I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 44,23 Kb.
səhifə9/12
tarix27.06.2022
ölçüsü44,23 Kb.
#62414
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2 5309963592412437265

V.O'quvchilarni baholash: Uyga vazifani bajargan, darsga faol qatnashishiga qarab o'quvchilarga baholar qo'yiladi.

  1. Uyga vazifa berish. O'quvchilarga mavzuni o'qib o'rganib konspekt qilib kelish topshirig'i beriladi.

  2. Darsni yakunlash: O'quvchilar bilan hayrlashish.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda loyiha asosidagi darslar:

    • Loyiha asosidagi darslarning maqsadi, mavzu mazmuni dars jarayonidayoq ta’la o’zlashtirib olinishi kafolatlanadi.

    • Darslarda ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma, malaka va tayanch tushunchalarning o’zlashtirib olinishiga erishiladi.

    • Iloji boricha o’quvchini o’zlashtirishi DTS talablari asosida bilim, ko’ nikma, malakalarini montirongi, baholab borish nazarda tutiladi.

Loyihali o’qitishning faoliyat mazmuni. Loyihali o’qitish faoliyati o’quvchining o’quv faoliyatini tashkil etuvchi jarayon hisoblanadi.

    1. O’qituvchi tomonidan taklif etilgan o’quv loyihalari, kichik loyihalarning maktab o’quvchilari tomonidan to’la bajarilishi ko’zda tutiladi.

    2. O’quv loyihalari oldindan ishlab chiqarilgan mezon ko’rsatkichlari asosida baholanadi, loyihada predmetlararo maqsadlar ko’zda tutilsa, yakuniy baholar ham chiqarilishi mumkin.

    3. Loyiha asosida faoliyat tashkil etilganda o’quv mavzularda rejalashtirilayotgan loyihani topshirish muddatlari ko’zda tutiladi.

    4. Loyiha asosida o’quv faoliyatini tashkil etishga o’qituvchi rahbarlik qiladi va u loyihaning koordinatori hisoblanadi.

    5. Loyihalar yakka shaxslarga va guruhlarga qaratilgan bo’ladi.

    6. Loyiha topshiriqlarini aniq, ravon shakllantirlgan, uning maqsad va vazifalari tushunarli, aniqlangan, o’quvchilar bilan uning ijro yo’llari va mexanizmlari keltirilgan bo’ladi.

    7. Ayrim hollarda yuqori sinf o’quvchilarining hoxish va istaklariga binoan loyihalarni shakllantirish loyiha rahbari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin.

    8. O’quv yili davomida o’rnatilgan tartibda tuzilgan loyihalar taqdimotini ilmiy konferentsiyalarda, pedagogik kengashlarda, metod birlashmalarda o’tkazish, himoya qilish yoki tanlovlar tariqasida o’tkazish mumkin.

Dars jarayonini loyiha asosida tashkil etish bosqichlari.
1.O’quv predmeti mavzusini va mazmunini tanlash;
2.Darsning o’quv mavzusi yuzasidan yagona umummaqsadni belgilab olish; 3.Darsning o’quv mazmunini ishlab chiqish, beriladigan nazariy va amaliy bilimlarni belgilash;
4.O’quvchi tomonidan o’zlashtirishi lozim bo’lgan tushuncha, bilim, ko’nikma va malakalarni ifoda etish;
5.Darsning shakli, metod va vositalarini tanlash;
6.Darsning tushuncha, bilim, ko’nikma, malakalarini o’zlashtirish uchun ta’lim oluvchi tomonidan sarflanadigan vaqt birligi hisobini belgilash;
7.Har bir bosqich natijalarini olish, mashq va misollar tizimini yaratish;

  1. Nazariy tomondan olib boorish, testlar savollarni tuzib chiqish;

  2. Loyihani dars jarayoniga tatbiq etish;

Dars jarayonini olib borish va yakunlash mehanizmini yaratish. Loyihali dars jarayonida o’quvchining extiyoji, qiziqishi, hoxish-istagi, maqsadi, qobilyati, faoliyati,intelekti hisobga olish talab etiladi. Dars jarayonida o’quvchining individual xususiyati, tayyorgarlik darajasi, imkoniyatlari hisobga olinishi zarur.
Xulosa qilib aytganda, o’quv jarayoni puxta o’ylangan loyiha asosida tashkil etsa, har bir o’quvchi uning yechimida faol ishtirok eta olsa, o’qov jarayoni samarali kechadi. O’quv mazmunini dars jarayonidayoq ongli ravishda to’la o’zlashtirilishi kafolatlanadi.

Yüklə 44,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin