I bob. Asosiy qism


O’quvchilarni ba’zi arifmetik amallarni og’zaki va yozma hisoblashlarga o’rgatishga doir tavsiyalar 10 ichida hisoblashga o`rgatish usullari



Yüklə 59,82 Kb.
səhifə7/10
tarix09.04.2023
ölçüsü59,82 Kb.
#95264
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Humay

O’quvchilarni ba’zi arifmetik amallarni og’zaki va yozma hisoblashlarga o’rgatishga doir tavsiyalar 10 ichida hisoblashga o`rgatish usullari
Ushbu mavzu ustida ishlashda o’qituvchi oldida turgan asosiy maqsadlar quyidagilardan iborat:

  1. o’quvchilarni qo’shish va ayirish amallarining mazmuni bilan tanishtirish;

  2. hisoblash usullaridan o’quvchilarning ongli foydalanishlarini ta‘minlash:

    1. ―sonni qismlari bo’yicha (bittalab yoki guruhlab) qo’shish va ayirish usuli

    2. ikkita sonni yig’indining o’rin almashtirish xossasidan foydalanib qo’shish usuli;

d) sonlarni ayirishda (masalan, 8–5) qo’shishning tegishli holini (8=5+3) bilishdan yoki yig’indi va qo’shiluvchilardan biri bo’yicha ikkinchi qo’shiluvchini topish malakasidan foydalaniladigan holda yig’indi bilan qo’shiluvchilar orasidagi bog’lanishlarni bilishga asoslangan ayirish usuli

  1. 10 ichida qo’shish va ayirish ko’nikma malakalarini shakllantirish (yod olishga yetkazish), 10 ichida qo’shish va ayirishni o’rganish ishini o’zaro bog’langan bir nechta bosqichga bo’lish mumkin.

    1. bosqich. Тayyorgarlik bosqichi:

Qo’shish va ayirish amallarining aniq mazmunini ochish; a+1 ko’rinishdagi qo’shish va ayirish hollari.
Raqamlashni o’rganish jarayonida birinchi o’nlikdagi har bir son o’zidan oldingi songa birni qo’shishdan hosil bo’lishi yoki o’zidan keyingi sondan birni ayirish yo’li bilan hosil bo’lishi bolalar ongiga yetkazilgan edi, bu bolalarga sonlarning qatordagi tartibini o’sish bo’yicha ham o’zlashtirish imkonini beradi.
10 ichida qo’shish va ayirishni o’rganishga bag’ishlangan darsda bolalar olgan bilimlarini umumlashtirish kerak, umumlashtirish asosida a+1 va a-1 ko’rinishdagi hollar uchun jadvallar tuziladi va bu jadvallarni bolalar tushunib olishlari va xotirada saqlashlari kerak
Birinchi darsdanyoq (1–1=0 va 0+1=1) ko’rinishdagi qo’shish va ayirish xollari qaraladi.

    1. bosqich. a+2, a+3, a+4 ko’rinishdagi hollar uchun hisoblash usullari bilan tanishish.

Bu ko’rinishdagi holatlar uchun taxminan bir xil reja tuzib ishlash mumkin.

  1. Yangi materialni o’rganishga tayyorgarlik sifatida sonlarning ikki qo’shiluvchidan iborat tarkibining mos hollari va qo’shish hamda ayirishning o’rganilgan jadval hollari takrorlanadi. a+4 hollariga doir usullarni qarashdan oldin 4 sonining tarkibi a+1, a+2, a+3 hollari takrorlanadi.

  2. Mos hisoblash usuli (sonni qismlari bo’yicha qo’shish va ayirish usullari) bilan tanishish.

  3. Yangi bilimlarni mustahkamlash va bu bilimlarni har xil vaziyatlarda qo’llash.

  4. Qo’shish sonlarining tarkibi va ayirishning mos hollariga to’g’ri keladigan jadval hollarini ongli o’zlashtirish va eslab qolishga doir ishlar.

Hisoblash usullarini mustahkamlash uchun 2 ni qo’shish va ayirish bilan bog’liq bo’lgan misollar va masalalar og’zaki va yozma usulda yechiladi, 2 talab qo’shish va 2 talab ayirishga doir mashqlar bajariladi.
3. Qo’shishning o’rin almashtirish xossasini o’qitish
Qo’shiluvchilarning o’rnini almashtirish usullarini bolalar tushunib olishlari uchun dastlab ularga qo’shishning o’rin almashtirish xossasi mohiyatini ochib berish maqsadga muvofiqdir.
Qo’shishning o’rin almashtirish xossasi bilan bolalarni quyidagicha tanishtirish mumkin. O’quvchilarga masalan, 4 ta yashil va 3 ta qizil uchburchak olish buyuriladi.
O’qituvchi: 3 ta uchburchakni 4 ta uchburchakka qo’shib qo’ying.
Uchburchaklar nechta bo’ladi? Buni qanday bildingiz?
O’quvchi: 4 ga 3 qo’shilsa 7 hosil bo’ladi ( yozadi: 4+3=7).
O’qituvchi: endi uchburchaklarning ranggiga qarab yana ajrating va 4 ta uchburchakni 3 ta uchburchakka qo’shib qo’ying. Uchburchaklar nechta bo’ladi?
O’quvchi: bu gal ham 7 ta (yozadi 4+3=7).
O’qituvchi: bu misollarni sonlarning qo’shishdagi parametr nomlari bilan aytib bering.
O’quvchi: birinchi qo’shiluvchi 4, ikkinchi qo’shiluvchi 3, yig’indi 7. Birinchi qo’shiluvchi 3 ikkinchi qo’shiluvchi 4 yig’indi 7.
Shunga o’xshash x-4=3, 8-x=5 kabi ayirishdagi no‘ma‘lum komponnentlarni topishga doir ham yetarlicha misollarni yechdirish mumkin.
Nazorat uchun tekshirish savol va topshiriqlar.
1. 10 ichida qo’shish va ayirishga oid mantiqiy fikrlashga oid mashqlar.
2.10 ichida qo’shish va ayirishga oid dars rejasini tuzing.

  1. Misol va masalalar tuzing, konspekt yozing.

  2. Ijodiy xaraktyerdagi didaktik o’yinlar tizimini deganda nimalarni tushunasiz?




Yüklə 59,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin