Kurs ishining obyekti. Muammoli ta’lim mashg’ulotlarini tashkil etish va
boshqarish.
- o’quv fani va darslar mavzusini o’rgatishda ular bilan bog’liq muammoli masalalarni belgilash;
-ulardan muammoli vaziyatlar hosil qilish va amalda foydalanishni oldindan rejalashtirib borish;
-o’quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olish;
-zarur o’quv vositalarini tayyorlash;
-muammoli vaziyatdagi mavjud ziddiyatni ko’rsatish;
-topshiriqni va uni yechish uchun yetarli shartlarni aniq bayon qilish;
-o’quvchilarning muammoni hal etishda yo’l qo’yayotgan xatolarini, ularning sababini va xususiyatini ko’rsatish;
-o’quvchilarning noto’g’ri taxminlari asosida chiqargan xulosalari oqibatini muhokama etib, to’g’ri yo’lni topishlariga ko’maklashish.
Kurs ishining predmeti:Biologiya darslarida o’quvchilarning muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish mazmuni, metodlari, vositalari.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Muammoli ta’lim texnologiyalari o’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Muammoli ta'lim insonni fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarini aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi.
Muammoli ta’lim o’quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini oshirishda jiddiy ahamiyatga ega. Muammoli vaziyatlarning roli va ahamiyatini aniqlash o’quvchi faol fikrlash faoliyatining psixologik-pedagogik qonuniyatlarini izchil ravishda hisobga olish asosida o’quv jarayonini qayta qurish g’oyasiga olib keladi. Yangi pedagogik faktlarni nazariy jihatdan mulohaza qilib ko’rish asosida muammoli ta`limning asosiy g’oyasi aniqlanadi: muammoli ta`limda bilimning deyarli katta qismi o’quvchilarga tayyor holda berilmaydi, balki o’quvchilarning tomonidan muammoli vaziyat sharoitlarida mustaqil bilish faoliyati jarayonida egallab olinadi.
Xozirgi ta’lim tizimida samarali o`qitish texnologiyalaridan biri muammoli o`qitishdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiytadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o`qitish ijodiy faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Pedagogik adabiyotlarda muammoli o`qitishning turli ta’rif va tavsiflari bor. Muammoli o`qitishning mohiyati muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali yangi bilimlarni mustaqil o`zlashtirishdan iborat.