Guliston davlat universiteti



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix06.06.2020
ölçüsü2,83 Mb.
#31713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
favqulotda vaziyatlar va fuqarolar muxofazasi


 Fanning  maqsadi. Favqulodda vaziyatlar va fuqarolar muhofazasi fanining
maqsadi Talabalarga Fuqarolar muhofazasini o’qitishdan asosiy maqsad bo’lajak
mutaxassislarni favqulodda vaziyatlar, fuqaro muhofazasi chora-tadbirlarini ishlab
chiqish va amalda qo’llashni hamda harbiylashmagan tizim boshliqlari lavozimida ish
tutishga o’rgatishdan iborat.
Fanni o’qitishning vazifalari. Talabalarga aholi va hududlarni turli
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishdek xayrli ishda  keng jamoatchilikni ham
“huquqiy, siyosiy, ekologik, xavfsizlik madaniyati” yuksak bo’lishiga xizmat qiladi.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. O’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining
barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni
loyixalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas,
avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish masalalaridan kelib
chiqqan holda yondoshishga e’tibor qaratishni amalga oshiradi. Har bir talabaning
shaxs sifatida kasbiy takomillashuvini ta’minlaydi. Ta’limning markaziga bilim
oluvchi qo’yiladi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida
mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro
bog’langanligi, yaxlitligi bilim olish va kasb egallashning mukammal bo’lishiga hissa
qo’shadi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsining jarayonli sifatlarini
shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini jadallashtirish va intensivlashtirish,
o’quv jarayonida barcha qobiliyat va imkoniyatlarni, tashabbuskorlikni ochishga
yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.Egallangan bilimlarning ko’nikma va malakaga
aylanishi, amaliyotda tadbiq etilishiga sharoit yaratadi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv jarayoni ishtirokchilarining
psixologik birligi va o’zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning
natijasida shaxsning  o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy
faoliyati kuchayadi. O’qituvchi va talabaning hamkorlikdagi ta’limiy faoliyat
yuritishiga zamin yaratadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratlilik, tenglik, ta’lim beruvchi
va ta’lim oluvchi o’rtasidagi sub’ektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va
faoliyat mazmunini shakllantirishga erishilgan natijalarni baholashda birgalikda

13
ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi. Ta’lim jarayonida
“sub’ekt-sub’ekt” munosabatlari tarkib topadi.
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali
ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni
ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani
shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni
ta’minlaydi. Muammoli savol, vazifa, topshiriq va vaziyatlar yaratish va ularga echim
topish jarayonida ongli, ijodiy, mustaqil fikrlashga o’rgatiladi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarni qo’llash-
hozirgi axborot kommunikatsiya texnologiya vositalari kuchli rivojlangan sharoitda
ulardan to’g’ri va samarali foydalanish, axborotlarni tanlash, saralash, saqlash, qayta
ifodalash ko’nikmalarini xosil qilinadi. Bu jarayonda kompyuter savodxonligi alohida
ahamiyat kasb etadi.
O’qitish metodlari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, viziuallash),
muammoviy usul, keys-stadi, pinbord, paradokslar, loyixa va amaliy ishlash usullari.
Interfaol usullarni mavzu mazmuniga mos holda tanlash va ulardan samarali
foydalanishga o’rgatadi.
O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy  vositalari (darslik, ma’ruza matni,
ko’rgazmali qurollar, xarita va boshqalar) bilan bir qatorda-axborot-kommunikatsiya
texnologiya vositalari keng ko’lamda tadbiq etiladi.
  Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ ikki yoqlama (teskari)
aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlarning yo’lga qo’yilishi.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so’rov, joriy, oraliq va
yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi amalga
oshiriladi. Ta’lim jarayonida kafolatlangan natijaga erishish ta’minlanadi.
Boshqarish usullari va tartibi: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab
beruvchi texnologik xarita ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish,
qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati,
nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki, auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning
nazorati ham tartibli yo’lga qo’yiladi.
Monitoring va baholash: butun kurs davomida ham o’qitishning natijalari
reyting tizimi asosida nazorat va tahlil qilib boriladi. Kurs oxirida yozma, og’zaki
yoki test topshiriqlari yordamida ta’lim oluvchilarning bilimlari baholanadi.

14
IV.  MA’RUZALAR KURSI:
1-MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FUQARO MUHOFAZASINI TASHKIL
ETISH.
ASOSIY SAVOLLAR:
1.1. FUQAROLAR MUHOFAZASI HAQIDA TUShUNChA.
1.2. FAVQULODDA VAZIYaTLARNING TAVSIFI.
1.3. FUQARO MUXOFAZASINING ASOSIY VAZIFALARI.
1.4. FUQARO  MUHOFAZASINING KUCh VA VOSITALARI.
MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR:
Umummaqsadli tizimlar, xizmatli tizimlar, favqulodda vaziyatlar, harbiylashgan va
harbiylashmagan tizimlar.
MAVZU  BO’YICHA  DARSNING MAQSADI:
Fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlar haqidaa talabalarga umumiy tushuncha berish.
IDENTIV O’QUV MAQSADLARI:
1. Fuqaro muhofazasiga tushuncha bera oladi.
2. Fuqaro muhofazasi fani vazifalarini ayta oladi.
3. Fuqaro muhofazasi majburiyatlarini tushuntira oladi.
4. Fuqaro muhofazasining iqtisodiyot inshoatlaritarmoqlarida tashkil etilishi vazifalarini aniqlay
biladi.
5. Fuqaro muhofazasi tizimlari haqida ma’lumot beradi.
6. Aholini favqulodda vaziyatlarda qutqarish choralarini biladi.
1-SAVOL BAYONI.
Bizga ma’lumki, har bir mustaqil davlat o’zining mudofaa qudratiga ega. Mudofaa siyosatini qay
tarzda amalga oshirish imkoniyatlari o’sha davlatning qudratini belgilaydi. Chunki har bir davlat
moddiy boyliklarini, texnikalarini, harbiy ahamiyatga molik bo’lgan inshootlarini, xalqini himoya
qilishda, saqlashda yangi turdagi omillarni yaratadi va ishlab chiqadi. Bugungi kunda ko’pgina
rivojlangan davlatlarda yangi-yangi zamonaviy, ommaviy qirg’in qurollar yaratiladiki, bular nafaqat
insoniyatga, balki butun jonli tabiyatga, atrof muhitga juda katta ziyon etkazadi. Dunyodagi 8 davlatda
umumiy qirg’in qurollari mavjudligini ham yaxshi bilamiz.
Yuqoridagi qurollar er yuzida mavjud ekan, albatta, har bir davlat bunday qurollardan saqlanish
vositalarini izlaydi, omillarini ishlab chiqadi. Bundan tashqari bugungi kunda dunyo miqiyosida juda
katta xavf “terrorizm xavfi” paydo bo’ldi. Hammamizga ma’lum terrorchilarning na Vatani, na millati,
na davlati mavjud. Ularning asosiy maqsadlari ko’proq moliyaviy manfaat ko’rish. Shuning uchun har
bir davlat mudofaa qudratining asosini - fuqarolar muhofazasini tashkil etadi.
Fuqarolar muhofazasi - umumdavlat mudofaa siyosatlaridan biri bo’lib, u har qanday
favqulodda holatlarda fuqarolarni, iqtisodiyot inshoatlaritarmoqlarini muhofaza qilishda, ularning
muttasil ishlashini ta’minlashda hamda qutqarish va tiklash ishlarini bajarishda katta ahamiyat kasb
etadi. Afsuski 1991 yilga qadar (tinchlik davrlarida) tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariyalari, turli xil
halokatlar yuz berdiki, xalqimiz, xalq xo’jaligimiz bundan jiddiy zararlandi. Mustaqillik davridagina
favqulodda holatlarda fuqarolar muhofazasi tomonidan etarli ijobiy ishlar qilina boshlandi.
Jumladan, mustaqilligimizning dastlabki davrlarida fuqarolarni va xududlarni tabiiy ofatlardan,
turli xildagi avariyalardan muhofaza qilish, fuqarolarning mu’tadil hayot faoliyatini ta’minlash
borasidagi vazifalarni hal etish uchun O’zbekiston hukumati tomonidan 1991 yilda fuqaro mudofaasi
tizimi fuqaro muhofazasi tizimiga aylantirildi. Yangidan tashkil etilgan ushbu tizim O’zbekiston
Respublikasi mudofaa vazirligi tarkibiga kiruvchi fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar
boshqarmasi sifatida tinchlik davrlardagi tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish falokatlari va halokatlarning
oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish vazifalarini bajaradi. Mamlakat fuqarolar muhofazasini

15
rivojlantirishning asosiy kontseptsiyasi O’zbekiston Respublikasi  Prezidenti I.A.Karimovning
1994 yil 9 aprelda Toshkent shahrida  bo’lib o’tgan Respublika Kengashida so’zlagan nutqida
bayon etilgan.
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qo’yilgan dadil
qadamlardan biri-avval Mudofaa vazirligi qoshida Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar
boshqarmasi, so’ngra esa, shu boshqarma negizida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-
yil 4 martdagi «O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish
to’g’risida»gi Farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilishi bo’ldi.
FVV ning asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishi asosan: favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish,
fuqarolar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlar yuz berganda ularning
oqibatlarini tugatish hamda zararini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga
oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarni boshqarishning
davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlash, fuqaro muhofazasiga rahbarlik
qilish, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish, maqsadli
dasturlarni ishlab chiqish va hokazolarga qaratilgan.
FVVning muvaffaqiyatli ish olib borishda mamlakatimizda yaratilgan kuchli  huquqiy bazaning
ahamiyati katta. Jumladan, favqulodda vaziyatlar masalasida O’zbekiston Respublikasining «Aholi va
hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida»
(1999 y), «Fuqaro muhofazasi to’g’risida»gi (2000 y) qonunlar, Respublika Prezidentining ikkita
Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 30 dan ortiq qaror va farmoyishlarini aytish mumkin. qabul
qilingan me’yoriy hujjatlarda Rossiya, AQSh, Germaniya, Frantsiya, Ukraina va boshqa etakchi
davlatlarning fuqaro muhofazasi tizimini shakllantirish borasidagi tajribalari inobatga olingan.
O’zbekiston fuqarolarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza etishning qonun bilan belgilangan
asosiy tamoyillari: insonparvarlik, inson hayoti va sog’lig’ining ustuvorligi, axborotning o’z vaqtida
berilishi va ishonchliligi, favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish choralarining  ko’rilishidir.
Respublika FVDT O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  1998 yil 11 dekabrdagi farmoniga
asosan bosh vazir tomonidan  boshqariladi. Hozirgi  kunda  FVDTning Respublika, mahalliy va ob’ekt
bosqichidan iborat 14 ta hududiy va 40 dan ortiq funktsional qo’yi tizimdan iborat bo’lgan favqulodda
vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi o’z faoliyatini ko’rsatmoqda. Bu tizim
yagona kontseptsiyani belgilsh, bashoratlash tahliliy ishlar, turli dasturlar yaratish va ularni amalga
oshirish, fuqaro muhofazasi kuch va vositalarining doimiy tayyorgarligini  ta’minlash, falokatlar,
halokatlar, tabiiy ofatlarni bartaraf qilish hamda xalqaro hamkorlik borasida  olib borilayotgan ishlar
o’zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Bu tizimni yanada rivojlantirish va mustahkamlashda hukumatimiz tomonidan fuqarolarni
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlashni tashkil etish, FV larni tasniflash, avariya-
qutqaruv tizimlarini kengaytirish, vazifalarini takomillashtirish va ularni zamoanviy jihozlar bilan
ta’minlash, suv osti xizmatini yaratish kabi tadbirlar borasida katta yordam ko’rsatmoqda.
Shunday qilib, fuqarolar muhofazasi har qanday favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni, moddiy
resurslarni muhofaza qilish, fuqarolarni qanday hatti-harakat etishi, ularga qanday chora-tadbirlar bilan
yordam berilishi, shikastlangan zonalarda qutqaruv va tiklov ishlarini olib borish, ishlab chiqarish
tarmoqlarini muttasil ishlashini ta’minlash vazifalarini bajaradi.
Zero, er yuzida umumiy qirg’in qurollari, hujumkor qurollarning zamonaviy turlari mavjud ekan,
shu bilan birga tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni  bo’lishligi muqarrar
bo’lganligidan har bir davlatda va uning barcha hududlarida fuqarolar muhofazasi davlat tizimi tashkil
etiladi va uning vazifalari aniq belgilanadi.
2-SAVOL BAYONI
FAVQULODDA VAZIYAT (FV)- ma’lum hududda yuz bergan falokat, halokat va boshqa
turdagi ofatlar natijasida kishilarning o’limiga, salomatligiga, tevarak-atrofdagi tabiiy muhitga sezilarli
moddiy zarar etkazuvchi, odamlarning turmush sharoitini buzilishiga olib keladigan holatdir.
Favqulodda vaziyatlar  xavfining tarqalish tezligiga ko’ra, qo’yidagi guruhlarga bo’linadi:
A) tasodifiy FV - er silkinishi, portlash, transport  vositalaridagi avariyalar va boshqalar;
B) shiddatli FV - yong’inlar, zaharli gazlar otilib chiquvchi portlashlar va boshqalar;

16
V) mo’’tadil (o’rtacha) FV - suv toshqinlari, vulqonlarning otilib chiqishi, radioaktiv moddalar
oqib chiquvchi avariyalar va boshqalar;
G) ravon FV - sekin-asta tarqaluvchi xavflar; qurg’oqchilik, epidemiyalarning tarqalishi,
tuproqning ifloslanishi, suvni kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va boshqalar.
  Favqulodda vaziyatlar yana tarqalish  miqyosiga ko’ra shikastlanganlar soniga hamda  moddiy
yo’qotishlar miqdoriga qarab 4 guruhga bo’linadi:
Lokal (ob’ekt miqyosidagi)  FV;
Mahalliy FV;
Respublika (milliy) FV;
Transchegaraviy (global) FV.
LOKAL FAVQULODDA VAZIYAT-  biror ob’ektga taalluqli bo’lib, uning miqyosi o’sha
ob’ekt hududi bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat  natijasida 10 dan ortiq bo’lmagan odam jabrlangan
yoki 100 dan ortiq bo’lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar
favqulodda vaziyat paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqqi miqdorining 1 ming baravaridan
ortiq bo’lmagan miqdorni tashkil etgan hisoblanadi. Bunday FV oqibatlari shu ob’ekt kuchi va
resurslari bilan tugatiladi.
MAHALLIY  TAVSIFDAGI FAVQULODDA VAZIT- aholi yashaydigan hudud (aholi
punkti, shahar, tuman, viloyat) bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq, biroq 500
dan kam bo’lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar favqulodda
vaziyat paydo bo’lgan kunda eng kam  oylik ish haqqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq
0,5 million baravaridan ko’p bo’lmagan miqdorni tashkil etgan hisoblanadi.
RESPUBLIKA (MILLIY) TAVSIFDAGI FAVQULODDA VAZIYAT deyilganda-
favqulodda vaziyat natijasida 500 dan ortiq odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud
moddiy zarar FV paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 0,5 million baravaridan
ortig’ini tashkil etadigan, hamda FV mintaqasi viloyat chegarasidan tashqariga chiqadigan, respublika
miqyosida tarqalishi mumkin bo’lgan FV tushuniladi.
TRANSCHEGARAVIY (GLOBOL) TAVSIFDAGI FAVQULODDA VAZIYAT
deyilganda esa, oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan yoxud FV chet elda yuz bergan va
O’zbekiston hududiga daxldor holat tushuniladi.
Bunday falokat oqibatlari har bir mamlakatning ichki kuchlari va mablag’i bilan hamda xalqaro
hamjamiyat tashkilotlari mablag’lari hisobiga tugatiladi. Masalan, Orol muammosi nafaqat
O’zbekiston davlati uchun, balki unga chegaradosh bo’lgan Turkmaniston, qozog’iston va boshqa
davlatlar uchun ham falokat keltiruvchi vaziyatdir. Shuning uchun oxirgi vaqtda Orol muammosini hal
qilishga O’zbekiston davlatining kuch va mablag’idan tashqari butun jahon hamjamiyati tashkilotlari
(Ekosan, Yunep va boshqa)  mablag’lari, kuchlaridan foydalanilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar tavsifiga ko’ra (sababi va kelib chiqish manbaiga ko’ra):
A) Tabiiy tusdagi FV;
B) Texnogen tusdagi FV;
V) Ekologik tusdagi FV larga  bo’linadi.
  A.Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarga 3 xil turdagi xavfli hodisalar kiradi:
geologik hodisalar;
gidrometeorologik xavfli hodisalar;
favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar.
B. Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarga 7 xil turdagi vaziyatlar kiradi:
Transportlardagi avariyalar va halokatlar;
Kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar;
Yong’in-portlash xavfi mavjud bo’lgan ob’ektlardagi avariyalar;
Energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar;
Bino va inshootlarning birdan  qulab tushishi bilan bog’liq avariyalar;
Radioaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan foydalanish yoki
ularni saqlash bilan bog’liq avariyalar.
Gidrotexnik inshootlardagi halokatlar va avariyalar.

17
V. Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar asosan 3 xil bo’ladi:
Quruqlik (tuproq, er osti)ning holati o’zgarishi bilan bog’liq vaziyatlar;
Atmosfera (havo muhiti) tarkibi va xossalari o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan vaziyatlar;
Gidrosfera holatining o’zgarishi bilan bog’liq vaziyatlar.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra bizning mintaqada 7 xil
FV turlari tasdiqlangan:
Zilzilalar, er surilishi;
Sel, suv toshqinlari va boshqalar;
Kimyoviy-xavfli ob’ektlarda avariya va falokatlar (o’tkir zaharli moddalarning  ajralib chiqishi);
Portlash va yong’in  xavfi mavjud ob’ektlardagi avariya va falokatlar;
Temir yo’l va boshqa transport vositalarda xavfli yuk  tashish paytidagi avariya va falokatlar;
Xavfli epidemiyaning tarqalishi;
Radioaktiv manbalardagi avariyalar.
FV lar qo’yidagilar natijasida paydo bo’ladi:
Og’irlik kuchlari, er aylanishi yoki haroratlar farqi ta’siri ostida paydo bo’ladigan, tez
kechadigan jarayonlar;
Konsturktsiyalar yoki inshootlar  materiallarini zanglashiga yoki chirishiga, fizik-mexanik
ko’rsatkichlarning pasayishiga olib keladigan tashqi tabiiy omillar ta’siri;
Inshootlarning loyiha ishlab chiqarish nuqsonlari (qidiruv va loyiha ishlaridagi xatolar, qurilish
materiallari, konstruktsiyalar sifatining pastligi, qurilish ishlarining sifatsiz bajarilganligi, qurish va
ishlarida texnika xavfsizligiga rioya qilmaslik va hokazo);
Ishlab chiqarish texnologik jarayonlarning inshoot materiallariga ta’siri (me’yordan ortiq
kuchlanishlar, yuqori harorat, titrashlar, kislota va ishqorlar ta’siri, gaz-bug’ va suyuq agressiv
muhitlar, mineral moylar, emulsiyalar ta’siri);
Sanoat ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining va inshootlarni ekspluatatsiya qilish
qoidalarining buzilishi (bug’ qozonlarining, kimyoviy moddalarning, ko’mir konlarida metan gazining
portlashi va hokazo);
3-SAVOL BAYONI.
Fuqaro muhofazasi davlat tizimlari-harbiy davrda ham, tinchchlik davrida ham yuzaga keladigan
xavflardan aholini, hududlarni, moddiy boyliklarni muhofaza qilishda muhim vazifalarni bajaradi. Bu
borada O’zbekiston Respublikasining   2000 yil 26 mayda qabul qilgan «Fuqaro muhofazasi
to’g’risida»gi qonunida o’z aksini topgan.
Ushbu qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga  oshirishning
huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakolatlarini
hamda fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini ham belgilab bergan.
Fuqaro muhofazasining vazifalari qo’yidagilardan iborat:
Aholi va ob’ektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga
keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayyorlash.
Boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda
saqlab turish.
Iqtisodiyot inshoatlariob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tadbirlar
kompleksini o’tkazish.
Aholini moddiy  va madaniy boyliklarini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish.
Fuqaro muhofazasi harbiy tizimlari shayligini ta’minlash.
Aholini umumiy va shaxsiy saqlovchi vositalari bilan ta’minlash tadbirlarini o’tkazish.
Aholining harbiy davrdagi hayot faoliyatini ta’minlash.
Radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib
borish.
qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni o’tkazish.
Harbiy davrlarda ham zarar ko’rgan hududlarda jamoat tartibini yo’lga qo’yish va saqlab turish.
Aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.

18
Mana shu vazifalarni muvafaqiyatli olib bormay turib, zararlangan hududlarda, ob’ektlarda
mo’’tadil hayot faoliyatini yaratib bo’lmaydi. Bu ishlarni davlat organlari orqali, uqaro muhofazasi
boshchiligida butun xalq yordamida amalga oshiriladi.
FUQAROLARNING FUQARO MUHOFAZASI SOHASIDAGI HUQUQ VA
MAJBURIYATLARI:
 Ma’lumki, fuqaro muhofazasi umumhalq mudofaa ishlaridan biri hisoblanadi. Hamma
fuqarolarning fuqaro muhofazasi masalalarini hal qilishga faol ishtirok etishlari taqozo etiladi. Shuning
uchun ham fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlari   va
burchlari
O’zbekiston
Respublikasining «Fuqaro muhofazasi to’g’risida»gi (2002 y) qonunining 13 va 14-moddalarida aniq
ko’rsatib o’tilgan. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlari  qo’yidagilardan
iborat:
A) O’z hayoti va mol-mulki harbiy harakatlardan muhofazalanishi;
B) Umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan tekin oydalanish;
V) Harbiy harakatlar kechayotgan joylarda o’zlari yo’liqishlari mumkin bo’lgan xav darajasi va
zarur xavsizlik choralari to’g’risida axborot olish;
G) Harbiy harakatlardan jabrlanganlarga ularning hayot faoliyatini ta’minlash uchun sharoitlar
yaratiladi, tibbiy, moddiy-moliyaviy va boshqa xil yordam ko’rsatiladi.
Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi majburiyatlari qo’yidagilardan iborat:
A) Fuqaro muhofazasi sohasidagi barcha qonun hujjatlariga rioya qilishlari;
B) Fuqaro muhofazasi tadbirlarini bajarishda ishtirok etishlari va  tegishli tayyorgarlikdan
o’tishlari;
V) Fuqaro muhofazasi signallarini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan foydalanish
qoidalarini bilishlari;
G) Jabrlanganlarga dastlabki tibbiy va boshqa xil yordam ko’rsatishni bilishlari;
D) Davlat organlariga, shuningdek, tashkilotlarga fuqaro muhoazasi  sohasidagi vazifalarni hal
etishda ko’maklashishlari;
S) Fuqaro muhofazasi ob’ektlari va mol-mulkini asray bilishlari shart.
Yuqoridagi majburiyatlarni to’liq bajarilishi, uqarolar muhofazasi tizimining
mustahkamlanishini, jumladan, davlatning mudofaa qudratini oshirishni ta’minlaydi.
4-SAVOL BAYONI
  Fuqaro muhofazasi  tadbirlarining bajarilishini ta’minlash hamda ushbu maqsadlarda kuch va
vositalarni tayyorlash uchun Respublika, viloyat, tuman,  shahar, shuningdek, ob’ekt miqyosidagi
muhofazasi xizmatlari tashkil etiladi. Fuqaro muhofazasi xizmatlarining turlari O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
  Fuqaro muhofazasi kuchlari fuqaro muhofazasi qo’shinlari, tizimlaridan tarkib topadi. Fuqaro
muhofazasi kuchlari va vositalarining tarkibi, ularning tarkibiy tuzilishi, shuningdek, muhofaza turlari
faoliyatining boshqa jihatlari O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshlig’i tomonidan
belgilab qo’yiladi.
  Fuqaro muhofazasi vazifalarini hal etishda FVV kuchlaridan tashqari O’zbekiston Respublikasi
qurolli Kuchlarining qutqaruv tizimlari, qismlari jalb etilishi mumkin. Favqulodda vaziyatlar vazirligi
fuqaro muhofazasining qo’shinlari O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini
tashkil etadi.
  Fuqaro muhofazasi qo’shinlarining asosiy vazifalari qo’yidagilardan iborat:
A) zararlanish o’choqlarida va zaharlanish hududlarida muhandislik, radiatsiyaviy, kimyoviy va
boshqa qidiruv turlarini olib borish;
B) qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni amalga oshirish;
V) aholini va iqtisodiyot inshoatlariob’ektlarini evakuatsiya qilishda ishtirok etish;
G) aholi hayot faoliyatini ta’minlash, ob’ektlarni tiklash ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish
hamda fuqaro muhofazasining boshqa vazifalarini bajarishdan iborat
  Fuqarolar muhofazasi tizimlari qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan tiklov ishlarini
(KVTI) amalga oshirish uchun hududiy-ishlab chiqarish tamoyillariga ko’ra tashkil etiladi.

19
  Fuqaro muhofazasi tizimlari bo’ysunishiga ko’ra-hududiy (viloyatlar, tumanlar va shaharlar
miqyosida) hamda ob’ekt (iqtisodiyot inshoatlariob’ektlaridagi) tizimlariga bo’linadi. Ob’ekt fuqaro
Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin