Guliston davlat universiteti



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix06.06.2020
ölçüsü2,83 Mb.
#31713
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
favqulotda vaziyatlar va fuqarolar muxofazasi


5-SAVOL BAYoNI
XAVFLI ZONADAN XAVFSIZ ZONAGA EVAKUATsIYa QILISh
 -
qirg’in qurollari ta’siridan saqlash
usullaridan yana biri- bu fuqarolarni falokat yuz bergan joydan vaqtinchalik uzoqlashtirish yoki butkul
evakuatsiya qilish hisoblanadi. Ish bilan mashg’ul bo’lgan odamlarni harbiy vaqtda vaqtinchalik
shahardan tashqari hududga yoki boshqa qishloqqa ko’chirishni biz uzoqlashtirish deb bilamiz. Lekin

54
bunda ishchi-xizmatchilar vaqtincha zararlangan  hududdan chiqib turadilar. qaytadan yana ishga
kelganlarida hamma ehtiyot choralarini ko’rib, o’z faoliyatlarini boshlaydilar. Demak, vaqtinchalik
ko’chirishda ishlovchi odamlar ma’lum bir vaqt dam olib keladilar.
Evakuatsiya deganda hammani bir vaqtda bir yashash joyidan ikkinchi yashash joyiga doimiy
yashash uchun ko’chirilishi tushuniladi (asosan ishlamaydigan fuqarolar, nafaqaxo’rlar, bolalar va
kasallar evakuatsiya qilinadi). Evakuatsiya  qilinganda alohida buyrug’ bo’lmaguncha fuqarolar o’sha
joyda yashab turadilar.
Xavfsiz hudud xavfli hududdan birmuncha uzoq masofada joylashgan bo’lishi va xalqqa hech
qanday xavf tug’dirmasligi lozim. Yana xavfsiz hudud temir yo’l, avtomobil yo’llariga yaqin, ishchi-
xizmatchilarni ishga olib borib, yana qaytib kelishi uchun qulay bo’lgan hududdan uzoqroq erga
evakuatsiya qilinadi.
Ikkinchi jahon urushi davrida O’rta Osiyo Respublikalari xalqlari, evakuatsiya qilinganlarni o’z
bag’irlariga olganlar. Masalan, Toshkentlik temirchi Shomahmud Shoahmad ota 14 bolani asragani
hammaga ayon.
Xavfsiz hududga vaqtinchalik yoki butunlay ko’chirish ishlari, ishlaydigan odamlar  uchun
ishlab chiqarish tamoyiliga ko’ra, ishlamaydigan xalq uchun esa hududiy tamoyilga ko’ra turar-joy
boshqarmasi orqali amalga oshiriladi. Tadbirlar har bir ishlab chiqarish korxonasida yoki turar-
joylarda bunday ishlar bilan shug’ullanadigan boshliq o’rinbosarlari tomonidan rejalashtiriladi va
amalga oshiriladi.
Ko’chirish ishlarining hammasi evakuatsiya  qilinadiganlarning yig’iladigan joyida
tashkillashtiriladi. Yig’ilish joylari (evakuatsiya punkti-EP) asosan, maktablar, klublar va boshqa
jamoat inshootlari bo’lishi mumkin. Xalqni ko’chirish haqida ma’lumot olganda, darhol ishlab
chiqarish korxonasi, o’quv yurtlari, korxonalari, militsiya organlari hamda radio, televidenie orqali
xalq xabardor qilinadi. Yig’ilgan odamlar qayta hisobdan o’tkazilib, guruhlarga bo’linadi, transport
vositalariga taqsimlanib, ko’rsatilgan vaqt ichida xavfsiz hududga etkaziladi.
Yayov yuradiganlar oldindan tuzilgan marshrut bo’yicha kolonna bo’lib (kolonnada 500-1000
kishi) harakat  qiladi. Bunda, albatta, guruhlarga bo’linadi va har bir guruhda 50-100 kishi bo’ladi.
Kolonna har 1-1,5 soat yurishdan keyin 10-15 minut dam olib, aytilgan joyga borishi bilan hamma
kolonna a’zolari tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi.
Bu erda evakuatsiya qilinganlarni qabul komissiyasi kutib oladi. bu komissiyaga o’sha joyning
hokimiyat boshliqlari, korxona rahbarlari, oziq-ovqat, tibbiyot xizmatchilari kiradi. Ular odamlarni
qabul qilib, hisobini oladi va har birini joylashtiradi. Odamlar asosan, maktablarga, klublarga,
kinoteatrlarga va shunga o’xshash joylarga, ba’zan o’sha erda yashovchi oilaga ham ma’lum qism
odamlar taqsimlanadi. Joylashtirilgan har bir insonga tibbiy xizmat ko’rsatilib, oziq-ovqat bilan
ta’minlanadi.
Evakuatsiya qilingan fuqarolar o’sha erdagi ishlab chiqarish korxonalarining evakuatsiya
qilingan qismida ishlashlari mumkin.
YaKKA TARTIBDA SAQLOVChI VOSITALAR YoRDAMIDA FUQAROLARNI MUHOFAZA QILISh
Yakka tartibda saqlovchi vositalar inson tanasiga, ichki organlariga, terisiga va kiyim-kechaklariga
radioaktiv moddalarni, zaharli birikmalarni va biologik tumanlarni tushishidan saqlaydi. Yakka
tartibda saqlovchi vositalar qo’llanilishiga ko’ra: terini saqlovchi, nafas organlarini, yuz-ko’zni
saqlovchi turlarga bo’linadi. Bundan tashqari, filtrlovchi hamda izolyatsiyalovchi turlarga bo’linadi.
Bunday vositalarga tibbiy saqlovchi vositalar ham kiradi.
NAFAS ORGANLARINI SAQLOVChI VOSITALARGA
 gazniqoblar, respiratorlar, matoli niqoblar,
paxta-dokali taqqichlar kiradi.
Gazniqoblar-nafas yo’llarini, yuz-ko’zni har xil zaharli ta’sirlardan saqlaydi. Gazniqoblar
filtrlovchi va izolyatsiyalovchi xillarga bo’linadi. Fuqaro muhofazasi bo’yicha qo’yidagi filtrlovchi
gazniqoblar: GP-5, GP-5M, GP-7, GP-7V; bolalar uchun PDF-Sh, PDF-D, PDF-2Sh, PDF-2D VA
KZDdan  foydalaniladi. Filtrlovchi  gazniqoblar asosan 2 qismdan: niqobdan va filtrovchi qutidan
tashkil topgan. Filtrlovchi  quti asosan tashqi muhitdagi turli xil zaharli birikmalarni yutuvchi filtr va
shixtadan tashkil topgan.

55
Niqob-tabiiy yoki sun’iy kauchuk asosida olingan rezina materiallaridan tayyorlanib, unga
ko’rish uchun oynak hamda nafas olish va chiqarish uchun mo’ljallangan jihoz joylashtirilgan. Boshqa
rusumdagi gazniqoblar ham xuddi GP-5 rusumli gazniqobiga o’xshab tuziladi.
PDF-D 1-5-7 yoshgacha bolalar uchun. PDF-Sh markali gazniqob 7-17 yoshlardagi  bolalar
uchun mo’ljallangan. Bolalar gazniqobi ham filtrlovchi quti va niqobdan tashkil topib, niqob elastik
rezinadan tayyorlangan. Filtrlovchi quti niqob bilan birlashtiruvchi trubkasida yig’iladi.
Bolalar himoya kamerasi (BHK) 1,5 yoshgacha bo’lgan bolalarni zaharli  birikmalar, radioaktiv
moddalar va biologik ta’sirlardan saqlaydi. BHK tarkibiga: himoya kamerasi, atmosfera yog’inlaridan
saqlovchi yopinchiq, kartonli quti va kamerani saqlovchi g’ilof kiradi.
Gazniqoblarning  saqlash darajasini oshirish uchun har bir fuqaro o’z o’lchamini kiyish orqali
erishadi. Chunki to’g’ri tanlangan shlem-niqob yuzga zich yopishib turadi va tashqaridan hech qanday
zararli ta’sirlar kirmaydi.
Gazniqoblarning o’lchami 2 xil usulda aniqlanadi:
A) yuzning o’lchamini aniqlash orqali;
B) dahan bilan qosh suyagi orasidagi masofani o’lchash orqali.
Birinchi  uslub bilan 63 smgacha 0 - o’lcham, 1- o’lcham Q 63,5 smgacha, 2 – o’lcham Q 66-68
smgacha, 3 – o’lcham Q 68,5 - 70,7 sm va 4 – o’lcham Q 71 sm va undan katta.
Ikkinchi uslub bilan 3 xil o’lchamda gazniqoblar ishlab chiqariladi:
1-o’lcham – 99-109 mm.gacha;
2-o’lcham –109-119 mm;
3-o’lcham – 119 mm.dan katta.
Bolalar gazniqobni o’lchamini topishda ularning yuz balandligini o’lchab. Gazniqobni
ishlatishdan oldin har bir fuqaro uni saqlash xususiyati buzilmaganligini tekshirib ko’rishi, uning
germetikligini qayta tekshirishi lozim. Tekshirilgan ish holatidagi gazniqoblar yaxshilab taxlanib
qaytadan sumkaga solinadi va saqlash uchun joyiga qo’yiladi.
Gazniqobdan foydalanish umumiy tartibda «Gazlar» degan komanda berilganda yoki
atmosferada radioaktiv birikmalar, zaharli moddalar, biologik ta’sir tarqalganda mustaqil ravishdav
kiyib olinadi.  Filtrlovchi sanoat gazniqoblari ham bir necha rusumda bo’lib, ular assoan turli sanoat va
qishloq xo’jaligi tarmoqlarida kuatiladigan favqulodda vaziyatlarda ishlatiladi. Ularning turlari va
xususiyatlari to’g’risida oldingi mavzularda ma’lumot berilgan.
Izolyatsiyalovchi gazniqoblar asosan turli xil zaharli birikmalar aralashmasi bo’lganda, ularning
kontsentratsiyasi yuqori hamda atmosferada kislorod miqdori juda kichik hollarda ishlatiladi. Bundan
tashqari, izolyatsiyalovchi gazniqoblar suv va er ostida bajariladigan ishlarda ham foydalaniladi.
Izolyatsiyalovchi gazniqoblar saqlash xususiyatiga ko’ra 2 guruhga: kislorod bilan kimyoviy
bog’langan gazniqob (IP-4, IP-5)  va siqilgan kislorod yoki havo bilan foydalaniladigan gazniqob
(KIP-7, KIP-8) larga bo’linadi.
Izolyatsiyalovchi gazniqoblar bilan asosan, fuqaro muhofazasining qutqaruv va avariyani
tiklovchi tizimlar ta’minlanadi (suvga cho’kkan odamlarni, yong’inda qolgan fuqarolarni
qutqaruvchilar, radioaktiv chang tarqalgan va yuqori kontsentratsiyali zaharli moddalar bo’lgan
joylardagi avariyani tiklovchi va boshqa tizimlar).
RESPIRATORLAR
 asosan radioaktiv va mexanik changlardan nafas organlarni saqlovchi vosita
hisoblanadi. Fuqarolar muhofazasida assoan R-2 va ShB-1 rusumli respiratorlar ishlatiladi.
Respiratorlar R-2 filtrlovchi yarim maska va maxkamlovchi tasmadan iborat. Niqobda 3 ta klapan: 2-
tasi nafas olish uchun va bittasi nafas chiqarish uchun xizmat qiladi. Respiratorni tashqi tomoni
poliuretanli materialdan, ichki tomoni esa yupqa havo o’tkazmaydigan polietilenli plyonkadan tarkib
topib, ularning o’rtasiga filtrlovchi polimer tolalari joylashtirilgan. Respiratorning ishlash tamoyili
shundan iboratki, yutilgan havo filtrlovchi poliuretanli qatlamdan o’tib, avval dag’al changlardan
tozalanadi va so’ngra filtrlovchi polimer tolalarda mayda changlardan tozalangan havo insonni nafas
organlariga kiradi.
Chiqarilgan havo esa tashqariga haydaydigan klapan orqali chiqarib yuboriladi.
Respirator R-2 uch xil o’lchamda chiqarilib, uning o’lchami yuz balandligini o’lchash orqali
aniqlanadi:

56
1-o’lcham 99-109 mm, 2-o’lcham 109-119 mm va 3-o’lcham 119-dan katta. Bolalar uchun
respirator nol o’lchamda chiqariladi. Respiratorlar polietilenli qopchada germetik ravishda saqlanadi.
ShB-1 rusumli respirator 1 martali ishlatiladigan o’lchamsiz saqlovchi vosita hisoblanib, bunda
filtrlovchi element sifatida Petryanov matosi ishlatiladi. ShB-1 respitarori Chernobl avariyasida
qo’llanilib, yaxshi natijalar berganligi ma’lum.
MATOLI NIQOBLAR
-nafas organlarini saqlovchi vositalarning oddiy uslubi sanalib, u radioaktiv
moddalardan, biologik tumanlardan saqlovchi vosita hisoblanadi. Lekin bu vosita zaharli moddalardan
saqlay olmaydi. Bunday vositalar zich to’qilgan matolardan har bir fuqaro o’zi tayyorlashi mumkin va
uning rusumi MM-1 deb ataladi. Yana nafas organlarini saqlovchi oddiy vositalar qatoriga paxta-
dokali taqqichlar ham kiradi.
TERINI  SAQLOVChI  VOSITALAR.
  Terini saqlovchi vositalar ham saqlash darajasiga ko’ra:
filtrlovchi va izolyatsiyalovchi xillarga bo’linadi. Izolyatsilovchi terini saqlovchi vositalar  havo
o’tkazmaydigan rezinali elastik materialllardan (masalan, PXV) tayyorlanadi. Ular germetik  va
nogermetik holda  bo’ladi. Germetik vositalar butun teri a’zolarini berkitib, zaharli moddalarning bug’i
va tomchilaridan butunlay saqlaydi. Germetik bo’lmagan vositalar esa faqat zaharli moddalarning
tomchilaridan saqlaydi. Izolyatsiyalovchi terini saqlovchi vositalarga: kombenzon va kostyum, engil
himoya kostyumi L-1 va umumqo’shin himoya jamlamasi kiradi. Himoya kombenzoni, bitta qilib
tikilgan kurtka, shim va bosh kiyimdan tashkil topgan. Kombenzon va kostyum tarkibiga shlyomosti
(podshlyomnik), rezinali oyoq kiyimi va rezinali  qo’lqop kiradi. Himoya kombenzoni va kostyumi
odamlarning tuzilishiga ko’ra 3 o’lchamda ishlab chiqariladi: 1-o’lcham 166 sm.gacha, 2-o’lcham 165-
172 sm, 3-o’lcham 172 sm.dan yuqori.
ENGIL HIMOYa KOSTYuMI L-1.
  U qalpoqchadan, shim bilan birga tikilgan paypoq hamda ikki
qavatli qo’lqop va podshlyomnikdan tashkil topgan.
L-1 ning ham o’lchamlari xuddi himoya kombenzoniga o’xshash bo’ladi. L-1 kiyimlari asosan
fuqarolar muhofazasining razvedka qismlariga kiyiladi.
Umumiy himoya jamlamasi (OZK) vositasi himoya plashidan (OP-1) va himoya paypoq,
qo’lqopdan tashkil topgan.
Umumqo’shin himoya jamlamasi qo’yilgan maqsadga ko’ra:
a) radioaktiv birikmalardan, zaharlovchi moddalar va biologik vositalar ta’sirlaridan saqlashda,
radioaktiv moddalar va biologik shikastlangan joylarda hatti-harakatlar hamda texnika, transportlarni
zararsizlantirish ishlarini bajarishda yopchiq ko’rinishda;
b) shikastlangan o’choqlardagi hatti-harakatlarda va qutqaruv-evakuatsiya ishlarini bajarishda
kombenzon ko’rinishda foydalaniladi.
Filtrlovchi, terini himoyalovchi vositalar paxtali materiallardan tayyorlangan kiyimlarga maxsus
kimyoviy moddalar shimdirilgan bo’ladi. Bunda zaharli moddalar kiyimdan o’tayotganda yuqtirib
qoladi va terini shikastlashdan saqlaydi.
FILTRLOVChI XIMOYa KIYIMLARI (ZFO-58).
Bu vosita  kombenzondan, paytava,
shlemostiligidan tashkil topgan. ZFO-58, gazniqob, rezinali etik va qo’lqopdan iborat jamlama  holda
ham foydalaniladi.
Kombenzon 3 xil o’lchamda chiqariladi: 160 smgacha, 161-170 smgacha va 71 smdan yuqori
bo’yli odamlar uchun.
ODDIY TERINI HIMOYa QILUVChI VOSITALARGA
oddiy hech narsa shimdirilmagan yopchiq,
plashlar, qalin zich to’kilgan paltolar, paxtali, charm-terili kurtkalar va boshqa kiyim-kechaklar kiradi.
Trikotajdan, sherstdan va paxtali materiallardan tayyorlangan kiyimlar, qo’lqoplar faqat
radioaktiv changlardan va biologik ta’sirlardan saqlaydi.
YaKKA TARTIBDAGI TIBBIYoT VOSITALARIDAN
  foydalanish.
Ionlantiruvchi nurlardan, zaharlovchi moddalardan, bakterial vositalardan hamda kuyishdan
saqlashda shaxsiy (ShD-2) doriqutilardan foydalaniladi. Bu vosita 130 gramm bo’lib, saqlanish
muddati-3 yil. Doriqutiga dori va moddalar va qirg’in qurollari ta’siriga qarshi kurashadigan
protektorlar joylashtirilgan:
a) shaxsiy tibbiyot doriqutisiga og’riq qoldiradigan shprits-tyubik ignasi bilan joylashtirilgan;

57
b) fosfor organik zaharli moddalar bilan zaharlanganda ishlatiladigan taren-6 tabletka dorisi bor.
Bu doridan kimyoviy ogohlantirishda bir tabletkadan ichiladi;
v) baktereologik vositalarga qarshi ishlatiladigan dori «№1»(oq shishada-tetratsiklin
gidroxlorid)joylashgan. Bu doridan bakteriologik qurol ishlatilganda, jarohatlar olgan va kuyganlar
uchun foydalaniladi.Bunda bir yo’la 5-ta tabletka ichiladi va 6 soatdan keyin yana 5-tasi ichiladi
(vabo,o’lat,sibir yarasi).
g) biologik ta’sirlarga qarshi ishlatiluvchi (sulfodometoksin-15 tabletka dorisi)qo’yilgan. Bu
dorini oshqozon-ichak kasali boshlanganda bir yo’la 7-ta tabletkasi va keyingi kunlarda 4 tadan
ichiladi;
d) radiosaqlovchi vosita № 1 (tsistamin) joylashgan bo’lib, u gamma nurlanish yuz berganda bir
yo’la 6-ta tabletkasi ichiladi;
e) radiosaqlovchi vosita № 2 (kaliy yodit) bo’lib, har kuni bitta tabletkadan ichiladi (10 kun
mobaynida). Bu dori radioaktiv changlar tushganda iste’mol qilinadi;
j) qusishga qarshi ishlatiladigan vosita-etaperazin (havo rangli shishada) joylashtirilgan. Bu
doridan odam nur qabul qilganda, eti uzilganda ichish tavsiya etiladi.
Yuqorida qayd etilgan dorilarni kichik bolalarga ham ichish tavsiya etiladi, 8 yoshgacha
bo’lganlar: 1|4 tabletka, 8-15 yoshgacha 1|2 tabletkadan iste’mol qilish mumkin.
KIMYoVIY ZAHARLOVChILARGA QARShI YaKKA TARTIBDAGI PAKET (ShKP
)
Bu vosita har bir odamda bo’lishi shart. Bu paket kimyoviy zaharlovchilari teriga, kiyimlarga,
shaxsiy saqlovchi vositalarga tushganda, zararsizlantirishda foydalaniladi. Bu paketda degazatsiya
qiluvchi idish eritmasi va to’rtta paxta dokali tampon bo’lib bular polietilenli qopchada germetik
joylashtirilgan bo’ladi.
Agar biror zaharlovchi moddalar teriga yoki kiyim boshga tushib qolsa, darhol tampon
degazatsiya qiluvchi eritmaga shimdirilib, keyin o’sha joy artiladi.
Degazatsiya qiluvchi eritmalar 3 foiz N2O2 q 3 foiz NaON yoki 3 foiz N2O2 q (150g.natriy
silikat aralashmasining 1l suvdagi eritmasi).
6-SAVOL BAYoNI:
Oziq-ovqat, suv, donlarni zararlanishdan saqlash omili bu tashqi muhitdan ularni izolatsiyalash
hisoblanadi.
Uy sharoitida oziq-ovqatlarni saqlash uchun germetik saqlovchi idishlardan
foydalaniladi.Masalan,non, qandolat mahsulotlari bir necha qavat qog’oz bilan o’ralib, polietilen
xaltachada yoki kostryulkada saqlanadi. Un shakar,undan tayyorlangan mahsulotlar ham polietilen
xaltachalarida saqlanadi. Margarin, sariyog’,hayvon yog’lari shisha yoki metall idishlarda og’zi yaxshi
yopilgan holatda saqlanadi.Sabzavot mahsulotlari yog’och yoki faner yashiklarga solinib, yashiklar
zich bo’lgan material bilan o’ralgan holda saqlanadi. qishloq joylarida yuqoridagi mahsulotlar miqdori
ko’p bo’lganligidan, ular asosan omborlarda, erto’lalarda qadoqlangan holda saqlanadi. Saqlagichlar
germetik ravishda jihozlanishi kerak.
Qishloq xo’jalik hayvonlarining emishlari,silos,xashaklar o’ralarda yoki usti yopiq qurilmalar
tagida yaxshi o’ralgan holatda saqlanadi. Suvni zararlanishdan saqlash eng muhim va eng mushkul
vazifalardan hisoblanadi. Suv bilan ta’minlovchi korxonalarda suvni tozasi va zararsizlantirish
jarayonlari maxsus tozalash inshootlarida olib borilib, iste’molchilarga asosan germetik ravishda
quvurlar orqali tarqatiladi. Shu sababdan bunday tizimlarda suvlarni zararlanishi kuzatilmaydi, faqat
quvurlar, tozalash inshootlari buzilgandagina zararlanadi.
Qishloq joylarida ba’zan quduqlardan foydalaniladi, ularning atrofi ochiq bo’lganligidan
radioaktiv, kimyoviy va biologik moddalar suvni zararlashi mumkin. Bunday quduqlarni
zararlanishdan saqlashda quduq atrofi 1-1,5m.diametrda, 20 sm qalinlikdagi tuproq olib tashlanib,
uning o’rniga sof tuproqdan solib zichlantiriladi va ustida qum to’kiladi. quduq atrofi ikki qavat taxta
bilan yaxshilab mustahkamlanadi va og’zi ham bekitiladigan qilib jihozlanadi.
Uy sharoitida suvlar asosan termoslarda, grafinlarda va usti yaxshi yopiladigan idishlarda
saqlanadi.Saqlanadigan suvning xajmi faqat ovqat tayyorlash uchun har bir odam boshiga 3-5 litr
bo’lishi kerak. Bulardan tashqari toza suv yuvinish, oziq-ovqat mahsulotlarini yuvish uchun ham

58
ishlatiladi. Mana shularning hammasini hisobga olgan holda zararlanmagan suvlar zaxiraga olib
qo’yiladi.
Qishloq xo’jaligi hayvonlarini muhofaza qilish ham eng muhim tadbirlardan hisoblanadi.
Dushman hujumidan ogoh qilinganda hamma hayvonlar yopiq molxonalarga kiritiladi. Molxonalar
juda germetik qilib jihozlanishi, ularning ichida uzoq muddatga yotadigan em-xashaklar, suv
saqlanishi kerak.
Agar molxona hajmi kichik bo’lsa, emxonalar alohida germetik jixozlangan ikkilamchi
xonalarda tayyorlanib saqlanadi.
Mana shunday paytlarda hayvonlar kasallanishiga qarshi profilaktik omillar o’tkaziladi. Bunda
ularga vaktsinalar yuborilib, turli xil kasalliklarga chidamli immunitetlar hosil qilinadi.
NAZORAT SAVOLLARI VA TOPShIRIQLARI:
1. Fuqarolarni favqulodda vaziyat haqidaa ogohlantiruvchi belgilar hususida nimalarni bilasiz?
2. Sirena va uni qaysi vaziyatlarda ishlatilishi haqidaa nimalar bilasiz?
3. Fuqarolarni favqulodda vaziyat vaqtida xarakatlanish tartiblari va nimalarga rioya qilishlari
xususida tushuncha bering.
4. Oddiy boshpana va himoya inshootining tuzilishiga ta’rif bering.
5. Himoya inshootlarining tashkiliy qismlarini ta’riflang.
6. Himoya inshootlari necha qismdan va qanday xonalardan iboratligi haqidaa tushuntiring.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Nigmatov I., Tojiev M.  “Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi”, o’quv-qo’llanma,
Toshkent, «Iqtisod-moliya», 2011 yil.
2. Tojiev M, Ne’matov I, Ilhomov.  “Favqulodda vaziyat va fuqaro muhofazasi”, o’quv-qo’llanma,
Toshkent, «Iqtisod-moliya», 2002 yil.
3. Sh.Ubaydullaev, A.Norboev, M.Ziyoeva, M.Ortiqov, U.Yo’ldoshev, O.Ortiqov “Chaqiruvga
qadar boshlang’ich tayyorgarlik”, o’quv qo’llanma, Toshkent, 2007 yil.
4. N.I. Akimov. «Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarida fuqarolar muhofazasi».Toshkent,
«Mehnat», 1983 yil.
8-MAVZU: FAVQULODDA HOLATLARDA IQTISODIYOT
INSHOATLARITARMOQLARINI QUTQARISH
ASOSIY SAVOLLAR:
2. Qutqaruv va birlamchi tiklov ishlarining tashkiliy asoslari
3. QBTI ishlarini shikaslangan joylarda olib borish usullari
MAVZUGA OID TAYaNCh TUShUNChA VA IBORALAR:
Tabiiy ofatlar, radiatsiyaviy, kimyoviy, ta’sirlar va uni qishloq xo’jaligi ob’ektlarida
inshootlarida ta’sirlaridan himoya qilish.
MAVZU BO’YIChA DARSNING MAQSADI:
Qishloq xo’jaligi inshootlarini favqulodda vaziyatlardan qutqarish chora tadbirlarini ishlab
chiqishga o’rgatish. Qutqaruv ishlarini shikastlangan o’choqlarda olib borish chora-tadbirlari
xaqida xamda ularning omillarini tushuntirish.
IDENTIV O’QUV MAQSADLARI:

59
1. Qishloq xo’jaligi talofotlarini aniqlay biladi.
2. Halokat sabablarini aniqlay biladi.
3. Qishloq xo’jaligi inshootlarida qutqaruv ishlarini olib bora biladi.
4. Qutqaruv ishlarini tashkiliy qismlarini tushuntira biladi.
5. Qutqaruv ishlarini shikastlangan joylarda olib bora oladi.
6. Qutqaruv ishlarini sababchi omillarini aniqlay oladi.
1-SAVOL BAYONI:
Ma’lumki, dushman tomonidan qo’llaniladigan umumiy qirg’in qurollarining oqibatlari turli xil
darajada bo’ladi. Albatta, talofot darajasi ishlatilgan qurol turiga, uning qo’llanilish miqyosiga bog’liq.
Mana shunday yadroviy, kimyoviy, biologik va kombinatsiyalashgan shikastlangan o’choqlarda
qutqaruv va tiklash ishlarini (KBTI) amalga oshirish juda murakkab ahvolga ro’y beradi, sababi
bunday patda hamma inshootlar deyarli shikastlangan,yongan,yiqilgan,suv bosgan,atmosfera hamda
barcha erlar zaharlangan va shunga o’xshash boshqa noxush holatlar kuzatilgan bo’ladi.
Xuddi shunga o’xshash holatlar (favqulotdda vaziyat) tinchlik davrida ham (tabiiy, ofatlar, ishlab
chiqarish avariyalari, fojialar oqibatida)kuzatilishi mumkin. Shu sababdan fuqaro muhofazasining eng
asosiy vazifalaridan biri, harbiy holatlarda va tinchlik davrlarida favqulodda vaziyatlarda umumiy
shikastlangan o’choqlarda KBTIni amalga oshirish hisoblanadi.
Shikastlangan o’choqlari KBTIni olib borishdan maqsad, fuqarolarni qutqarish va zararlangan
odamlarga birlamchi tibbiy yordam ko’rsatish, qutqaruv ishlarini amalga oshirishda xalaqit beradigan
avariyalarni to’sish, shikastlangan joylarni tiklash ishlarini amalga oshirishda sharoitni yaratish va
boshqa vazifalarini bajarish ko’zda tutiladi.
Umumiy qirg’in qurollari qo’llanilganda quyidagi qutqaruv ishlari bajariladi:
- ob’ektlar tomon tizimlarning harakatlanish yo’llarini razvedka qilish;
- shikastlangan ob’ektlarga harakat qilishda yong’inlarni o’chirish va to’sish;
- zaharlangan, yong’inli, gazga to’lgan, suv bosgan joylarda va er ostida qolgan odamlarni topish
va qutqarish;
- shikastlangan, buzilgan va zaharlangan himoya inshootlaridagi fuqarolarni qutqarish;
- havo almashtirgichi buzilgan, shikastlangan himoya inshootlariga havoni etkazib berish;
- shikastlangan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish va ularni davolar shahobchalariga
eltib qo’yish;
- xavfli hududdagi fuqarolarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish;
- odamlarni sanitar - qayta ishlovdan o’tkazish, uy hayvonlariga veterinar qayta ishlov berish,
texnika, kiyim-kechak, oziq-ovqat, xom ashyo, suv va em-xashaklarni dezaktivatsiya va degazatsiya
qilish;
Boshqa birlamchi tiklov ishlariga quyidagilar kiradi:
- Shikastlangan hududlardagi (zaharlangan, yiqilgan, buzilgan inshootlar) yo’llarni tozalash;
- qutqaruv ishlarini olib borishda gazli, elektrli, suvli, kanalizatsiya va  texnologik tizimlardagi
avariyalarni  to’sish ishlari;
- shikastlangan inshootlarni buzish yoxud uni mustahkamlash;
- aloqa va kommunal-energetik tarmoqlardagi falokatlarni tuzatish va tiklash ishlari;
- turli xildagi portlovchi qismlarni, portlovchi aslahalarni topish, zararsizlantirish  va yo’qotish
ishlari.
KBTI ishlari kunu-tun, doimiy ravishda, har qanday tabiiy sharoitda olib boriladi. Umumiy
qirg’in qurollarining shikastlanish uchog’ida KBTIni tashkiliy olib borish uchun, tinchlik davridayoq
tuman (shaxar) fuqaro muhofazasining boshlig’i qarori bilan fuqaro muhofazasi kuchlarining harakat
qilish rejalari (yo’llari) tuziladi.
Harakatlanuvchan kuchlar tarkibiga shahar, tuman fuqarolar muhofazasining hududiy, ishlab
chiqarish tamoyilga ko’ra tuzilgan tizimlari hamda harbiylashgan fuqaro muhofazasi qismlari kiradi.
Bu kuchlar asosan birinchi va ikkinchi eshelondan va qo’shimcha qismlardan tashkil topadi.Eshelonlar
tarkibiga kiruvchi tuzilmalar uzluksiz faoliyat ko’rsatish uchun ular smenalarga bo’linib ishlash
tamoyiliga asoslangan bo’ladi.

60
Birinchi eshelonda asosan fuqarolar muhofazasi harbiy qismlari, korxonaning ob’ektli
tuzilmalari va ma’lum qismidagi hududiy tizilmalari harakatlanadi. Bunda fuqarolar muhofazasining
harbiy qismlari va hududiy tizimlari, asosan shahar, rayon fuqarolar muhofazasi rejasiga asosan
iqtisodiyot inshoatlaritarmoqlarining eng muhim ob’ektlarida KBTI ishlarini bajaradilar.
Ikkinchi eshelon tizimlari asosan birinchi eshelon tizimlari kuchini oshirish, hamda faoliyat
ko’rsata olmaydigan tizimlar o’rnini egallash maqsadida harakatlanadi.
Ob’ektning fuqarolar muhofazasini harakatlanuvchan kuchlari asosan umumiy otryadi, qutqaruv
otryad hamda ishlarni bajaruvchi tizimlardan tashkil topgan.
Fuqarolar muhofazasining texnika vositalari hamda kuchlari shikastlangan zonaga juda qisqa
vaqtda kirishi, KBTI ishlarini muvaffaqiyatli bajarishi, zamonaviy texnikadan unumli foydalanishi, ish
jarayonida qo’l ostidagi kuchlarni, tizimlarni almashtirib turishi va boshqa ishlarni bajarishi lozim.
Albatta turli xildagi texnikalardan foydalanmay shikastlangan zonada katta, unumli ishlarni
bajarib bo’lmaydi. Faqatgina mexanizmlar yordamidagina, jumladan,qurilish va yo’l mashina va
mexanizmlari,kommunal-texnika jihozlari yordamida, er ostida, buzilgan, yonayotgan, gazga to’lgan
inshootlar ichida qolgan, buzilgan himoya inshootlari ostida qolgan fuqarolarni qutqarish va boshqa
ishlarni bajarish mumkin.
Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin