Ijtimoiy sugʻurta. Davlat ijtimoiy sug’urtasi. Ijtimoiy sug‘urta modellarining jahon tajribasi


Boquvchisini yo‘qotganligi bo‘yicha ijtimoiy sug‘urta



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə6/6
tarix06.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#125656
1   2   3   4   5   6
Davlat ijtimoiy sug — копия

Boquvchisini yo‘qotganligi bo‘yicha ijtimoiy sug‘urta. Boquvchisini yo‘qotish bilan bog‘liq sug‘urta hodisasi yuz berganda, agar vafot etgan shaxs sug‘urta qilingan bo‘lib, uning asosiy ish faoliyatidan kelayotgan daromadi orqali oilasi ta’minlanayotgan bo‘lsa, oila asosiy daromad manbaini yo‘qotgan hisoblanadi va qo‘shimcha moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan taqdirda marhuming oila a’zolariga (odatda turmush o‘rtog‘i) nafaqa to‘lanadi.
Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha ijtimoiy sug‘urta. Bunda ishlayotgan xodimning bajarayotgan mehnatiga bog‘liq bo‘lmagan ravishda vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotishi natijasida sug‘urta hodisasi yuz beradi. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olish uchun xodimning besh yillik ish staji va ish beruvchi tomonidan belgilangan sug‘urta badallarining to‘lovi talab qilinadi.
Ishsizlik nafaqasi bo‘yicha sug‘urta. Bunda sug‘urta badallari yillik daromadning 6,2 foizini tashkil qiladi, lekin bu raqamni korrektirovka qilishda shtatlar tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Umumiy qoida bo‘yicha, ular ish beruvchilar tomonidan to‘lanadi. Ushbu badallarni to‘lash sug‘urtalangan shaxslarga ishsizlik holatida, tegishli nafaqalarni to‘lashda kafolat berishga imkon beradi.
Skandinaviya modeli
Shvetsiya, Daniya, Norvegiya singari shimoliy mamlakatlarda davlat ijtimoiy siyosatining skandinaviya modelidan foydalaniladi. Bugungi kunda aynan zamonaviy, yetuk va rivojlangan ijtimoiy tizimga ega davlat sifatida aynan skandinaviya modelidan foydalangan mamlakatlar misol qilib ko‘rsatiladi. Bu model o‘zida bismark va Beveridj modellarining elementlarini jamlaydi.
Ushbu model quyidagi xususiyatlarga ega:
- ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlarni amalga oshirishda yetakchi rol mamlakat hukumatiga tegishli bo‘lib, barcha ijtimoiy dasturlar davlat byudjetidan moliyalashtiriladi;
- hukumat ishsizlikka qarshi faol kurash olib boradi, uning oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda;
- skandinaviya modeli aholining turli qatlamlari o‘rtasida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun sharoitlarning tengligi bilan tavsiflanadi;
- mamlakat aholisi uchun turli xil hayotiy vaziyatlarda turli xil ijtimoiy kafolatlar beriladi.
Ijtimoiy siyosatni tartibga solishning eng yorqin, skandinaviya modeliga misol - Shvetsiya. Bugungi kunda u ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri hisoblanadi. Shvetsiya aholisining ijtimoiy ta’minoti butun mamlakat aholisini ijtimoiy himoya qilishda davlat kafolati asosida amalga oshiriladi. U soliq va transfert siyosati orqali amalga oshiriladigan aholining barcha qatlamlari daromadlarini qayta taqsimlashga qaratilgan.
Shved modelining asosiy xususiyatlari inson hayotining barcha sohalarida doimiy ijtimoiy himoya va 100 foiz bandlikka erishish, kambag‘allar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning yo‘qligi, yuqori siyosiy va ijtimoiy barqarorlikdir. O‘tgan asrning 80-90 yillarida og‘ir iqtisodiy vaziyatga qaramasdan skandinaviya modelidan foydalanayotgan hech bir davlat o‘z tanlagan yo‘lidan voz kechmadi. Biroq, umumiy farovonlikka erishish va yuqori darajada ta’minlangan ijtimoiy kafolatlar mavjudligi davlat byudjetidan katta xarajatlarni talab qiladi. Shuning uchun ushbu davlatlarda soliqlar yuqori foizligi bilan ajralib turadi. Hozirgi paytda hukumatlar tomonidan munisipal byudjetda katta miqdordagi mablag‘larni to‘plash imkoniyatini beradigan zamonaviy soliq konsepsiyalari ishlab chiqilmoqda, shu orqali mablag‘larni to‘plash va samarali sarflash yo‘lga qo‘yilmoqda.

Yuqoridagi jadval orqali ayrim xorijiy davlatlardagi ijtimoiy tizim mexanizmlari bilan qisman tanishib chiqdik. Ko‘rishimiz mumkinki, yuqoridagi davlatlarda ham asosiy daromadini yo‘qotgan aholi qismiga maxsus tizimlar orqali e’tibor qaratilmoqda.

Xulosa
Xulosa qiladigan bo‘lsak, barcha ijtimoiy sug‘urta modellarida va yuqorida ko‘rgan barcha davlatlarimizda ijtimoiy nafaqalarning to‘lanishi asosiy qismi daromadini yo‘qotgan fuqarolarning ijtimoiy ta’minlashga yo‘naltirilganligini ko‘rish mumkin. Lekin bunda hamma tizimlar o‘z xarakterli xususiyatlariga ega. Ijtimoiy sug‘urta tizimini tashkil qilayotganda mamlakatdagi mavjud iqtisodiy vaziyatni, xalqning iqtisodiy mentalitetini inobatga olish kerak. Amalda qo‘llanilayotgan moliyaviy-iqtisodiy infratuzilmaning afzal tomonlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Foydalanilgan adabiyotlar


1 “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni;


2 Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.;
3 Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 104 b.;
4 Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 56 b.;
5 Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti
Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin