Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar taraqqiyoti reja: bmi


Ikki havola bo‘lakli kesim ergash gapli qo‘shma gaplar



Yüklə 68,5 Kb.
səhifə19/23
tarix28.03.2023
ölçüsü68,5 Kb.
#90768
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
норкулова мухайё пдф файл

Ikki havola bo‘lakli kesim ergash gapli qo‘shma gaplar.
Kesim ergash gapli qo‘shma gaplarning ikki havola bo‘lakli turi keng tarqalmagan. Bir havola bo‘lakli kesim ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gap alohida olinganda ma’noga ega emas, ergash gap esa ma’noga ega. Ikki havola bo‘lakli gapda esa har ikki qism ham alohida olinganda ma’noga ega bo‘lmaydi.
Masalan,
Sen nima bo‘lsang biz ham shu (Shukur Xolmiorzayev).
Mazkur gapda bosh gapning kesimi shu havola bo‘lagi bilan, ergash gapning kesimi esa nima bo‘lsang havola bo‘lagi bilan ifodalangan. Aslida bosh gapning kesimi ham shu bo‘lamiz shaklida bo‘lishi kerak, lekin bo‘lmoq har ikki o‘rinda ham (nima bo‘lsang – shu bo‘lamiz) yordamchi fe’l bo‘lgani uchun keyingi o‘rinda tushib qolgan. Ergash gapdagi nima (bo‘lsang) havola bo‘lagi bilan bosh gapdagi shu havola bo‘lagi bir-birini taqozo etadi, o‘zaro tobe aloqa yuzaga kelgan. Ega ergash gapli qo‘shma gaplarning tegishli turidagi kabi ikki noteng denotativ voqea o‘rtasidagi munosabat ayni qo‘shma gapning mazmunini tashkil etadi. Bir umumlashgan denotativ voqea ikkinchi bir predikat jihatdan aniq bo‘lmagan denotativ voqeaning ichiga predikat sifatida kiradi. Shuni aytish kerakki, har ikki denotativ voqeaning predikati baribir aniq aytilmaydi, lekin tinglovchi uchun umumiy tarzda idrok etiladigan bo‘ladi. Masalan:
Kim ishlasa, yer o‘shaniki (Asqad Muxtor)
Zebi aya qayerda bo‘lsa, o‘g’il va qizlar shu yerda edi (M. Ismoiliy)
Bunday holatdagi qo‘shma gaplardagi muayyan sintaktik surilishning borligi ularni kesim ergash gapli qo‘shma gaplar sifatida talqin etish imkonini beradi. Masalan, oxirgi misoldagi qayerda – shu yerda qarshilantirishidagi havola bo‘laklar odatda o‘rin ergash gapli qo‘shma gaplarga tegishlilik, ammo shu bu yerda birikmasi ayni gapda kesim sintaktik o‘rnida, edi to‘liqsiz fe’li o‘zi mustaqil kesim bo‘la olmaydi. Uning o‘rnida boshqa to‘liq fe’l bo‘lganda, u kesim bo‘la olardi va shu yerdaning sintaktik maqomi hol bo‘lardi. Unda qo‘shma gapni o‘rin ergash gapli qo‘shma gap sifatida baholash to‘g’ri bo‘lardi. Lekin mazkur o‘rinda shunday emas. Shuning uchun bunday holatlarni kesim ergash gapli qo‘shma gap sifatida baholash maqsadga muvofiq. Aytish kerakki, kesim ergash gapli qo‘shma gaplarning birinchi turida bosh gap alohida olinganda ma’noga ega emas, ergash gap ikkinchi turida esa ilgari aytilgan o‘zaro tobelanishga ko‘ra esa ma’noga ega, har ikki qism ham alohida ma’noga ega emas.

Yüklə 68,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin