Guliston davlat universiteti


Bajariladigan ishlarni harakteriga qarab mexanizmlarni quyidagi guruhlarga bo’lish



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix06.06.2020
ölçüsü2,83 Mb.
#31713
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
favqulotda vaziyatlar va fuqarolar muxofazasi


Bajariladigan ishlarni harakteriga qarab mexanizmlarni quyidagi guruhlarga bo’lish
mumkin:
- bosib qulgan himoya inshootlarini ochish, to’silib qolgan, bosib qolgan joylarni ochish va
tozalashda ishlatiladigan mashina va mexanizmlar - ekskavatorlar, traktorlar, buldozerlar, kranlar, yuk
tashuvchi mashinalar va boshqalarg’;
- bosib qolgan chiqish joylari to’silib qolgan inshootlarda teshik ochish uchun ishlatiladigan
pnevmatik jihozlar - parmalaydigan va urib sindiradigan bolg’alar;
- metallarni kesuvchi jihozlar;
- suv haydaydigan mexanizmlar - nasoslar, suv sepadigan mashinalar, yong’inni o’chiruvchi va
boshqalar;
- suv yo’llari orqali tashuvchi mexanizmlar - paromlar, trayler-tyagachlar, yuk tashuvchi
pritseplarg’;
- ta’mirlovchi va xizmat qiluvchi jihozlar - ta’mirlovchi qismlar, benzin, suv qo’yish, yorituvchi
maskanlarda va xizmat ko’rsatuvchi maskanlarda va xizmat ko’rsatuvchi maskanlarda qo’llaniladigan
jihoz va mexanizmlar.
 KBTI ishlarini muvaffaqiyatli bajarishda mexanizm va mashinalardan oqilona foydalanishdan
tashqari, razvedka ishlarini o’z vaqtida tashkil etib o’tkazishi, ko’rsatilgan muddatda ishonchli
ma’lumotlarga ega bo’lishi, shikastlangan o’choqda bajarilishi lozim bo’lgan ishlarga tuzilmalarni jalb
etilishi, ishlarni bajarishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi, tuzilma boshliqlarining shikastlangan
o’choqdagi ishlarning tavsifini oldindan o’rganishi,kommunal-energetik va texnologik jarayonlarga
e’tibor berishi, hududda saqlanadigan KBZM o’rni, himoya inshootlarning joyi, tavsifnomasi va
boshqa vazifalarga katta e’tibor beriladi.
KBTI ishlari o’sha ob’ektning fuqaro muhofazasi shtabi tomonidan oldindan rejalashtiriladi  va
favqulodda holatda qo’l ostidagi kuchlar, mablag’,texnikalar, bajaradigan ish hajmi aniqlashtiriladi.
2- SAVOL BAYoNI:
Ma’lumki, KBTIni bajarish  usullari va qoidalari,o’sha shikastlangan o’choqda harakatlanuvchi
tuzilmalarga halaqit beruvchi omillar darajasiga qarab tanlanadi. Jumladan, shikastlangan inshootlarni
tavsifiga, kommunal, energetik va texnologik tarmoqlardagi avariya darajasiga, o’sha joydagi
radioaktiv va kimyoviy zararlanish darajasi hamda yong’in miqyosiga qarab usullar tanlanadi. Chunki
radioaktiv, kimyoviy va biologik shikastlangan har xil darajada va miqyosda bo’lganligidan KBTI
usullari ham har xil tartibda qo’llaniladi. Masalan, yadroviy shikastlangan o’choqda qolgan odamlarni
qutqarish va boshqa qutqaruv ishlarini bajarish uchun birinchi navbatda, shikastlangan inshootlar,
himoya inshootlariga boradigan yo’l-yo’laklarni ochish va tozalash ishlari amalga oshiriladi.
Buning uchun bir tomonlama harakatlanuvchi yo’llar 3-3,5 m kenglikda, ikki tomonlama
harakatlanuvchi yo’llar 6-6,5 m kenglikda tozalanadi va ochiladi. Bunday yo’llarda har 150-200 m.ga
15-20 m uzunlikdagi raz’ezdlar quriladi. Yo’l va yo’laklarni tozalashda barcha mexanizmlar

61
g’buldozer,kranlar va boshqalar bilan ish ko’rilib, yong’inga qarshi tuzilmalar ham birgalikda
harakatlanib, yonayotgan inshootlarni o’chiradi.
Keyin buzilgan binolar, er ostida qolgan odamlar va yong’in chiqqan uyda qolib ketgan
fuqarolarni qutqarish harbiylashgan fuqaro muhofazasi qismlari hamda tuzilmalari tomonidan amalga
oshiriladi, bunda ishga yaroqli fuqarolar ham ishtirok etadilar. Buning uchun darhol razvedka
ma’lumotlariga qarab inshootlarda qolgan odamlar bilan turli xil uslublar orqali aloqa bog’lanadi.
Masalan, havo kiradigan teshiklar, devor, eshik, suv va issiqlik ta’minoti trubalarini tiklatish orqali. Er
ostidagi, himoya inshootlaridagi odamlarni qutqarishdan oldin unga havo  beriladi. Buning uchun havo
beruvchi teshiklar tozalanadi yoki devorlarga teshik hosil qilinadi.
Boshpanalarni ochish usullari, uning tuzilishiga va shikastlanish darajasiga qarab tanlanadi.
Ya’ni inshootning chidamliligi, yon tomondanmi, qo’shimcha eshik tomoni ochiladimi, devorlari
teshilib yo’lakcha hosil qilinadimi yoki boshqa yo’llar tayyorlanadimi, bular o’sha inshootning
ahvolidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Keyin shu inshootlardagi odamlar qutqarilib, ularga tibbiy
yordam ko’rsatiladi.
Xuddi shunga o’xshash ishlar tinchlik davrida ham, tibiiy ofatlar, kuchli er silkinishi natijasida
ham olib boriladi. Masalan, Afg’oniston, Meksika, Armaniston, Xindiston va boshqa mamlakatlardagi
er silkinishlarini yodga olish mumkin. Bu erlarda er ostida qolgan odamlarni qutqarishda juda katta (16
t) yuk ko’targichlari, projektorlar tunu kun ishladilar. Buzilgan joylarda qolgan odamlar 2-3 hafta
davomida qutqarilgan va yashayotgan fuqarolar borligi aniqlangan. Masalan, 1985 yil Meksikada
bo’lgan er silkinishi oqibatida 13 sutkagacha xarobalar ostida qolib ketgan 4,5 ming odam qutqarilgan.
Armanistondagi er silkinishida esa 5 kundan keyin qutqarilganlar soni 5398 kishini tashkil etgan. Bu
falokatda Frantsiya, Angliya, AQSh, Shveytsariya va boshqa davlatlarning qutqaruv qismlari ishtirok
etdilar va o’zlarining eng zamonaviy uskunalari hamda boshqa vositalardan foydalanishi, bir qancha
odamlarni tirik saqlanib qolganlari ma’lum.
Yuqorida aytib o’tilgan shikastlangan o’choqlarda faqatgina qutqaruv ishlari bajarilmasdan,
birlamchi avariyani tiklash ishlari ham bajarildiki, bunda qutqaruv ishlariga xalaqit beruvchi,
bajaruvchi avariyalar hamda yangi falokatlarni keltirib chiqaruvchi avariya va talafotlarning oldi
olindi. Chunki bular oqibatini fuqarolar qo’shimcha talafot olishlari mumkin edi. Buning uchun suv
tarmog’i, kanalizatsiya, gaz, elektr tarmoqlaridagi avariyani tuzatuvchi tuzilmalar jalb qilindi. Albatta,
bu ishlarga umummaqsadli tuzilmalar ham jalb etiladi. Yuqoridagi avariyalarning oldini olishni asosiy
yo’li bu shikastlangan uchastkalarga suv, gaz, elektr va boshqa sababchi omillarning kelishini to’sish
omillaridan foydalaniladi.
Inshootlarning devorlari turli xildagi tirgovuchlar orqali mustahkamlanadi, buziladiganlar esa
tamoman buzib tashlanadi. Chunki bu ishlarni qilmasdan turib, odamlarni qutqarish xavfli hisoblanadi.
Kimyoviy shikastlangan o’choqda qutqaruv ishlari birmuncha oldingisidan farqlanadi. Bu
holatda birinchi navbatda ogohlantirish belgisi «Kimyoviy trevoga» berilib, darhol o’sha joyga
radiatsiya, kimyoviy va tibbiy razvedka bo’limlari yuboriladi, Ular shikastlangan joyni, vaqtni,
qo’llanilgan qurol turini (yoki zaharli moddalar-KTZM), zaharlangan hudud o’lchamini va uni
tarqalish yo’lini aniqlab beradilar.
Mana shularga asoslanib shu ob’ekt fuqaro muhofazasi boshlig’i qaror qabul qilib, o’zi qutqaruv
omillarni hamda kimyoviy zararlanishni to’sish omillarini tashkil etadi. Bunday holatlarda qutqaruv
ishlariga birinchi navbatda sanitar drujinachilari, umumiy otryad, zararsizlantirish guruhlari va
mexanizatsiya tuzilmalari jalb etiladi.
Bunda har tuzilmalar aniq vazifa va texnikalar,jihozlar bilan ta’minlanadi. Chunonchi:
-sanitar va qutqaruv tuzilmalariga ish joylarini, transport vositalarini, zararlangan odamlarni
o’choqdan olib chiqish, birlamchi tibbiy yordam ko’rsatish va evakuatsiyani tashkil etish vazifalari;
-radiatsiyaga qarshi (RQ) va kimyoviy himoya (KTK) hamda umumiy tizilmalarga qutqaruv
ishlarining joyi, KTZM saqlanadigan joylardagi avariyani to’sish va zaharlangan inshootlarni, atrof-
muhitni degazatsiya qilish ishlari;
-zararsizlantirish guruhlariga degazatsiya bajariladigan ish joylari, ob’ektlari, degazatsiya
qiluvchi eritmalarni tayyorlash va mashinalarni to’ldirish, degazatsiya ishlarini olib borish yuklatiladi.

62
Kimyoviy o’choqda qutqaruv ishlarini bajarishi lozim bo’lgan vazifalar olingandan keyin har bir
tuzilma boshliqlari o’z qo’l ostidagi fuqarolarni yakka tartibdagi himoya vositalari, antidotlar, ShKP-8
bilan ta’minlaydilar. Shundan keyin ular razvedka, sanitar drujina, RK va KTK tuzilmalaridan keyin
o’z ish joylariga borib, vazifalarini bajarishga kirishadilar.
Bunda birinchi bo’lib zararlangan odamlarga yordam ko’rsatiladi, ya’ni gazniqob
kiydiriladi,antidot berilib, tibbiy yordam ko’rsatiladi va ular har xil zararlanish toifalariga bo’linib,
so’ngra tibbiyot shaxobchalariga evakuatsiya qilinadi.
Zararsizlantiruvchi tuzilmalar, hamda yo’llar, inshootlar, texnikalar degazatsiya qilinadi. Shu
tariqa kimyoviy shikastlangan o’choqda qutqaruv ishlari bajariladi.
Biologik shikastlangan o’choqda esa biologik razvedka va bakterial moddalar xili,karantin
yoki observatsiya rejimini qo’llanilishi; sanitar-ekspertiza, oziq-ovqat mahsulotlari, suv,  emlarning
zaharlanganligini aniqlash va ularni zararsizlantirish; epidemiyaga qarshi, sanitar-gigienik, veterinariya
ishlari va boshqa omillar amalga oshiriladi.
Bu ishlarni olib borishda biologik shikastlangan o’choqda sanitar-epidemiologik maskan,
veterinariya maskani, epidemiyaga qarshi harakatlanuvchi otryad, shifoxonalar,poliklinika,
veterinariya tarmoqlari va boshqa meditsina tarmoqlari jalb etiladi. Ular birinchi navbatda og’ir
kasallik tarqatuvchilardan saqlash uchun profilaktik omillar olib borishadi. Bunda turli xildagi ta’sir
etuvchi antibiotiklardan hamda ShD-2dan, gazniqoblardan foydalaniladi.
Hududda  kasallik tarqatuvchining aniq turi topilgandan keyin, unga qarshi maxsus dorilardan
foydalaniladi. Shundan keyin shikastlanganlarning kasallanish holatiga qarab har xil darajada tuzatish
muolajalari olib boriladi. Ular darhol kasalxonaga yotqiziladi. Va juda og’irlari ma’lum joyga, maxsus
guruhlar yordamida evakuatsiya qilinib o’sha erda davolanadilar.
Biologik o’choqning tugatilishi u erdagi oxirgi kasal odamning tuzalib ketish vaqti bilan
aniqlanadi. Biologik o’choqda harakatlanuvchi qismlar, u erdagi yuqumli kasallik bilan
kasallanmasliklari uchun hamma omillarni olib borishlari kerak, ya’ni kasallar bilan muloqotda
bo’lmaslik,inshootlar, xonalar, atrof-muhit zararsizlantirib turilishi, kiyim-kechaklarni dezinfektsiya
qilishi va o’zini sanitar-qayta ishlovdan o’tkazib turish talab etiladi. Mana shularga rioya qilib,
harakatlanuvchi tuzilmalar hech qanday yo’qotishsiz, o’z vazifalarini bajarib boradilar.
Murakkablashgan shikastlanish o’chog’ida KBTIni olib borish, alohida-alohida o’choqlarda olib
borilgan ishlarga nisbatan bir necha o’n barobar og’ir hisoblanadi.
Chunki bu holatda vaziyat juda murakkab bo’lib, o’choqdagi shikastlantiruvchi faktorlar turini
aniqlash juda og’ir hisoblanadi. Bulardan tashqari bunday o’choqda biror faktorga qarshi olib
boriladigan omillar ikkinchi faktorga tamoman teskari bo’lishi mumkin. Masalan, xavfli epidemiya
bilan kasallangan odamlarni davolashda foydalaniladigan karantin omili kuchli binar-xususiyatli
kimyoviy qurollar ishlatilganda  qo’llaniladigan evakuatsiya va boshqa vositalardir.
Murakkablashgan o’choqda biror uslubiy ko’rsatma asosida emas, KBTI sharoitini aniq
o’rganish orqali,o’sha erdagi vaziyatdan kelib chiqqan holatda ish olib boriladi.
NAZORAT TOPShIRIQLARI:
1. Qutqaruv birlamchi tiklov ishlarining tashkiliy asoslarini izohlab bering.
2. Qutqaruvchilarni maqsad va vazifalarini tushuntirib bering.
3. Favqulodda vaziyat vaqtida qutqaruvchilar majburiyati xaqida tushuntirib bering.
4. QBTI ishlarini olib borish usullarini tushuntiring.
5. QBTI olib borish vaqtida nimalarga ahamiyat berish lozimligi va vazifalar xaqida ma’lumot
bering.
6. Shikastlangan o’choqlardagi holatlarga sababchi omillar xaqida ma’lumot bering.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Nigmatov I., Tojiev M.  “Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi”, o’quv-qo’llanma,
Toshkent, «Iqtisod-moliya», 2011 yil.

63
2. Tojiev M, Ne’matov I, Ilhomov.  “Favqulodda vaziyat va fuqaro muhofazasi”, o’quv-qo’llanma,
Toshkent, «Iqtisod-moliya», 2002 yil.
3. Sh.Ubaydullaev, A.Norboev, M.Ziyoeva, M.Ortiqov, U.Yo’ldoshev, O.Ortiqov “Chaqiruvga
qadar boshlang’ich tayyorgarlik”, o’quv qo’llanma, Toshkent, 2007 yil.
4. N.I. Akimov. «Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarida fuqarolar muhofazasi».Toshkent,
«Mehnat», 1983 yil.
9-MAVZU: AHOLINI FMDT KUCh VA VOSITALARINI FAVQULODDA
VAZIYaTGA TAYYoRLASh
ASOSIY SAVOLLAR:
2. Aholini FMDTdagi kuchlarni ishchi xizmatchilarni FM bo’yicha o’qitish.
3. Fuqarolar muhofazasining amaliy mashg’ulotlarini tayyorlash va o’tkazish.
MAVZU BO’YIChA DARSNING MAQSADI:
Fuqaro muhofazasi bo’yicha o’qitish chora-tadbirlari xususida talabalarga tushuncha berish.
Talabalarga fuqaro muhofazasi ishchi xodimlarini qishloq xo’jaligi xamda inshootlarda
qutqarish ishlarini olib borilishi xaqida ma’lumot berish.
IDENTIV O’QUV MAQSADI:
1. FMDTdagi ishchi-xizmatchilarni o’qitish shakllarini tushuntira biladi.
2. Fuqaro muhofazasiga o’qitish maqsad va vazifalarini ayta oladi.
3. FMDTdagi xodimlarni o’qitish vaqtlarini tushuntira biladi.
4. Amaliy mashg’ulotlar xaqida tushuncha bera oladi.
5. Amaliy mashg’ulotlarni tayyorlov qismlariga ta’rif bera oladi.
6. Amaliy mashg’ulotlarni o’tkazilish chora-tadbirlarini ayta oladi.
1-SAVOL BAYoNI:
  Fuqarolarning FM bo’yicha o’qitish-aholini dushmanning zamonaviy qurollari ta’siridan, tabiiy
ofatlar, avariya va fojia oqibatlaridan himoyalanishga tayyorlashning asosiy tadbirlaridan biri bo’lib
hisoblanadi. O’qitish FM ning boshlig’i va uning shtablari ko’rsatmasi, shuningdek, fuqaro muhofazasi
masalalari bilan shug’ullanuvchi hududiy hamda ishlab chiqarish yo’nalishi bo’yicha tuzilgan yuqori
tashkiloti FM-ning mas’uliyatli boshliqlari qarori, buyrug’i asosida tashkil etiladi va olib boriladi.
Ishchi-xizmatchilarni FM-ga o’qitish har bir xo’jalik ob’ektining boshlig’iga yuklanadi.
 FM shtabi o’qitish tadbirlarini tashkil etadi, ta’minlaydi va rahbarlik qiladi, o’z vaqtida
o’qishlarini, amaliy mashg’ulotlarni olib borilishini nazoratga oladi.
  Ob’ektda bajariladigan vazifalarga qarab FM yo’nalishida fuqarolar quyidagi toifalar bo’yicha
o’qitiladi:
- FM-ning rahbar tarkiblari:
- FM tuzilmalariga kiruvchi fuqarolar;
- FM tuzilmalariga kirmaydigan fuqarolar.
  Ishlab chiqarish va ob’ekt FM rejasida ko’rsatilgan tadbirlarni hisobga olgan holda har bir toifa
shaxslarini ma’lum dastur asosida o’qitish maqsadga muvofiqdir.
  FM ga o’qitishning tamoyillari va uslublari.
 Tabiiy ofatlar, avariya va fojia oqibatlarini tugatish bo’yicha to’plangan tajribalar, fuqaro
muhofazasidan olingan nazariy bilimlar, yuqorida ta’kidlangan FVlarda, fuqarolarni ongli ravishda tez,
qat’iyan harakat qilishga, iqtisodiyot inshoatlaritarmoqlarini tezda qayta tiklab, uni ishga tushirib
yuborishga va talofot ko’rganlarga o’z vaqtida kerakli yordamlarni ko’rsata olishga o’rgatadi. Albatta,
bu vazifalar, tabiiy ofatlar, avariya va talofotlarning tabiati, tavsifi, kelib chiqish sabablari va ularni
keltiradigan oqibatlarini chuqur o’rganish natijasidagina amalga oshiriladi. Shu sababdan fuqaro
muhofazasi xodimlari oldiga juda katta mas’uliyat (harbiy davrda ham, tinchlik davrida ham) -
fuqarolarni FVlar ruhida o’qitish vazifasi qo’yiladi.

64
 Hamma katta yoshdagi odamlar, jumladan, ishlab chiqarishda ishtirok etmaydiganlar ham
fuqarolar muhofazasini o’rganishi kerak. Albatta, bunda xalqni FMsiga tayyorlashda, tinchlik davrida
bo’ladigan FV oqibatlarini tugatish yo’l-yo’riqnomalariga yo’naltirilishi lozim.
  Ayniqsa, hozirgi davrda respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar sharoitida xalqni
FMga  tayyorlash yangicha tartibda o’qitishni taqozo etmoqda. Chunki bugungi kunga kelib,
xalqimizni FMga o’qitishning vazifalari ham, uslublari ham o’zgardi.
  Yangi tizimda o’qitishning asosiy tamoillari quyidagilardan iborat:
1. O’qitishni tashkil etishning differentsiya uslubi;
2. Korxona FM boshlig’i o’z qo’l ostidagi xodimlarini o’qitishda FM bo’yicha mustaqil ravishda
o’tiladigan dars mavzularini va dars o’tish tartiblarini o’zi belgilashi;
3. O’z  korxonasining manfaatlarini ko’zlagan holda, ishlab chiqarishga mumkin qadar zarar
bermaydigan, qisqa vaqtda dars o’tishning shakl va uslublarini tanlashi;
4. O’zi yashayotgan joyning tabiiy, iqlim sharoitini hisobga olib, tabiiy ofat, avariya va fojialar
yo’nalishida o’qitishni tashkil etish;
5. FM vazifalarini ishlab chiqarish rejalari bilan birgalikda hal etish va boshqalar.
Xalqni FM ga o’qitish-o’quv yurtlarida, ish joylarida va yashash maskanlarida tashkil etiladi.
Aholini FM ga o’qitish sifati to’g’ri qo’llangan o’qitish shakli va uslublariga bog’liqdir. O’qitish
shakllari o’qish jarayonining tashkiliy tomonini ifodalaydi. Masalan, mashg’ulotlarning tuzilishini va
uni olib borish joyini, vaqtini, muddatini, mashg’ulot rahbarlari hamda o’qiyotganlarning ish
faoliyatini, uning malakasini, mutaxassisligini nazarga olish kerak. O’qitish shakllari quyidagi asosiy
guruhlarga: sinf mashg’ulotlari, dala mashg’ulotlari, mashqlar, maxsus-taktik o’qish, komandir
va shtab boshliqlarini o’qitish hamda har taraflama (kompleks) o’qishlarga bo’linadi.
O’rgatish usulida mashg’ulot rahbari o’rgauvchilarning bilim, malaka va mahoratiga suyanib,
FM vazifalarini bajarish uchun aqliy va jismoniy shakllantiradi. Aholini FMsi bo’yicha o’qitishda har
xil o’quv uslublari qo’llaniladi. Chunonchi:
- o’quv materialini bayon etish (ma’ruza, hikoya, tushuntirish);
- ko’rsatish, namoyish etish, o’rganuvchilarga shaxsan FM bo’linmalarining harakatlarini diafilm
va kinofilmlar orqali ko’rsatish:
- mashqlar (aholini qirg’in qurollar hamda radioaktiv, kimyoviy moddalar ta’sirlaridan himoya
qilish me’yorlarini amaliy o’qitish);
- amaliy mashg’ulot (maxsus jihozlangan xonalarda, markazlarda, shaharchalarda, texnikada,
asboblarda).
  Shuni nazarda tutish kerakki, o’qitishning shakl va uslublari bir-biridan ajralmagan holda
o’zaro dialektik uzilmas aloqada bo’lishi talab etiladi.
 Aholini FM bo’yicha o’qitishda eng samara beradigan uslublardan biri-bu amaliy
mashg’ulotdir. U aholi tomonidan, u yoki bu usullarni  bajarishda ko’nikmalar hosil qilish va
malakasini saqlovchi vositalardan amaliy  foydalanish,   radiatsiyaviy va kimyoviy razvedka asboblari
bilan ishlash, nurlanish va radioaktiv zararlanishni nazorat qilish hamda tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish
avariyalari, fojia oqibatlarini tugatish, aholini zamonaviy qirg’in qurollaridan himoya qilishda ularni
amaliy ishlashga o’rgatadigan me’yorlarni ishlab chiqishdir. Mashg’ulotlar paytida asosiy diqqat-
e’tibor ma’naviy-ijtimoiy va psixologik tayyorlashga, alohida FM chora-tadbirlari samarasini va unga
ishonch hosil qilish kerakligini, ta’lim-tarbiya, intizom, matonat va o’z burchini eng murakkab hamda
dahshatli sharoitda ham bajarishga safarbar etishga qaratilgan bo’lishi kerak.
  Respublikamiz aholisini FV lardan muhofaza qilishga tayyorlash va qayta tayyorlash 4 guruhga
bo’lingan holda amalga oshiriladi:
A) ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida band bo’lgan aholi, irodaviy bo’ysunishdan,
tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’iy nazar oliy va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining
talaba va o’quvchilari:
B) ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida band bo’lmagan aholi (nogironlar, uy
bekalari, nafaqaxo’rlar);

65
V) Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar davlat hokimiyati va
boshqaruv organlari, vazirliklar, idoralar, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar birlashmalar,
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mutasaddilari hamda FV dan muhofaza qilish mutaxassislari;
G) FV lardan muhofaza qilish masalalarini hal etish vakolatiga ega bo’lgan davlat hokimiyati va
boshqaruv organlarining xizmatchilari, vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari.
2- SAVOL BAYoNI:
Rahbarlar tarkibini, tuzilmalar va aholini o’qitishda ularni amaliy mashg’ulotlarga jalb qilish
katta ahamiyatga ega. amaliy mashg’ulotlar rahbarlar tarkibini, FM kuchlarini va aholini FM
vazifalarini bajarishga tayyorlashning yuqori va faol shakli hisoblanadi. Amaliy mashg’ulotlarda
tuzilmalarga kirgan fuqarolarning aniq va tartibli harakatlari, turli xil jihozlar, asbob-uskunalar,
texnikalardan foydalanish uslublari o’rganiladi, aloqa va tuzilmalarni boshqarish masalalari ishlab
chiqiladi.
FM ning amaliy mashg’ulotlarni zamon talablariga mos holda o’tkazish, fuqarolarni dushman
tomonidan qo’llaniladigan zamonaviy qurol vositalaridan, shuningdek, hududimizda kuzatiladigan
tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariyalari va fojialar oqibatlaridan muhofaza qilish, odamlarda
ma’naviy-ijtimoiy va psixologik sifatlarni tarbiyalash, ob’ektlarni uzluksiz faoliyat ko’rsatishini
ta’minlash, qutqaruv va tiklov ishlarini amalga oshirish bo’yicha bilimlarini, qobiliyatlarini oshirish
imkonini beradi.
FVDT da FM ning quyidagi amaliy mashg’ulotlari tashkil etiladi va o’tkaziladi:
1.
Shaxsiy tarkib uchun maxsus-taktik mashg’ulotlar;
2.
Rahbar tarkib uchun shtab-komanda mashg’ulotlari;
3.
O’qitilayotgan hamma toifadagilar uchun kompleks mashg’ulotlar.
Maxsus taktik amaliy mashg’uloti tuzilmalarning oldiga quyilgan vazifalarni bajarishga
o’rgatishdan iborat. Bunday mashg’ulotlarda har qanday FV ning (harbiy davrda ham, tinchlik davrda
ham) oqibatlarini tugatish, aholini va ishlab chiqarish tarmoqlarini muhofaza qilish choralari ko’riladi
va o’tkaziladi hamda komandir-boshliq tarkibining amaliy  mahorati takomillashtiriladi.
Tuzilmalar maxsus-taktik mashg’ulotlarda o’z ob’ektlarining moddiy-o’quv  bazalaridan: har xil
qurilmalaridan, jamoaviy himoya vositalaridan foydalanadilar.
Maxsus taktik amaliy mashg’ulotlarda tayyorlash. Mashg’ulotlarni rejalashtirish,
mashg’ulotlarda o’z vaqtida va har tomonlama rejaga muvofiq holda tayyorlanish lozim.
Mashg’ulot rahbarining ko’rsatmalari  asosida mashg’ulot o’tkazish rejasi, tashkiliy
ko’rsatmalar, o’rinbosarlarning xususiy rejalari va boshqa zaruriy hujjatlar ishlab chiqiladi. Maxsus-
taktik amaliy mashg’ulotning asosiy o’quv-uslubiy hujjati amaliy mashg’ulot rejasi hisoblanadi, unda
mashg’ulotning borishi, o’quv topshiriqlarining izchilligi, mashg’ulotlar bosqichlar bo’yicha aks
ettiriladi.
Maxsus taktik mashg’ulotning rejasi matn bo’yicha ishlab chiqiladi va quyidagilarni: mavzuni,
har bir toifa o’quvchilari uchun o’quv maqsadlari, mashg’ulot o’tkazish vaqti, o’quv mashg’ulotiga
jalb qilinadigan bo’linmalarning tarkibi, texnikalar soni va sarf bo’lish me’yorlari, mashg’ulotning
bosqichlari, ularning davomiyligi va o’quv topshiriqlari, taktik sharoit, kuchlarni guruhlash, boshqarish
maskanlarining joylashgan eri, zamonaviy qurollar qo’llanilgandan keyin ob’ektdagi holat, FM
boshliqlarining qarorlari va xodimlarning vazifalarini o’z ichiga oladi. Maxsus-taktik mashg’ulotning
yaxshi ishlab chiqilgan rejasi va boshqa hujjatlari, uning muvaffaqiyatli o’tishiga imkon beradi.
Mashg’ulotni o’tkazish. Mashg’ulot tuzilmalar doimiy joylashgan joyda bevosita yoki to’satdan
«Ogohlantirish» ishorasi bo’yicha boshlanishi mumkin. Buning uchun shaxsiy tarkibga xabar berish va
yig’ish, texnikalarni olib chiqish va  ularni ishga tayyorgarligini tekshirish kerak.
Tuzilmalarning boshliqlariga taktik vazifani tekshirish tavsiya etiladi: bunda vazifani anglab
olish, sharoitni baholash, qaror qabul qilish, qo’l ostidagilarga vazifalar qo’yish va ularning
harakatlarini tashkil etish uchun zaruriy vaqt beriladi. Mashg’ulot rahbari tuzilmalar boshliqlarining
qarorlarini tinglaydi va tasdiqlaydi, kerak bo’lgan paytda sharoitni chuqurroq mushohada etib, ular
yordamida eng maqsadga muvofiq qaror qabul qiladi.

66
Mashg’ulot rahbari shaxsan va o’z yordamchilari orqali ob’ektidagi radiatsiyaviy, kimyoviy,
biologik holatni o’zgarishini, odamlar, texnikani ishdan chiqishini ko’zda tutgan holda
mashg’ulotlarni kuchaytirib boradilar. Mashg’ulot rahbari sharoitga qarab tuzilma boshliqlaridan yangi
qarorlar, buyruqlar qabul qilishga, qo’l ostidagilarga yangi vazifalar qo’iishga va ulardan o’ziga xos
xarakatlar qilishga erishadi. Tuzilmalardagi fuqarolar asbob-uskunada texnikada va mexanizmlarda o’z
mutaxassisligi bo’iicha amaliy vazifalarni bajaradilar. Mashg’ulatlar tuzilmalarni shikastlanish
o’chog’idan olib chiqish, fuqarolarni tibbiy, texnikani esa maxsus ishlovdan o’tkazish bilan
tugallanadi. So’ngra maxsus taktik mashg’ulotlar tahlil qilinadi.
Komanda-shtab mashg’ulotlari- FVDTning shtab boshliqlarini, FM xizmat boshliqlarini,
ob’ektlarning komanda-boshliqlar tarkibini o’z funktsional burchlarini bajarishga, birgalikda
tayyorlashning asosiy shakllaridan biridir.
Komanda-shtab mashg’ulotining maqsadlari har xil bo’lishi mumkin. Bulardan asosiylari:
rahbarlarni va komanda boshliqlarining ob’ekt FM tadbirlarini bajarishda nazariy bilimini va amaliy
mahoratini oshirish, xodimlar, tuzilmalar va qo’shinlar bilan o’zaro harakat qilishini ta’minlashdan
iborat.
Komanda-shtab mashg’ulotlari aniq taktik sharoitga yaqinlashtirilib olib boriladi. Mashg’ulot
mavzusi va o’quv TOPShIRIQLARI odatda oldinda turgan har taraflama mashg’ulotning mavzusi
bilan bog’langan bo’ladi.
Komanda-shtab mashg’ulotlaridan oldin shtab mashqlarni o’tkazish tavsiya etiladi. Ularning
sonini va olib borish vaqtini ob’ekt FM boshlig’i komanda-shtab mashg’ulotlari oldida turgan
maqsadga hamda rahbar tarkibi va boshqarish organlarining tayyorlanish darajasiga qarab aniqlaydi.
Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin