I bob. Asosiy qism



Yüklə 59,82 Kb.
səhifə3/10
tarix09.04.2023
ölçüsü59,82 Kb.
#95264
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Humay

Kurs ishining ob’ekti. 2 - sinflarda matematika o'qitish og'zaki va yozma metodlardan foydalanish jarayoni.
Kurs ishining predmetini. 2 - sinflarda matematika o'qitish og'zaki va yozma metodlardan foydalanishni o’qitilishini bir tizimiga keltirishni tashkil etadi.
Kurs ishining maqsadi. 2 - sinflarda matematika o'qitish og'zaki va yozma metodlardan foydalanishda bolalar tasavvurini kengaytirishning nazariy asoslarini aniqlab, uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishi farazi. 2 - sinflarda matematika o'qitish og'zaki va yozma metodlardan foydalanishda o’quvchilarning fikrlash qobiliyati mustahkamlanadi, agar:
- amallar bajarishga doir tasavvur komponentlari alohida-alohida tuzilib, matematikadan mashg’ulotlar jarayonida ularning uzviy aloqalari ta’minlanadi.
- tushunchalarni o’rgatish mashg’ulotlari subyekti sifatida boshlang’ich sinf o’quvchilarining tafakkuri rivojlanishi ta’minlanab boriladi.
Qo’yilgan maqsad va farazlarga asoslanib, tadqiqotning vazifalari:
1. 2 - sinflarda matematika o'qitish yozma metodlardan foydalanish faoliyati shakllanganligining mohiyati va bosqichlarini tashxis qilish;
2. Matematika kursi materialida 2 - sinflarda matematika o'qitish og'zaki va yozma metodlardan foydalanish mazmuni va o’rgatish jarayonining texnologik shart-sharoitlarini aniqlash.
I BOB. Asosiy qism.
1.1. Boshlang'ich ta'limda og'zaki va yozma hisoblashga doir didaktik o'yinlar tizimining nazariy asoslari.

Hisoblash malakalarini rivojlantirishda o`qituvchi o`qitishning bir qancha turlarini inobatga olish zaruru. Shulardan:


Didaktikaga doir qo’llanmalarda bilimlarni bayon qilish va mustahkamlashning formalari sifatida quyidagi o’qitish metodlari qaraladi:
kuzatish, o’qituvchining bilimlarni (bayon, suhbat, hikoya, mashq) o’quvchilar bilan darslik va boshqa kitoblar bilan ishlash, kuzatish, laboratoriya ishi, mustaqil ishlar.
Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish jarayonida o’qitish materialining mazmuni va o’quv sinfining katta-kichikligiga qarab bu metodlardan turli o’rinlarda foydalanish mumkin.
O’quvchilar bilan matematik faktlarni kuzatish muhim ahamiyatga ega. Natural sonlarning xossalari, arifmetik amallarning xossalari, geometrik figuralarning xossalarini va hokazolarni kuzatish o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini o’stiradi. Arifmetik amallar va sonlarning ko’pgina xossalarini quyi sinflarda kuzatish bilan tushuntirilishi maqsadga muvofiqdir. Masalan, 1-sinf o’quvchilari qo’shishining o’rin almashtirish xossasini kuzatish orqali tez bilib oladi.
5+3= , 3+5= , 6+1= , 1+6= , 2+7= ,7+2
Shunday misollarni 1-sinf o’quvchilari yechgandan keyin bir qatorning yechimlarini tenglashtirishni o’qituvchi tavsiya etadi.
5+3=8 va 3+5=8. Natijada quyidagi xulosani keltirib chiqaradi. Xulosa (misollar nima bilan o’xshash).
Bir xilda qo’shish amali bajariladi. 5 va 3 bir xil qo’shiluvchilar.
8 va 8 bir xildagi natijalar. farqi ( nima bilan farqlanadi)
qo’shilvchilarning qo’shish tartibi farq qiladi.
Shunga o’xshash boshqa misollarni ham yechib o’quv-chilar quyidagi umumiy xulosaga keladilar: qo’shiluvchilarning qo’shish tartibini o’zgartirgan bilan yig’indi o’zgarmaydi.
Qaralgan holda kuzatish metodini qo’llash, shuningdek, o’qituvchi tomonidan bilimlarni bayon qilishda ham, hisoblashga doir masalalar yechishga doir bosqichlarda ham katta ahamiyatga egadir.

Yüklə 59,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin