Guliston davlat universiteti


-modda. Fuqaro muhofazasi qo’shinlari



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/13
tarix06.06.2020
ölçüsü2,83 Mb.
#31713
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
favqulotda vaziyatlar va fuqarolar muxofazasi


19-modda. Fuqaro muhofazasi qo’shinlari
Favqulodda vaziyatlar vazirligining fuqaro muhofazasi qo’shinlari O’zbekiston Respublikasi
fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil etadi.
Fuqaro muhofazasi qo’shinlarining urush davridagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
zararlanish o’choqlarida va zaharlanish zonalarida muhandislik, radiatsion, kimyoviy va boshqa
qidiruv turlarini olib borish;
qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni amalga oshirish;
aholini va iqtisodiyot inshoatlariob’ektlarini evakuatsiya qilishda ishtirok etish;

74
aholi hayot faoliyatini ta’minlash ob’ektlarini tiklash ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish
hamda fuqaro muhofazasining boshqa vazifalarini bajarish.
Fuqaro muhofazasi qo’shinlarining faoliyati, ularni butlash qonun hujjatlariga muvofiq amalga
oshiriladi.
20-modda. Fuqaro muhofazasi tuzilmalari
Fuqaro muhofazasi tuzilmalari qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni amalga
oshirish uchun hududiy-ishlab chiqarish printsipiga ko’ra tashkil etiladi.
Fuqaro muhofazasi tuzilmalari:
bo’ysunuviga ko’ra — hududiy (viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi) hamda ob’ekt (iqtisodiyot
inshoatlariob’ektlaridagi) tuzilmalariga;
belgilangan vazifasiga ko’ra — umumiy maqsaddagi (zararlanish o’choqlarida qutqaruv ishlarini
olib borish uchun) tuzilmalarga va maxsus tadbirlarni bajaruvchi xizmatlar (qidiruv ishlarini olib
borish, tibbiy yordam ko’rsatish, yong’inlarning tarqalishiga yo’l qo’ymaslik va ularni o’chirish,
jamoat tartibini saqlash va hokazo) tuzilmalariga bo’linadi.
Fuqaro muhofazasi tuzilmalariga O’zbekiston Respublikasi fuqarolari: 18 yoshdan 60 yoshgacha
bo’lgan erkaklar, 18 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan ayollar qabul qilinadi, safarbarlik ko’rsatmasiga
ega bo’lgan harbiy xizmatga majburlar, I, II, III guruh nogironlari, homilador ayollar, sakkiz yoshga
to’lmagan bolalari bor ayollar, shuningdek uch yoshga to’lmagan bolalari bor, o’rta yoki oliy tibbiy
ma’lumotli ayollar bundan mustasno.
V. FUQARO MUHOFAZASINI MOLIYaVIY TA’MINLASh. FUQARO MUHOFAZASI
OB’EKTLARI VA MOL-MULKI
21-modda. Fuqaro muhofazasini moliyalash
Fuqaro muhofazasini moliyalash vazirliklar, idoralar va ular tasarrufidagi byudjetdagi
tashkilotlarda, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda tegishincha respublika yoki mahalliy byudjet
mablag’lari hisobidan, tashkilotlarda esa — o’z mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
Fuqaro muhofazasini moliyalash ijtimoiy fondlarning mablag’lari, fuqarolarning ixtiyoriy
badallari va boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
22-modda. Fuqaro muhofazasi qo’shinlarining asosiy fondlari
Harbiy shaharchalarning turar joylari va imoratlari, fuqaro muhofazasi harbiy qismlarining
o’quv-moddiy bazasi ob’ektlari, moddiy va texnik vositalari davlat mulki bo’lib, fuqaro muhofazasi
qo’shinlarining asosiy fondlarini tashkil etadi. Fuqaro muhofazasi qo’shinlari ko’rsatib o’tilgan va
o’zlariga ajratilgan boshqa mol-mulkka nisbatan tezkor boshqaruv huquqidan foydalanadilar.
Fuqaro muhofazasi qo’shinlarini joylashtirish va ularning doimiy faoliyati uchun er uchastkalari,
joylar, omborlar va boshqa ob’ektlar tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan
ularga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun beriladi.
23-modda. Fuqaro muhofazasi ob’ektlari va mol-mulki
Fuqaro muhofazasi ob’ektlari va mol-mulki jumlasiga quyidagilar kiradi:
davlat hokimiyat va boshqaruv organlarining himoya inshootlari hamda er usti binolari
kompleksiga ega bo’lgan boshqaruv punktlari;
fuqaro muhofazasining alohida va tutash qurilgan himoyalanish, radiatsiyadan saqlanish joylari;
mol-mulk va texnika saqlanadigan omborxona binolari;
yakka muhofazalanish vositalari, radiatsion, kimyoviy qidiruv va dozimetrik nazorat priborlari;
aloqa va xabar berish vositalari;
davlat mulki bo’lgan, shuningdek fuqaro muhofazasi maqsadida foydalanish uchun
tashkilotlarning mablag’lari hisobiga yaratilgan yoki sotib olingan boshqa moddiy-texnika vositalari.
Fuqaro muhofazasi tadbirlarini ta’minlash uchun davlat hokimiyati va boshqaruv organlari,
tashkilotlar tomonidan fuqaro muhofazasi mol-mulki zaxiralari yaratiladi.
Tashkilotlarning boshqaruv tarkibiy tuzilmalari va xo’jalik yuritish faoliyati shakllari o’zgargan
taqdirda, ular zimmasida fuqaro muhofazasi ob’ektlari va mol-mulkidan belgilangan maqsadda
foydalanish, shuningdek bunday ob’ektlar hamda mol-mulklarni hosil etish va to’plash topshiriqlari
qolaveradi.

75
Fuqaro muhofazasi ob’ektlarini barpo etish va mol-mulkidan foydalanish tartibi O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Shuningdek, tanishib chiqish uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil
7 oktyabrdagi 427-son «O’zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilishga tayyorlash tartibi to’g’risida»gi qarori tavsiya qilinadi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent shahri,
2000 yil 26 may,
80-II-son
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI
RADIATSIYAVIY XAVFSIZLIK TO’G’RISIDA
(O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 y., 7-8-son, 212-modda;
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2007 y., 50-51-son, 512-modda; 2011 y., 15-
son, 148-modda)
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi radiatsiyaviy xavfsizlikni, fuqarolar hayoti, sog’lig’i va mol-mulki,
shuningdek atrof muhitni ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlash
bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:
ionlashtiruvchi nurlanish — radioaktiv parchalanishda, yadroviy evrilishlarda, moddadagi
zaryadlangan zarralar harakatining sekinlashuvida hosil bo’ladigan hamda muhit bilan o’zaro ta’sir
etish chog’ida har xil qutbli ionlarni hosil qiladigan nurlanish;
ionlashtiruvchi nurlanish manbai — o’zidan ionlashtiruvchi nurlanish chiqaruvchi yoki
chiqarishga qodir bo’lgan qurilma va (yoki) radioaktiv modda;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar — ionlashtiruvchi nurlanish
manbalarini qazib oluvchi, ishlab chiqaruvchi, hosil qiluvchi, qayta ishlovchi, ulardan foydalanuvchi,
ularni saqlovchi, ularga xizmat ko’rsatuvchi, ularni tashuvchi, zararsizlantiruvchi va ko’mib tashlovchi
yuridik va jismoniy shaxslar;
kuzatuv zonasi — radiatsiyaviy monitoring o’tkaziladigan sanitariya-muhofaza zonasidan
tashqaridagi hudud;
radiatsiyaviy avariya — uskuna nosozligi, xodimlar (personal)ning xatti-harakatlari
(harakatsizligi), tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar tufayli kelib chiqqan,
fuqarolarning belgilangan normalardan ko’proq nurlanish olishiga yoki atrof muhitning radioaktiv
ifloslanishiga olib kelishi mumkin bo’lgan yoxud olib kelgan ionlashtiruvchi nurlanish manbai ustidan
boshqaruvning izdan chiqishi;
radiatsiyaviy xavfsizlik — fuqarolar va atrof muhitning ionlashtiruvchi nurlanishning zararli
ta’siridan muhofazalanganlik holati;
radioaktiv chiqindilar — keyinchalik foydalanish uchun mo’ljallanmagan, tarkibidagi
radionuklidlarning aktivlik darajasi qonun hujjatlarida belgilangan ko’rsatkichlardan yuqori bo’lgan
har qanday agregat holatidagi moddalar;
(2-modda O’zbekiston Respublikasining 2011 yil 13 apreldagi O’RQ-282-sonli Qonuniga asosan
sakkizinchi xatboshi bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2011 y., 15-son, 148-modda)

76
sanitariya-muhofaza zonasi — ionlashtiruvchi nurlanish manbai atrofidagi hudud bo’lib, u erda
fuqarolarning nurlanish olish darajasi mazkur manbadan normal foydalanish sharoitida aholi uchun
nurlanish dozasining belgilangan asosiy chegarasidan oshishi mumkin;
tabiiy radiatsiyaviy fon — kosmik nurlanish orqali hamda erda, suvda, havoda, biosferaning
boshqa elementlarida, oziq-ovqat mahsulotlarida va inson organizmida tabiiy ravishda taqsimlangan
tabiiy radionuklidlarning nurlanishi orqali hosil bo’ladigan nurlanish dozasi;
texnogen ravishda o’zgartirilgan radiatsiyaviy fon — inson faoliyati natijasida o’zgargan tabiiy
radiatsiyaviy fon;
xodimlar (personal) — bevosita ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan doimiy yoki vaqtincha
ishlaydigan yoxud ish sharoitlariga ko’ra bunday manbalar ta’sir zonasidagi jismoniy shaxslar;
yadroviy xavfsizlik — yadroviy materialdan xavfsiz foydalanishni ta’minlovchi chora-tadbirlar
majmui.
3-modda. Radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risidagi qonun hujjatlari
Radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun
hujjatlaridan iboratdir.
4-modda. Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy printsiplari
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
normalashtirish printsipi — ionlashtiruvchi nurlanish barcha manbalaridan fuqarolarning
nurlanish olishi individual dozasini yo’l qo’yiladigan, ular sog’lig’iga xavfsiz bo’lgan darajadan
oshirmaslik;
asoslash printsipi — inson va jamiyat uchun keltiradigan foydasi agar (tabiiy radiatsiyaviy fonga
qo’shimcha ravishda) etkazishi ehtimol tutilayotgan xavfdan ortiq bo’lmasa, ionlashtiruvchi nurlanish
manbalaridan foydalanishga oid faoliyatning barcha turlarini taqiqlash;
minimallashtirish printsipi — ionlashtiruvchi nurlanishning har qanday manbaidan
foydalanilganda nurlanish olishning individual dozalarini fuqarolar sog’lig’iga xavfsiz bo’lgan
chegarada va nurlanish olayotgan shaxslar sonini mumkin qadar oz darajada bo’lishini saqlab turish.
5-modda. Fuqarolarning radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashdagi huquq va
majburiyatlari
Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega:
ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan nurlanish oqibatida ularning hayoti, sog’lig’i va mol-
mulkiga etkazilgan zarar qonun hujjatlariga muvofiq qoplanishi;
atrof muhitning, foydalanishdagi va iste’moldagi predmetlarning radiatsiyaviy holati,
radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek o’zlari olgan
nurlanish dozasi to’g’risida to’liq va xolis axborot olish;
radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokamasida ishtirok etish.
Fuqarolar quyidagilarga majburdirlar:
radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishga;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining, radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida tartibga solishni
amalga oshirayotgan davlat organlarining talablarini bajarishga.
Qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolar boshqa huquqlarga ega bo’lishi hamda ular zimmasida
o’zga majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
6-modda. Ayrim toifadagi fuqarolarning ijtimoiy himoyasi
Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bo’lgan
hududlarda yashovchi fuqarolar ijtimoiy himoyalanish huquqiga ega. Ijtimoiy himoyalash tartibi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
II. RADIATsIYaVIY XAVFSIZLIKNI TA’MINLASh SOHASINI TARTIBGA SOLISh
7-modda. Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda u vakolat bergan davlat organlari tomonidan amalga
oshiriladi.

77
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish quyidagilardan
iborat bo’ladi:
radiatsiyaviy xavfsizlikka doir talablarga rioya etilishini davlat tomonidan nazorat qilish va
tekshirish;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ishlatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash;
qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat mahsulotlarini, emlarni, ichimlik va texnik suvlarni, qurilish
materiallarini va ulardan tayyorlangan buyumlarni radiatsiyaviy ifloslanish jihatidan sertifikatlash;
barcha turdagi qurilish uchun er uchastkalari ajratilishi kelishib olinayotganda radiatsiyaviy
ifloslanishni aniqlash.
8-modda. Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi nazorat va muvofiqlashtirish
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat nazorati O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Er qa’rini geologik o’rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-
maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspektsiyasi, O’zbekiston
Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat
qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Er qa’rini geologik o’rganish,
sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish
davlat inspektsiyasi radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat nazorati organlarining
faoliyatini muvofiqlashtiradi, chiqindi bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus
vakolatli davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bundan mustasno.
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi ishlab chiqarish nazorati ionlashtiruvchi
nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar, shuningdek tarkibida tabiiy radioaktiv elementlar mavjud
bo’lgan xom ashyo, qurilish materiallari va mineral o’g’itlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga
oshiriladi.
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi jamoat nazorati fuqarolarning o’zini o’zi
boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi.
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi nazorat va muvofiqlashtirishni amalga oshirish
tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab qo’yiladi.
(8-modda O’zbekiston Respublikasining 2011 yil 13 apreldagi O’RQ-282-sonli Qonuni tahririda
— O’R QHT, 2011 y., 15-son, 148-modda)
9-modda. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish ob’ektlarining davlat
ekspertizasi
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish ob’ektlari qonun hujjatlarida belgilab
qo’yilgan tartibda davlat ekologik, radiatsiya-gigiena va texnikaviy ekspertizasidan o’tkazilishi shart.
10-modda. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ishlatish sohasidagi faoliyatni
litsenziyalash
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ishlatish sohasidagi ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-
konstruktorlik ishlari, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini loyihalashtirish, barpo etish, ular uchun
texnologik asbob-uskunalarni, radiatsiyadan muhofazalash vositalarini yaratish va tayyorlash,
shuningdek ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta
ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat ko’rsatish, ularni tashish, zararsizlantirish va
ko’mib tashlash belgilangan tartibda berilgan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.
11-modda. Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida normalashtirish
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida normalashtirish qonun hujjatlarida belgilanadigan
tartibda tasdiqlanadigan hamda ro’yxatga olinadigan radiatsiyaviy xavfsizlik sanitariya normalari va
qoidalarini, gigiena normativlarini, davlat standartlarini, qurilish normalari va qoidalarini, mehnat
muhofazasi qoidalarini, radiatsiyaviy xavfsizlik bo’yicha yo’riqnomaga oid, uslubiy va boshqa
hujjatlarni joriy etish yo’li bilan amalga oshiriladi.
III. RADIATsIYaVIY XAVFSIZLIKNI TA’MINLAShGA DOIR TALABLAR
12-modda. Radiatsiyaviy xavfsizlikning ta’minlanishi
Radiatsiyaviy xavfsizlik quyidagi yo’llar bilan ta’minlanadi:

78
radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanilganda fuqarolar olgan nurlanishning individual
dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimining amal qilishi;
radiatsiyaviy ta’sir tufayli fuqarolar sog’lig’iga zarar etkazilishi xavfi yuqori bo’lganligi uchun
to’lanadigan tovon turlari va miqdorlarini belgilab qo’yish;
radiatsiyaviy avariya natijasida fuqarolar sog’lig’iga hamda ular mol-mulkiga etkazilgan zararni
qoplash;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish bilan bog’liq faoliyat turlarini belgilash;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining eksport va import qilinishini davlat tomonidan tartibga
solish;
tibbiy-profilaktik tadbirlar o’tkazish;
radiatsiyaviy vaziyat hamda radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida
fuqarolarni xabardor qilish;
fuqarolarga radiatsiyaviy xavfsizlik chora-tadbirlarini o’rgatish;
radiatsiyaviy avariyalar natijasida nurlanishga duchor bo’lgan fuqarolarga yordam ko’rsatish;
radioaktiv ifloslanish zonalarida fuqarolarning yashashiga doir alohida rejimlarni joriy etish;
tegishli hududda radiatsiyaviy avariyalar oqibatlarini bartaraf etish;
radiatsiyaviy avariya yuzaga kelishi xavfi bo’lgan taqdirda tezkor chora-tadbirlarni tashkil etish
va o’tkazish.
Radiatsiyaviy xavfsizlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa chora-tadbirlar orqali ham
ta’minlanishi mumkin.
13-modda. Radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash
Radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash tadbirlarini
rejalashtirish va amalga oshirish, mazkur tadbirlar samaradorligini tahlil etish chog’ida mahalliy davlat
hokimiyati organlari, radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat
organlari, shuningdek ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar tomonidan olib
boriladi.
Radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash quyidagi asosiy ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi:
atrof muhit radioaktiv ifloslanishining tavsifi;
radiatsiyaviy xavfsizlik tadbirlarining ta’minlanishi hamda radiatsiyaviy xavfsizlik normalari va
qoidalari hamda gigiena normativlarining bajarilishi tahlili;
radiatsiyaviy avariyalar ehtimoli va ularning ko’lami;
radiatsiyaviy avariyalarni va ularning oqibatlarini bartaraf etishga tayyorgarlik darajasi;
xodimlar (personal) va aholi ionlashtiruvchi nurlanish barcha manbalaridan olayotgan, olgan va
olish ehtimoli bo’lgan nurlanish dozalarining tahlili;
nurlanish dozalarining belgilab qo’yilgan asosiy chegarasidan yuqori bo’lgan nurlanishga duchor
bo’lgan shaxslar soni.
14-modda. Radiatsiya-gigiena pasporti
Radiatsiya-gigiena pasporti — ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi yuridik
shaxsning radiatsiyaviy xavfsizlik holatini tavsiflovchi hujjat.
Radiatsiya-gigiena pasportiga har yili radiatsiyaviy xavfsizlik holatini baholash natijalari kiritib
boriladi.
(14-moddaning birinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2011 yil 13 apreldagi O’RQ-282-
sonli Qonuniga asosan birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilgan — O’R QHT, 2011 y., 15-son,
148-modda)
Radiatsiya-gigiena pasportlarini yuritish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilab qo’yiladi.
15-modda. Tabiiy radionuklidlar ta’sir etish chog’ida radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash
Er uchastkalarini tanlash, binolar hamda inshootlarni loyihalashtirish va qurish xonalar havosiga
tabiiy radionuklidlar tushishini bartaraf etish hisobga olingan holda amalga oshirilishi kerak.
Qurilish materiallarini ishlab chiqarish, binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilib olish,
binolar va inshootlardan foydalanish xonalari havosidagi tabiiy radionuklidlarning mavjudlik
darajasini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.

79
Radiatsiyaviy xavfsizlik normativlariga javob bermaydigan qurilish materiallari va buyumlaridan
foydalanish taqiqlanadi.
Turar joy va ishlab chiqarish xonalarida aholi va xodimlar (personal)ning tabiiy radionuklidlar
oqibatida nurlanish olishi belgilab qo’yilgan normativlardan oshmasligi kerak.
16-modda. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda ichimlik suvidan
foydalanishda radiatsiyaviy xavfsizlikning ta’minlanishi
Oziq-ovqat xom ashyosi, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik suvi hamda ularni tayyorlash,
saqlash, tashish va realizatsiya qilish jarayonida ularga yondosh bo’ladigan materiallar va buyumlar
radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash talablariga javob berishi kerak.
17-modda. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchining radiatsiyaviy
xavfsizlikni ta’minlash borasidagi majburiyatlari
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi quyidagilarga majburdir:
radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishga;
radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga;
ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bo’lmish mahsulotlar, materiallar va moddalar, texnologik
jarayonlarning radiatsiyaviy xavfsizligini asoslash va baholash ishlarini olib borishga;
ish joylarida, xonalarda, ishlab chiqarish hududlarida, sanitariya-muhofaza zonalarida va kuzatuv
zonalarida radiatsiya vaziyati ustidan, shuningdek ionlashtiruvchi nurlanish manbalarining chiqarilishi,
tashlanishi ustidan va ko’mib tashlangan joylarida ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirishga;
xodimlar (personal) nurlanish olganligining individual dozalari nazoratini va hisobini olib
borishga;
ishlab chiqarish rahbarlarini, xodimlar (personal)ni, ishlab chiqarish nazorati xizmati
mutaxassislarini tayyorlashga, qayta tayyorlashga va attestatsiyadan o’tkazishga;
xodimlar (personal)ni ularning ish joylaridagi ionlashtiruvchi nurlanish darajalari xususida
hamda ular olgan nurlanishning individual dozalari to’g’risida muntazam xabardor qilib borishga;
xodimlar (personal) tibbiy ko’rikdan o’tkazilishini tashkil etib turishga;
ishlatilmayotgan ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini ko’mib tashlashni ta’minlashga;
radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasida tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat
organlarining talablarini bajarishga.
18-modda. Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanishda, tibbiy rentgenoradiologik muolajalar
o’tkazilganda fuqarolar olgan, shuningdek tabiiy radiatsiyaviy fon va texnogen ravishda o’zgargan
radiatsiyaviy fon sababli yuzaga kelgan nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va
hisobga olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo’ygan tartibda yaratiladigan
nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimi doirasida
amalga oshiriladi.
19-modda. Tibbiy rentgenoradiologik muolajalar o’tkazilganda fuqarolarning
radiatsiyaviy xavfsizligini ta’minlash
Tibbiy rentgenoradiologik muolajalar o’tkazilganda fuqarolarning oladigan nurlanish dozalari
radiatsiyaviy xavfsizlikning belgilab qo’yilgan normalariga muvofiq bo’lishi kerak.
Tibbiy rentgenoradiologik muolajalar o’tkazilganda fuqarolarni muhofaza qilish vositalaridan
foydalanish lozim.
Fuqaro talabi bilan unga tibbiy rentgenoradiologik muolajalar o’tkazilganda olinishi kutilayotgan
yoki u olayotgan nurlanish dozasi to’g’risida va buning ehtimol tutilgan oqibatlari xususida axborot
beriladi.
Fuqaro tibbiy rentgenoradiologik muolajalardan voz kechish huquqiga ega, epidemiologik
jihatdan xavfli kasalliklarni aniqlash maqsadida o’tkazilayotgan profilaktik tadqiqotlar bundan
mustasno.
Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin