Guliston davlat universiteti



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix06.06.2020
ölçüsü2,83 Mb.
#31713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
favqulotda vaziyatlar va fuqarolar muxofazasi


NAZORAT SAVOLLARI:
1. FM rejasi nima maqsadda tuziladi?
2. FM rejalarini qaysi tashkilotlar tasdiqlaydi?
3. FM rejalariga qanday tadbirlar qo’yiladi?
4. Rejani tuzish bosqichlari qanday?
5. O’zbekiston Respublikasi VMning 1996 yil 11 apreldagi 143-son qarorida nimalar takidlangan?
6. Nima uchun rejaga tuzatishlar kiritiladi?
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Nigmatov I., Tojiev M.  “Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi”, o’quv-qo’llanma,
Toshkent, «Iqtisod-moliya», 2011 yil.
2. Tojiev M, Ne’matov I, Ilhomov.  “Favqulodda vaziyat va fuqaro muhofazasi”, o’quv-qo’llanma,
Toshkent, «Iqtisod-moliya», 2002 yil.
3. Sh.Ubaydullaev, A.Norboev, M.Ziyoeva, M.Ortiqov, U.Yo’ldoshev, O.Ortiqov “Chaqiruvga
qadar boshlang’ich tayyorgarlik”, o’quv qo’llanma, Toshkent, 2007 yil.
4. N.I. Akimov. «Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarida fuqarolar muhofazasi».Toshkent,
«Mehnat», 1983 yil.
7-MAVZU : FUQAROLARNI MUHOFAZA QILIShNING ASOSLARI VA
XUSUSIYaTLARI
ASOSIY SAVOLLAR
1. FM QILIShNING ASOSIY TAMOYILLARI.
2. FUQAROLARNI FV HAQIDA OGOHLANTIRISh.
3. RADIATsIYa VA KIMYoVIY TA’SIRLARGA QARShI OMILLAR.
4. RADIOAKTIV VA KIMYoVIY ShIKASTLANGAN JOYLARDA FUQAROLARNI SAQLASh.
5. XAVFLI ZONADAN XAVFSIZ ZONAGA EVAKUATsIYa QILISh.
6. OZIQ-OVQAT, SUV, DON VA UY HAYVONLARINI ZARARLANIShDAN SAQLASh.
MAVZUGA OID TAYaNCh TUShUNChA VA IBORALAR:
Fuqarolarni ogohlantiruvchi belgilar va jalb qiluvchi signallar. Himoya inshootlarini tashkiliy
qismlari, shaxsiy himoya vositalari, evakuatsiya.
MAVZU BO’YIChA DARSNING MAQSADI:

48
Fuqaro muhofazasiga tayyorlash, fuqarolarni o’z vaqtida favqulodda vaziyat haqida ogohlantirish,
shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishni o’rgatish, xavfsiz joyga ko’chirish (evakuatsiya)
usullarini o’rgatish.
IDENTIV O’QUV MAQSADLARI:
1. Fuqarolarni ogohlantiruvchi belgilarini tushuntira biladi.
2. Fuqarolarni ko’chirish tadbirlarini ayta oladi.
3. Fuqarolarni himoya inshootlaridan foydalanish usullarini tushuntira oladi.
4. Xavfli joydan xavfsiz joyga ko’chirish usullarini o’rganadi.
5. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalana biladi.
1-SAVOL BAYoNI:
Harbiy davrda ham, tinchlik davrda ham favqulodda vaziyat yuz berganda fuqarolarni muhofaza
qilishning asosiy uslublari muayyan tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Fuqarolarni muhofaza
qilishning asosiy tamoyillari qo’yidagilardan iborat:
1.Davlat organlari, vazirlik rahbariyati va iqtisodiyot inshoatlariob’ektlarining rahbarlari tomonidan
fuqarolarni muhofaza qilish omillarini doimiy ravishda amalga oshirish va boshqarish;
2.Mamlakatning har bir burchagida, aholi yashash joylarida, iqtisodiyot inshoatlaritarmoqlarida,
fuqarolarni saqlashning omillarini oldindan rejalashtirish;
3.Har bir joyning iqtisodiy, siyosiy va mudofaa qudratini hisobga olgan holda fuqaro muhofazasini
rejalashtirish va amalga oshirish;
4.Fuqarolarni muhofaza qilishning omillarini har bir joyning (respublika, viloyat, shahar, tuman,
iqtisodiyot inshoatlaritarmoqlari) iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejalari bilan birga amalga oshirish.
Fuqarolarni muhofaza qilishning uslublari qo’yidagilardan iborat:
1. Fuqarolarni xavfli vaziyat xususida o’z vaqtida ogohlantirish;
2. Radiatsiyaga va kimyoviy ta’sirlarga qarshi (RK va KTK) omillari;
3. Himoya inshootlarida saqlash;
4. Evakuatsiya omillarini o’tkazish (fuqarolarni xavfli hududdan vaqtinchalik uzoqlashtirish yoki
to’liq uzoqlashtirish);
5. Shaxsiy saqlovchi  vositalardan foydalanish;
2-SAVOL BAYoNI:
Favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni himoya qilishning har tomonlama omillarida alohida o’rin
tutadigan uslub-bu fuqarolarni o’z vaqtida ogohlantirish hisoblanadi.
Ogohlantirish radio, televizor vositalari orqali amalga oshiriladi. Bunda fuqarolarni
ogohlantirishdan oldin sirena, ishlab chiqarish gudogi, transport vositalarining signallari va boshqa
belgilar orqali ogoh etiladi. Ya’ni bu belgilar «DIQQAT, HAMMAGA!» degan ma’noni anglatadi.
Shu belgilarni eshitgan har bir fuqaro radio, televizorlarni qo’yishlari zarur. Har bir ofat yuz
berganda, ularni fuqarolarga hamda xalq xo’jaligiga ko’rsatadigan ta’sir xususiyatlarini hisobga olgan
holda ogohlantirish matnlari tuziladi.
MASALAN:
A) ATOM ELEKTR STANTsIYaSIDA YuZ BERGAN AVARIYa HAQIDA FUQARO MUHOFAZASI
QO’YIDAGI TARTIBDA XALQNI OGOH QILADI:
 «DIQQAT!», Fuqaro Muhofazasi shtabidan
gapiramiz! Fuqarolar! Atom elektr stantsiyasida avariya sodir bo’ldi. Shu AES atrofida joylashgan
«UzBAT» korxonasi, Hamza aloqa uzatish tarmog’i, yangi qurilayotgan metro stantsiyasi, Toshkent
mineral suv qo’yish zavodi va uy-joylarga, mahallalarga radioaktiv changlarning tushishi kutilmoqda.
Shu hududda yashovchi hamma fuqarolar o’zlarining yashovchi uylari germetikligini (zichligini)
mustahkamlashlari, uy hayvonlarini pana joyga kiritishlari, oziq-ovqat mahsulotlarini, suvlarni

49
radioaktiv chang tushishidan saqlashlari, o’zlari esa yodli preparatdan qabul qilishlari kerak. keyingi
hatti-harakatlar fuqarolar muhofazasi shtabi yo’riqnomalari asosida olib boriladi.
B). XAVFLI KIMYo ZAVODIDAGI AVARIYaDA:
«Diqqat! Fuqaro muhofazasi shtabidan gapiramiz!
Fuqarolar! Chirchiq kimyo kombinatida odamga kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda (KTZM)
ammiakning to’kilishi oqibatida avariya sodir bo’ldi. Zaharlangan havo Toshkent shahri tomon
tarqalmoqda. Kimyoviy zaharlanish zonasiga o’sha atrofdagi korxonalar va aholi yashash joylari
(korxona, mahalla, yashash joylari nomlari ko’rsatiladi) kiradi. Kimyo korxonasiga yaqin bo’lgan
ishlab chiqarish tarmoqlaridagi ishchi xizmatchilar, mahallalardagi yashovchilar o’z uylarini, ish
joylarini xavfsiz holatda qoldirishlari (gaz, suv, elektrni o’chirishlari) va Toshkentga evakuatsiyaga
tayyorlansinlar. Kimyo korxonasidan uzoqdagi korxonalar, mahallalardagi (nomalri ko’rsatiladi)
yashovchilar o’z ish joylarida, uylarida qo’shimcha germetiklikni ta’minlab saqlanishlari lozim.
Eshitganlaringizni qo’ni-qo’shnilarga etkazing!».
V). ER SILKINIShI EHTIMOLIDA:
«Diqqat! Fuqaro muhofazasi shtabidan gapiramiz! Fuqarolar! Er silkinishi ehtimoli bor! Gaz.
Suv, elektroenergiya, yonayotgan moddalarni o’chirib, uylarni xavfsiz holatda qoldirib, eshitgan
ma’lumotlaringizni qo’ni-qo’shnilarga etkazing. Kerakli narsalarni: kiyim-kechak, xujjat, oziq-ovqat,
suv olib baland qurilgan imoratlardan uzoqroq joylarda  saqlaning!».
Er silkinganda inshootlarda bo’lsangiz. Darhol eshik ustunlari tagiga turib oling. Tartib va
osoyishtalik saqlansin. Fuqaro muhofazasi shtabi yo’riqnomalariga e’tiborni qarating.
3-SAVOL BAYoNI:
Radiatsiya va kimyoviy ta’sirlarga qarshi omillar deyilganda ionlantiruvchi nurlar, zaharli
kimyoviy moddalar va odamga kuchli ta’sir etuvchi moddalar (KTZM) ta’sirini kamaytirishga
mo’ljallangan kompleks omillar tushuniladi. R va KTQ omillarga qo’yidagi vazifalar ko’zda tutiladi:
A) radiatsiyaviy-kimyoviy holatni aniqlash va baholash;
B) dozimetrik hamda kimyoviy nazoratni tashkil etish va o’tkazish;
V) radiatsiyaga qarshi himoyalanish rejimlarini ishlab chiqish;
G) radioaktiv va kimyoviy shikastlanishda fuqarolarni himoyalash uslublari hamda KTq omillari
bilan ta’minlash (bunda gazniqoblar, maxsus kiyim-kechaklar va boshqa vositalarni yig’ish, saqlash,
taqsimlash);
D) radioaktiv va kimyoviy shikastlanish oqibatlarini tugatish omillari (maxsus sanitar-qayta
ishlash, yashash, ishlash joylarini, inshootlarini zararsizlantirish va boshqa omillar).
Radiatsiyaviy-kimyoviy holatni baholash - R va KTQ omillarining asosini tashkil etib, uni
o’tkazishdan maqsad:
-fuqaro muhofazasi tizimlariga kiruvchi fuqarolarning ishlash qobiliyatlarini baholash:
- ishchi-xizmatchilarning ish faoliyatlarini baholash va ulardan foydalanish chegaralari;
- evakuatsiya davrida tibbiy yordam ko’rsatish hajmi:
- fuqarolarni sanitar-qayta ishlovdan o’tkazish hajmi:
- jihozlarni, transport vositalarini, shaxsiy saqlovchi vositalarni, kiyim-kechaklarni, ish joylarini
dezaktivatsiya va degazatsiya qilish;
-radiatsiyaviy-kimyoviy zararlangan hududlarda qolgan suv, em, oziq-ovqat va boshqalarni qayta
ishlab foydalaniladi va boshqa omillar bajariladi.
Dozimetrik va kimyoviy holatni baholash-ob’ektning fuqarolar muhofazasi  shtabi, uning
tizimlari, jumladan,  razvedka bo’limlari amalga oshiradi (ya’ni radiatsiyaviy-kimyoviy va umumiy
razvedka bo’limlari).
Oziq-ovqatlar, suv va emlarning zararlanish darajasi radiometrik va kimyoviy laboratoriyalarda
aniqlanadi. Dozimetrik baholashda odamlarni va er usti jinslarini radiatsiya nurlari bilan nurlanganligi
hamda zararlangan joylarda odamlarning olgan nur dozalari aniqlanadi.
Nurlanganlik darajasi guruh holda hamda yakka tartibda tekshiriladi. Guruhni tekshirishda,
tizimlar, tsexlar bo’yicha odamlarning olgan nur dozalari hamda ularning ishlash qobiliyatlari
aniqlanadi.

50
Dozani  aniqlovchi ID-1 va DKP-50A (4 chizma) dozimetrlar 10-12 nafar odam bo’lgan
guruhlarga taqsimlanadi. Yakka tartibda esa ID-11 markali shaxsiy nur dozasini o’lchovchi jihoz
ishlatiladi. Mana shu ikki usul bilan (guruh va yakka tartibda) tsexlardagi, guruhlardagi, tizimlardagi
odamlarning olgan nur dozalari o’lchanib, jurnalga yozib boriladi. Fuqarolarning umuman olgan nur
dozalari qiymatiga qarab, tizim boshlig’i o’sha fuqarolarning ishlash qobiliyatlari va zararlangan
hududlarda bo’lgan vaqtlarini aniqlab beradilar.
Odamlar, texnika, jihozlar va boshqa kiyim-kechaklarning radioaktiv changlardan zararlanishi
DP-5 jihozi bilan aniqlanadi va mRG’soat bilan o’lchanadi. Oziq-ovqat, suv va emlarni radioaktiv
changlardan zararlanish darajasi radiometrik usulda aniqlanadi va KiG’kg yoki KiG’l da o’lchanadi.
Shaxsiy saqlovchi vositalar, texnika, oziq-ovqat, suv, yashash  joylari va ob’ektlarning zaharli
moddalar, kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) bilan zaharlanishi kimyoviy jihatdan
baholanadi.
Kimyoviy holatni baholash natijalariga qarab, odamlarni shaxsiy saqlovchi  vositalarisiz yurish-
turishi, texnikalarni, inshootlarning degazatsiyalash darajasi, oziq-ovqatlarni, suvlarni va boshqa
vositalarni zararsizlantirish aniqlanadi. Kimyoviy nazorat kimyoviy razvedka jihozlari: VPXR, PXR-
MV yordamida o’tkaziladi.
Demak, dozimetrik va kimyoviy nazorat o’z vaqtida, to’g’ri o’tkazilsa, odamlarning ish
qobiliyatlarini va turmush darajalarini birmuncha saqlash imkoniyatlariga ega bo’lamiz.
4-SAVOL BAYoNI:
Radioaktiv  shikastlangan hududlarda halqni saqlashning asosiy qoidalari qo’yidagilardan iborat:
- radioaktiv shikastlanish xususida ogohlantirish;
- himoya inshootlarida saqlash (boshpana, radiatsiyadan saqlovchi boshpana-RSBPRU);
- shaxsiy saqlovchi vositalardan foydalanish;
- radiatsiyadan saqlovchi predmetlardan (ShD-2) foydalanish;
- zararlangan suv va emirishlardan saqlanish;
- zararlangan joylarda fuqarolarni saqlash rejimlariga rioya qilish;
- zararlangan joylardan fuqarolarni evakuatsiya qilish;
- zararlangan hududlarga odamlarni kiritmaslik;
- fuqarolarni sanitar qayta ishlovdan o’tkazish, kiyim-kechak, texnika, inshootlarni
dezaktivatsiya qilish.
Radioaktiv moddalar bilan zararlangan joylarda odamlarning hatti-harakatlari, radiatsiyaviy
holatdan kelib chiqib aniqlanadi, bunda:
A) muayyan zararlangan joylarda, odamlar, RSBda bir necha soatgacha saqlanishlari va so’ngra
oddiy inshootlarda bo’lishlari tavsiya etiladi. Ammo korxonalar va yashash maskanlari ishlarini oddiy
rejim asosida amalga oshiradilar;
B) kuchli zararlangan joylardagi fuqarolar himoya inshootlarida uch kungacha saqlanishlari va
keyingi to’rtinchi kunda oddiy inshootlarda bo’lishlari mumkin. Bunday holatlarda korxona va
maskanlar  alohida rejimda ishlashlari, ochiq joyda ishlovchilar esa bir necha  soatdan, bir necha
kungacha ishni to’xtatishlari zarur.
V) xavfli va juda xavfli shikastlanishda fuqarolar himoya inshootlarida uch kundan kam
bo’lmasliklari hamda oddiy inshootlarda ham tashqariga chiqmasdan saqlanishlari kerak. bunday
korxonalarda hamma oziq-ovqat mahsulotlari germetik idishlarda saqlanishi (shkaflarda, shishali yoki
emalli idishlarda, polietilen qopchalarda) hamda ovqat  tayyorlashda faqat zararlanmagan suvlardan
foydalanish lozim.
KIMYoVIY ShIKASTLANIShDA FUQAROLARNI SAQLASh.
Xavfli kimyoviy korxonalarda fuqarolarni saqlashning asosiy uslublari qo’yidagilardan iborat:
- kimyoviy shikastlanish xavfi haqida ogohlantirish;
- himoya inshootlarda (boshpanada) saqlanish;
- shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
- antidod va ShKP-8 ni  qo’llash;
- shikastlangan joylarda yurish-turish rejimlariga rioya qilish;
- zaharlangan hududlardagi odamlarni evakuatsiya qilish;

51
- fuqarolarni sanitar-qayta ishlash, kiyim-kechak, inshootlarni, transport va texnikalarni
degazatsiya qilish.
Kimyoviy  zararlanishda birinchi navbatda razvedka o’tkaziladi: bunda avariyaning aniq joyi,
KTZM turi, hududning shikastlanish davrajasi, odamlarning zararlangan o’choqdan yaqin-uzoqligi,
shamolning kuchi va yo’nalishi hamda boshqa ko’rsatkichlar aniqlanadi.
Zaharlangan fuqarolarga birinchi yordam berilib, tibbiy yordam ko’rsatish shohobchalariga
etkaziladi. Zararlangan oziq-ovqatlar, suv tekshirilib, degazatsiya qilinadi yoki yo’q qilib yuboriladi.
Zararlangan hududdan  chiqqanda, ochiq qolgan terilar, shaxsiy himoya vositalari, kiyim-kechaklar
ShKP-8 bilan zararsizlantiriladi va so’ngra o’zlari to’liq sanitar ishlovdan o’tkazilib, kiyim-kechaklar
almashtiriladi.
FUQAROLARNI VA FUQARO MUHOFAZASI TIZIMLARINI RK VA KTK  OMILLARI BILAN
TA’MINLASh.
Har bir ob’ektning fuqaro muhofazasi shtabi va uning xizmatchi bo’limlari shaxsiy saqlovchi
(terini hamda nafas organlarini saqlovchi) va tibbiy vositalar bilan ta’minlashni, saqlashni hamda
ularni doimiy texnik tayyor holda  bo’lishligini tashkil etadi.
Shaxsiy saqlovchi vositalarning saqlashini ish joylariga yaqin bo’lgan erlarda (tsex, bo’lim va
boshqalarda) tashkillashtiriladi, agar sharoit bo’lmasa, u holda ish joylarining zahiradagi binolarida,
xonalarida saqlanadi. Tinchlik davrlarida ushbu vositalar vaqti-vaqti bilan labarotoriya  ko’rigidan
o’tkazib turiladi.
Shaxsiy saqlovchi va tibbiy vositalar birinchi navbatda favqulodda vaziyatlarda ish bilan
mashg’ul bo’ladigan fuqarolarga beriladi. Bulardan tashqari FM tizimlariga kiruvchi fuqarolar
respiratorlar bilan ham taminlanadilar. Ishlamaydigan fuqarolar nafas organlari saqlovchi oddiy
vositalar- paxta-dokali taqqichlar va changdan saqlovchi matoli niqoblar bilan ta’minlanadilar. Terini
saqlovchi vositalar bilan faqat zararlangan o’choqlarda (radioaktiv moddalar, zaharli birikmalar,
biologik shikastlangan hududlar) xizmat ko’rsatuvchi fuqarolar muhofazasi tizimlari ta’minlanadi.
Favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot inshoatlaritarmoqlarida xizmat qiladigan fuqarolar shaxsiy
saqlovchi vositalarni o’z ish joylaridan, ish bilan mashg’ul bo’lmaganlar esa turar-joy massivlaridan
oladilar.
FUQAROLARNI HIMOYa INShOOTLARIDA MUHOFAZA QILISh.
Himoya inshootlari fuqarolarni tabiiy ofatlar, avariya, halokatlar oqibatlaridan hamda qirg’in
qurollari ta’sir faktorlaridan va ularning ikkilamchi ta’sir fakorlaridan saqlaydigan boshpanalar
hisoblanadi.
Himoya inshootlari qo’yidagilarga bo’linadi:
A) yo’nalishiga ko’ra: fuqarolarni saqlashga, boshqaruv tizimlarini va  tibbiy shaxobchalarni
joylashtirishga mo’ljallangan;
B) joylashgan o’rniga ko’ra: alohida joylashgan (metropolitenlar va tog’-kon qurilishlari);
V) qurilish muddatiga ko’ra: oldindan qurilgan va tez quriladigan;
G) himoyalash darajasiga ko’ra: boshpana, RSB va oddiy boshpana (ochiq yoki yopiq erto’lalar).
BOShPANA
: Boshpana-odamlarni hamma ta’sir faktorlaridan (yuqori harorat, radioaktiv,
portlovchi va kuchli zaharli moddalar), inshootlar buzilganda ularni qismlaridan hamda qirg’in
qurollar va oddiy hujumkor qurollar ta’siridan saqlaydi.
Boshpanalar odamlarni qabul qilish soniga ko’ra 3 sinfga bo’linadi: kichik (150-300 kishi),
o’rtacha (300-600 kishi), katta (600 dan ko’p).
Boshpanani qurishda qo’yidagi talablar qo’yiladi: 3 sutkadan kam bo’lmagan muddatda
saqlash; suv bosmaydigan joylarda qurish; oqar suvlardan, kanalizatsiya kommunikatsiyalaridan
hamda qurilish kommunikatsiyalaridan uzoqroq joylarda qurish; chiqish va kirish eshiklarining
bo’lishi.
Boshpana  ma’lum jihozlar bilan jihozlanishi shart, jumladan: shamolatgich, sanitar-texnik
jihozlar, havodagi zaharli moddalarni, radioaktiv birikmalarni va biologik vositalarni tozalovchi
uskunalardan iborat bo’lishi kerak.
Boshpana asosiy va qo’shimcha xonalardan tashkil topadi: asosiy xonalarga - odamlar,
boshqaruv tizimlari, tibbiy xizmat tizimlari joylashtiriladi, qo’shimcha xonalarga jihozlar, asbob-
uskunalar, oziq-ovqatlar, suv va boshqa kerakli vositalar joylashtiriladi. Bu boshpanalar juda

52
mustahkam qurilganligi, germetikligi yuqoriligi va sanitar-gigiena sharoiti bo’lganligidan xalqni bir
necha kun davomida betalofat saqlashi mumkin. Boshpanalar odamlar yotadigan va turib saqlanadigan
holda bo’ladi. Turib saqlanadigan boshpanalar sifatida ishlab chiqarish, ma’muriy va xalq yashaydigan
baland uylarning erto’lalaridan foydalaniladi. Bunda butun qirg’in qurollari faktorlaridan saqlovchi
qismlar, elementlar o’rnatilib, boshpanaga qo’yilgan  talablar bajariladi.
Boshpana bir necha bo’limlardan tashkil topib, har biriga 50-75 odam sig’ishi kerak. ular yarusli
qilib jihozlanadi va har bir odamga 0,5 m
2
  joy to’g’ri kelishi ko’zda tutiladi.
Boshpana juda yaxshi germetik ravishda qurilishi, ya’ni devorlari, xona bo’limlari juda zich qilib
ishlanishi zarur. Aks holda tashqaridan radioaktiv, kimyoviy va biologik zaharlovchilar havo bilan
birga kirishi mumkin.
Boshpana kamida ikkita qarama-qarshi tomondan kiradigan eshik va ehtiyot eshigi bo’lishi
kerak. eshiklar tambur tipida ikki qavatli qilib germetik ravishda yopiladigan bo’lishi lozim. Eshikni
tashqi tomoni  juda mustahkam materialdan yasaladi, sababi, u yadro portlaganda chiqadigan to’lqin
zarbildan saqlaydi. Boshpanalar filtrlaydigan, havo almashtiradigan asbob-uskunalar bilan jihozlanadi.
Ularda elektr, aloqa, suv hamda kanalizatsiya va isitish tarmoqlari ham bo’lishi kerak. boshpanada
dozimetr, kimyoviy razvedka jihozlari, himoyalovchi vositalar, o’t o’chirish qurollari, oziq-ovqatlar,
suv zahirasi va dori-darmonlar bo’lishi shart.
Agar favqulodda vaziyatda alohida qurilgan boshpanalar bo’lmaganda tez jihozlanib,
foydalanadigan boshpanalar quriladi. Bunday boshpanalarni metropolitenlar, er osti yo’llari,
inshootlarning erto’lalarini kerakli asbob-uskunalar bilan jihozlab tayyorlanadi.
RADIATsIYaDAN  SAQLOVChI BOShPANA (RSB
).  Radiatsiyadan  saqlovchi boshpana (RSB)
germetik bo’lmagan himoya inshootlari bo’lib, favqulodda vaziyatlarda fuqarolar o’sha erda
saqlanadilar.
RSB
rejasi:
1- havo o’tkazmaydigan himoya eshigi;  2 — shlyuzli kamera;  3- sanitar xonasi; 4 — odamlarni
joylashtiradigan asosiy zal; 5- avariya paytida chiqish yo’li va qalpoqchasi; 6 — havoni tozalab, shamollatish xonasi;
7— oziq-ovqat saqlanadigan ombor; 8 — tibbiyot xonasi.
RSB larga alohida qurilgan, tez jihozlanib quriladigan xillaridan tashqari, xo’jalik maqsadlarida
foydalaniladigan chuqurliklar, sabzavot saqlanadigan qurilmalar va oddiy yashovchi qurilmalar kiradi.
RSB larning saqlash xususiyati-radiatsiya nurini susaytirish koeffitsenti (Ku) bilan aniqlanadi va
u qanday materialdan qurilganligiga va uning qalinligiga bog’liq.
Masalan, yog’ochdan tayyorlangan uylarning erto’lalari radiatsiya nurini 7-12 marta, g’ishtli
uylar esa 200-300 marta kamaytiradi. 50 nafar odamdan ko’p bo’lgan RSB larda kamida ikkita
qarama-qarshi tomonda eshiklar bo’lishi kerak, RSB larda havo ta’minoti jihozlari bo’lmasligidan
o’sha joylarda fuqarolar uzoq vaqt saqlana olmaydilar va uzog’i bilan 4-6 soat bo’lishlari mumkin.
RSB larga odamlar kirishidan avval, eshik, romlar yaxshilab o’rnatiladi. Oziq-ovqatlar, suvlar iloji

53
boricha  germetik idishlarda saqlanadi. RSB da ham ikkita vazifali xonalar bo’ladi. Asosiy xonada
odamlar saqlanadi, qo’shimcha xonada esa sanitar-gigienik jihozlar va havo almashtirgich joylashgan
bo’ladi. RSB ning saqlash xonasi ham har bir odamga 0,4-0.5 m
2
hamda joy to’g’ri kelishi kerak.
RSB lar ham 2-3 yarusli o’tirgichlar bilan jihozlanadi. Shaharlar tashqarisidagi RSB lar sifatida
foydalanish uylarining erto’lalari, sabzavot saqlanadigan omborxonalar, erto’lalar, g’ishtli, betonli,
to’proqli. Yog’ochli uylar va boshqa chuqurliklar moslashtiriladi.
RSB larning saqlash xususiyatini oshirish uchun ularning devorlarini qalin qilish, eshik-oynalari
germetikligini oshirish va ularning yon atrofini tuproq bilan to’ldirish orqali erishiladi.
Radioaktiv shikastlangan hududlardan kelgan odamlar RSB larga kirishlaridan oldin tamburda
keyim-kechaklarlardagi, oyoq-kiyimlardagi radioaktiv changlarni yo’q qilib (silkitish orqali,
tozalovchi vositalar orqali), so’ngra ehtiyotlik bilan kiyim-kechaklari (himoya kiiyimlari, oyoq kiyimi)
echib, keyin boshpana ichiga kirishlari kerak.
Radioaktiv zararlanishning boshlang’ich 3-5 soatlarida. Boshpananing chiqish eshiklari va havo
almashtirish teshiklari yaxshilab berkitiladi. Bu vaqt oralig’ida radiatsiya darajasi tezda kamayib,
radioaktiv changlar esa asosan erga tushib bo’ladi. 4-6 soatlardan keyin boshpana (RSB)
shamollatiladi. Himoyalanuvchi odamlar tashqariga chiqqanda, albatta, himoya vositalarini kiyib 15-
20 daqiqa RSb dan tashqarida bo’lishlari mumkin. Agar tashqarida radiatsiya darajasi juda yuqori
bo’lsa, u holda boshpana shamollatilayotganda odamlar nafas organlariga himoyalovchi vositalarni
kiyib o’tirishlari zarur.
ODDIY SAQLOVChI BOShPANA-ERTO’LA.
Fuqarolarni  muhofaza qilishda oddiy saqlovchi
boshpanalar (erto’lalar) alohida o’rin tutadi. Erto’lalar qurilish konsturktsiyasiga ko’ra oddiy himoya
inshootlari qatoriga kiradi, chunki uni qurish juda qisqa  vaqtda amalga oshiriladi. Ular ochiq va yopiq
ko’rinishda bo’ladi. Ochiq erto’lalarda  odamlar radoaktiv shikastlanishdan ikki-uch marta kam
zararlanadi (agar erto’la dezaktivatsiya qilinmasa) va 20 barobarigacha (agar erto’la dezaktivatsiya
qilinsa) kam nurlanish dozasini oladi. Yopiq erto’lalar esa radioaktiv zararlanishni 40-50 marta
kamaytiradi. Erto’lalar chuqurligi 200 sm., kengligi 120 sm, pastki qismi esa 80 sm,  uzunligi esa
odamlar soniga qarab  tayyorlanadi.
Ochiq erto’lada fuqarolar himoya vositalaridan foydalangan holda saqlanadilar. Yopiq erto’lalar
radioaktiv changlarni, biologik tumanlarni, kimyoviy qurollarni kiyim-kechaklarga, terilarga
tushishidan saqlovchi boshpana hisoblanadi.
Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin