom xalos qilish
maqsadida bemor alohida ajratib qo’yilib, kasalxonaga yotqizilganidan so’ng, tuzalib ketganidan yoki o’lganidan
keyin infeksiya o’chog’ida o’tkaziladi
Zaruriyatiga qarab, yuqumsizlantirishning biologik, mexanik, fizik va kimyoviy usulidan foydalaniladi.
Biologik usul oqava suvlarini tozalashda qo’llaniladi. Mexanik usullarga xonalar va anjomlarni ho’llangan latta
bilan artish, kiyim-kechak va yostiq, o’rin-ko’rpalarni qoqib tozalash, xonalarni changyutkichlar
yordamida changdan xoli qilish, oqlash va bo’yash, qo’llarni yuvish kiradi.
Fizik usullar dezinfeksiyaning eng oddiy va qulay usullaridir. Bular jumlasiga quyosh nurlari va
ultrabinafsha lampalar nuriga solish, issiq dazmol bilan dazmollash, axlat va qiymati yo’q narsalarni
yoqib tashlash, qaynoq suv bilan yuvib tozalash yoki qaynaguncha qizdirish kiradi. Ifloslangan kiyim-kechak,
o’rin-ko’rpa vaboshqa narsalarni maxsus dezinfeksiya kameralari—bug’ va havo yoki bug’-formalin bilan
ishlaydigan kameralarda ishonchli qilib dezinfeksiya qilinadi. Bunday kameralar statsionar (hammomlar
vasanpropusknikhiixla) va ko’chma bo’lishi mumkin (avtomobillarga o’rnatilgan DDA—53, DDA-53A,
DDA—66 va DD-2 rusumli dezinfeksiya-dush qurilmalari, avtomobilga tirkaladigan dezinfeksiya-dush
qurilmalari
Kamerada dezinfeksiya qilish mohiyat-e’tibori bilan kamera ichidagi narsalarni issiq havo (bug’)
bilan muayyan haroratgacha qizdirishdan iborat. Zarur bo’lganida esa, kameraga qo’shimcha ravishda
formaldegid (formalin) yuborib, bug’ ta’siri kuchaytiriladi.
Mikrob hujayrasiga halokatli ta’sir ko’rsatadigan kimyoviy moddalardan quyidagi dezinfeksiyalovchi
vositalar hammadan ko’ra ko’proq ishlatiladi.
Xlorli ohak suvini idish-tovoq, xonalarni, bemorlarning ajratmalari, hojatxonalar va boshqalarni
yuqumsizlantirishda suvdagi 0,2—0,5 % li, 2—3 % li, 5—10 % li eritmalar holida va quruq o’zi
ishlatiladi.
Tindirilmagan 10 % li xlorli ohak eritmasini tayyorlash uchun bir chelak (10 litr) suvga 1 kg
xlorli ohak olinadi. Tortilgan miqdor-dagi xlorli ohakka awal biroz miqdor suv qo’shilib, obdon ezib
qorishtiriladi, keyin esa, qorishtirib turgan holda qolgan suv quyiladi. Tayyorlanganidan so’ng u darhol
ishlatiladi. Tindirilgan eritmasi esa, 10 % li eritmani 24 soat davomida tindirib qo’yish yo’li bilan
tayyorlanadi. Tindirilgan suyuqlik cho’kmasidan ajratilib, quyib olinadi va undan kerakli
konsentratsiyadagi eritma tayyorlanadi. Bemorlarning ajratmalarini yuqumsizlantirish uchun ularga
quruq xlorli ohak sepib qo’yiladi (umumiy hajmining 1G’5 qismi miqdorida).
Dezinfeksiya chora-tadbirlari shartli ravishda profilaktik va qirish chora-tadbirlariga bo’linadi.
Profilaktik chora-tadbirlarga turar joy va yordamchi binolarni ozoda saqlash, deraza va eshiklarga to’r
tutib qo’yish, kichik suv havzalarni tozalash va boshqalar kiradi. Qirish chora-tadbirlari fizik va
kimyoviy vositalar bilan amalga oshiriladi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan dezinfeksiya kameralari va fizik vositalardan tashqari insektitsidlar,
deb ataladigan zaharli moddalar keng qo’llaniladi, shulardan geksaxloran (geksaxlor-siklogeksan),
karbofos, metilatsetofos va boshqalar alohida ahamiyatga ega.
Yuqumli kasalliklar qo’zg’atuvchilarini tarqatadigan kemiruvchilarni yo’q qilish uchun mexanik
va kimyoviy usullardan foydalaniladi. Mexanik usul har xil tuzoqlar, qopqonlar va boshqalarni
ishlatishdan iborat. Kimyoviy usul mohiyat-e’tibori bilan kemiruvchilarni zaharli moddalar —
ratitsidlarbilan zaharlashdir. Hammadan yaxshi kor qiladigan ratitsidlar rux fosfid, ratindan,
zookomarin, kaliy sulfat, tiosemikarbozit, barikarbonat, ftoratsetamid va boshqalardir.
Zaharli xo’raklar tayyorlash uchun non ushog’i, bo’tqa, qiyma, un, don, pishirilgan
sabzavotlardan foydalaniladi: bularni maydalab, ustiga o’simlik rnoyi, suv quyilib qorishtiriladi va
so’ngra kerakli konsentratsiyada zahar qo’shiladi. Shunday xo’raklarni tayyorlash mahalida odamlar

43
ovqatiga ishlatiladigan masalliqlarga zahar tushib qolmasligi uchun ehtiyot choralariga qattiq amal
qilish kerak.
Gaz bilan deratizatsiya qilish usuli, asosan, dengiz kemalari, temiryo’l vagonlari,
samolyotlardagi kemiruvchilarni qirish uchun va dala sharoitlarida qo’llaniladi.
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Radiatsiyaviy holat qanday aniqlanadi?
2. Radiatsiyalangan ob’ektda nimani kuzatish mumkin?
3. Kimyoviy holatga keltiruvchi qanday kimyoviy moddalarni bilasiz.
4. Kimyoviy holat oqibatlari nimada.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Nigmatov I., Tojiev M.  “Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi”, o’quv-qo’llanma,
Toshkent, «Iqtisod-moliya», 2011 yil.
2. Tojiev M, Ne’matov I, Ilhomov.  “Favqulodda vaziyat va fuqaro muhofazasi”, o’quv-qo’llanma,
Toshkent, «Iqtisod-moliya», 2002 yil.
3. Sh.Ubaydullaev, A.Norboev, M.Ziyoeva, M.Ortiqov, U.Yo’ldoshev, O.Ortiqov “Chaqiruvga
qadar boshlang’ich tayyorgarlik”, o’quv qo’llanma, Toshkent, 2007 yil.
4. N.I. Akimov. «Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarida fuqarolar muhofazasi».Toshkent,
«Mehnat», 1983 yil.
6-MAVZU : FAVQULODDA VAZIYaTLARDA FUQARO MUHOFAZASI
TADBIRLARINI REJALAShTIRISh.
ASOSIY SAVOLLAR
1. Fuqaro muhofazasi rejasi haqida tushuncha.
2. Fuqaro muhofazasi rejasiga qo’yiladigan talablar.
3. Fuqaro muhofazasi rejasini ishlab chiqish uchun kerakli ma’lumotlar.
4. Tinchlik davridagi favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi rejasini tuzish.
MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALIR
Fuqaro muhofazasi rejasi, unga qo’yiladigan asosiy talablar, kerakli ma’lumotlar.
MAVZU BO’YICHA DARSNING MAQSADI:
Fuqaro muhofazasiga tayyorlash, talabalarda fuqaro muhofazasi rejasi va uni tuzish malakasini
hosil qilish, ularni reja tuzishga o’rgatish.
IDENTIV O’QUV MAQSADLARI:
1. Fuqaro muhofazasi rejasi haqida tushunchaga ega bo’ladi.
2. Fuqaro muhofazasi rejasiga qo’yiladigan talablarni ayta oladi.
3. Fuqaro muhofazasi rejasi tuzish uchun kerakli ma’lumotlar haqida biladi.
4. Fuqaro muhofazasi rejasini tuza oladi.
1-SAVOL BAYoNI:

44
Ma’lumki O’zbekiston Respublikasining “Fuqaro muhofazasi to’g’risida”gi va “Aholini va
hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida”gi
qonunlarni amalda qo’llanilishi va fuqaro muhofazasining asosiy vazifalarini bajarilishini ta’minlash,
fuqaro muhofazasi rejasi bilan uzviy bog’liqdir.
Fuqaro muhofazasi rejasi deyilganda – qo’yilgan vazifalarni muvofaqiyatli bajarilishiga
yordam beradigan muhofaza tadbirlarining majmuasi hisoblanadi. Bunday tadbirlarga: favqulodda
vaziyatlarni oldini olish, aholi va hududlarni muhofaza qilish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqarorligini
oshirish, qutqaruv va tiklov ishlarini o’tkazishga kuch va vositalarni tayyorlash hamda ko’riladigan
zarar va talofatlarnining miqyosini kamaytirish yuzasidan bajariladigan vazifalar kiradi.
Fuqaro muhofazasi rejasi umumdavlat miqyosida ishlab chiqiladi. Aholini va hududlarni
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari oldindan tuzilib, ular respulika miqyosidan tortib,
to ob’ekt darajasigacha alohida tuziladi. Rejalashtirish har qanday FVlar uchun (tinchlik yoki harbiy
davr) alohida ishlab chiqiladi.
FVda fuqaro muhofazasi rejalari respublika miqyosida FVV tomonidan, hududlarda mahalliy
davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqish hamda ijtimoiy ob’ektlarni muhofaza qilish
rejalari esa korxona, tashkilot va muassasalarning boshliqlari tomonidan tuziladi.
O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasiga umumiy rahbarlikni O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Ayni paytda FM boshlig’i-bosh vazir hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi “Fuqaro muhofazasi to’g’risida”gi qonunining 7-moddasida Vazirlar
Mahkamasining FM sohasidagi vakolatlari belgilab qo’yilgan:
- fuqaro muhofazasi sohasida yagona davlat siyosati o’tkazilishini ta’minlaydi;
- O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejasini tasdiqlaydi;
- fuqaro muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo’nalishlarini, ularning
moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti tartibini tasdiqlaydi;
- tinchlik davrida va urush davrida davlat iqtisodiyoti faoliyat ko’rsatishi barqarorligini ta’minlash
tadbirlari ishlab chiqilishiga va o’tkazilishiga rahbarlik qiladi;
- hududlarni ularda yashayotgan aholi soniga va davlat iqtisodiyotida muhim rol o’ynovchi yoki
aholi xavfsizligiga ta’sir ko’rsatuvchi tashkilotlar mavjudligiga ko’ra fuqaro muhofazasi bo’yicha
guruhlarga, shuningdek, tashkilotlarni davlat iqtisodiyotidagi roli yoki aholi xavfsizligiga ta’siriga
ko’ra fuqaro muhofazasi bo’yicha toifalarga kiritish tartibini belgilaydi;
- fuqaro muhofazasi tizimini urush davri sharoitiga o’tkazish, evakuatsiya tadbirlarini amalga
oshirish tartibini belgilaydi;
- himoya inshootlarini va fuqaro muhofazasi boshqa ob’ektlarini barpo etish tartibini, shuningdek
yakka muhofazalanish vositalari, moddiy-texnika, oziq-ovqat, tibbiy va boshqa xil vositalar
zaxiralarini to’plash, saqlash va ulardan foydalanish shartlarini belgilaydi;
- davlat organlari va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni
amalga oshiradi;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
2-SAVOL BAYoNI:
FM rejalariga qo’yidagi talablar qo’yiladi:
1. To’liq, mukammal ishlangan bo’lishi;
2. Mazmuni qisqa va lo’nda bo’lishi;
3. Vaqt har tomonlama qat’iy hisobga olinishi;
4. Aniq va real bajariladigan bo’lishi;
5. Iqtisodiy tomondan maqbul bo’lishi kerak.
Rejaning to’liqmukammal ishlanganligi- aholi va moddiy boyliklarni muhofaza qilinishini
ta’minlaydigan tadbirlar majmuasitni ishlab chiqilishini va uning muvaffaqiyatli bajarilishini
ta’minlaydi. Shuning uchun rejada aniq bajariladigan tadbirlar, ularning mazmuni, shakli, muddatlari
va boshqaruvchilari ko’rsatiladi.
Rejani mazmuni qisqa va lo’nda bo’lishi- rejadagi tadbirlardan foydalanish oson bo’lishi
uchun qilinadi. Buning uchun hamma bajariladigan tadbirlar grafik-sxemalar tarzda amalga oshiriladi.

45
Bunda sxema-xaritada ob’ektlar, bajariladigan vazifalar va ularning hajmi shartli belgilar bilan
tasvitrlanadi. Tushuntirishlar, jadvallar, sxemalar, grafiklar, sur’atli belgilar tushuntirish xatlari orqali
beriladi.
Vaqtni har tomonlama qat’iy hisobga olinishi- rejalashtirilgan har bir tadbirni to’liq
bajarilishini ta’minlaydi.
Reja aniq va real bajariladigan bo’lishi – rejaning bajarilish darajasini ta’riflaydi. Buning
uchun falokat va halokat ma’lumotlari to’liq o’rganiladi. Jumladan: varonaliklar, talofat darajasi,
moddiy zararlar miqyosi oldindan bashoratlanadi, uning oqibatlarini yo’qotish uchun kerakli FMning
kuch va vositalari hisoblanib chiqiladi.
Iqtisodiy tomondan maqbul bo’lishi – har qanday FVda (tinchlik yoki harbiy davrda)
muhofazalanish inshootlaridan foydalanishni hisobga olinishi.
FM rejasi 4 ta bosqichli ishlardan tashkil topadi:
1. Birinchi bosqichda rejani tuzishda ishtirok etuvchilarning tarkibi, ularning malakasi
aniqlanadi, ular to’g’risidagi ma’lumotlar, hujjatlar o’rganiladi, to’plangan ma’lumotlar
umumlashtiriladi va kalendar reja ishlab chiqiladi.
2. Ikkinchi bosqichda reja amalda ishlab chiqiladi va uning hujjatlari tuziladi.
3. Uchinchi bosqichda bajariladigan hamma tadbirlar bir-biriga moslashtiriladi, zarurat bo’lsa
tuzatiladi va tasdiqlanadi.
4. To’rtinchi bosqichda hamma rejalashtirilgan tadbirlar, tasdiqlangandan keyin (tasdiqlangan
reja) tegishli ijrochilarga etkaziladi.
FM rejasini ishlab chiqish bevosita FM boshlig’iga yuklatiladi, reja tadbirlarni ishlab chiqishda
FM bo’yicha shartli xodimlar ishlari bilan shug’ullanuvchi hay’at, FM tizimlari, evakuatsiya
komissiyasi va iqtisodiyot tarmoqlarini etakchimutaxassislari ishtirok etadilar.
3-SAVOL BAYONI:
FM rejasini va uning ilovalarini ishlab chiqish uchun FMning yuqori tashkilotlari va
bo’limlaridan qo’yidagi ma’lumotlar olinishi kerak:
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining FMga oid qaror va
ko’rsatmalari.
2. O’zbekiston Respublikasi FVVning nizomlari, ko’rsatmalari va tavsiyalari.
3. Iqtisodiyot tarmog’i yuqori organlarining ko’rsatmalari va tavsiyalari.
4. FM tizimlarini, undagi odamlar soni hamda aholini va moddiy boyliklarni muhofaza qilish
imkoniyatlari xususidagi ma’lumotlar.
5. Boshpanalarning soni, ularning odamlarni qabul qilish imkoniyatlari hamda boshqa
boshpanalar qurish imkoniyatlari.
6. Ob’ektning xususiyati, uning muhofaza va iqtisodiy imkoniyati.
7. Toifalangan shaharlarga FVda yordam berish imkoniyatlari.
8. Toifalangan shahar iqtisodiyot tarmoqlarining ro’yxati (FVda o’z ishini davom ettiradigan va
evakuatsiya qilinadigan ob’ektlar ro’yxati).
9. Yuqori xavfli hamda tasarrufida kimyoviy, portlash-yong’in xavfi bor ob’ektlar, KTZM va
ZM tashiladigan temir yo’l magistrallari, aeroportlar va boshqa ob’ektlar ro’yxati.
10. Xavfli hududlardagi aholi punktlar haqidagi ma’lumotlar.
11. FM vazifalarini bajarilishiga ta’sir etadigan mahalliy, xususiyatli ma’lumotlar (hududning
geografik o’rni va tabiiy sharoiti).
12. FVdan chiqariladigan xulosalar.
FM rejasini tuzishda respulikada faoliyat ko’rsatadigan barcha tarmoq va korxonalar o’z
ma’lumotlari bilan bir-birlarini ta’minlashlari kerak. Bu xususida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1996 yil 11 apreldagi 143-son qarorida takidlab o’tilgan. Yani O’zbekiston
Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Sog’liqni
saqlash vazirligi, IIV, Davlat geologiya va mineral resurslari qo’mitasi, davlat tabiatni muhofaza qilish
qo’mitasi, “O’zsanoatkontexnazorat” davlat qo’mitasi, G’anlar Akademiyasi, “O’zbekneftgaz” milliy
xolding kompaniyasi, “O’zkimyosanoat” uyushmasi va “Boshgidromet” boshqarmasi, FVVning

46
hududlar, ob’ektlardagi tabiiy iqlim, ekologik, epidemiologik, epizootik, epifiotik, geologik va
texnogen vaziyatlar hamda ularning istiqboldagi o’zgarish ehtimollari to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z
vaqtida muntazam ravishda ta’minlashlari lozim deb takidlangan.
FM rejasini ishlab chiqishda va bajarishda FM kuch va vositalariga katta e’tibor beriladi.
Masalan, avariya-qutqarish ishlarini rejalashtirishda quyidagi tartibdagi vazifalar belgilanadi:
a) shikastlangan o’choqlarni va ofat joylarini razvedka qilish, qutqaruv-qidiruv ishlari
kompleksini o’tkazish;
b) aholini, hayvonot va o’simlik dunyosini va iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqiladigan
mahsulotlarni va madaniy boyliklarni muhofaza qilish tadbirlari;
v) zararlangan aholi hayot faoliyatini tashkil qilish, halok bo’lganlarni hisobga oldish va
ko’mish, yaradorlarni kasalxonaga yotqizish;
g) karantin-observatsiya, sanitar-gigienik, epidemiyaga qarshi tadbirlar;
d) mahalliy organlar bilan hamkorlik qilish.
Yana bir misol. Aholini, moddiy boyliklarni evakuatsiya qilish tadbirlarini rejalashtirishda:
- shikastlangan hududlardan transport yoki piyoda olib chiqiladigan aholining soni;
- zarur bo’ladigan transport soni;
- odamlarning transportda olib chiqish tartibi;
- qimmatbaho uskunalar, moddiy boyliklar, oziq-ovqatlarni olib chiqish tartibi;
- xom ashyolar va boshqa kerakli moddiy resurslarni olib chiqish tartibi;
- qishloq xo’jalik hayvonlarini xavfli hududdan uzoqlashtirish tartib qoidalari va boshqa
vazifalar belgilanadi.
3-SAVOL BAYoNI:
Tinchlik davrida kuzatiladigan FVni bartaraf etish rejasi – FV yuz berganda fuqarolarni
muhofaza qilish, atrof-muhitga etkazilgan moddiy zararlar miqdorini kamaytirish, shikastlangan
hududlarni halqaga olish va bu hududlarda xavfli omillar ta’sirini kamaytirishga qaratilgan QBTI
majmuasidan tarkib topadi.
Bu ishlarni bajarishda G’VDTning FVni tugatuvchi kuch va vositalaridan foydalaniladi. Bu kuch
va vositalar FVV bevosita bo’ysunuvchi tezkor FM qo’shinlaridan, Respulika ixtisoslashgan
tizimlaridan, vazirlik va idoralarning harbiylashgan va professional ixtisoslashgan avariyani tiklash
tizimlaridan, mahalliy hokimiyat organlarining tizimlaridan, ob’ektlarning ixtisoslashgan va
harbiylashtirilgan umumiy va maxsus tizimlaridan tashkitl topadi.
Reja ikki bo’limdan va ilovadan iborat bo’ladi:
Birinchi bo’limda- ishlab chiqarish avariyalari, halokatlar va tabiiy ofat ro’y berganda muayyan
hududda yuzaga keladigan FVga baho beriladi Ro’y bergan FV holatidan kelib chiqib, qo’yidagi
tadbirlar rejalashtiriladi:
- boshqaruv, xabarlashish va aloqani tashkil etish;
- razvedkani, kuzatishni va nazoratni tashkil etish;
- FM kuchlarini tashkil etish;
- moddiy va moliyaviy ta’minotni tashkil etish. FVni tugatishni tashkil etish.
Rejaning ikkinchi bo’limi ikki qismdan tashkil topib, bu bo’limda ishlab chiqarish avariyalari,
halokatlar va tabiiy ofatlar sodir bo’lishi xavfida va sodir bo’lganda quyidagi tadbirlar amalga
oshiriladi:
1. FV sodir bo’lish xavfida boshqaruv organlarini, ishchilar va xizmatchilarni va aholini
ogohlantirish tartibi;
2. FVni oldini olish yoki ularni ta’sirini kamaytirish tadbirlari, amalga oshirish muddatlari va
tartibi, jalb qilinadigan kuch va vositalar;
3. FM kuchlarini, muhofaza inshootlarini shay holatga keltirish;
4. Shaxsiy muhofaza vositalarini ishchi va xizmatchilarga berish;
5. Odamlarni evakuatsiya qilish va ko’chirish uchun transportlarni va xavfsiz hududlarni tayyor
holga keltirish;
6. Aholini tibbiy va epidemiyaga qarshi muhofaza qilish tadbirlarini o’tkazish;

47
7. Yong’indan saqlash tadbirlarini o’tkazish va ishlab chiqarishni avariyasiz ishlashga
tayyorlash.
Tuzilga rejaga quyidagilar ilova qilinadi:
1. G’M boshlig’ining FVni tugatish bo’yicha qarori;
2. FVda xarakatlanuvchi tizimlarni falokat va halokatda hamda tibiiy ofatlar xavfi bo’lganda
yoki sodir bo’lganda bajariladigan tadbirlarning kalendar rejasi;
3. FVda xarakatlanuvchi tizimlarni falokat va halokatda hamda tibiiy ofatlar xavfi bo’lganda
yoki sodir bo’lganda tadbirlarngi boshqaruvchi kuch va vositalari hisobi (har bir tadbir xususida
umumiy ma’lumotlar keltiriladi);
4. Fojea, halokatlar va tabiiy ofatlar xavfi tug’ilganda boshqaruvni, xabar berishni va aloqani
tashkil qilinishi sxemasi.
Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin