4.Muammoli ta'lim texnalogiyasiga asoslangan darslarni loyihalash. O’qitish jarayoniga muammoli o’qitish texnologiyasini qo’llashi uchun o’qituvchi quyidagi masalalarni hal qilish:
O’quv dasturi bo'yicha mavzularni muammoli dars shaklida o'tish mumkinligini; * Mavzu matnidagi masalalar bo'yicha muammoli vaziyatni keltirib chiharadigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, tizimlilik, mantiqiy ketma-ketlik, izchillik printsiplariga amal qilish;
Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta'minlaydigan vosita va usullarini aniqlashi, ulardan o'z o'rnida va samarali foydalanish yo'llarini belgilash zarur.
Muammoli ta'lim – o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo talabalarga faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko'nikma va malkalarni ijodiy o'zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta'lim jarayonini tashkil etish bo'lib, muammoli ta'limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog’liq:
O’quv materialini muammolashtirish;
Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish;
Ta'lim jarayonini o'yin, mehnat faoliyati bilan uyg’unlashtirish;
O’qituvchi tomonidan muammoli metodlardan o'z o'rnida va samarali foydalanish ko'nikmasiga ega bo'lish;
Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma-ketlikda talabalarga bayon etish.
Muammoli ta’lim darajalari.
Birinchi bosqich. O’qituvchi muammoni to’liq yoritadi va uni yechimini topib beradi. Qarshi savollar yordamida o’quvchilarni fikrlashga ixtiyoriy majbur etadi.
Ikkinchi bosqich. O’qituvchi muammoni qo’yib, uning mazmun mohiyatini ifodalaydi. Keyin o’quvchilarni muammo yechimini mustaqil izlashga yo’naltiradi.
Uchinchi bosqich. O’qituvchi muammoni bayon etmaydi, balki muammoli vaziyat yaratadi. O’quvchilar mustaqil fikr yuritib, muammoli vaziyatdan chiqish yo’llarini izlab topadilar.
To’rtinchi bosqich. Bunda o’qituvchi izlanish sohasini belgilaydi xolos, muammoga yaqinlashib boradi, lekin uning mazmuni yoki yechimini ko’rsatmaydi. O’quvchini mustaqil faoliyatga yo’naltiradi.
Muammoli ta’limda o’qituvchi o’quvchini murakkab tushunchalar mazmuni bilan tanishtirish jarayonida unga sistemali ravishda muammolar qo’yib boradi, o’quvchiga axborot beradi, o’quvchi mustaqil xulosalar chiqaradi, umumlashtiradi va o’qituvchi yordamida ma’lum tushuncha, qoidalar, xulosalar chiqaradi.
O’zaro munosabati xarakteriga ko’ra muammoli ta`limni shartli ravishda 4 darajaga ajratish mumkin:
Ilgarigi bilimlarni yangi vaziyatlarda qo’llash va o’quvchilarning o’qituvchi tomonidan q’yilgan o’quv muammolarining echish usullarini izlashda ishtirok etish
Mustaqil faollik
darajasi
Reproduktiv izlanish tipidagi ishlarni bajarish, bunda darslik matni bilan o’quvchining o’zi ishlaydi, ilgarigi bilimlarini yangi vaziyatda qo’llanadi, konstruktsiyaaydi, o’rtacha murakkablikdagi masalalarni echadi, o’qituvchining ko’magi bilan gipotezalarni isbotlaydi va h.k.
Ijodiy faollik darajasi
Ijodiy tasavvurni talab etuvchi, mantiqiy tahlil qilish va o’ylab topishni, o’quv muammolarini yechishning yangi usullarini kashf etishni, mustaqil isbotlashni: mustaqil xulosa va umumlashmalar chiqarishni, kashfiyot va badiiy insholar yozishni talab qiladigan mustaqil ishlarni bajarish
Muammoli ta'limni tadqiqot metodi bilan aynan bir narsa deb emas, balki talaba tafakkuri va uning xotirasining rivojlanishini ta'minlaydigan, bilimlarni ijodiy o'zlashtirishiga, ilmiy faktlarni jamlashga ko'maklashadigan hamda e'tiqodni tarkib toptiradigan ta'limning bir turi deb qarash lozim.