Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar taraqqiyoti reja: bmi


Ikki havola bo‘lakli o‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplar



Yüklə 68,5 Kb.
səhifə22/23
tarix28.03.2023
ölçüsü68,5 Kb.
#90768
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
норкулова мухайё пдф файл

Ikki havola bo‘lakli o‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplar.
O‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplarning mazmuni munosabatining ifodalanishiga ko‘ra ikki xil ko‘rinishi farqlanadi: bir havola bo‘lakli va ikki havola bo‘lakli. Ikki havola bo‘lakli o‘chov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplar nisbatan keng tarqalgan. Ergash gapli qo‘shma gaplarning boshqa ikki havola bo‘lakli turlaridagi kabi bunday gaplarda ham qarshilantirilgan havola bo‘laklar mavjud bo‘ladi, ya’ni qancha – shuncha, qanchalik – shunchalik kabilar. Bosh gapda shuncha, shunchalik kabi havola so‘zlar mavjud bo‘ladi va ular o‘lchov-daraja holi sintaktik o‘rnida keladi. Qancha, qanchalik so‘zlari ham ergash gapda shunday o‘rinda bo‘ladi, demak, ular orasida parallelizm bo‘ladi, ikki denotativ voqea harakatning miqdoriy belgisiga ko‘ra umumiydir. Voqealar o‘rtasidagi musosabat o‘zaro tobelanishga ko‘ra juda zich bo‘ladi. Eski o‘zbek tili manbalari tilida biz uning ne qadar birikmasining o‘lchov-daraja ma’nosida qo‘llanganligini kuzatishimiz mumkin. Masalan:
Ne qadar suvki ariqqa solur ul,
Ne qilibon, ne qadarkim olur ul (SHN 13)
Natija ergash gapli qo‘shma gap. Natija munosabati bunday qo‘shma gaplarning mazmunini tashkil qiladi. Ikkinchi voqea birinchi voqeaning natijasi sifatida yuzaga keladi. Shuni aytish kerakki, bosh gapdagi harakat atay, ergash gapdagi harakatning natijasi sifatida o‘z-o‘zidan kelib chiqadi. Bu qo‘shma gapning bu turiga bir necha misol topa oldik. Natija ergash gapli qo‘shma gaplar ko‘proq bir havola bo‘lakdan iborat qo‘shma gap turi sanaladi. Misollarga murojaat qilaylik:
Suvg‘a andoqki alar kirdilar,
Degasen suv kishisi erdilar (SHN 188)
Keltirilgan quyidagi misolda ham andoq havola bo‘lagi tor bo‘ldi ot kesim oldidan kelib uning natijasi borligiga, ya’ni ergash gapga ishora qilib turadi. Ravzana andoq tor bo‘ldiki, toshni qisti va anga borg‘ali qo‘ymadi, to tosh yer bila ko‘k orasida turdi (225 NM)

UMUMIY XULOSALAR


O‘zbek tili tarixida XVI asr yozma manbalari alohida o‘rin egallaydi. Bu davrda takrorlanmas so‘z san’atkorlari Yusuf Xos Hojib, Nosiruddin Rabg’uziy hamda Alisher Navoiylar bilan bir qatorda boshqa ijodkorlar o‘zlarining yirikyirik asarlarini yaratishdi. Ularning asarlari sharq olamida ulkan iz qoldirdi va ularning merosi jahon ilm-fan zahmatkashlarining diqqat e’tiboridan tushmay kelmoqda. Ularning ijodi fonetik, leksik va morfologik jihatlardan keng miqyosda o‘rganilgan bo‘lsa, ularning sintaksisi faqat tor doirada o‘rganilgan. Ushbu BMI ham shu bo‘shliqni ma’lum qadar to‘ldirish vazifasini o‘taydi.
Ulug‘ adib nasriy asarlari o‘zbek (turkiy) tilning barcha sintaktik imkoniyatlarini ro‘yobga chiqargan boylik sifatida baholanmog‘i va bu manba hamon ilmiy-tadqiqot ishlariga asos bo‘lib xizmat qilmog‘i kerak.
Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar o‘zbek tilshunosligida ilmiy jihatdan o‘rganilgan, lekin o‘zbek tilining tarixiy sintaksisi bunday tadqiqotlarga muhtojlik sezmoqda. Mazkur BMIda havola bo‘lakli gaplar ham tarixiy-qiyosiy, ham nazariy jihatdan o‘z talqinini topdi.
Mazkur asarlar misolida havola bo‘laklarni gaplarni o‘rganish quyidagi umumiy xulosalarni chiqarish imkonini beradi.

  1. Qo‘shma gap sintaksisning yuqori sath birliklaridan bo‘lib, qismlar o‘rtasidagi semantik-sintaktik munosabatlar boshqa quyi sath birliklariga nisbatan o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Ergashgan qo‘shma gap qismlarini biriktiruvchi vositalar to‘g‘risida birmuncha ma’lumotlar bo‘lishiga qaramay, deyktik birliklar, olmoshlarning qo‘shma gap qismlarini biriktirishdagi roli, bunday qo‘shma gaplarda shakl va mazmun masalasi e’tibordan chetda qolib keldi.

  2. Sintaksis tilshunoslikning nisbatan kam o‘zgaruvchan sohasi hisoblanadi. X- XVI asrlarda qo‘llangan sintaktik qoliplarning hozirda ham qo‘llanilishi buning yorqin misolidir. Bu jihatdan Yusuf Xos Hojib, Nosiruddin Rabg’uziy hamda Alisher Navoiy asarlari sintaksisi ham hozirgi o‘zbek tili sintaktik xususiyatlarga ko‘p jihatlardan o‘xshash bo‘lishi ham tabiiydir, shunga qaramasdan eski o‘zbek tili, xususan, Alisher Navoiy nasriy asarlari sintaktik qurilishining bir bosh bo‘lakli gaplar misolida o‘ziga xos xususiyatlarini kuzatish mumkin. Bular havola bo‘lakli gaplarning qo‘shma gap shakliga ega bo‘lishi, ularning shakliy va mazmuniy xususiyatlarida ko‘zga tashlanadi.

  3. Har bir hodisani, shu jumladan, o‘zbek tili sintaksisini qiyosiy-tarixiy planda o‘rganishda an’anaviy tilshunoslik yutuqlarini e’tiborga olish tarixiy grammatikaning zaruriy shartidir.

  4. Ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida shakl va mazmun birligi qonuniyati amal qiladi. Bu qonuniyat tilshunoslikka ham taalluqli, ya’ni shaklini mazmundan, mazmunni shakldan ayricha qilish mumkin emas. Ishda ta’kidlanganidek gaplarning shakliy tuzilishi ubzoq yillardan buyon chuqur tadqiq qilingan. O‘rganilayotgan asarlar tilini tadqiq qilish shuni ko‘rsatadiki, kelgusida havola bo‘lakli gaplar semantik planda jiddiy o‘rganilishi lozim.

  5. Havola bo‘lakli gaplarning shakliy va mazmuniy paradigmasi X -XVI va hozirgi o‘zbek tili o‘rtasida farqlanish kamligini ko‘rsatadi. Ularni hozirgi o‘zbek tilidagi kabi bir va ikki havola bo‘lakli kabi turlarga ajratish muvofiq.

  6. Havola bo‘lakli gaplarning shakllanishida deyksiz belgilar – olmoshlarning o‘rni muhim sanaladi. Ya’ni o‘zbek tilidagi olmosh va boshqa nisbiy so‘zlar ana shunday deyksiz belgilar bo‘lib, ular qo‘shma gaplarda havola bo‘laklar sifatida ishtirok etishi mumkin. Buning mohiyati shundan iboratki, ular mazmuni – voqea, belgi narsalarni bevosita ifodalamaydi, balki ularga ishora, havola qiladi, shunga ko‘ra ularning mazmuni kuchsiz, bo‘sh so‘zlar sifatida qarash o‘rinli.

  7. Bir havola bo‘lakli gaplarning kesimi ot kesimi funksiyasida son, olmosh kabi so‘zlarning kelishi, ikki havola bo‘lakli gaplarning kesimi funksiyasida otkesim va fe’l kesimlarning –sa shart maylida qo‘llanishi Yusuf Xos Hojib, Nosiruddin Rabg’uziy va Alisher Navoiy asarlari tilining farqlanmasligini qayd etish zarur.

  8. Havola bo‘lakli qo‘shma gaplarning semantik munosabatlarini, ya’ni mazmuniy aloqadorligini belgilashda oppozitiv vositalarning o‘rni muhimdir. Bunday oppozitiv vositalar sifatida leksik vositalar alohida o‘rin tutadi.

  9. Yuqoridagi adiblarning nasriy asarlaridagi havola bo‘lakli qo‘shma gaplar tahlili shuni ko‘rsatadiki, qaysi tip qo‘shma gaplarda bo‘lmasin, bog‘lovchilarning qo‘llanishini qayta ko‘rib chiqish lozimligini kun tartibiga qo‘yadi.

  10. Alisher Navoiy nasriy asarlaridagi havola bo‘lakli gaplarning qo‘llanilishi uning o‘ziga xosligi masalasi XV- XVI va undan keyingi davrlar tilida o‘zbek adabiy tilining normasini ham aks ettiradi.


Yüklə 68,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin