Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
424
BIR NARSANI IKKITA KO‘RISH
Bir narsani ikkita ko‘rishning sabab-
lari ko‘p bo‘lishi mumkin.
Agar bunday hol birdan, surunkali
bo‘lsa
yoki asta kuchayib borsa, bu jiddiy
bo‘lishi mumkin. Tibbiy yordamga murojaat
qiling.
Agar bir narsani ikkita ko‘rish vaq-
ti-vaqti bilan yuz bersa, bu quvvatsizlik, o‘ta
charchash, silla qurishidan yoki ovqatga yolchimaslikdan bo‘lishi mum-
kin. Yaxshi
ovqatlanish xususida, 11-Bobni o‘qing va iloji boricha yaxshi
ovqatlaning. Agar ko‘rish qobiliyatingiz yaxshilanmasa, tibbiy yordamga
murojaat qiling.
Ko‘rish qobiliyati susayganda maxsus
kasalxonalarda dori-darmon
bilan davolashning foydasi yo‘q va bu pulingizni bekordan bekor sarfl ash-
dir.
Ko‘z vrachiga murojaat qiling va u ko‘zingizni tekshirgandan so‘ng
o‘zingizga mos kelgan ko‘zoynaklarni tavsiya etadi.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
425
Tish, Milk va Og’iz
Kasalliklari
17
BOB
TISH VA MILKLARNI EHTIYOTLASH
Tish va milklarga yaxshi e’tibor berish muhimdir, chunki :
• Ovqatni chaynash va hazm qilish uchun tishlar sog‘lom bo‘lishi
kerak.
• Tishlarga yaxshi e’tibor berilsa, og‘riqli karies (tish chirishi) va
milklar yaralanishining oldi olinishi mumkin.
• Yaxshi tozalanmasligi
tufayli kasallanib, chirigan tishlar tananing
boshqa organlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan jiddiy infeksiyalarni keltirib
chiqaradi.
Bu bola shirinliklarni yaxshi
ko‘radi.
Hozircha uning tishlari
bor, lekin bu uzoqqa bormaydi
Dostları ilə paylaş: