2. Muammoli ta'lim texnalogiyasining biologiya darslarida foydalanish va loyihalash Muammoli ta’lim texnologiyalari o'quvchilarda ijodiy faoliyat tajribalarining shakllanishiga imkon yaratadi.Biologiyani o'qitishda o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, ularda ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirishda muammoli ta’lim texnologiyasi asosiy o'rinni egallaydi.
Muammoli ta’lim texnologiyasi o'qitishda muammoli vaziyatlarni vujudga keltirishga asoslanib, uni maqsadga muvofiq holda, darsning turli bosqichlari, jumladan, uy vazifasini so'rash, yangi mavzuni o'rganish, o'rganilgan mavzuni umumlashtirish va yakunlashda foydalanish tavsiya etiladi.
Biologiya o'qituvchisi muammoli vaziyatlarni darsning qaysi bosqichida vujudga keltirishni, muammoli savollarni berish yo'llarini avvaldan belgilab olgan bo'lishi lozim.
Biologiya o'qituvchisi muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish maqsadida o'rganiladigan mavzu matnini tahlil etishi, o'quvchilarning yosh, psixologik va ergonomik xususiyatlami e’tiborga olgan muammoli savollar zanjirini tuzishi zarur.
Shuni qayd etish kerakki, o'qituvchi biologiyani o'qitishda muammoli vaziyatlami vujudga keltirishning quyidagi bosqichlarini nazarda tutishi lozim: -o'quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirish, ularning faoliyatini o'quv topshiriqlarini hal etishga yo'llash orqali yangi bilimlarni egallashga zamin tayyorlash;
-ijodiy o'quv topshiriqlarini egallash orqali bilimlarni kengaytirish, aniqlashtirish va chuqurlashtirish;
-ijodiy o'quv topshiriqlarini hal ettirish orqali o'quvchilarning aqliy faoliyat usullarini egallashga imkon yaratish;
O'quv materialining o'ziga xos xususiyatlari e'tiborga olingan holda muammoli vaziyatIarni vujudga keltirishning turli usullari mavjud:
I. Analogiya usuli.
Ushbu usulda o'qituvchi muammoli savollarni aval o'rgangan o'quv materialiga oid bilimlarni faollashtirish yoki o'quvchilarning hayotiy tajribalariga asoslanib vujudga keltirishi mumkin. Jumladan, 7-sinfda «Bir hujayralilar tipi.), «Xivchinlilar sinfi.) mavzularini o'rganishdan aval o'quvchilarning «Soxta oyoqli\ar sinfi.) yuzasidan o'zlashtirilgan bilimlarini faollashtirish maqsadida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish tavsiya etiladi. Ushbu usuldan har bir mavzuning avalgi mavzuga bog'liq masa-lalarini hal etishda foydalanish mumkin.
2 Tahlil va sintez usuli.
Ushbu usulda o'quvchilar biologik obyektlarni olimlar tomonidan o'tkazilgan tajriba asosida o'rganadi va xulosa yasaydilar. Jumladan, «Lishayniklar» mavzusi o'rganilayotgan jarayonda o'qituvchi olimlar tomonidan o'tkazilgan tajribani bayon etishi so'ngra shu asosda muam-moli vaziyatlarni vujudga keltirishi talab etiladi. Lishayniklarni dastlab olimlar bitta organizm deb qabul qilishgan va yo'sinlar bo'limiga mansub deb hisoblashgan. 1867- yili rus biolog-olimlar AS. Faminsin va O.Y. Baroneskiylar lishayniklar tanasida yashil suvo't - ksanoriya bo'lib, u oddiy bo'linish yo'li bilan ko'payishi, sporalari orqali tarqalishini aniqlagan. Demak, ksanoriya mustaqil hayot kechiruvchi suvo't ekan, lishayniklar qanday organizmlar, ularni qaysi bo'limga kiritish mumkin? O'quvchilar ushbu muammoli savol yuzasidan o'z fikr-mulohazalarni bildiradi.
Biologiyani oʻqitishda foydalaniladigan faol metodlar guruhiga oʻqitishning muammoli-izlanish metodlari, mantiqiy metodlar, mustaqil ishlash metodlari,
oʻquvchilar faoliyatini ragʻbatlantirish va asoslash metodlari, nazorat va oʻz-oʻzini nazorat qilish metodlari kiradi. Faol metodlar muammoli vaziyatlarni vujudga keltirib, oʻquvchilarning kichik guruhlarida hamkorlikda ishlab, muammoni hal etish, murakkab savollarga javob topish jarayonida alohida ob’ekt, hodisa va qonunlarni tahlil qilish koʻnikmalari va bilimlarni faollashtirishga asoslangan faol bilish faoliyatini taqozo etadi. Shu sababli, biologiyani oʻqitishda reproduktiv metodlar boʻlgan ogʻzaki bayon, koʻrgazmali va amaliy metodlar bilan birgalikda muammoli izlanish va mantiqiy metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun oʻqituvchi mazkur metodlarning oʻziga xos xususiyatlari, ular tarkibiga kiradigan metodik uslublarni toʻgʻri anglashi va oʻz oʻrnida samarali foydalanish koʻnikmalarini egallagan boʻlishi lozim.