Guliston davlat universiteti


-modda. Sanitariya-muhofaza va kuzatuv zonalari



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix06.06.2020
ölçüsü2,83 Mb.
#31713
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
favqulotda vaziyatlar va fuqarolar muxofazasi


20-modda. Sanitariya-muhofaza va kuzatuv zonalari

80
Fuqarolar hamda atrof muhitni muhofaza qilish maqsadida ionlashtiruvchi nurlanish
manbalaridan foydalanilayotgan ob’ektlar joylashgan erda sanitariya-muhofaza va kuzatuv zonalari
belgilab qo’yiladi.
Sanitariya-muhofaza zonalarining o’lchamlari va chegaralari O’zbekiston Respublikasi Davlat
arxitektura va qurilish qo’mitasi tomonidan belgilanadi hamda O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni
saqlash vazirligi bilan kelishiladi.
Sanitariya-muhofaza zonasida odamlarning doimiy va vaqtincha yashashi, shuningdek
ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish bilan bog’liq bo’lmagan ishlab chiqarish
ob’ektlarining va boshqa ob’ektlarning joylashtirilishi taqiqlanadi.
Sanitariya-muhofaza zonasida joylashgan mavjud ob’ektlar va inshootlardan, ularning yo’nalishi
o’zgargan taqdirda, xo’jalik maqsadlari uchun foydalanishga ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan
foydalanuvchilar taqdimnomasi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ruxsati bilan
yo’l qo’yiladi.
Kuzatuv zonasi, uning o’lchamlari va chegaralari ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan
foydalanuvchilar tomonidan belgilanadi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, radiatsiyaviy
xavfsizlikni ta’minlash sohasida tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat organlari bilan kelishiladi.
Kuzatuv zonasida qonun hujjatlariga muvofiq xo’jalik faoliyatiga doir cheklovlar joriy etilishi
mumkin.
Kuzatuv zonasida va sanitariya-muhofaza zonasida radiatsiyaviy avariyani bartaraf etish chora-
tadbirlari amal qilishi tatbiq etiladi.
Sanitariya-muhofaza zonasi hamda kuzatuv zonasini belgilab qo’yish oqibatida etkazilgan
zararlar ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar tomonidan qonun hujjatlariga
muvofiq qoplanadi.
21-modda. Radioaktiv chiqindilarni saqlash yoki ko’mib tashlash
Radioaktiv chiqindilarni saqlashda yoki ko’mib tashlashda ularning atrof muhitdan ajratib
qo’yilishi ta’minlangan bo’lishi kerak.
Radioaktiv chiqindilarni yig’ish va ko’mib tashlashni tashkil etish tartibi qonun hujjatlari bilan
belgilab qo’yiladi.
22-modda. Radioaktiv va yadroviy materiallarning saqlanishini ta’minlash
Radioaktiv va yadroviy materiallarning saqlanishini ta’minlash ularni ishlatishning barcha
turlarida majburiydir.
Radioaktiv va yadroviy materiallarning saqlanishi ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan
foydalanuvchilar tomonidan ta’minlanadi.
Radioaktiv va yadroviy materiallarning saqlanishini ta’minlash texnik va tashkiliy choralar
majmuini rejalashtirish hamda amalga oshirish yagona tizimini nazarda tutadi, bu tizim quyidagilarga
yo’naltirilgan bo’ladi:
radioaktiv va yadroviy materiallar joylashgan hududga ruxsatsiz kirishning, shuningdek ularning
talon-taroj qilinishi yoki shikastlanishining oldini olish;
yo’qolgan yoki o’g’irlangan radioaktiv va yadroviy materiallarni topish va qaytarish.
Radioaktiv va yadroviy materiallarning saqlanishini ta’minlash ustidan nazorat O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Er qa’rini geologik o’rganish, sanoatda, konchilikda va
kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspektsiyasi
tomonidan amalga oshiriladi.
(22-moddaning to’rtinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2011 yil 13 apreldagi O’RQ-282-
sonli Qonuni tahririda — O’R QHT, 2011 y., 15-son, 148-modda)
Radioaktiv va yadroviy materiallarning saqlanishini ta’minlash tartibi qonun hujjatlari bilan
belgilab qo’yiladi.
IV. RADIATsIYaVIY AVARIYa SODIR BO’LGANDA RADIATsIYaVIY
XAVFSIZLIKNI TA’MINLASh
23-modda. Fuqarolar va atrof muhitni radiatsiyaviy avariyalardan muhofaza qilish

81
Radiatsiyaviy avariyalar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud tashkilotlar quyidagilarga ega bo’lishi
shart:
potentsial radiatsiyaviy avariya vaziyatlarining (ular oqibatlari taxmini hamda radiatsiyaviy
holati taxmini ko’rsatilgan) ro’yxatiga;
radiatsiyaviy avariya yuzaga kelganda qarorlar qabul qilish mezonlariga;
fuqarolar va atrof muhitni radiatsiyaviy avariya va uning oqibatlaridan muhofaza qilish
tadbirlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari, radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida
tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat organlari bilan kelishilgan rejasiga;
radiatsiyaviy avariyadan xabardor qilish va radiatsiyaviy avariya oqibatlarining tugatilishini
ta’minlash vositalariga;
radiatsiyadan zararlanishning oldini olish tibbiy vositalari va radiatsiyaviy avariyada
jabrlanganlarga tibbiy yordam ko’rsatish vositalariga;
xodimlar (personal) jumlasidan tuziladigan avariya-qutqaruv bo’linmalariga.
24-modda. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchining radiatsiyaviy
avariya sodir bo’lgan paytdagi majburiyatlari
Radiatsiyaviy avariya sodir bo’lgan taqdirda ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan
foydalanuvchi quyidagilarga majburdir:
xodimlar (personal)ni va aholini radiatsiyaviy avariyadan hamda uning oqibatlaridan muhofaza
qilish tadbirlari bajarilishini ta’minlashga;
radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat
organlarini, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarini va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish
organlarini xabardor qilishga;
jabrlanganlarga tibbiy yordam ko’rsatish choralarini ko’rishga;
radioaktiv ifloslanish o’chog’i doirasini kamaytirishga va atrof muhitga radioaktiv moddalar
tarqalishini bartaraf etishga;
radiatsiyaviy avariyaning kechishini va radiatsiyaviy avariya vaqtidagi radiatsiyaviy vaziyat
o’zgarishlarini tahlil qilishga hamda ularning taxminiy chizgilarini tayyorlab qo’yishga;
radiatsiyaviy avariya tugatilganidan keyin radiatsiyaviy vaziyatni normallashtirish choralarini
ko’rishga.
25-modda. Radiatsiyaviy avariya oqibatlarini tugatishga jalb etiladigan fuqarolar yuqori
nurlanish olishining rejalashtirilishi
Radiatsiyaviy avariya oqibatlarini tugatish, avariya-qutqaruv ishlari hamda dezaktivatsiya
o’tkazishga jalb etiladigan fuqarolar yuqori nurlanish olishining rejalashtirilishi faqat odamlarni
qutqarish va ularning yanada ko’proq nurlanish olishining oldini olish zaruratidan kelib chiqqan
bo’lishi mumkin. Radiatsiyaviy avariya oqibatlarini tugatishga jalb etiladigan fuqarolarning nurlanish
olishi belgilab qo’yilgan gigiena normativlaridan oshmasligi kerak.
Radiatsiyaviy avariyalar oqibatlarini tugatishga jalb etiladigan fuqarolar yuqori nurlanish
olishining rejalashtirilishiga ularning ixtiyoriy roziligi bo’lgan hamda ehtimol tutilgan nurlanish
dozalari va sog’liq uchun zarari to’g’risida oldindan xabardor qilingan holda ularning hayoti
mobaynida bir marta yo’l qo’yiladi.
Mazkur ishlarni bajarish uchun jalb etiladigan shaxslarga xavf yuqori bo’lganligi uchun
to’lanadigan tovon hamda radiatsiya ta’sirida sog’lig’iga etkazilgan zararni qoplash turlari va
miqdorlari qonun hujjatlari bilan belgilab qo’yiladi.
V. YaKUNLOVChI QOIDALAR
26-modda. Xalqaro shartnomalar
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining
radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar
belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.

82
27-modda. Nizolarni hal etish
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda hal etiladi.
28-modda. Radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun
javobgarlik
Radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar
belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000 yil 31 avgust,
120-II-son

83
1-rasm. L — 1 engil himoya kostyumi:
1 - paypoqlar bilan birga shim; 2 - shlemosti kiyimi; 3 – kopyushonli ko’ylak; 4 - ikki barmoqli qo’lqoplar; 5 -
kostum saqlanadigan xalta. O’ngda «jangovor» holdagi himoya kostyumi.
2-rasm. Uch xil holatda ishlatiladigan himoya komplekti:
a — yoping’ich shaklida; b — qo’llarga kiygan holda;
d — kombinezon shaklida.

84
3-rasm. P—2 respiratori:
1 — yarim niqob;
2 — nafas olish klapani;
3 — nafas chiqarish klapani;
4 — burun qisqichi;
5 — boshga kiyish tasmasi.
      4
-rasm.
1 — niqob; 2 — havo tozalovchi quti; 
trikotajdan qilingan g’ilof; 4 — nafas olish
naychasining og’zi;    5 — gaplashish moslamasi; 6
— nafas chiqarish naychasi;   7 — obtyurator; 
tepalik; 9 — peshana bog’ichi; 10 — chakka bog’ichi;
11 — iyak osti bog’ichi; 12 — uzaytirib
qisqartiradigan bog’ichi; 13 — jild.
5-rasm. Respirator:    a— umumiy ko’rinishi; b—kiygan holda

85
6-rasm. Fuqaro muhofazasining tibbiy tuzilmalari.

86
                        Fuqaro muhofazasi xodimlariga ko'rsatmalar berish.
Ko’chkidan tozalash.
Yong’inni bartaraf etish.

87
Temiryo'l transportida vujudga kelgan favqulodda holatni bartaraf etish.
Zilzila oqibatlarini tugatish

88
 KTZM ortilgan sisternani uvish
Aholi yashaydigan joylarda suv toshqini.
                                                        Suvga cho'kkanlarga yordam ko'rsatish

89
Zilziladan zararlangan joylar
Sanitar ishlov berish guruhi
Zaharlangan joylarni degazatsiya qilish

90
Nurlanish dozasini o'lchashJi
FVDT kuch va vositalari
                                                               R
itim trenajyorida jonlantirish texnikasi.

91
Shoshilinch yordam ko'rsatish
                                                                    Ilkki kishi bo'lib jonlantirish
                                                               Shikasfff lianni zambilda olib borish

92
                                                              To'siqlardan o'tish.
                                                   Bemorni ikki kishi bo'lib olib borish

93
1-AMALIY MAShG’ULOT: YaDROVIY KIMYoVIY VA BAKTERIOLOGIK QUROLLAR
Dars maqsadi: Talabalarga zamonaviy qirg’in qurollari, uning atrof muhitga ta’siri
xaqida tushuncha berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Zamonaviy qirg’in qurollariga tavsif bera oladi.
2. Zamonaviy qirg’in qurolini nomlarini sanay oladi.
3. Qirg’in qurollarini atrof-muxitga ta’sirini ayta oladi.
Ish uchun kerakli jihoz va materiallar: Zamonaviy qirg’in qurollari ta’sviri, fuqaro
muhofazasi bo’yicha darsliklar, ko’rsatkich, chizg’ich.
Darsda ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1. Zamonaviy qirg’in qurollari bilan tanishish.
2. Qirg’in qurollari bo’laklari bilan tanishish.
3. Zamonaviy qirg’in qurollari ta’sir doirasini o’rganish.
4. Qirg’in qurollarini xarakatga keltirish usullari bilan tanishish.
5. Asosiy qirg’in keltiruvchi bo’limlar va uning tarkibi bilan tanishish.
6. Zamonaviy qirg’in qurollari tarkibi va turlari bilan tanishish.
7. Qirg’in qurollarini ishlab chikuvchi laboratoriya yoki kimyoviy zavodlar
binolariga ahamiyat berishini o’rganish.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Tojiev N. Favqulodda vaziyat va fuqaro muhofazasi. T., 2002 y.
2. Xaydarov R. Grajdanskaya zahita i chrezvo’chayno’e situatsii v Respubliki
Uzbekistan. T., 2003.
3. Polyakova V. Pervaya pomoh pri povrejdeniyax i neschastno’x sluchayax. T.,
1990 g.
4. Shubina E.P. Grajdanskaya oborona. M., Prosvehenie., 1991 g.
5. Akimov N.I. Qishloq xo’jalik ishlab chiarish ob’ektlarida fuqarolar muhofazasi.
T., Mehnat.,1983 y.

94
2-AMALIY MAShG’ULOT: O’ZBEKISTONDA KUZATILADIGAN TABIIY OFATLAR
Dars maqsadi: Talabalar bilan tabiiy ofatlar va ulardan aholini himoya qilish
usullarini o’rgatish va tushunchalar paydo qilish.
Identiv o’quv maksadlari:
1. O’zbekistonda kuzatiladigan tabiiy ofatlar haqida ma’lumot bera oladi.
2. Tabiiy ofatlaran himoyalanish usullarini ayta biladi.
3. Birlamchi qutqaruv va tiklov ishlarida ishtirok etish bo’yicha tushunchaga ega
bo’ladi.
Ish uchun kerakli jihoz va materiallar: Tabiiy ofatlar ta’svirlari, rasmlari, fuqaro
muhofazasi bo’yicha darsliklar, qalam, ko’rsatkich.
Darsda ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1. Er silkinishi (zilzila)da harakat qilish usullari bilan tanishish.
2. Qor ko’chkisida xakatlarga o’rganish.
3. Suv toshqinlari va sellarda to’g’ri xarakat qila bilish.
4. Qutqaruv, tibbiy yordam ko’rsatish, tiklash ishlari bilan tanishish.
5. Xavfli zona, xavfsiz zonalarni ajratib ko’rsatish.
6. Evakuatsiya qilinish chora-tadbiri bilan tanishish.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Tojiev N. Favkulodda vaziyat va fuqaro muhofazasi. T., 2002 y.
2. Xaydarov R. Grajdanskaya zahita i chrezvo’chayno’e situatsii v Respubliki
Uzbekistan. T., 2003.
3. Polyakova V. Pervaya pomoh pri povrejdeniyax i neschastno’x sluchayax. T.,
1990 g.
4. Shubina E.P. Grajdanskaya oborona. M., Prosvehenie., 1191 g.
5. Akimov N.I. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarida fuqarolar muhofazasi. T.,
Mehnat.,1983 y.
3-AMALIY MAShG’ULOT: IShLAB ChIQARISh AVARIYaLARIDA
AHOLINI HIMOYa QILISh ChORALARI
Dars maqsadi: Talabalarda xar xil fojiali hodisa, avariyalar, ularning sababchi
omillari haqidaa tushuncha paydo qilish.
Identiv o’quv maksadlari:
1. Fojeali hodisa, avariyalarni ta’riflay oladi.
2. Fojea va avariyalarga sabab bo’ladigan omillarni sanay biladi.
3. Fojea va avariyadan qutilish chora-tadbirini ayta oladi.

95
Ish uchun kerakli jihoz va materiallar: Har xil fojea tasviri tushirilgan plakatlar,
fuqaro muhofazasi bo’yicha darsliklar, ko’rsatkich, chizg’ich.
Darsda ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1. Fojiali hodisalar, avariyalar bilan tanishish.
2. Fojeaga va avariyalarga sababchi omillar bilan tanishish.
3. Fojea va avariyadan kutilish choralarini ishlab chiqish.
4. Xavfsizlik koidalarini sanab o’tish.
5. Fojeaga duch kelganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.
6. Fojeali hodisalar va ularning oqibatlari bilan tanishish.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Tojiev P. Favkulodda vaziyat va fuqaro muhofazasi. T., 2002 y.
2. Xaydarov R. Grajdanskaya zahita i chrezvo’chayno’e situatsii v Respubliki
Uzbekistan. T., 2003.
3. Polyakova V. Pervaya pomoh pri povrejdeniyax i neschastno’x sluchayax. T.,
1990 g.
4. Shubina E.P. Grajdanskaya oborona. M., Prosvehenie., 1991 g.
5. Akimov N.I. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarida fuqarolar muhofazasi.
T., Mehnat.,1983 y.
4-AMALIY MAShG’ULOT: RADIATsIYaVIY VA KIMYoVIY HOLATNI
ANIQLASh
Dars maqsadi: Talabalarda radiatsiyaviy va kimyoviy holat va ularni aniqlash, baholash
to’g’risida tushunchalar paydo qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Kimyoviy va radiatsiyaviy holat mavjudligini ayta oladi.
2. Kimyoviy va radiatsiyaviy holatni aniqlay oladi.
3. Kimyoviy va radiatsiyaviy razvedka asboblarini tushuntira oladi.
Ish uchun kerakli jihoz va materiallar: Kimyoviy va radiatsiyaviy razvedka
asboblarining rasmlari, fuqaro muhofazasi bo’yicha darsliklar, qalam, chizg’ich.
Darsda ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1. Radiatsiyaviy va kimyoviy holatlar bilan tanishish.
2. Radiatsiyaviy va kimyoviy razvedka asboblarini ishlash holati bilan tanishish.
3. KTZM bilan zaxarlanganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.
4. Radiatsiyaviy va kimyoviy holatni vujudga keltiruvchi sabablar bilan tanishish.
5. Radiatsiyaviy va kimyoviy holat vujudga kelganda aholini xatti-xarakatlari bilan
tanishish.
6. Radiatsiyaviy va kimyoviy holatni ta’sir doirasini belgilashni o’rganish.

96
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1.
Tojiev N. Favkulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi. T., 2002 y.
2.
Xaydarov R. Grajdanskaya zahita i chrezvo’chayno’e situatsii v Respubliki
Uzbekistan. T., 2003.
3.
Polyakova V. Pervaya pomoh pri povrejdeniyax i neschastno’x sluchayax. T., 1990
g
4.
Shubina E.P. Grajdanskaya oborona. M., Prosvehenie., 1991 g.
5.
Akimov N.I. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarida fuqarolar muhofazasi.
T., Mehnat.,1983 y.
5-AMALIY MAShG’ULOT: FUQARO MUHOFAZASI ASOSLARI VA
XUSUSIYaTLARI.
Dars maqsadi: Talabalarda fuqaro muhofazasini tashkil etish asoslari va xususiyatlari
to’g’risida tushuncha paydo qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Fuqaro muhofazasi nimalarda iboratligini ayta oladi.
2. Fuqaro muhofazasi xususiyatlarini sanay biladi.
3. Fuqaro muhofazasiga tavsif beradi.
4. Fuqaro muhofazasi asoslarini ayta oladi.
5. Fuqaro muhofazasi vazifasini sanay biladi.
6. Fuqaro muhofazasi asoslari maqsadini aytib beradi.
Ish uchun kerakli jihoz va materiallar: Fuqaro muhofazasi rasmlari, hujjatlar, fuqaro
muhofazasi darsliklari, ko’rsatkich, chizg’ich.
Darsda ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1. Fuqaro muhofazasi hujjatlari bilan tanishish.
2. Fuqarolarni muhofaza qilish xususiyatlarini o’rganish.
3. Inshoot, texnika, ozik-ovqatlarni muhofaza qilish usullari bilan tanishish.
4. Qishloq xo’jaligini muhofaza qilish xususiyatlari bilan tanishish.
5. Fuqaroalarni muhofaza qilishni o’rganish.
6. Fuqarolarni muhofaza qilish chora-tadbirlarini o’rganish.
7. Fuqaro muhofazasi vazifalari bilan tanishish.
8. Fuqarolar muhofazasi maqsadini o’rganish.
9. Boshpanalar, xavfsizlik, himoya inshootlarini o’rganish.
10. Qishlok xo’jaliklari muhofazasi bilan tanishish.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Tojiev N. Favkulodda vaziyat va fuqaro muhofazasi. T., 2002 y.

97
2. Xaydarov R. Grajdanskaya zahita i chrezvo’chayno’e situatsii v Respubliki
Uzbekistan. T., 2003.
3. Polyakova V. Pervaya pomoh pri povrejdeniyax i neschastno’x sluchayax. T., 1990
g.
4. Shubina E.P. Grajdanskaya oborona. M., Prosvehenie., 1991 g.
5. Akimov N.I. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarida fuqarolar muhofazasi. T.,
Mehnat.,1983 y.
6-AMALIY MAShG’ULOT: QIShLOQ XO’JALIK TARMOQLARINIA
BARQAROR IShLASh ASOSLARI, QUTQARUV VA BIRLAMChI IShLAR
TAShKIL ETISh
Dars maqsadi: Talabalarda fuqaro muhofazasi xalq xo’jalik tarmoqlari barqarorligi
to’g’risida tushunchalar paydo qilish. Talabalarga fuqarolar qutqaruv va birlamchi
ishlar bilan tanishtirish va ular to’g’risida tushunchalar paydo qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Xalk xo’jalik barqarorligi ishlash asoslarini aytib beradi.
2. Barqaror xavfsiz ishlash chora-tadbirlarini tushuntira oladi.
3. Xo’jalikdagi ishlarni barqarorligini oshiruvchi omillarni ishlab chiqa oladi.
4. Qutqaruv va birlamchi ishlarni sanay biladi.
5. Q-B.T.I.ni tashkiliy asoslarni sanab ko’rsatadi.
6. Q-B.T.I. ishlarni qaerlarda olib borishni aytib beradi.
Ish uchun kerakli jihoz va materiallar: Fuqaro muhofazasi uchun tegishli hujjatlar,
iqtisodiyot inshoatlarimuhofazasi haqidagi rasmli plakatlar, qalam, chizg’ich.
Darsda ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1. Iqtisodiyot inshoatlariishlari bilan tanishish.
2. Xo’jalik tarmoqlarida xavfsizlik qoidalari bilan tanishish.
3. Xo’jalikda texnika, xayvon va fuqarolar muhofazasini o’rganish.
4. Veterinar yordam ko’rsatish usullari bilan tanishish.
5. Qishloq xo’jalik ishlari va uni muhofazasi bilan tanishish.
6. Barqaror ishlash chora-tadbirlarini o’rganish.
7. Texnika, inshootlarni dezantivatsiya qilishni o’rganish.
8. QBIlarni olib borish jarayonida tibbiy yordam ko’rsatish shaxobchalarini
tashkil etilishi bilan tanishish.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Tojiev N. Favkulodda vaziyat va fuqaro muhofazasi. T., 2002 y.

98
2. Xaydarov R. Grajdanskaya zahita i chrezvo’chayno’e situatsii v Respubliki
Uzbekistan. T., 2003.
3. Polyakova V. Pervaya pomoh pri povrejdeniyax i neschastno’x sluchayax. T.,
1990 g.
4. Shubina E.P. Grajdanskaya oborona. M., Prosvehenie., 1991 g.
5. Akimov N.I. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarida fuqarolar muhofazasi. T.,
Mehnat.,1983 y.
7-AMALIY MAShG’ULOT: TABIIY OFATLAR VA FOJEALARDAN
TALOFAT KO’RGAN AHOLIGA YoRDAM KO’RSATISh
Dars maqsadi: Talabalarga tabiiy ofatlar va fojealardan talofat ko’rgan aholiga
yordam ko’rsatishni o’rgatish.
Identiv o’quv maqeadlari:
1. Tabiiy ofat va fojealarda xarakat qilish usullarini ayta oladi.
2. Talofat ko’rgan aholiga birinchi yordam ko’rsatish usullarini biladi.
3. Qutqaruv va birlamchi ishlarni sanay biladi.
4. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish usullarini biladi.
Ish uchun kerakli jihoz va materiallar: Fuqaro muhofazasi hujjatlari, tabbiy ofatlarda
qanday xarakat qilish haqidagi rasmli plakatlar, qalam, chizg’ich.
Darsda ko’rib chiqiladigai asosiy savollar:
1. Tabbiy ofat va fojealarda xarakat qilish usullari bilan tanishish.
2. Birinchi tibbiy yordam  qoidalari bilan tanishish.
3. Qutqaruv ishlarini o’rganish.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Tojiev N. Favkulodda vaziyat va fuqaro muhofazasi. T., 2002 y.
2. Xaydarov R. Grajdanskaya zahita i chrezvo’chayno’e situatsii v Respubliki
Uzbekistan. T., 2003.
3. Polyakova V. Pervaya pomoh pri povrejdeniyax i neschastno’x sluchayax. T., 1990
g.
4. Shubina E.P. Grajdanskaya oborona. M., Prosvehenie., 1991 g.
5. Akimov N.I. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarida fuqarolar muhofazasi.
T., Mehnat.,1983 y.
Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin