Guliston davlat universiteti



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix06.06.2020
ölçüsü2,83 Mb.
#31713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
favqulotda vaziyatlar va fuqarolar muxofazasi


IDENTIV O’QUV MAQSADLARI:
1. Radiatsiyalangan ob’ektni aniqlaydi.
2. Radiatsiyaga chalingan ko’rsatkichni baholaydi.
3. KTZM qo’llanilganda kimyoviy holatni tekshiradi.
4. Kimyoviy moddalarni sanab beradi.
5. Kimyoviy holatni aniqlaydi.
6. Kimyoviy holatni baholaydi.
1-SAVOL BAYONI:
Radiatsiyaviy holatlar va ularning xavfsizligi bo’yicha O’zbekiston Respublikasining  2000 yil
31 avgustda «Radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risida» gi qonuni qabul  qilindi. Ushbu qonunning maqsadi
insonlar hayoti, sog’lig’i va mol-mulki, shuningdek, atrof-muhitni ionlashtiruvchi nurlanish, radioaktiv
ifloslanishlarning zararli ta’sirlaridan muhofaza qilishni ta’minlash bilan bog’liq masalalarni tartibga
solishdan iborat.
Dushman tomonidan kimyoviy va biologik qurollar qo’llanilganda yoki KTZM bilan ishlaydigan
tarmoqlardagi avariyalarda ham katta hududlar zaharlanadi. Agar shu joylarda zararsizlantirish
choralari ko’rilmasa,  bunday hududlarda bemalol yashash yoki ishlash imkoniyati bo’lmaydi.
Radiatsiviy, kimyoviy va bakteriologik holatlarni baholash fuqaro muhofazasi boshlig’ining, shtab va
ob’ekt mutaxassilarining majburiy ishidir.
Radiatsiyaviy holat deganda, joylarning radioaktiv zararlanish darajasi va o’lchami tushunilib,
bu aholining yashashiga  hamda iqtisodiyot inshoatlariishlab chiqarish ob’ektlarida ishlashlariga ta’sir
etadi. Joylarning radioaktiv o’lchovi va darajasi ma’lum hududdagi yadro portlashlarining soniga,
quvvatiga, turlariga hamda portlash vaqtidagi shamolning tezligiga bog’liqdir.
Portlash quvvati oshishi bilan zararlanish maydonlari ham ko’paysa, u holda radioaktiv bulut
izlarida radiatsiya darajasi ham ortib boradi. Uncha katta bo’lmagan hududda bir necha yadro quroli
portlasa, radioaktivlik darajasi yanad oshadi. Vaqt o’tishi bilan radiatsiya darajasi kamayib boradi.
Shuning uchun portlashdan keyin qancha ko’p vaqt o’tsa, radiatsiya darajasi shuncha kam bo’ladi.
Radioaktiv bulut izining katta-kichikligiga o’rtacha shamolning tezligi sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
O’rtacha shamolning tezligi oshishi bilan yadro qurolining portlashidan zararlangan maydonlarning
hajmi ham oshadi. Radiatsiya darajasi 0,5 RG’s ga teng bo’lgan joylarni radioaktiv moddalar  bilan
zararlangan hudud deb hisoblanadi. Yadro aslahasi portlatilgan joy bilan biror ob’ekt orasidagi masofa,
o’sha joyning radiatsiya holatini aniqlashda muhim rol o’ynaydi. Ob’ektlarning va unga yaqin bo’lgan
joylarning radiatsiyaviy holati, fuqaro muhofazasining razvedka guruhi va DP-5A (B yoki V) turidagi
rentgenometr jihozlari yordamida radiatsiyaviy hamda kimyoviy kuzatish postlari orqali aniqlanadi.

35
Kimyoviy holat deb, dushman tomonidan kimyoviy qurollar ishlatilganda yoki kimyoviy
ob’ektlarda halokat yuz berganda atrof-muhitga kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM)
tarqalganligi natijasida hosil bo’lgan sharoitni aytiladi.
2-SAVOL BAYONI:
Radiatsiyaviy holatni baholash deganda-joylarni radioaktiv zararlanganlik tavsifnomasi va
ularning fuqarolarga, texnika, qurilish va imoratlarga hamda hayvon va o’simliklarga ta’siri
tushuniladi.
Radiatsiya holatining natijalariga qarab zararlangan joylarda aholiga davolash va profilaktik
choralarini qo’llash zarurligi aniqlanadi.
Razvedkaning bergan ma’lumotlari asosida radiatsiyaviy holatni aniqlash va baholash mumkin,
bunday ma’lumotlarni tuman, shahar, viloyat va Respublika fuqaro muhofazasining rahbarlari,
ularning shtablari qabul qiladilar. Radiatsiyaviy holatni baholash bilan bog’liq bo’lgan hisoblarni
bajarishda turli formulalar, jadvallar, radiatsiyaviy o’lchov lineykasi va boshqa hisoblash jihozlaridan
foydalaniladi.
«Radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risida»gi qonunning 12-moddasida radiatsiyaviy xavfsizlikni
ta’minlash yo’llari ko’rsatib o’tilgan. Ular qo’yidagilardan iborat:
- Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanishda  fuqarolar olgan nurlanishning shaxsiy
dozalarini nazoart qilish va hisobga olishda yagona davlat tizimiga amal qilish;
- Radiatsiyaviy ta’sir tufayli fuqarolar sog’lig’iga zarar  etkazilish xavfi yuqori bo’lganligi uchun
to’planadigan tovon turlari va miqdorini belgilab qo’yish;
- Radiatsiyaviy avariya natijasida fuqarolar sog’lig’iga hamla ular mol-mulkiga etkazilgan
zararni qoplash;
- Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish bilan bog’liq faoliyat turlarini belgilash;
- Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining eksport va import qilinishini davlat tomonidan tartibga
solish;
- Tibbiy-profilaktik tadbirlar o’tkazish;
- Radiatsiyaviy vaziyat hamda radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash  chora-tadbirlari to’g’risida
fuqarolarni xabardor qilish;
- Fuqarolarga radiatsiyaviy xavfsizlik chora-tadbirlarini o’rgatish;
- Radiatsiyaviy avariyalar natijasida nurlanishga duchor bo’lgan fuqarolarga yordam ko’rsatish;
- Radioaktiv ifloslanish zonalarida fuqarolarning yashashiga doir alohida tartiblarni joriy etish;
- Tegishli hududda  radiatsiyaviy avariyalar oqibatlarini bartaraf etish;
- Radiatsiyaviy avariya yuzaga kelish xavfi bo’lgan taqdirda tezkor chora-tadbirlarni tashkil etish
va o’tkazish;
Kimyoviy holatni baholash deganda-kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni odamlarga,
hayvonlarga, suv va boshqa ob’ektlarga ta’sir etish darajsini aniqlash hamda kimyoviy hujum yoki
ishlab chiqarish tarmoqlaridagi falokat oqibatlarini tugatish uchun eng maqbul uslubni  tanlash
tushuniladi.
Kimyoviy holatni baholashda qo’yidagi ma’lumotlarga tayaniladi:
- zaharli moddalarning turi va uning ishlatilgan vaqti;
- zaharli moddaning ishlatilish vositasi;
- zaharli moddaning ishlatilgan joyi;
- shamolning tezligi va yo’nalishi;
- havo va erning harorati;
- kimyoviy shikastlanishning miqyosi va tavsifini aniqlash;
- havoning turg’unlik darajasi (invesiya, izometriya va konvektsiya);
- fuqarolarning himoyalanish darajasi.
Kimyoviy holatni baholash  bashorat usuli hamda tekshiruv natijalari orqali amalga oshiriladi.
Iqtisodiyot inshoatlariishlab chiqarish ob’ektlarida kimyoviy holat radiatsiyaviy va kimyoviy
tekshirish guruhlari, postlari orqali aniqlanadi.

36
Kimyoviy holatni baholashda havoning turg’unlik darajasini bilish muhim ahamiyatga ega,
chunki aynan havoning holatiga ko’ra kimyoviy shikastlanish zonasining miqyosi hamda talofatlanish
hajmi sarhisob qilinadi.
Havoning vertikal turg’unligi uchta darajaga bo’linadi: inversiya, izotermiya va konvektsiya.
Izotermiya odatda, kechqurungi vaqtlarda quyosh botishiga taxminan  1 soatlar qolganda
vujudga keladi va quyosh botgandan 1 soatlardan keyin u parchalanib ketadi. Inversiyada  havoning
pastki  qatlami yuqori qatlamidan sovuqroq bo’ladi hamda bu holat zaharlangan havoning balandlikka
tarqalishiga qarshilik ko’rsatadi va zaharlangan havoning uzoq vaqt saqlanishiga qulay sharoit yaratib
beradi.
Izotermiya –havo muvozanatining barqarorligi bilan tavsiflanadi. U ko’proq bulutli havoga xos,
lekin inversiyadan konvektsiyaga (ertalabki vaqtlarda) va aksincha (kechqurungi vaqtlarda) o’tish
soatlarida ham vujudga kelishi mumkin.
Konvektsiya odatda,  quyosh chiqishidan 2 soat keyin hosil bo’ladi va quyosh botishidan 2-2,5
soat oldin buziladi. Bu ko’proq, yozgi ochiq kunlarda kuzatiladi. Konvektsiyada havoning  pastki
qatlamlari yuqoridagilaridan ko’ra ancha issiq bo’ladi va bunday holat zaharlangan havoning tez
tarqalishiga, oqibatda zaharlanish ta’sirining kamayishiga olib keladi.
Kimyoviy holatni baholashda bashorat usuli bo’yicha zaharlangan havoning tarqalishi uchun
qulay bo’lgan sharoitda (inversiya, shamo tezligi 1 mG’s.da) ob’ektdagi barcha KTZM zaxiralarining
tashqariga chiqib ketishi (to’kilish) orqibatlarini o’rganish orqali aniqlanadi.
KTZM saqlanadigan idish zaxirasining falokatini baholash, haqiqatda sodir bo’lgan vaziyatda
o’tkaziladi. Bunda zaharli moddalarning aniq miqdori va bo-havo sharoitlari hisobga olinadi.
Shunga ham ahamiyat berish lozimki, qaynash  xarorati 20
0
 S dan past bo’lgan zaharli
moddalarni (masalan, fozgen, vodorod ftorid va shunga o’xshashalar) to’kilishi bilan juda oz vaqt
mobaynida bug’lanib ketadi va  bug’langan zaharli modda miqdori. Uning to’kilgan suyuq miqdoriga
teng bo’ladi. Agar qaynash harorati 20
0
S dan yuqori bo’lan (uglerod, sulfid, sinil kislotasi va
boshqalar) va qaynamaydigan zaharli suyuqliklar (ammiak, xlor, oleum va hokazolar) o’sha ob’ekt
hududi bo’ylab tarqaladi va havoning er ustki qatlamini zaharlaydi.
KTZM bo’lgan joylardagi kimyoviy holatni baholashda, kimyoviy zaharlangan hudud
o’lchamini, kimyoviy shikastlanish o’chog’ini, zaharli havoning hududga etib kelish va  shikastlanish
vaqtini hamda kimyoviy shikastlanish o’choqlarida fuqarolarni talofatlanish ehtimollari ko’zda tutiladi.
3-SAVOL BAYONI:
Joylarda radiatsiya darajasini, radioaktiv moddalarni aniqlashda va tashqi muhit ob’ektlarining
radioaktiv ifloslanishini o’lchashda DP-5 turidagi asboblardan foydalaniladi. Bunda radiatsiya  ta’siri
va yutilgan  nurlanish dozasi DP-22V, DP-24, DP-23A, ID-1, ID-11 dozimetrlar turi bilan o’lchanadi.
Shaxsiy dozimetrlar radioaktiv moddalar bilan zararlangan joylarda bo’lganda olingan shaxsiy
dozalarni hisobga  oladi.
Tashqi muhitlarda foydalaniladigan ko’pgina dozimetrik asboblarning ishlash tamoyili
radioaktiv nurlarning havoda tarqalganda muhitni ionlash  qobiliyatiga asoslangan. Ionlash usuli
asosida ishlovchi asboblarga: bir xil tamoyilda tuzilgan va qabul qiluvchi, ko’paytiruvchi, o’lchovchi
qurilmalar hamda  ishlashni ta’minlovchi oziqlanish manbai kiradi.
DP-5B, DP-5A, DP-5V ASBOBLARINING ASOSIY TEXNIK KO’RSATKIChLARI VA VAZIFALARI.
Dala rentgenometrlari DP-5A va doza darajasini o’lchovchi DP-5B, DP-5V (2-rasm) har-xil
predmetlarning gamma-nurlanish bo’yicha radioaktiv zararlanish va gamma radiatsiya darajasini
o’lchash uchun mo’ljallangan. Gamma-nurlanishning ta’sir dozasi rentgen soatlarida (RG’s) yoki
millirentgen soatda (mRG’s) asbob hisoblagichi joylashtirilgan havodagi quvvatini o’lchaydi (rasmga
qarang).

37
DP—5A o’lchagich pulti:
1—g’ilof; 2-qopqoq; 3—mikroampermetr ko’rsatkichini tushiradigan tugmacha; 4— telefonni ulash uyasi; 5—ish
tartibini boshqaradigan polenlsiomctr dastasi; 6—mikroampermetr; 7— daraja o’lchagich oynasini yoritgichi; 8-
diapazonlarga ko’chirgich; 9— zond kabelini tutashtiruvchi qism10-
nol holatiga o’rnatadigan mexanik korrektor
tiqin.
DP-5A, DP-5B, DP-5V asboblari  minus 40
0
 dan plyus 50
0
 gacha haroratda va 65 foiz nisbiy
namlik bo’lganda o’lchashlarni ta’minlaydi. Asbob zondini suvga 50 sm chuqurlikgacha tushirish
mumkin. Asbob og’irligi 7,6 kurator gruppo’ qinsiz va qo’shimcha uskunasiz esa 2,8 kurator gruppo’
keladi.
Asbob komplektiga 2 ta  qayish bilan asbob qini va nazorat manba (strontsiy-90 va ittiriy-90);
uzatuvchi shtanga; akkumulyatorga  ulash uchun kabelli kuchlanishni  bo’luvchi; element uskunalar
yig’masi; telefon; hujjat joylashtiradigan qutilar kiradi.
Energiya diapozoni 0,084 dan 1,25 Mev gacha bo’lganda gamma-nurlanishlar bo’yicha
o’lchashlar diapozoni 0.05 RG’s.dan 200 RG’s.gachani tashkil qiladi. O’lchash asbobi 6 ta
poddiapozonlarga ega.
2-6 poddiapozonlardagi ko’rsatkichlar yuqori shkala bo’yicha olinadi va mos keluvchi
koeffitsientlarga (1000, 100 va h.k.) ko’paytiriladi. Noldan birinchi ko’rsatgan raqamgacha bo’lgan
bo’laklar ishchi bo’laklar  hisoblanadi. Bir me’yoriy sharoitda ko’rsatish xatosi (q) 35 foizdan
oshmaydi.
O’LChASh ShKALALARI.
 Yuqoridagi shkala gamma-nurlanishning doza quvvatini x1000, x100,
x10, x1, x0,1 poddiapozonlarda o’lchash uchun mo’ljallangan. Zond oynasi ochiq holda  («B» holat)
tekshirilayotgan ob’ektdan 1-1,5 sm masofada beta-nurlanish mavjudligi aniqlanadi. Bunda beta va
gamma nurlanishlarning umumiy dozasi o’lchanadi. Tepadagi shkalada qoraga bo’yalgan uchburchak
va yoy bo’lib, ulardan asbobni sozlashda foydalaniladi. Doza quvvati 5 RG’s bo’lganda, tepadagi
shkala bo’yicha o’lchanadi. Rejimni yo’lga solib turuvchi potentsiometr asbobga uzatilayotgan
elektroquvvatini moslab turadi va ulaydi.
O’lchov jadvali
Diapazonchalar
O’lchagich
pultidagi
holatlar
O’lchagich asbob
shkalasi
O’lchov birligi
Eng yuqori
o’lchov
I
x200
0-200
mpG’s
5-200
II
xlOOO
0-5
mpG’s
500-5000
III
xlOO
0-5
mpG’s
50-500
IV
xlO
0-5
mpG’s
5-50
V
xl
0-5
mpG’s
0,5-5

38
VI
xOl
0-5
mpG’s
0,05-0,5
  Ko’rsatkichlarni olib tashlovchi knopka qayta o’lchash talab etilganda asbob strelkasini tezda
«O» holatiga keltirish uchun xizmat qiladi. Shkalani yorituvchi tumbler qorong’ida ishlaganda
shkalani yoritadigan lampochkani ulaydi. O’lchov asbobi strelkasi nolga qaytmasa, ko’rsatkich olib
tashlanganda nolga keltiruvchi vintdan foydalaniladi.
  Moslash uchun saqlovchi vint echib olinib, uning tagida turgan ikkinchi vintni burash bilan
strelkani «O» holatiga qo’yiladi. So’ng echib olingan saqlovchi vint joyiga qayta buriladi.
TG-7M turdagi telefon kichik o’lchami va boshchalari yumshoq  materialdan bo’lgan ikkita
telefondan tashkil topgan. Bular radioaktivlikning borligini tovush orqali aniqlashda qo’llaniladi.
Radiatsiya darajasi yuqori bo’lsa, shuncha ko’p tovush belgilari eshitiladi.
ASBOBNI IShLAShGA TAYYoRLASh.
Asbob joylab qo’yilgan qutidan chiqarib olinadi,
futlyarning qopqog’i ochilib, hammayog’i tekshiriladi. Futlyarga bel va elka qayishlari o’rnatiladi.
Mikroampermetrning strelkasini to’g’rilovchi vint yordamida «O» ga qo’yiladi. «Rejim» ruchkasini
soat strelkasiga qarshi yo’nalishda taqalguncha buraladi. Poddiapozonlarni o’zgartiruvchining «vo’kl»
holatida qo’yilgandan keyin quvvat olish manbalari joylashtiriladi. Buning uchun DP-5A
rentgenometrdan 4 ta tushib ketmaydigan vint bo’shatiladi. DP-5B va DP-5V asboblaridan
quvvatlanish bo’limining bitta tushib ketmaydigan vinti bo’shatilib, qopqog’i olinadi va 1,6 PMTs-
X1,05 chizmaga 3 ta element muvofiq qo’yiladi. Asbob akkumulyatordan quvvatlanganda
taqsimlagichdagi ulagichlar kerakli kuchlanishga qo’yiladi, so’ng u vintlar yordamida quvvatlanish
bo’limiga birlashtiriladi. Undan keyin poddiapozonlavr o’zgartiruvchi «rejim» holatiga keltiriladi.
«Rejim» ruchkasini soat strelkasi yo’nalishida ohista burab,  strelka tepa shkaladagi qora
uchburchakka qo’yiladi. Strelka buralganda tepadagi qora chiziqqacha etmasa-kuchlanish ozligini
ko’rsatadi, demak, yangi elementlarni qo’yish kerak. shundan keyin asbob strontsiy-90 bo’yicha
tekshiriladi: poddiapozonlarni o’zgartiruvchi x1000 holatiga qo’yiladi, radioaktiv  manba qopqog’i o’z
o’qi atrofida burab ochiladi. Zond ekrani «B» holatiga buraladi va zond futlyar qopqog’iga tayanch
o’simtalar bilan shunday mahkamlanadiki strontsiyli manba zond teshigi qarshisida tursin.
15-rasm. Zond:
1—po’lat tana; 2— aylanadigan ekran;
3— oyna; 4—muvofiqlashtiruvchi tumshuq; 5—SI—
3BG gaz sarflanishini hisoblagich;
6— STS—5 gaz sarflanishini hisoblagich; 7—qobiq;
8— yopiladigan murvat; 9— tutqich.
200 dan tashqari hamma poddiapozonlarda (strelka va telefon bo’yicha) asbob ishlashini
tekshirish kerak. asbob strelkasi poddiapozonlar o’zgartiruvchining x1000, x100 holatlarida
siljimasligi mumkin. 0,1 x 0,1 holatlarida shkaladan chetga chiqib ketishi, x10 holatida formulyarda
ko’rsatilgan raqamda turishi kerak (2,2x10q22). Ishlaganda yoki radioaktivlik o’lchangandan keyin
asbobni o’chirish kerak.
GAMMA-NURLANIShLARNI O’LChASh.
200 poddiapazonda 5 dan 200 rg’s.gacha radiatsiya
darajasi o’lchanadi. Buning uchun asbob yuqorida ko’rsatilgandek moslanadi. Poddiapazonlarni
o’zgartiruvchi  «200» holatiga qo’yiladi, zond teshigi ekran bilan berkitiladi va zond futlyarga

39
joylashtiriladi. Radiatsiya darajasi 1 m balandlikda o’lchanadi va har 10 soniyada qo’yi shkala
bo’yicha ko’rsatkichlar olinadi.
 Doza quvvati 5  rG’s.gacha bo’lganda tepadagi shkala bo’yicha x1000 poddiapozonda
o’lchanadi. Har 10-45 soniyada ko’rsatkichlar olinib, bu raqamlar poddiapazonlar o’zgartiruvchida
turgan koeffitsientga  ko’paytiriladi.
  Ob’ektlarning mrG’s ifodalangan radioaktiv ifloslanishini ob’ekt yuzasi yopiq holda zondga
yaqin 1-1,5 sm uzoqlikda ushlanib, yuqori shkala bo’yicha olingan ko’rsatkichlarni poddiapazon
koeffitsientga ko’paytirilib aniqlanadi. Olingan ma’lumotlar ruxsat etilganlari bilan taqqoslanadi.
Ruxsat etilgan nurlanish darajasi
TG’r
Maskanlar
Darajaning quvvati,
mpG’soat
1.
Inson tanasi
50
2.
Ichki kiyim
50
3.
Gazdan himoyalanish niqobining yuzi
50
4.
Kiyim-bosh, oyoq kiyimi, shaxsiy himoya vositalari
50
5.
Hayvonlar tanasi
50
6.
Texnika
200
KIMYoVIY  RAZVEDKA ASBOBLARI.
Hozirgi  vaqtda zaharli moddalarni aniqlash uchun kimyoviy razvedkaning qo’shish asbobi-
VPXR, tibby va veterinariya xizmatlari kimyoviy razvedka asbobi-PXR-MV, tibbiy dala kimyosi
laboratoriyasi - MPXlar ishlatiladi.
18-rasm. Umumqo’shin kimyoviy razvedka asbobi:
1—qo’l nasosi; 2—elkaga osish uchun tasma; 3— nasos uchun
uchlik; 4— nasos uchligi uchun qalpoqchalar; 5—tutunga qarshi
suzgichlar; 6—qizdiruvchi patronlar; 7—elektr fonar; 8—qizdi-
ruvchi (grelka); 9— shtir; 10— kurakcha; 11—indikatorli
naychalar kassetada.
Zaharli moddalarni kimyoviy razvedka dala asboblari bilan aniqlash, surilayotgan zaharlangan
havo oqimi reaktiv orqali o’tganda uning  rangini o’zgarish tamoyiliga asoslangan: bunda reaktiv rangi
intensivligi to’ldiruvchidagi zaharli moddaning havodagi kontsentratsiyasiga to’g’ri proportsionaldir.
Kimyoviy razvedkaning qo’shin asbobi (VPXR) zarin, zamon, iprit, fozgen, difozgen, sinil
kislota, xlortsian, shuningdek, Vi-iks gazlarning havoda ma’lum hududlarda, texnikada borligini
aniqlashga mo’ljallangan. Asbob qopqoqli korpusdan, unga o’rnatilgan qo’l nasosi, kiydirma,
indikatorli trubkalari bo’lgan qog’oz kassetalar, tutunga qarshi filtrlar, himoya qalpoqchalari,
elektrofonar, korpus va unga qo’yiladigan patronlardan tashkil topgan.
Undan tashqari, jamlamaga namuna olish uchun ko’rakcha, asbob ishi bo’yicha zamon tipidagi
zararli  moddalarni havoda aniqlash, asbobni  ishlatish bo’yicha ko’rsatmalar va pasport kiradi.
Asbobni olib yurish uchun elkadan o’tkaziladigan qayish bor. Jamlama og’irligi 2,2 kurator gruppo’.
Qo’l nasosi zaharlangan havoni indikatorli trubkada joylashgan reaktiv orqali surish uchun xizmat
qilib, bu trubka nasos bosh qismidagi teshikka o’rnatiladi.

40
Nasos bilan 50-60 marta surilganda 1 daqiqada indikatorli trubka orqali 2 l.ga yaqin havo o’tadi.
Nasos havoni bir yo’nalishda suradi. Nasos ruchkasida 2 ta ampula ochgich bo’lib, ular yordamida
indikatorli trubkalardagi reaktivli ampulalar sindiriladi. Indikatorli trubkalarning uchlarini sindirish va
yo’nish uchun nasos bosh qismida moslama o’rnatilgan.
Nasos kiydirmasi har xil predmetlarda, sochiluvchi materiallarda (himoya qalpoqchalaridan
foydalangan holda) va tutunli havoda (tutunga qarshi filtrlardan  foydalangan holda) zaharli
moddalarni aniqlash uchun xizmat qiladi. Indikatorli trubkalar zaharli moddalarni aniqlash uchun
mo’ljallangan va qavsharlangan shisha trubkalardan iborat bo’lib, ularning ichida to’ldirgich va
reaktivli shisha ampulalar joylashgan. Trubkalar rangli xalqalar ko’rinishidagi belgilarga ega; bitta
qizil xalqa va qizil nuqta-zarin, zamon va Bi-iks gazlarni; uchta yashil xalqa - fozgen, difozgenni, sinil
kislota, xlortsianni; bitta sariq xalqa - ipritni aniqlash uchun mo’ljallangan. Reaktivlar ma’lum vaqt
saqlangandan keyin ularni yangilari bilan almashtirish kerak. Bir xil belgili indikatorli trubkalar 10
tadan qog’oz kassetaga joylashtirilgan. Kassetalarda reaktiv tayyorlangan vaqti va nasos bilan necha
marta havo tortishligi ko’rsatilgan bo’lib, to’ldiruvchi modda rangi, havoda zaharli moddalar bor yoki
yo’q bo’lganda qanday bo’lishi ko’rsatilgan. Tutunga qarshi filtrlar maxsus kartondan qilingan
plastinkalar bo’lib, havoda nordon bug’lar miqdorini, tutunda, tuproqda va sochiluvchi materiallarda
zaharli moddalarni aniqlash uchun foydalaniladi.
Himoya qalpoqchalari voronkasimon kiydirmaning ichki yuzasini har xil ob’ektlarda (texnikada,
tuproqda, binoda) zaharli moddalarni aniqlashda zararlanishdan saqlaydi.
Qizdirgich havo harorati past bo’lganda  indikatorli trubkalarni qizdirib, zaharli moddalarni
aniqlashga mo’ljallangan. Bundan tashqari, sariq va qizil xalqali  indikatorli trubkalar 10
0
S dan past
harorat bo’lganda qizdiriladi. Undan indikatorli trubkalar ampulalaridagi reaktivni eritish uchun ham
foydalaniladi.
MEDITsINA-VETERINARIYa XIZMATLARI KIMYoVIY RAVZVEDKA ASBOBI (PXR-MV).
Asbob suvda, oziq-ovqatlarda, havoda va har xil predmetlarda zarin, zoman, Vi-iks gazlarini,
iprit, xlortsian, sinil kislotasini aniqlash uchun mo’ljjalangan. Bundan  tashqari, bu asbob yordamida
suvda  sinil kislota tuzlari, alkalloidlar, og’ir metallarning tuzlari, havoda fozgen va difozgenni
aniqlash mumkin.
PXR-MV asbobi suv, tuproq va boshqa materiallardan yuqumli kasallik  qo’zg’atuvchilar turini
aniqlash, ularning namunalarini laboratoriyaga jo’natishga imkon beradi. Asbob qopqoqli korpusdan,
nasosdan, indikatorli naychalari  bor qog’oz kassetalaridan, quruq reaktivli mato kassetalaridan,
probirkalardan dreksel sklyankalaridan, metall bankadan, bakteriologik vositani olish uchun 4 ta
maxsus probirkalardan tashkil topgan. Bundan tashqari, jamlamaga kurakcha, qaychi, pipetkalar,
pintset, yonuvchi tabletkalar, probirka uchun posangilar, namunalari bor bankalarga yopishtiriladigan
leykoplastir va polietilen xaltachalar kiradi. Asbob nasos kollektorli bo’lib bir vaqtning o’zida 2,3,4
yoki 5 indikatorli naychalari orqali havo surishga imkon beradi.
Suvdagi ZMlarni va zaharli birikmalarni aniqlash uchun belgilangan dreksel probirkasiga
ma’lum reaktivlardan foydalangan holda, reaktiv rangiga qarab yoki uning rangiga standart reaktiv
rangi bilan solishtirish orqali aniqlanadi.
Suvdagi zamon, zarin, Bi-iks gazlarini aniqlashda ampulalar to’plamidan foydalaniladi va ikkita
namuna-tajriba, nazorat olinadi;
Oziq-ovqat namunalaridagi ZMlar havo ekstraktsiyasi usuli bilan aniqlanadi. Namuna bankaga
joylashtirilib, u buraladigan metall qopqoq bilan zich yopiladi. qopqoq orqali banka ichiga uning
tubigacha bitta naycha tushiriladi, ikkinchisi egilgan bo’lib, tashqariga chiqadi. Ushbu chiqqan naycha
indikatorli naychaga va nasosga ulanadi. Havo namuna orqali suriladi yoki tekshirilayotgan namunali
banka bilan nasos o’rtasiga suvli dreksel sklyankasi joylashtiriladi va dreksel probirkasi suvidagi ZM lar
aniqlanadi.
Yuqoridagilardan xulosa qilinadigan bo’lsak, kimyoviy holatni baholashda, har doim xizmatli
tizimlarini, tibbiyot xizmati muassasalarini va aholining joylashishini hisobga olish kerak  bo’ladi, ya’ni
ular kuchli  zaharli moddalar ishlatilgan yoki zaharlangan havo tarqalayotgan joyni, albatta shu
zaharlangan hudud va u erdagi jamiki narsalar kimyoviy razvedka asboblari bilan tahlil qilinadi.

41
Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin