Kurs ishining dolzarbligi: Ananaviy pedagogik usuldagi – bilimlardan muammoga qarab – o‘quvchilar mustaqil ilmiy izlanish ko‘nikma va malakalarini hosil qila olmaydi, chunki ularga o‘zlashtirish uchun tayyor natijalar taqdim etiladi. Muammoning yechimi ijodiy fikrlashni taqozo etadi.O‘zlashtirilgan bilimlar shablonlarini takrorlash bilan bog‘liq bo‘lgan reproduktiv psixik jarayonlar, muammoli vaziyatlarda hech qanday samara bermaydi.
Agar inson muntazam tayyor bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga o‘rgatilgan bo‘lsa, uning tabiiy ijodiy qobiliyatini so‘ndirish ham mumkin; u mustaqil fikrlashni «esdan chiqaradi» Fikrlash jarayoni muammoli masalalarni yechishda a’lo darajada namoyon bo‘ladi va rivojlanadi.O‘quvchi noma’lum yechimni topish uchun mustaqil yoki o‘qituvchi yordamida izlanadi. Muammoni jamoaviy hal etishda paydo bo‘luvchi, sub’ekt-ob’ekt-sub’ekt munosabatlari ijodiy fikrlashni faollashtirishga olib keladi O’qituvchi muamoli vaziyatni o’quvchilar oldiga qo’yish bilan bir qatorda , uni echish uchun izlanish zarurligini, izlanish uslublarini o’quvchilarga o’rgatadi. Muammo echimini topish. Izlashga o’tish uchun, eng avvalo zaruriy muxit yaratilishi kerak.
Muammo aniq bo’lishi, o’quvchilar uning echimini izlash jarayonida oldingi mavzularda,fanlarda olgan ma`lumotlari, tushunchalari, bilimlaridan foydalana oladigan bo’lishi kerak. O’quvchilar olidga qo’yilgan muammo o’zining dolzarbligiga ega bo’lishi ham muhim ahamiyatga ega.
O’quvchi izlanishni ma`lum bir sistemada, muayyanlikda bo’lgan muammo ustida olib borish kerak.shunda o’quvchi muammoni taxlil qiladi, qismlarini ajrata oladi va echish uchun kirishadi.
Muammoli o‘qitish, ijodiy jarayondan nostandart ilmiy-o‘quv masalalarni nostandart usullar bilan yechishni taqozo etadi. Talabalarga mashq uchun beriladigan masalalar, olingan bilimlarni mustahkamlash va malakalar hosil qilish uchun xizmat qilsa, muammoli masalalar esa faqat yangi yechimlar izlashga qaratiladi.
Kurs ishining maqsadi:O’qituvchi tomonidan talim oluvchilarni o’quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o’quv vazifalarini, muammolarini va savollarini xal qilish orqali yangi bilimlarni o’zlashtirish bo’yicha ularning bilish faoliyatini boshqarishni tashkil etadi. Nafaqat ilmiy bilishning natijalarini sinchliklab tahlil qilish, o’rganishdan iborat bo’lmay, tinglovchining bu natijalarini olish jarayonini o’rganishdan, bilish faoliyatini va uning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishdan iborat.Muammoli ta`lim jarayonida o’qituvchi o’quvchilar o’rtasida fikrlar almashishinishini boshqarish; ishonchli dalillar asosida o’z fikrida tura olish; muxolif tomnning fikrini munozara qilish, malakasini rivojlantirish; o’quvchini aktiv fikrlash faoliyatiga asoslash, masalani dolzarbligi kabi sifatlarni shakllantirishdir.