I l. Asosiy qism. 1.Muammoli ta’lim texnologiyasi va uning turlari Muammoli ta'lim – bu mantiqiy fikrlash operatsiyasi (tahlil, umumlashtirish) va talabalarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ehtiyoj) hisobga olib tuzilgan ta'lim va o’qitishning ilgari ma'lum bo'lgan usullarini qo’llashi qoidalarining yangi tizimidir. Shuning uchun ham muammoli ta'lim ko'proq talaba fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish va e'tiqodining shakllanishini ta'minlaydi.Didaktikaning barcha yutuqlarini istisno qilmay, balki ulardan foydalangan holga muammoli ta'lim ilmiy bilim va tushunchalarni, dunyoqarashni shakllantirish, shaxs va uning intellektual faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida rivojlantiruvchi ta'lim bo'lib qoladi.
Muammoli o’qitish amerikalik faylasuv, psixolog va pedagog Dj.Dionning nazariy qoidalariga asoslanadi va XX asrning 20-30 yillarida tarqala boshladi.Muammoli ta’lim sohasida chuqur izlanishlar 60-yillarda boshlangan.
Tafakkur psixologiyasini o‘rganishga mos ravishda muammoli ta’lim g‘oyasi va tamoyillari sovet psixologlari S.L.Rubinshteyn, D.N.Bogoyavlenskiy, N.A.Menchinskaya, A.M.Danilov, M.N.Skatkinlar tomonidan ishlab chiqilgan. T. V. Kudryavtsev, D. V. Vilkeev, Yu. K. Babanskiy, M. I. Maxmutov va I. Ya. Hozirda bu boradagi tadqiqotlar pedagogika fanining boshqa vakillari tomonidan olib borilmoqda.
Didaktikada muammoli o’qitish yangi yo'nalish sifatida XX asrning 70-80 yillarida yuzaga keldi.A.M. Matoshkin, T.V. Kudryashv, M.I.Maxmutov, I.Ya.
Lernerlar muammoli o’qitish qonuniyatlarini chuqur o'rgandilar
Bugungi kunda, muammoli o’qitish deganda mashg’ulotlarda pedagog tomonidan yaratiladigan muammoli vaziyatlar va ularni echishga qaratilgan talabalarning faol mustaqil faoliyati tushuniladi. Buning natijasida talabalar kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'ladilar hamda fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.
Muammoli ta'lim o’qitishning eng samarali usulidir. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi, talabani uni echishga yo'naltiradi, yechimni izlashni tashkil etadi.
Muammoli o’qitishni boshqarish, pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli vaziyatning paydo bo'lishi-individual holat bo'lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.Didaktikada muammoli dasrlarni muammoli vaziyatlarning tipiga qarab xarakterlashga oid tadqiqotlar mavjud. Shu o'rinda G.V.Artyomova o'z izlanishlari asosida muammoli darslarni tashkil etishning bir necha variantlarini taklif etadi.
Bular: 1.Versiya
xarakteridagi dars.
2. Qiyosiy -umumlashtiruvchi xarakteridagi dars.
3.Ma'naviy - axloqiy muammoli dars.
Darsning didaktika va mantiqiy-psixologik strukturasi o’qituvchiga nazariya sifatida, darsni tashkil qilishning umumiy qoidalarini tushuntirish sifatida beriladi.
Metodik strukturani o’qituvchi o’zi o’quv materialining mazmuni, didaktik maqsadi va o’quvchilarning o’qishga bo’lgan tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib tuzadi. Uning ijodi, san`ati, uning takrorlanmas individualligi ana shunda.
Ta`lim-tarbiya jarayonini to’g'ri tashkil etish uchun barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish o’qituvchilarning birinchi navbatdagi vazifalaridan biridir.
Har bir pedagog shuni doim esda tutishi kerakki, dars o’quv tarbiya jarayonining asosiy formasidir. Hozirgi zamon tarbiyasining barcha jarayonlari o’quvchilarni mustaqil fikrlashga va mustaqil ijod qilishga o’rgatishdan iboratdir.
Biz o’qituvchilar dars jarayonida birinchi navbatda o’quvchilardan fanlardan chuqur va mustahkam bilim berish bilan birga, ularda bilimga qiziqishni, mehnat qilishga extiyojni tarbiyalab borishni kuzda tutamiz.
O’qituvchining didaktik jixatdan tayyorgarligi juda muhimdir. Chunki, muammoli ta’limning nazariy va amaliy jixatlarini atroflicha o’rganish o’quv jarayonini san’at darajasiga olib chiqish demakdir. U o’z navbatida o’quvchining ta’lim mazmunini to’la o’zlashtirib olishga kafolatdir. Muammoli ta'limni muvaffaqiyatli kechish shartlari.
O’quv materialini muammolashtirish.
O’quvchining faol ishtirok etishini ta’minlash.
O’qitishning bola hayoti, yashash, turmush tarzi bilan, mehnati, o’yin bilan o’zaro aloqasini bog’lash.
Muammoli vaziyatlarni yaratish usullari.
O’qituvchi bolalarni ziddiyatni tug’dirish holatiga keltiradi va o’zlariga yechimni topishni taklif etadi.
Amaliy faoliyatdagi ziddiyatlar to’qnashuvini vujudga keltiradi.
Bir xil savolning o’ziga javobni berishda har xil fikrlarni bildiradi.
Hodisani har xil pozitsiyadan turib, ko’rib chiqishni taklif qiladi.
Taqqoslashga, umumlashtirishga, xulosalar chiqarishga undaydi.
Aniq savollarga aniq yechimlarni topishni so’raydi.
Muammoli topshiriqlarni qo’yib, yechimini topishga har bir o’quvchini o’z shaxsiy fikr va qarashlarini so’raydi.
O’quvchini faollashtirishda samarali ta’lim metodini amalga oshirishda yangicha didaktik yondashuv asosida olib borilishi tushuniladi. O’quvchilarning aqliy fikrlashlarini tayyor, avvaldan tayyor, mavjud bo’lgan yo’llar bilan o’stirish maqsadga erishishning oddiy usuli bo’lib, u ijodkorlikka, izlanuvchanlikka olib kelmaydi.
Muammoli ta’lim jarayonida o’quvchi tahlillar asosida qo’llash, sintez qilish, umumlashtirish, faktik materialni aniqlashtirish, o’zi mustaqil, yangi axborot oladi. Boshqacha aytganda, ilgari olgan bilimlarini kengaytiradi, chuqurlashtiradi, o’zlashtiradi va amalda qo’llay bilishga harakat qiladi.
Olgan bilimlarini hayotda qo’llashda o’qituvchi qo’llanma, darsliklardan tayyor bilim olishni bermaydi, u o’quvchi tomonidan izlab topiladi. Mana shu holatda izlanuvchanlik, sinchkovlik, ishlash metodikasi va ko’nikmalari shakllanib boradi.
Muammo aniq bo’lishi, o’quvchilar o’ni echimini izlash jarayonida oldingi mavzularda,fanlarda olgan ma`lumotlari, tushunchalari, bilimlaridan foydalana oladigan bo’lishi kerak. O’quvchilar oldiga qo’yilgan muammo o’zining dolzarbligiga ega bo’lishi ham muhim ahamiyatga ega.
O’quvchi izlanishni ma`lum bir sistemada, muayyanlikda bo’lgan muammo ustida olib borish kerak.shunda o’quvchi muammoni taxlil qiladi, qismlarini ajrata oladi va echish uchun kirishadi.
Ta`lim jarayonini loyihalash bevosita muammoli ta`limni qo’llashga va aksincha, muammoli ta`lim ta`limini loyixalashga olib keladi. Muammoni o’qitish texnologik loyixalashtirilgan o’quv jarayonini amalga oshirishning didktik konstruktsiyasi sifatida qo’llaniladi.
Muammoli vaziyatni bunday usulda echishga o’rgatish orqali o’quvchilarni sinektik, abstraktsiyalash, fantaziya qilish, o’zgalarni eshitish, oddiydan g’ayri oddiyni, g’ayrioddiydan oddiyni topish, o’xshatishlardan mohirona foydalanish ko’nikmalari shakllantiriladi