Guliston davlat universiteti



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix06.06.2020
ölçüsü2,83 Mb.
#31713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
favqulotda vaziyatlar va fuqarolar muxofazasi


4,0-4,9
5,0-5,9
6,0-6,9
7,0-7,9
8,0-8,9
MSK-64 shkalasi bo’yicha kuchlanish
IV-V
VI-VII
VIII-IX
IX-X
XI-XII
3-SAVOL BAYONI
Er  ko’chishi-respublikamizning tog’li, tog’oldi, daryo bo’ylari hududlarida yashaydigan aholi va
iqtisodiyot inshoatlariob’ektlarida katta xavf tug’diradigan tabiiy ofatlardan biridir. Kuchki sodir
bo’lishi mumkin bo’lgan hududlarga Toshkent, Andijon, Samarqand, Surxondaryo, qashqadaryo,
shuningdek Jizzax va Namangan viloyatlarining ayrim tumanlari kiradi. Har yili respublikamizda 150-
250 ta kuchki hodisasi sodir bo’ladi.
Kuchki  deb, og’irlik ta’sirida tog’ jinslarining tog’ yonbag’irlari bo’ylab siljishga aytiladi.
Kuchkilar tog’ yonbag’irlarini suv yuvishi natijasida qiyalikning oshishi, shamollar ta’sirida yoki
yog’inlar va er osti suvlaridan namlanishi oqibatida jinslar mustahkamligining susayishi, seysmik
tebranishlar ta’siri hamda joyning geologik sharoitini hisobga olmay inson tomonidan olib borilgan
xo’jalik faoliyati ta’siridan sodir bo’lishi mumkin. Kuchkilarning 90 % i tog’larda, 1000-1700 m
balandlikda ro’y  beradi.
Er ko’chishi aholi turmush tarziga xavf solishi, ayniqsa qishloq xo’jalik iste’molida bo’lgan
maydonlarga katta zarar etkazish oqibatida ko’pgina iqtisodiy talofotlarni yuzaga keltiradi.
Ko’chkilarning shunchalik halokatli xususiyatga ega ekanligini inobatga olib 1958 yilda
O’zbekistonda ularni maxsus kuzatadigan muxandis-geologik Davlat xizmati tashkil etilgan. Hozirgi
vaqtda Davlat kuzatuv xizmati Vatanimiz hududi bo’yicha 7 territorial kuzatuv stantsiyasiga, 21
postlarga ega.
O’PIRILISh
- deb tik tushgan va jarli tog’ yonbag’irlarida, daryo vodiylarida va dengiz
qirg’oqlarida asosan shamol uchirib ketishi (nurash), er usti va er osti  suvlari faoliyati ta’sirida tog’
jinslarining bo’shashi hisobiga katta  massalar va tog’ jinslarining uzilib, ag’darilib tushishini aytiladi.
Hozirgi vaqtda suv omborlarining atroflarida, viloyatlarda olib borilayotgan qurililar (sanoat,
avtomobil, suv inshootlarni) natijasida yonbag’irlarining o’pirilish holatlari uchramoqda.
4-SAVOL BAYONI
SEL-
 kuchli oqim, ya’ni tog’ daryolari o’zanlarida to’satdan shakllanuvchi katta hajmdagi tosh,
qum va boshqa qattiq materiallarga ega vaqtinchalik suv oqimi. Kuchli va uzluksiz davom etgan
yog’in, qor va muzliklarning tez erishi selning yuzaga kelishi uchun sababchi bo’ladi. Odatdagi
oqimlardan o’laroq, sel uzluksiz oqim sifatida emas, balki alohida to’lqinlar tarzida harakat qiladi,
shuningdek, o’zi bilan birga yuzlab tonna, ayrim hollarda millionlab kubometr yopishqoq massani olib
keladi. Ayrim tosh va bo’laklarning o’lchami ko’ndalangiga 3-4 m.ga etadi. Sel to’siqqa uchragandan
so’ng, ularni oshib o’tadi va yanada kuchli bo’lib boradi.
  Katta kuchga va yuqori tezlikk ega bo’lgan sellar o’z yo’llaridagi binolar, yo’llar, gidrotexnik
va boshqa inshootlarni vayron qiladi, aloqa, elektr uzatish tarmoqlarini ishdan chiqaradi, bog’lar,
ekinzorlarni payhon etadi, inson va jonzotlarning nobud bo’lishiga sababchi bo’ladi. Selni «tog’
ajdari» deb atashadi. Sel 10 mg’soniya va undan katta tezlikda harakat qiladi. Bitta joyning o’zida sel
oqimlarining paydo bo’lish soni katta emas. Chunki sel hosil bo’lishi uchun faqatgina
yog’ingarchilikning ko’p bo’lishi etarli emas. Buning uchun yana suv oqimi olib ketishi mumkin
bo’lgan tog’ massasi ham mavjud bo’lishi zarur. Tog’ massasi esa o’z navbatida tog’ jinslarining
emirilishidan hosil bo’ladi. Uning paydo  bo’lishi uchun 5-6 yildan 20-25 yilgacha vaqt ketadi.
  Suv toshqini-daryo, ko’l, suv ombori yoki dengizda suv sathining ko’tarilishi natijasida joyning
vaqtinchalik suv ostida qolishi. Suv toshqini qor va muzliklarning erishi, uzoq vaqt davomida yomg’ir
yog’ishi, daryo o’zanlarining muz parchalari bilan to’silib qolishi, to’g’onlarning buzilishi natijasida
yuzaga kelishi mumkin. Ko’pgina suv toshqinlari suv oqimining shakllanish holatlariga bog’liq
bo’ladi.

28
  Gidrologlar barcha suv toshish hollarini to’rtga bo’ladilar:
Past – tekislik daryolarida 5-10 yilda bir marta kuzatiladi. Ba’zi tayyorgarlik tadbirlari
ko’rilganda ular hayot faoliyatiga ta’sir qilmaydi.  Yuqori – ular har  20-25 yilda bir marta sodir bo’lib,
daryo vodiylarining anchagina katta maydonlarini suv bosadi, ayrim hollarda kundalik turmush tarziga
zarar etadi. Ba’zi hollarda odamlarga xavfsiz joylarga ko’chirishga to’g’ri keladi.
Suv toshqinlari kelib chiqish sabablariga ko’ra 6 turga bo’linadi:
Bahorgi muz va qorlarning erishi bilan bog’liq; yomg’ir yoki qish vaqtidagi qorlarning erishidan
hosil bo’ladigan; daryo o’zanida oqimiga qarshilik bilan bog’liq; katta ko’l va suv omborlari
qirg’oqlarida shamol yordamida hosil bo’ladigan; gidrotexnik inshootlar to’g’onlarining yorilishidan
yuzaga keladigan va suv osti zilzilalari yoki vulqon otilishidan hosil bo’ladigan.
Suv toshqini chog’ida odamlar, qishloq xo’jaligi ekinlari va hayvonlar nobud bo’ladi, binolar,
inshootlar, kommunikatsiya tarmoqlariga shikast etadi yoki vayron bo’ladi, moddiy va madaniy
boyliklar yo’qotiladi, xo’jalik faoliyati to’xtab qoladi, hosil nobud bo’ladi, hosildor er qatlami yuvilib
ketadi.
Bundan tashqari ikkilamchi shikastlovchi omillar mavjud bo’lib, ularga qo’yidagilar kiradi:  turli
inshootlar mustahkamligiga zarar etishi, zarar ko’rgan omborlardan zaharli moddalarning suv bilan
yuvilib, katta hududlarga  olib ketilishi, sanitar-epidemiologik vaziyatning murakkablashuvi, joyning
botqoqlikka aylanishi.
Bizning sharoitda toshqinlar bilan sellar doim kuzatiladi. Ular odatda qisqa vaqtda paydo bo’lib,
asosiy xususiyatlaridan biri shitob  bilan suv kelishi, suv inshootlarining atrofini, qirg’oqlarini, ba’zan
to’g’on va ko’priklarni  yuvib ketadi, katta talofatlar keltirib chiqaradi.
Qor ko’chkisi-bu tog’ yonbag’irlarida harakatga kelgan va surilayotgan qor massasining
o’pirilishidir. qor ko’chkisi doimiy qor qoplamiga ega bo’lgan barcha rayonlarda yuz berishi mumkin.
DOVUL, TO’FON VA QUYUNLAR.
Dovul, to’fon-birgina shamolning turlicha nomlanishi bo’lib, ularning bir-biridan farqi
tezligidadir.
Dovul (tayfun)-qattiq bo’ron bo’lib, o’zining vayron qiluvchi kuchi bilan zilzilaga teng keluvchi
tabiiy ofatlardan biridir. U binolarni vayronaga aylantiradi, ekinzorlarni payhon qiladi, daraxtlarni
ildizi bilan sug’urib tashlaydi, engil inshootlarni buzib yuboradi, ko’prik va yo’llarni shikastlaydi. U
odamni bemalol havoga ko’tarishi yoki uning ustiga shifer, oyna, g’isht, turli buyumlar bo’laklarini
olib kelib tashlashi mumkin.
Quyun (tornado)- diametri bir necha o’ndan yuzlab metrga etadigan havo ustinidir. quyun quyun
bulutidan tug’iladi, uzun xartum ko’rinishida pastga ergacha tushadi. Ustundagi havo soat millarida
teskari yo’nalishda 100 m. soniyadan ortiqroq tezlikda aylanadi, erdagi barcha mavjud bo’lgan, shamol
ko’tara olishi mumkin bo’lgan narsalar surib olinadi va spiral bo’yicha yuqoriga ko’tariladi.
NAZORAT TOPSHIRIQLARI:
1. Tabiiy ofat turlarini aniqlang.
2. Er silqinish nima hisobiga o’lchanishini aytib o’ting.
3. Suv toshqini chiqaruvchi omillarni tushuntiring.
4. Sel ketish oqibatlarini tekshiring va ta’sirini aniqlang.
MUSTAQIL  ISH TOPShIRIQLARI:
1.
FV va FM nomli kitobdan 27-35 -betlarni o’qib chiqib, mavzuga oid tegishli xulosa chiqarish.
2.
Sel kelganda  talofotlarni bartaraf etishni chora-tadbirlarni o’rganish.

29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Nigmatov I., Tojiev M.  “Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi”, o’quv-qo’llanma,
Toshkent, «Iqtisod-moliya», 2011 yil.
2. Tojiev M, Ne’matov I, Ilhomov.  “Favqulodda vaziyat va fuqaro muhofazasi”, o’quv-qo’llanma,
Toshkent, «Iqtisod-moliya», 2002 yil.
3. Sh.Ubaydullaev, A.Norboev, M.Ziyoeva, M.Ortiqov, U.Yo’ldoshev, O.Ortiqov “Chaqiruvga
qadar boshlang’ich tayyorgarlik”, o’quv qo’llanma, Toshkent, 2007 yil.
4. N.I. Akimov. «Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarida fuqarolar muhofazasi».Toshkent,
«Mehnat», 1983 yil.

30
4-MAVZU: ISHLAB CHIQARISH AVARIYALARI
ASOSIY SAVOLLAR:
4. Avariyalarni keltirib chiqaradigan sabablar.
5. Transportdagi avariyalar.
6. Yong’in chiqishi va portlash xavfi bo’lgan ob’ektlardagi falokatlar.
7. Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan bog’liq falokatlar.
MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR:
Avariya, fojia, falokat, kimyo sanoatidagi avariyalar, oziq-ovqat sanoatidagi avariyalar,
transportdagi avariyalar, KTZM ta’siridagi avariyalar, avariyani tiklash
MAVZU BO’YICHA DARSNING MAQSADI:
Avariyalar haqida tushuncha berish, ularning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga
o’rgatish. Fojiali avariyalar, transport, sanoat avariyalari haqidaa tushuncha berish hamda ularni
omillarini tushuntirish.
IDENTIV O’QUV MAQSADLARI:
1. Avariya haqidaa tushuncha bera oladi.
2. Avariya sabablarini aniqlay biladi.
3. Avariya keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlaydi.
4. Avariya sodir etilgan joyda birlamchi ishlarni olib borish chora tadbirini ishlay biladi.
1- SAVOL BAYONI:
AVARIYa
 deganda bajariladigan ishning birdan to’xtab qolishi, yoki sanoatr korxonlardagi
ishlab chiqarishning izdan chiqishi, transportlarda va boshqa ob’ektlarda moddiy boyliklarning
buzilishi, yo’q bo’lishi tushuniladi.
Avariyaning kelib chiqishiga quyidagi omillar sababchi bo’lishi mumkin.
q
Tabiiy ofat tufayli:
q
Inshootlarni loyihalashda yoki uni qurishda qo’yiladigan xatoliklar tufayli:
q
Ishlab chiqarish texnologiyasining buzilishi:
q
Transport, mexanizm, jihozlardan noto’g’ri foydalanganda:
q
Agressiv moddalarni noto’g’ri saqlanishini va uni ishlatilishi qoidalarni buzilishi oqibatida:
q
Texnika xavfsizligi buzilishi natijasida:
Mana shunday xatoliklar tufayli ishlab chiqarishlarda katta avariyalar sodir bo’ladiki, oqibatda
ko’pdan ko’p insonlar jabrlanadi va moddiy boyliklar yo’q bo’lib ketadi. Ko’pincha kimyo neftni
qayta ishlovchi sanoat, qog’oz ishdlab chiqarish sanoati go’sht-sut, oziq-ovqat, metallurgiya,
konchilik va boshqa sanoat korxonalarida avariyalar tez-tez uchraydi.
2- SAVOL BAYONI:
TRANSPORTDAGI AVARIYALAR VA XALOKATLAR.
  Bu turdagi favqulodda vaziyatlarga:
- havo transportidagi avariya va halokatlar;
- temir yo’ldagi avariya va halokatlar;
- avtotransport avariya va halokatlari (shu jumladan, yo’l transport hodisalari);
- metropoliten  stantsiyalarida bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar;
- magistral quvur tarmoqlarida, neft va gaz  burg’ulash maydonlaridagi bo’lishi mumkin bo’lgan
avariyalar kiradi.
A) HAVO TRANSPORTIDAGI AVARIYa VA HALOKATLAR
Ko’rinishi: O’zi bilan birga yo’lovchilarni, ekipaj a’zolarini halok bo’lishiga olib  keladi, havo
transportlarini portlashiga, yonishiga,  buzilishiga, qolaversa, er yuzidagi binolarni va boshqa

31
iqtisodiyot inshoatlariob’ektlarini buzilishiga olib kelib, turli darajadagi qutqaruv, qidiruv va tezkor
yordam ishlarini olib borishni talab etadigan holat.
B) TEMIR YO’LDAGI AVARIYA VA HALOKATLAR.
Ko’rinishi: Ushbu turdagi transport turida uchraydigan favqulodda vaziyat yong’inlar-
portlashlarga, yo’nalishdagi vagonlarning ishdan chiqishiga, aholini, yo’lovchilarni nobud bo’lishiga,
qolaversa, sodir etilgan joylardagi aholi va hududlarning turli darajada zarar ko’rishiga, ayniqsa turli
zaharli modda yuklatilgan vagonlar halokatga uchraganda hududlarni, aholini zaharlanishiga olib
keluvchi holat.
Kelib chiqish sabablari: Asosan, temir yo’ldagi nosozliklar, harakat tarkibining texnik nosozligi,
aloqa vositalarini nosozligi, aloqa bog’lovchi xodimlarning ahamiyatsizligi, sovuqqonligidir.
Ko’pincha harakat tarkibining izlaridan chiqib ketishlari, to’qnashuvlar, chorrahalardagi
to’qnashuvlar vagonlarda yong’in va portlashlarni sodir etilishiga olib keladi.
V) AVTOTRANSPORT AVARIYA VA HALOKATLARI (ShU JUMLADAN YO’L TRANSPORT
HODISALARI).
Ko’rinishi: - transportdagi fuqarolarni halok bo’lishiga, portlash va yong’inlarni chiqishiga olib
keladi. Agarda yuk tashuvchi avtotransportlarda avariya holati sodir etilganda, turli neft, portlovchi
modda yoki zaharlanuvchi moddalarning avariya sodir etilgan joylarda tarqalishiga hamda hududdagi
aholini nobud bo’lishiga, zaharlanishiga, bino va inshootlarni yubuzilishiga  olib keladi.
Kelib chiqish sabablari:
- fuqarolarimizni eng avvalo transport harakat xavsizligi qoidalariga rioya qilmasligi, tezlikni
oshirishi, spirtli ichimliklar iste’mol qilib transport vositalarini boshqarishi, qarama-qarshi yo’llarga
chiqib ketishi, texnik nosoz transportlarni boshqarish, qolaversa yo’llarning talab darajasida
emasligidir.
  Transportlarda tibbiy yordam aptechkalarining yo’qligi, aholini va DAN xodimlarining birinchi
tibbiy yordam ko’rsatish  chora-tadbirlarini yaxshi bilmasligi, ushbu transport turid sodir etilayotgan
avariyalarda  ko’plab insonlarning nobud bo’lishiga olib kelmoqda.
  Ushbu  turdagi favqulodda  vaziyatlar yil sayin ortib bormoqda, achinarlisi ham shundaki,
begunoh  fuqarolarimiz bevaqt olamdan ko’z yummoqdalar.
G) METROPOLITEN STANTSIYALARIDA BO’LIShI MUMKIN BO’LGAN FAVQULODDA
VAZIYATLAR
Ko’rinishi: Fuqarolarning nobud bo’lishiga, turli xil tan jarohatlari olishiga olib keladi, qolaversa
portlash va yong’inlar sodir etilishi ham mumkin. Bu  metropoliten stantsiyalarini va vagonlarning
buzilishiga olib keladi.
D) MAGISTRAL QUVUR TARMOQLARIDA, NEFT VA GAZ BURG’ULASh MAYDONLARIDAGI
BO’LIShI MUMKIN BO’LGAN AVARIYALAR
Ko’rinishi: Portlovchi moddalar bilan bog’liq bo’lgan portlashlar-yong’inlar, fuqarolarni halok
bo’lishi, suyuqliklarni tarqalishiga, hududlarni, inshootlarni, binolarni buzilishiga olib keladi.
Ochiq turdagi neft va gaz konlari fontanlarining yonishi:
O’zbekiston hududida asosiy neft, gaz mahsulotlarini tarqatuvchi quvurlar ko’p, ular asosan er
osti va er ustki qismlaridan o’tkazilgan.
Olib keluvchi sabablar: quvur tarmoqlarining ventillarining tabiiy emirilishi, eskirib ketganligi,
ulardan noto’g’ri foydalanish, ular joylashgan erlarga yonuvchi, portlovchi jismlarning,
chiqindilarning tashlanishi noxush oqibatlarga olib keladi.
3 - SAVOL BAYONI:
Yong’in – bu nazorat qilib bo’lmaydigan hodisa bo’lib, bebaho moddiy va madaniy boyliklarni
bir daqiqada yo’q qiluvchi ofat, ayniqsa, u fuqarolarning  joniga kulfat keltiruvchi favqulodda
vaziyatdir.
Yong’inning kelib chiqishiga uch omilning bir vaqtni o’zida bir joyda bo’lishining o’zi kifoya.
Ya’ni:
- yonuvchan modda (neft, atseton, qog’oz, yog’och) va boshqalar;
- havo harorati (kislorod miqdorining) ortishi;
- uchqun-alanga (gugurt, uchqun,  elektr simining qisqa tutashuvi).

32
  Respublikamizda yong’in va portlash xavfi bor ob’ektlar juda ko’p bo’lib, ular aholi va hudud
uchun xavf-xatarlar manbai hisoblanadi va  muayyan sharoitda ulardagi xavfli hodisalar favqulodda
vaziyatga aylanib ketishi mumkin.
  Yong’in va portlashlarning asosiy sabablari va turlari:
- yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik;
- fuqarolarning loqaydligi, e’tiborsizligi;
- elektr simlarining nosozligi;
- gaz, ko’mir, o’tin bilan isitiladigan vositalardagi nosozliklar;
- foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik;
- bolalarning o’t bilan o’ynashlari;
- qasddan o’t qo’yishlar va boshqa sabablar.
  Eng asosiysi shundaki, fuqarolarimizning o’zlari yong’in sodir bo’lishining sababchisi bo’lib
qoladilar. Shuning uchun ham «Yong’inni oldini olmoq, uni o’chirishdan afzalroqdir» degan shiorni
doim yodda tutmoq lozim.
Ma’lumotlarga ko’ra, yong’inda nobud bo’lganlarning 60-80 % nafas olish yo’llarining
zaharlanishi yoki toza havoning etishmasligi oqibatida halok bo’lar ekanlar
Portlash – bu qisqa vaqtning o’zida chegaralangan hajmdagi katta miqdordagi quvvatning ajralib
chiqishidir.
Portlash gazlarining qattiq qizishi oqibatida yuqori bosim ta’sirida sodir bo’ladi. Portlashlar
asosan yong’in va portlash xavfi bor tashkilotlarda sodir bo’lib, uning oqibatlarida yong’inlar kelib
chiqishi mumkin.
Portlovchi moddalar saqlanadigan omborlar, ular bilan bog’liq bo’lgan tashkilotlar portlash xavfi
bor tashkilotlar hisoblanadi. Bularga mudofaa, neft va neft mahsulotlarini qayta ishlab chiqaruvchi-
saqlovchi, kimyoviy, gaz, paxta, qog’oz, non mahsulotlari. Engil sanoat korxonalari, ular ishlab
chiqargan tayyor mahsulotlarni saqlovchi omborxonalar va ular bilan bog’liq bo’lgan barcha
muassasalar kiradi.
O’zbekiston hududida gaz bilan ta’minlangan fuqarolar uylarini nazarga tutmagan holda 500 dan
ziyod portlash va yong’in chiqish xavfi bor tashkilotlar mavjud.
4 - SAVOL BAYONI
Ko’pincha  kimyo, neftni qayta ishlovchi sanoat, qog’oz ishlab chiqarish sanoati, go’sht-sut,
oziq-ovqat, metallurgiya, konchilik va boshqa sanoat korxonalarida avariyalar tez-tez uchraydi.
Ayniqsa, KTZM qatoriga texnologik jarayonlarda qo’llaniladigan ammiak, xlor, sulfat kislotasi,
vodorod ftorid, azot, oltingugurt oksidlari va boshqalarni kiritish mumkin.
Agar, shunday avariya favqulodda  sodir bo’lsa, albatta, birinchi navbatda o’z vaqtida va sifatli
ofat o’chog’ini belgilash lozim. Bu vazifani fuqaro muhofazasi xizmat tizimlarining-razvedka qismlari
bajaradilar. Ular avariya joyini, zaharli modda turini, zaharli modda dozasini va zaharlangan hududdan
qanday qilib odamlarni zaharlamasdan olib chiqib ketish yo’llarini belgilab beradilar.
Shikastlanish o’chog’i aniq o’rganilgandan keyingina avariya sodir bo’lgan joydagi va unga
yaqin atrofda yashovchi xalq ogoh etiladi. Buni eshitgan fuqarolar nafas organlarini saqlovchi
(gazniqoblar) va terini himoya qiluvchi kiyimlarni (plash, yopqich) kiyib darhol zaharlangan hududdan
xavfsiz hududga chiqib ketadilar.
Zaharlangan hududdan uzoqroqdagi fuqarolar esa o’z uylarida, yashash uylarining eshik,
romlarini mahkam berkitib, ularning germetikligini oshirib, isitgich jihozlarini, gaz, chiroq va
boshqalarni o’z uylarida saqlanishlari mumkin. Albatta, bu bilan ularni  kimyoviy zaharlanishdan
to’liq qutqarib bo’lmaydi.agar zaharli moddaning miqdori juda ko’p tashqariga chiqib ketgan bo’lsa,
zararlangan o’choq atrofidagi hamma yashovchi odamlarni tartib va osoyishtalik bilan tezda xavfsiz
joylarga ko’chirish zarur.
Avariya sodir bo’lgan joylarda xizmat qiluvchi fuqarolarning hammasini evakuatsiya qilib
bo’lmaydi. Ularni ma’lum qismi shu erda qolib, zaharli moddadan saqlovchi vositalarni kiyib,
tashqariga KTZMning chiqishini to’xtatish choralarini ko’radilar (bunda jo’mrakni burash, KTZMni
bir joydan ikkinchi joyga haydash, KTZM solingan idishni tuzatish ishlari bajariladi).

33
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar bialn ishlaydigan sanoat tarmoqlarida nafaqat avariya
oqibatidagina fuqarolarga xavf-xatar keltirilishi mumkin, balki shu  tarmoqlardan chiqadigan chiqindi
mahsulotlar ham (atmosferaga yoki suv havzalariga chiqarib yuborilishi) atrof-muhitni va tabiatni
ifloslantirishi oqibatida insonlar hayotiga  jiddiy xavf soladi.
Bu borada ayniqsa, metallurgiya, kimyo, biotexnologiya, rezina-texnika, neftni qayta ishlovchi
va boshq sanoat tarmoqlarining salbiy ta’siri juda kattadir. Respublikamizdagi sanoati rivojlangan
ayrim shaharlarda, jumladan, Samarqand, Farg’ona, Andijon. qo’qon, Angren, Olmaliq, Chirchiq,
Navoiy va boshqa shaharlarda havoning ifloslanish darajasi me’yoridan 1,5-2 hatto  ayrim joylarda 3-6
marta ortiq.
Markaziy Osiyoda havoni eng ko’p ifloslantiruvchi Tojikistonning Tursunzoda shahridagi
albminiy zavodi havoga belgilangan miqdordan deyarli ikki barobar ortiq zaharli modda chiqarib
kelgan. Shamolning yo’nalishiga ko’ra, ftor birikmasining 80 foizi Surxondaryo viloyatining
Sariosiyo, Denov, Oltinsoy tumanlariga tushadi. Yana u erlardagi havoning ifloslanishiga Sharundagi
briket fabrikasi va g’isht zavodining ta’siri ham kattadir. Bulardan chiqadigan zaharli moddalar
insonlarning salomatligiga jiddiy xavf tug’dirmoqda, hatto uy hayvonlari ham bundan katta talofot
ko’rmoqda.
Kimyo sanoati korxonalari ko’p joylashgan Chirchiqdagi «Elektrokimyo», Farg’onadagi «Azot»,
«Farg’onaneftsintez», Navoiydagi «Elektrokimyomash», «Azot» va boshqa sanoat birlashmalaridan
juda ham xavfli zaharli moddalar (KTZM) tashqarida chiqarib yuborilmoqda.
 Dunyo miqyosida yiliga havoga uglerod (II) oksidi-250 mln.t, yoqilg’i kukuni - 100 mln.t,
uglevodorod - 88 mln.t, azot (II) oksidi - 53 mln.t, ammiak - 4 mln.t, oltingugurt vodorodi - 3 mln.t,
qo’rg’oshin  birikmalari - 1 mln.t, ftor - 0,4 mln.t chiqariladi.
Bunday sanoat korxonalarining chiqindi mahsulotlari insonlar hayotiga katta xavf solib, turli xil
kasalliklarni keltirib chiqarmoqda, umrni qisqartiromoqda hamda atrof-muhitni, erlarni, havoni va suv
havzalarini jiddiy zararlantirmoqda. Bularning hammasi esa insonlarni muhofaza qiluvchi omillardan
hisoblanadi.
NAZORAT SAVOLLARI VA TOPSHIRIQLARI:
1. Avariya va uni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlang.
2. Avariya tushunchasini izohlab bering.
3. Avariyaning qanday turlari mavjud?
4. Avariya sodir bo’lgan joyda nimalarga ahamiyat beriladi?
5. Avariya vaqtida zudlik bilan qanday chora ko’rilish lozim?
6. Fojiali avariyalarga nimalar sabab bo’lishi mumkin?
7. KTEZM haqida tushuncha bering.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Nigmatov I., Tojiev M.  “Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi”, o’quv-qo’llanma,
Toshkent, «Iqtisod-moliya», 2011 yil.
2. Tojiev M, Ne’matov I, Ilhomov.  “Favqulodda vaziyat va fuqaro muhofazasi”, o’quv-qo’llanma,
Toshkent, «Iqtisod-moliya», 2002 yil.
3. Sh.Ubaydullaev, A.Norboev, M.Ziyoeva, M.Ortiqov, U.Yo’ldoshev, O.Ortiqov “Chaqiruvga
qadar boshlang’ich tayyorgarlik”, o’quv qo’llanma, Toshkent, 2007 yil.
4. N.I. Akimov. «Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarida fuqarolar muhofazasi».Toshkent,
«Mehnat», 1983 yil.

34
5-MAVZU: RADIATSIYAVIY VA KIMYOVIY HOLATLARNI
ASOSIY SAVOLLAR:
4. Radiatsiyaviy va kimyoviy holatlar haqida tushuncha.
5. Radiatsiyaviy va kimyoviy holatlarni aniqalash hamda baholash.
6. Radiatsiyaviy va kimyoviy razvedka asboblari.
7. Aholini radiatsiyadan himoya qilish. Radiatsiyadan zararlanishda tibbiy profilaktika va
birinchi tibbiy yordam.
MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR:
Radiatsiyaviy holat, kimyoviy holat, biologik holat, inversiya, izotermiya, konvektsiya,
dozimetrlar, VPXR jihozlari.
MAVZU BO’YICHA DARSNING MAQSADI:
Radiatsiyaviy holatni aniqlash va uni baholash turlarini tushuntirish. Kimyoviy holatni
aniqlash va baholash tartibini o’rgatish.
Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin