I. Kirish II. Asosiy qism


Dars jarayonida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish



Yüklə 44,23 Kb.
səhifə6/12
tarix27.06.2022
ölçüsü44,23 Kb.
#62414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2 5309963592412437265

3.Dars jarayonida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish .
Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o'ziga xos o’qitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o'rganilgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. Shunday qilib, o’qitishda muammoli vaziyat shunchaki «fikr yo'lidagi kutilmagan to'siq» bilan bog’langan aqliy mashaqqat holati emas.
Muammoli vaziyat har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farqi qilib, unda
talaba mashaqqat talab qilgan ob’ekt (tushuncha, fakt)ning unga amal va ayni vaqtda muhim bo'lgan vazifa, masala bo'yicha ichki, yashirin aloqalarini anglab etadi.
Muammoli vaziyatning mohiyati shuki, u talaba tanish bo'lgan ma'lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunish va tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) o'rtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o'zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir. Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar:

  • talabaga notanish faktning mavjud bo'lishi;

  • vazifalarni bajarish uchun talabaga beriladigan ko'rsatmalar, yuzaga kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ulaming shaxsiy manfaatdorligi.

Muammoli vaziyatdan chiqa olish, hamma vaqt muammoni, ya'ni nima noma'lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anglash bilan bog’langan bo'ladi.
Muammoli vaziyatni fikriy tahlil qiladigan bo'lsak, u avvalombor talabalarning mustaqil aqliy faoliyatidir. U talabani intellektual mashaqqat keltirib chiqargan sabablarni tushunishga, unga kirish, muammoni so'z bilan ifodalash, ya'ni faol fikr yuritishni belgilashga olib keladi. Bu o'rinda izchillik yorqin ko'rinadi: avalo muammoli vaziyat yuzaga keladi, so'ng o’quv muammosi shakllanadi.
O’qitish amaliyotida boshqa variant — o'sha muammo tashqi ko'rinishda muammoli vaziyat yuzaga kelishiga muvofiq kelganday bo'ladigan variant ham uchraydi. Faktlar, hukmlar nazariy qoidalar ziddiyatlari mazmunidagi savollar ko'rinishidagi muammoning ifodasi odatda «nimaga» savoliga javob bo'ladigan muammoli vaziyatning mavjudligini aks ettiradi.
Muammo uch tarkibiy qismdan iborat: ma'lum (berilgan vazifa asosida), noma'lum (ularni topish yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladi) va avvalgi bilimlar (talabalar tajribasi). Ular noma'lumni topishga yo'nalgan qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun zarurdir. Avvalo talabaga noma'lum bo'lgan o’quv muammosi vazifasi belgilanadi va bunda uning bajarilish usullari hamda natijasi ham noma'lum bo'ladi, shunda talabalar o'zlaridagi avval egallangan bilim va ko'nikmalarga asoslanib turib kutilgan natija yoki echilish yo'lini izlashga tushadi.
Shunday qilib, talabalar biladigan vazifa va uni mustaqil hal qilinish usuli o’quv muammosi bo'la olmaydi, ikkinchidan, biror vazifaning echilish usullarini va uni izlash vositalarini bilishmasa ham o’quv muammosi bo'la olmaydi.O’quv muammosini echish jarayonida talabalar aqliy faoliyatining muhim bosqichi uning echilish usulini o'ylab topish yoki gipoteza qo’yish hamda gipotezani asoslashdir.
Shaxs bilish faoliyatining izlanish davrini maxsus sxemalarda ifodalash mumkin: muammoli vaziyat — o’quv muammosi — o’quv muammosini echish uchun izlanish — muammoning echilishi.
Muammoli o’qitish mashg’ulotlarini tashkil etish va o'tkazishning muhim tomoni shundaki, bunda o’qituvchi uning ham ta'limiy, ham tarbiyaviy funksiyasini yaxshi anglab olgan bo'lishi talab qilinadi. O’qituvchi hech qachon talabalarga tayyor haqiqatni (yechimni) berishi kerak emas, balki ularga bilimlarni olishga turtki berishi, mashg’ulotlarda va hayot faoliyatlarida zarur bo'lgan axborot, voqea, vaqt va hodisalami ongida qayta ishlashlariga yordam berishi lozim bo'ladi.
Psixologlar tomonidan muammoli vaziyatlardan chiqishda sermahsul ishlay olish, chiqa olish ketma ketligi aniqlangan.
Muammoli vaziyatlardan aqliy harakat orqali chiqish ketma ketligi bir qancha bosqichlardan iborat:

  • muammoning vujudga kelishi;

  • qiyinchilik nimadan iborat ekanligini tushunib olish;

  • uning yechimi yo’llarini qidirib topish, bunda yechim bo’yicha fikr, takliflarni keltirish, isbotlash;

  • taxminlarni isbotlash;

  • muammoning yechimi to’g’riligini tekshirish.

Muammoli ta’limning bosqichlari :

  1. Muammoli vaziyatni keltirib chiqarish;

  2. Muammoli vaziyatni asoslash, tushuntirish;

  3. Muammoli vaziyatni o’quvchilar bilan tahlil qilish; Мuammoli vaziyat Мuammo yechimini izlab topish natija (yеchim)

  4. Muammoli vaziyat yechimining bir necha usullarini aniqlash;

  5. Muammoli vaziyatning samarali yechimini dalillar bilan asoslash;

  6. Muammoning natijaviy yechimini tanlab, har tomonlama baholash.

Muammoli vaziyat yaratishning quyidagi ko'p uchraydigan usullari qayd qilinadi: * hodisalar, o'rganilayotgan tushunchalar mohiyatini tushuntirish uchun muammoli vazifalar qo’yish;

  • olingan bilimlarning amaliy tadbiqi usullarini topish uchun muammoli vazifa qo’yish;

  • talabalarni hodisalar va faktlar orasidagi ziddiyatlar va nomuvofiqliklarni tushuntirib berishlariga undash;

  • ilmiy tushunchalari va hayotiy tasavvurlari orasidagi ziddiyatni keltirib chiharadigan fakt va hodisalarni tahlil qilishga undash;

  • talabalarni fakt, hodisa, hatti-harakatlar, xulosalarni solishtirish, ?iyos qilishga undash;

  • talabalarni go'yo tushunib bo'lmaydigan xarakterdagi va fan tarixida ilmiy muammoning qo'yilishiga sabab bo'lgan faktlar bilan tanishtirish.

Loyiha(lotincha projectus — ilgʻor) — muayyan amaliy mahsulot uchun kontseptsiya, gʻoya, batafsil rejani ishlab chiqish. Bunda nafaqat g‘oya, balki uni amalga oshirish shartlari ham ishlab chiqiladi. Bu natijani ko'rish, tushunish, real amaliyotda qo'llash mumkin. Ushbu natijaga erishish uchun bolalarni o'rgatish kerak mustaqil fikrlash, muammolarni topish va hal qilish, buning uchun turli sohalardan bilimlarni jalb qilish, natijalarni bashorat qilish qobiliyati va mumkin bo'lgan oqibatlar turli yechimlar, sabab-oqibat munosabatlarini o'rnatish qobiliyati.
Loyiha asosida tashkil etilgan darslarda õquvchilar fikr almashadilar, ijodiy izlanadilar, hamkorlik, ham ijodkorlikda yechim qidiradilar va yechimni topadilar. Loyiha asosidagi darslarning boshqa usullardan farqi shundaki, õquvchilar axborotlarni izlab topib, qayta ishlab, umumlashtirib, õzlari himoya qiladilar.
Loyiha asosida mashg'ulotlar quyidagi turlarda olib boradilar:
-juft bõlib ishlash;
-kichik guruhlarda ishlash;
-katta guruhlarda ishlash; -yakka tartibdagi ishlash.
Loyiha asosida tashkil etiladigan darslar o’qituvchidan darsni tashkiliy jixatdan puxta o’ylangan, sifatli, ishchanlik muhitida o’quvchilarni jarayonga qiziqtira oladigan tarzda loyihalay olishni talab etadi. O’quv jarayonini loyiha asosida tashkil etishda õqituvchi faollikda ish yurituvchi emas, balki keng qamrovli ijodkor, pedagog rolini õtashi talab etiladi. O’qituvchi loyiha rahbari sifatida yuqori madanyatli, ijodkor, izlanuvchan, tashkilotchi bõlmog'i kerak. Loyihalar shunday tuzilishi kerakki, u õquvchi shaxsiga qaratilib, uning shaxsiy rivojlanishiga xizmat qilishi shart. Loyihalar asosida õquv jarayonini tashkil etishda õqituvchi fidoyilik kõrsatishi, õquvchini ruhlantirishi, ularni qiziqtirish orqali, biror bir maqsadga erishish talab etiladi. Loyiha asosida tashkil etiladigan darslar va unga sarf etiladigan vaqt, tashkiliy ishlar, beriladigan va tõg'ri yõlga soluvchi savollar oldindan rejalshtirilishi kerak. Undan tashqari, dars jarayonida sodir bõlishi mumkin bõlgan kamchilik, xatolar, ularni oldini olish, jarayonning tahliliy tomonlari ham oldindan hisobga olinishi kerak. Loyihali darslarni tashkil etish juda murakkab jarayon, bunda har bir õquvchining mustaqil ishlashini tashkil etish muammosi yotadi. Yani qaysi vazifalarni õqituvchi bajarishi kerak va qaysilarini õzaro hamkorlikda amalga oshirilishi oldindan kõra bilish kerak.
Loyiha – muammoli ta’limning samarali metodi sifatida. O’quv loyihasi – o’rganilgan mavzu yoki bo’limni chuqurroq o’rganishga yo’naltirilgan, ta’lim jarayoniga tajriba, faoliyat asosida yondashuvga imkon beruvchi, tadqiqotchilik va izlanishga doir metodlardan foydalanishni talib etuvchi ta’limni tashkil etish shakli. Ta’limiy tavsifdagi loyihalashtirish o’qituvchi tomonidan o’quvchining muammoni izlash, uni hal etish bo’yicha faoliyatini rejalashtirish va tashkil etishdan to (intellektual yoki moddiy mahsulotni) ommaviy baholash uchun uni hal etish usulini taqdim etishgacha mustaqil harakat qilishini ta’minlovchi maxsus tashkil etilgan maqsadli o’quv faoliyatidir.
"O’quv loyihasi” tushunchasi keng qamrovga ega bo’lib, quyidagi mazmunga ega: muayyan iste’molchiga mo’ljallangan, muammolarni izlash, tadqiqot qilish va yechish, natijani noyob (moddiy yoki intellektual) mahsulot ko’rinishida rasmiylashtirishga qaratilgan talabalarning mustaqil o’quv faoliyatini tashkil qilish usuli; nazariy bilimlar orqali amaliy vazifalarni yechishga qaratilgan o’quv vositalari va qurollari; rivojlantiruvchi, ta’lim va tarbiya hamda bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va malakalarni shakllantirishga qaratilgan didaktik vosita.
O’quv loyihasining didaktik imkoniyatlari quyiagilarda namoyon bo’ladi: loyihaviy ta’lim jarayonida o’z-o’ziga ishonchni qaror toptirish, egallangan bilimlarni amaliyotda qo’llay olishga erishish; tadqiqotchilik ko’nikmalarini rivojlantirish; qo’lga kiritiladigan natija uchun o’quvchilarda jamoa bo’lib ishlash.

Yüklə 44,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin