I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə39/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

Muhammad Rahimxon I (1806-1825) Eltuzarxonning ukasi bo`lib, u halok bo`lgach taxtga o`tirdi. U Xiva xonligini siyosiy jihatdan birlashtirishga kirishdi. Shuningdek turkmanlarni bo`ysundirish etakchi o`ringa chiqdi va birin-ketin bo`ysundira boshladi. Bo`ysunishni istamagan yovmut qabilasi Xurosonga ko`chib ketdi. Biroq Eron tazyiqi tufayli va yaylov topilmagani uchun yana qaytib keldi. Yovmutlar taqdiri Xiva bilan uzil-kesil bog`lanib, xonlik fuqarolari tarkibiga olindi. Ularga ham soliq to`lash va navkar yuborish majburiyati yuklandi. Yovmutlardan eng jangovar otliq harbiy qism tuzildi.
Muhammad Rahimxon I o`zbek va turkmanlardan tuzilgan “xon navkarlari” deyilgan muntazam qo`shinga tayanib yirik zodagonlar va raqiblarini bo`ysundirdi. Orolbo`yi zodagonlari guruhi M.Rahimxon I ga dushmanlik ruhida bo`lib, qattiq qarshilik ko`rsatdi, ularning qashiligi 1811 yil sindirildi. Xiva xoni qoraqalpoqlarni ham bo`ysunishga majbur etdi. M.Rahimxon I davrida Xiva xonligi siyosiy jihatdan birlashtirildi, hududlari yanada kengaydi, mamlakatda nisbiy barqarorlik ta`minlandi. U obodonchilikka alohida e`tibor berdi, kanallar qazdirib, ekin maydonlariga suv chiqartirdi, madrasa va masjidlar qurdirdi, ichkilik va bangilikni taqiqladi. Ilm ahliga homiylik ko`rsatdi, olim, shoir va donishmandlar bilan suhbatlar o`tkazib turdi. Navkar – otliq askar.


23-§. XIX asr birinchi yarmida Xiva xonligining tashqi siyosati


Xivaning Osiyo davlatlari bilan aloqalari. XIX asr 1-yarmida Xiva xonligining Buxoro, Qo`qon, Afg`oniston, Eron, Hindiston va Turkiya bilan savdo-elchilik aloqalari rivojlandi. Bunga sabab: 1) Xiva xonligi hududi o`rta osiyolik savdogarlar va Hajga boruvchilarning Kaspiy orqali Makka va boshqa shaharlarga o`tish manzilgohiga aylanganligi. 2) chet davlatlar bilan savdoni rivojlantirish xazinaga yaxshi daromad keltirayotganligi edi.
Xiva-Buxoro munosabatlari har doim ham silliq kechmagan. Xiva xoni M.Rahimxon I Buxoro amirligi bilan elchilik aloqalarini qayta tiklashga va 2 davlat o`rtasida savdoni rivojlantirishga harakat qilgan. Xivaga 1811-1812 yyil Buxorodan O`rozboy Jo`ra va Avaz Murod yasovulboshi boshchiligida elchilar kelgan. M.Rahimxon I bunga javoban Buxoroga Hasan Murod otaliq boshchiligida elchilar va savdo karvonlarini yuborgan. Ayni paytda bu 2 davlat manfaatlari Marv viloyatida to`qnash kelgan. Marv O`rta Osiyo davlatlarini Eron bilan bog`lovchi savdo yo`lida joylashgan edi. XIX asr 1-yarmida bu 2 davlat o`rtasida bir necha bor o`zaro urushlar yuz bergan. M.Rahimxon I Marvni1822 yil Buxorodan qaytarib olgan. O`zaro urushlarga qaramay, savdo aloqalari to`xtab qolmagan.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin