Guliston davlat universiteti


NAZORAT SAVOLLARI VA TOPShIRIQLARI



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/13
tarix06.06.2020
ölçüsü2,83 Mb.
#31713
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
favqulotda vaziyatlar va fuqarolar muxofazasi


NAZORAT SAVOLLARI VA TOPShIRIQLARI:
1. Ishchi xizmatchilarni fuqaro muhofazasiga o’qitishdan maqsadlari  nimalardan iborat?
2. FMDT maqsad va vazifalarini tushuntiring.
3. Fuqaro muhofazasi fanini o’qitilishidan maqsad nima?
4. Amaliy mashg’ulotlarning o’tkazilishi va ishlab chiqish chora-tadbirlari nimalardan iboratligini
tushuntiring.
5. Amaliy mashg’ulotlarda kerakli asbob-uskunalar va xodimlarning jismoniy tayyorgarliklari
xaqida ma’lumot bering.
6. Shtab kamanda buyruqlari berilishi xususida ma’lumot bering.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Nigmatov I., Tojiev M.  “Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi”, o’quv-qo’llanma,
Toshkent, «Iqtisod-moliya», 2011 yil.
2. Tojiev M, Ne’matov I, Ilhomov.  “Favqulodda vaziyat va fuqaro muhofazasi”, o’quv-qo’llanma,
Toshkent, «Iqtisod-moliya», 2002 yil.
3. Sh.Ubaydullaev, A.Norboev, M.Ziyoeva, M.Ortiqov, U.Yo’ldoshev, O.Ortiqov “Chaqiruvga
qadar boshlang’ich tayyorgarlik”, o’quv qo’llanma, Toshkent, 2007 yil.
4. N.I. Akimov. «Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarida fuqarolar muhofazasi».Toshkent,
«Mehnat», 1983 yil.

67
FAVQULODDA VAZIYaT VA FUQARO MUHOFAZASI BO’YIChA O’ZBEKISTON
RESPUBLIKASINI ASOSIY QONUNLAR, QARORLARI VA NIZOMLARI:
O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  VAZIRLAR   MAHKAMASINING
Q A R O R I
23 dekabr                                                         № 558                               Toshkent sh.
1996 yil
«O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning   oldini olish va harakat
hilish davlat tuzilmasi to’g’risida»
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar
vazirligini tashkil etish to’g’risida» 1996 yil 4 martdagi PF-1378-son Farmonini bajarish yuzasidan
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish
davlat tuzilmasi (FVDT) to’g’risidagi Nizom va uning tuzilmasi (1-2 ilovalar) tasdiqlansin.
2. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha funktsiyalar 3-
ilovaga muvofiq O’zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralariga yuklansin.
3. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklari 3 oy muddatda FVDTning funktsional va hududiy kuyi tuzilmalari
to’g’risidagi Nizomlarni ishlab chiqsinlar va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishgan holda
tasdiqlasinlar.
4. Maxfiy.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
birinchi o’rinbosari zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining
                                                 Raisi      I.A.Karimov

68
Vazirlar Mahkamasining
                        1997 yil 23 dekabrdagi
                                                                                                            558-son qaroriga
                                                          1-ILOVA
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat
tuzilmasi to’g’risida
N I Z O M
1. Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va
harakat qilish davlat  tuzilmasi (FVDT)ning asosiy vazifalarini, uni tashkil etish, uning tarkibi hamda
faoliyat ko’rsatish tartibini belgilaydi.
2. FVDT boshqaruv organlari, respublika va mahalliy hokimiyat organlarini, aholini va
hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradi.
Favqulodda vaziyat-muayyan xududda o’zidan so’ng odamlarning qurbon bo’lishi,odamlar
sog’lig’i yoki atrof-tabiiy muhitga ziyon etkazishi, kishilarning hayot faoliyatiga kattagina moddiy
zarar hamda uning buzilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, stixiyali
yoki ekologik ofat, epidemiyalar, epizootiyalar, epifitotiyalar natijasida yuzaga kelgan holat.
Hudud-bu er, suv, havo makoni yoki uning bir qismi, ishlab chiqarish va ijtimoiy
maqsadlardagi ob’ektlar, shuningdek, atrof-tabiiy muhit.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish-bu favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda amalga
oshiriladigan hamda odamlarni qutqarish va kishilar sog’lig’ini saqlash, atrof-tabiiy muhitga zararning
hamda moddiy zararlarning miqdorlarini kamaytirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar zonalarining
kengayishiga yo’l qo’ymaslik, ular uchun xos bo’lgan havfli omillar ta’sirini bartaraf etishga
yo’naltirilgan avariya bo’lgan va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlar majmui.
Ijtimoiy-siyosiy mojarolar va ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish, shuningdek, favqulodda
vaziyatlar oqibatida zararlangan ob’ektlar va hududlarni tiklash harakatlari FVDT vakolatiga kirmaydi.
Korxonalar va muassasalarning kuch va vositalarini birlashtiradi hamda favqulodda
vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish, ular
yuzaga kelganda aholi xavfsizligini, atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish hamda tinchlik va harbiy
davrda davlat iqtisodiyotiga zararni kamaytirishni ta’minlashga mo’ljallangan.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

69
FUQARO MUHOFAZASI TO’G’RISIDA
(O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 y., 5-6-son, 151-modda)
Ushbu Qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning
huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning (bundan buyon
matnda tashkilotlar deb yuritiladi) vakolatlarini, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va
majburiyatlarini, shuningdek, fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilaydi.
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:
fuqaro muhofazasi — harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga
keladigan xavflardan O’zbekiston Respublikasi aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini
muhofaza qilish maqsadida o’tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi;
fuqaro muhofazasi xizmati — fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlarini bajarish, fuqaro
muhofazasi tuzilmalarining harakatlarini ta’minlash uchun kuchlar va vositalarni tayyorlash maqsadida
tuzilgan funktsional bo’linmalar majmui;
himoya inshootlari — aholini va ishlab chiqarish xodimlarini zamonaviy qirg’in vositalaridan
muhofaza qilishga maxsus mo’ljallangan muhandislik inshootlari majmui;
fuqaro muhofazasi kuchlari — qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni amalga
oshirish uchun tuziladigan fuqaro muhofazasi harbiy qismlari, umumiy va maxsus hududiy,
funktsional va ob’ekt tuzilmalari.
2-modda. Fuqaro muhofazasi vazifalari
Fuqaro muhofazasi vazifalari quyidagilardan iborat:
aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan
xavflardan himoyalanish usullariga o’rgatish;
ob’ektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan
xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayyorlash;
boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda
saqlab turish;
iqtisodiyot inshoatlariob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tadbirlar
kompleksini o’tkazish;
aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish;
fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalarining shayligini ta’minlash;
aholini umumiy va yakka muhofazalanish vositalari bilan ta’minlash tadbirlarini o’tkazish;
aholining harbiy harakatlar olib borish paytidagi yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini
ta’minlash;
radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish;
qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni o’tkazish;
harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida zarar ko’rgan hududlarda
jamoat tartibini yo’lga qo’yish va saqlab turish;
aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
3-modda. Fuqaro muhofazasi to’g’risidagi qonun hujjatlari
Fuqaro muhofazasi to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan
iborat.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining fuqaro
muhofazasi to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan
bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
4-modda. Fuqaro muhofazasi sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Fuqaro muhofazasi sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan
tartibda javobgar bo’ladilar.
5-modda. Fuqaro muhofazasi sohasidagi xalqaro hamkorlik

70
O’zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan fuqaro muhofazasi
sohasidagi hamkorligi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan xalqaro shartnomalar va
qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
II. FUQARO MUHOFAZASIGA RAHBARLIK QILISh, DAVLAT ORGANLARI VA
TAShKILOTLARNING FUQARO MUHOFAZASI SOHASIDAGI VAKOLATLARI
6-modda. Fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish
O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasiga umumiy rahbarlikni O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri mamlakat fuqaro muhofazasining boshlig’idir.
O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasini boshqarish O’zbekiston Respublikasining
Favqulodda vaziyatlar vazirligi zimmasiga yuklanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hududlarida fuqaro
muhofazasiga rahbarlik qilishni tegishincha lavozimiga ko’ra fuqaro muhofazasining boshlig’i bo’lgan
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari
amalga oshiradilar.
Vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilishni ularning lavozimiga
ko’ra mazkur organlar va tashkilotlar fuqaro muhofazasining boshlig’i bo’lgan rahbarlari amalga
oshiradilar.
Fuqaro muhofazasi boshlig’i o’z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
fuqaro muhofazasining tegishli rejalarini amalga joriy etish;
aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish to’g’risida qarorlar
qabul qilish;
fuqaro muhofazasi bo’yicha direktivalar, buyruqlar, qarorlar va farmoyishlar chiqarish;
o’z tasarrufidagi hududlar hamda tashkilotlarning kuchlari va vositalarini fuqaro muhofazasi
sohasidagi tadbirlarni o’tkazishga jalb etish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Fuqaro muhofazasi boshliqlarining aholini va hududlarni muhofaza qilish masalalari bo’yicha
direktivalari, buyruqlari, qarorlari va farmoyishlari barcha tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar
va fuqarolar uchun bajarilishi majburiydir.
Aholini va hududlarni zamonaviy qirg’in vositalari qo’llanilishi oqibatlaridan muhofaza qilish va
fuqaro muhofazasi sohasidagi tadbirlarni amalga oshirishga oid harakatlarni muvofiqlashtirish tegishli
hududlar, tarmoqlar va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi boshliqlari zimmasiga yuklanadi.
7-modda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fuqaro muhofazasi
sohasidagi vakolatlari
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
fuqaro muhofazasi sohasida yagona davlat siyosati o’tkazilishini ta’minlaydi;
O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejasini tasdiqlaydi;
fuqaro muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo’nalishlarini, ularning
moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti tartibini tasdiqlaydi;
tinchlik davrida va urush davrida davlat iqtisodiyoti faoliyat ko’rsatishi barqarorligini ta’minlash
tadbirlari ishlab chiqilishiga va o’tkazilishiga rahbarlik qiladi;
hududlarni ularda yashayotgan aholi soniga va davlat iqtisodiyotida muhim rol o’ynovchi yoki
aholi xavfsizligiga ta’sir ko’rsatuvchi tashkilotlar mavjudligiga ko’ra fuqaro muhofazasi bo’yicha
guruhlarga, shuningdek, tashkilotlarni davlat iqtisodiyotidagi roli yoki aholi xavfsizligiga ta’siriga
ko’ra fuqaro muhofazasi bo’yicha toifalarga kiritish tartibini belgilaydi;
fuqaro muhofazasi tizimini urush davri sharoitiga o’tkazish, evakuatsiya tadbirlarini amalga
oshirish tartibini belgilaydi;
himoya inshootlarini va fuqaro muhofazasi boshqa ob’ektlarini barpo etish tartibini, shuningdek
yakka muhofazalanish vositalari, moddiy-texnika, oziq-ovqat, tibbiy va boshqa xil vositalar
zaxiralarini to’plash, saqlash va ulardan foydalanish shartlarini belgilaydi;
davlat organlari va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni
amalga oshiradi;

71
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
8-modda. Fuqaro muhofazasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi
Fuqaro muhofazasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi O’zbekiston
Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidir.
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
fuqaro muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqadi;
o’z vakolati doirasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar
va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar qabul qiladi;
O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejasi loyihasini ishlab chiqadi;
harbiy qismlar va fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshqarilishini tashkil etadi;
fuqaro muhofazasi ehtiyojlarini ko’zlab zarur qurol-aslahalar, texnika, muhofazalanish vositalari
va boshqa moddiy-texnika vositalari etkazib berilishi uchun davlat buyurtmasi loyihasini
shakllantiradi;
xabar berishni tashkil etish va fuqaro muhofazasi tizimini shay holatga keltirish bo’yicha direktiv
hujjatlar ishlab chiqadi;
fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarining jangovarlik hamda safarbarlik tayyorgarligini
ta’minlaydi;
shaxsiy tarkib va aholi fuqaro muhofazasi sohasida o’rgatilishini tashkil etadi;
fuqaro muhofazasi tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
9-modda. Vazirliklar va idoralarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari
Vazirliklar va idoralar:
fuqaro muhofazasining tegishli rejalarini ishlab chiqadilar va ularning amalga oshirilishiga
rahbarlik qiladilar;
xodimlar zamonaviy qirg’in vositalaridan himoyalanish usullariga va urush davri sharoitidagi
harakatlarga tayyorlanishi va o’rgatilishini tashkil etadilar;
zamonaviy qirg’in vositalari taqdid solganda va qo’llanilganda tarmoq xodimlarini muhofaza
qilish tadbirlarini amalga oshiradilar;
urush davrida tarmoq va iqtisodiyot inshoatlariob’ektlari barqaror ishlashini ta’minlash
tadbirlarini ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar;
tashkilotlarni xavfsiz zonalarga evakuatsiya qilish rejalari ishlab chiqilishi va amalga
oshirilishini tashkil etadilar;
fuqaro muhofazasi moddiy-texnika, tibbiy va boshqa xil vositalar zaxiralarini yaratadilar hamda
ularning to’planishi, saqlanishi, yangilab borilishi va qo’llanishga shay holatda saqlab turilishi ustidan
nazoratni amalga oshiradilar;
tarmoq fuqaro muhofazasi ahvoli to’g’risida belgilangan tartibda axborot taqdim etadilar;
fuqaro muhofazasi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o’zaro hamkorlik
qiladilar;
xabar berish tizimini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalarini vujudga keltiradilar hamda
ularni doimiy shay holatda saqlaydilar;
fuqaro muhofazasining holatini nazorat qilib boradilar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqaro muhofazasi sohasidagi
vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
fuqaro muhofazasi rejalarini ishlab chiqadilar va ularning tegishli hududda amalga oshirilishiga
rahbarlik qiladilar;
tegishli hududdagi tashkilotlar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan fuqaro
muhofazasi tadbirlarining bajarilishini tashkil etadilar va nazorat qilib boradilar;
fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalari tayyorlanishini hamda shay holatda saqlab turilishini
ta’minlaydilar;

72
tashkilotlar rahbarlari va aholining zamonaviy qirg’in vositalari qo’llanilgan paytdagi
himoyalanish usullariga o’rgatilishini tashkil etadilar;
zamonaviy qirg’in vositalari qo’llanilgan sharoitda aholi hayot faoliyatining ta’minlanishini
kafolatlovchi fuqaro muhofazasiga oid mol-mulk, moddiy-texnika, oziq-ovqat, tibbiy va boshqa xil
zaxiralar hajmlarini belgilaydilar hamda ularning to’planishi, saqlanishi, yangilab borilishi va shay
holatda saqlab turilishi uchun javob beradilar;
urush davrida, idoraviy bo’ysunuvidan qati nazar, tashkilotlarning barqaror ishlashini ta’minlash
tadbirlarini tashkil etadilar va amalga oshiradilar;
fuqaro muhofazasi sohasida axborotlar yig’ish va almashinishni, shuningdek zamonaviy qirg’in
vositalarining qo’llanilish tahdidi yoki qo’llanilganligi to’g’risida aholini o’z vaqtida xabardor
qilinishini ta’minlaydilar;
aholini evakuatsiya qilish va bo’lib-bo’lib joylashtirishga, uning xavfsiz zonalarga o’rnashib
olishiga tayyorgarlik ko’rish hamda shu ishlarni tashkil etish, davolash muassasalari va boshqa
tashkilotlar ishini yo’lga qo’yish tadbirlarini amalga oshiradilar;
qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni tashkil etadilar va amalga oshiradilar, o’z
tasarruflaridagi hududda jamoat tartibi saqlanishini ta’minlaydilar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
11-modda. Tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari
Tashkilotlar o’z vakolatlari doirasida:
fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalashtiradilar va amalga oshiradilar;
urush davrida barqaror ishlashni ta’minlash tadbirlarini amalga oshiradilar;
o’z xodimlarini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida vujudga
keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o’rgatishni amalga oshiradilar;
xabar berish mahalliy tizimlarini yaratadilar va ularni foydalanishga doimo shay holatda saqlab
turadilar;
xodimlarga fuqaro muhofazasi sohasidagi o’z majburiyatlarini bajarishlari uchun zarur sharoit
yaratadilar;
moddiy-texnika, tibbiy va boshqa xil vositalarning zaxiralarini yaratadilar.
Potentsial xavfli ishlab chiqarish ob’ektlariga ega bo’lgan, shuningdek muhim mudofaa va
iqtisodiy ahamiyatga molik tashkilotlar fuqaro muhofazasi tuzilmalarini yaratadilar va ularni doimo
shay holatda saqlab turadilar. Bunday tashkilotlarni belgilash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan joriy etiladi.
12-modda. Fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining fuqaro muhofazasi sohasidagi
ishtiroki
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari:
fuqarolarning zamonaviy qirg’in vositalari qo’llanilgan paytdagi himoyalanish usullariga
o’rgatilishiga ko’maklashadilar;
harbiy harakatlar olib borilishi bilan bog’liq yoki shu harakatlar oqibatida xavflarning yuzaga
kelishi tahdid etgan taqdirda tegishli hududdagi fuqarolar xabardor qilinishini tashkil etadilar;
aholining hayot faoliyati ta’minlanishi sohasida tadbirlar tayyorlanishi va bajarilishini amalga
oshiradilar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarni amalga oshiradilar.
III. FUQAROLARNING FUQARO MUHOFAZASI SOHASIDAGI HUQUQ VA
MAJBURIYaTLARI
13-modda. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlari
Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:
o’z hayoti, sog’lig’i va mol-mulki harbiy harakatlardan muhofazalanishi;
umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan tekin foydalanish;
harbiy harakatlar kechayotgan joylarda o’zlari yo’liqishlari mumkin bo’lgan xavf darajasi va
zarur xavfsizlik choralari to’g’risida axborot olish.
Fuqarolar fuqaro muhofazasi sohasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga
ham ega bo’lishlari mumkin.

73
harbiy harakatlardan jabrlanganlarga ularning hayot faoliyatini ta’minlash uchun zarur sharoitlar
yaratiladi, tibbiy, moddiy-moliyaviy va boshqa xil yordam ko’rsatiladi.
14-modda. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi majburiyatlari
Fuqarolar:
ushbu Qonunga va fuqaro muhofazasi sohasidagi boshqa qonun hujjatlariga rioya qilishlari;
fuqaro muhofazasi tadbirlarini bajarishda ishtirok etishlari va tegishli tayyorgarlikdan o’tishlari;
fuqaro muhofazasi signallarini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan foydalanish
qoidalarini bilishlari;
jabrlanganlarga dastlabki tibbiy va boshqa xil yordam ko’rsatishni bilishlari;
davlat organlariga, shuningdek tashkilotlarga fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifalarni hal
etishda ko’maklashishlari;
fuqaro muhofazasi ob’ektlari va mol-mulkini asrab-avaylashlari shart.
Fuqaro muhofazasi sohasida fuqarolarning zimmasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
15-modda. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning fuqaro muhofazasi
sohasidagi huquq va majburiyatlari
O’zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar fuqaro
muhofazasi sohasida O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega bo’ladilar va
majburiyatlarni bajaradilar.
16-modda. Aholi va mutaxassislarni fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash
Umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-xunar kollejlari, oliy o’quv yurtlari, ishlab
chiqarish va yashash joylarda aholini fuqaro muhofazasi sohasida o’rgatish umumiy va majburiydir.
Fuqaro muhofazasi sohasida rahbarlar va mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash malaka
oshirish muassasalari, maxsus o’quv-uslubiyot markazlarida, kurslarda, shuningdek ish joyida amalga
oshiriladi.
Fuqaro muhofazasi sohasidagi bilimlarni targ’ib etish davlat organlari, shuningdek odamlarni
muhofaza qilish va qutqarish borasidagi tegishli jamoat birlashmalari tomonidan ta’minlanadi.
Bilimlarni targ’ib etish uchun ommaviy axborot vositalaridan foydalanish mumkin.
IV. FUQARO MUHOFAZASI XIZMATLARI VA KUChLARI
17-modda. Fuqaro muhofazasi xizmatlari
Fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlari bajarilishini ta’minlash hamda ushbu maqsadlarda kuch va
vositalarni tayyorlash uchun respublika, viloyat, tuman, shahar, shuningdek ob’ekt fuqaro muhofazasi
xizmatlari tashkil etiladi.
Fuqaro muhofazasi xizmatlarining ro’yxati, shuningdek ular to’g’risidagi nizomlar O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
18-modda. Fuqaro muhofazasi kuchlarining tarkibi
Fuqaro muhofazasi kuchlari fuqaro muhofazasi qo’shinlari tuzilmalaridan tarkib topadi.
Fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalari tarkibi, uning tarkibiy tuzilishi, shuningdek, fuqaro
muhofazasi tuzilmalari faoliyatining boshqa masalalari O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi
boshlig’i tomonidan belgilab qo’yiladi.
Fuqaro muhofazasi vazifalarini hal etish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining qutqaruv tuzilmalari, qismlari va bo’linmalari ham jalb
etilishi mumkin.
Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin