I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 44,23 Kb.
səhifə8/12
tarix27.06.2022
ölçüsü44,23 Kb.
#62414
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2 5309963592412437265

Dars ishlanma.
Sana_______ sinf_____
Fan nomi: Biologiya
Darsning mavzusi: Ra'nodoshlar oilasi.
Dars maqsadi:

  1. ta'limiy maqsad-O'quvchilarga Ra'nodoshlar oilasi tushuntiriladi;

  2. tarbiyaviy maqsadi- O'quvchilarga Ra'nodoshlar oilasini tushuntirish orqali ijodiy fikr yuritishni shakllantirish;

  3. rivojlantiruvchi maqsad - mavzu yuzasidan tanishish mobaynida ilmiy dunyoqarashini oshirish.

Kompetensiya:

  1. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi - mediamanbalardan zarur ma'lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta'minlashni, media madaniyatga ega boʻlish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

  2. O'zini o'zi rivojlantirish kompetensiyasi - doimiy ravishda o'z-o'zini jismoniy, ma'naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o' qib - o'rganish, kognitivlik ko'nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o'z xatti- harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko'nikmalarini egallashni nazarda tutadi. Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi; o'quvchilarning bilim, ko' nikma va malakalarini rivojlantiruvchi;

Darsda foydalaniladigan metodlar: aqliy hujum, suhbat , munozara, zig- zak metodlari.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: tarqatma materiallar, slaydlar texnik vositalar, ko' rgazmali materiallar. Darsning borishi
I.Tashkiliy qism: O'quvchilar bilan salomlashish, sinf xonasining tozaligiga e'tbor berish, o'quvchilarning davomatini aniqlash, doskaga mavzuni yozish.
II.O'tilgan mavzuni takrorlash: O'quvchilar bilimini aniqlash va mustahkamlashda venn diagrammasidan foydalanamiz.
Venn diagrammasi ikki yoki undan ortiq doiradan foydalanadi va ularni yaratishning bir necha usullari mavjud:
O'quvchilarga doiralarni bo'sh qog'ozga tortishi kerakligi aytiladi. Doiraning biriga olmaga xos xususiyatlar, ikkinchi doiraga nokga xos xususiyatlar yoziladi. Ikkita doiraning tutashgan qismiga esa olma va nokning umumiy xususiyatlari yozib chiqiladi. O'quvchilarga doiraga yozgan xususiyatlarini ta'riflab berishlari aytiladi. III. Yangi mavzuni tushuntirish; yangi mavzu suhbat metodidan foydalaniladi. Darsni o'qtuvchi tushuntirib bergandan keyin tarqatma kartochkalar orqali o'quvchilar bilimi nazorat qilinadi. 1.Ra'nodoshlarning barglariga ta'rif bering? 2.Nok nimasining tuzilishi bilan olmaga o'xshaydi? 3.Oila vakillaridan qaysilari qizil kitobga kiritilgan? IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: Yangi mavzuni mustahkamlashda suhbat metodidan foydalaniladi. Mavzu suhbat asosida umumlashtirib xulosa qilib beriladi. O'quvchilarni qiziqtirgan savollariga o'qtuvchi javob beradi.

Yüklə 44,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin