Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, boshlang`ich sinfda og`zaki, yozma hisoblash qobiliyatlarini o`stirish kundalik turmushda keng ravishda qo`llanadi, og`zaki hisob o`quvchilar oldiga , berilgan har bir aniq hol uchun qulay hisoblash usullarini olish zarurligini qo`yadi va shu bilan ularning zihnini ochadi. Undan tashqari, u yozma hisoblashlarni osonlashtiradi.
Og`zaki hisoblash sanoq sistemasini osonlashtiradi va amallarni bajarish usullariga asos bo`lgan xususiyatlarni yaxshiroq tushunish va o`zlashtirib olishga yordam beradi va bundan tashqari amallarni bajarish uchun odatda ishlatiladigan qoidalardan tashqari chiqishga va qisqaroq usullar ishlatishga imkon berib, o`quvchilarning kuzatuvchanlik sezgisini va ziyrakligini oshiradi.
- Matematika hamma aniq fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo‘lib o‘sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi, — dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.
Maktab oldiga prinsipial yangi maqsadlarning qo’yilishi matematika o’qitish mazmunining tubdan o’zgarishiga olib kelmoqda. Matematika boshlang’ich kursi mazmunida ham, darslik va qo’llanmalar uni o’qitish metodikasida ham kattagina o’zgarishlar qiladi.
Hozirgi ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarning shakllanish jarayoni, bozor munosabatlarining raqobatlashuvi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun talablari B.S.MO’Mga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qo’ymaydi, balki muhim o’zgarishlar talab etib, har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi oldiga ulkan vazifa qo’yadi.
Boshlang’ich sinf uchun darslik va o’quv qo’llanmalari (K.Qosimova, R.A. Mavlonova, L.Sh. Levenberg), o’qituvchilar uchun qo’llanmalar (M.I. Mopo, A.M. Pishkalo, L.Sh.Levenberg, N.U.Bikbayeva) va o’quvchilar uchun, tajriba-sinov qo’llanmalari (M.Ahmedov, N. Abduraxmonova, R.Ibragimov, Yu.M. Kolyagin, P.M. Erdniyev) mualliflari mashqlar to’plami (o’quv materiallari) orqali boshlang’ich maktab o’quvchilarining algebrik bilish faoliyatini shakllantirish mumkinligiga to’xtalib o’tishgan. Didaktika va ta’lim metodikasining xususiy masalalariga bag’ishlangan ishlarda (P.M.Erdniyev, N.U.Bikbayeva, L.Sh. Levenberg, R.A. Mavlonova, K.Qosimova va boshqalar) bu muammo umumiy holatda ko’zda tutiladi, biroq maxsus tadqiqot predmeti sifatida ajratib olinmagan.
Shuningdek, boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasidan matematik tushunchalarni o’rgatish vositasi sifatida ta’lim texnologiyasi, mustaqil ishlash, o’yin elementlaridan foydalanish masalalari yetarli darajada o’rganilmagan. Boshlang’ich ta’lim nazariyasida kichik yoshdagi o’quvchilarning mustaqil bilish faoliyatining mohiyati va uni tashkil etish uslubiyati mustaqil ishlash texnologiyasining ilmiy asoslash bilan birga “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi”ni ma’lum darajada takomillashtirib borishni hisobga olib, kurs ishimizning mavzusini “Boshlang’ich sinflarda matematikdan yozma hisoblashga o’rgatish metodikasi” deb nomladik.