O’yinning bola faoliyati sifatidagi mohiyati va o’ziga xosligi.
Reja:
O’yin bola faoliyatining asosiy turi sifatida.
kelib chiqish tarixi. O’yin turlari. Ijodiy o’yinlar.
Qoidali o’yinlar bolalarga ta’lim berish shakli sifatida.
Qoidali o’yinlar.
Didaktik o’yin turlari.
Buyumlar bilan o’ynaladigan o’yinlar.
Stol ustiga qo’yib o’ynaladigan o’yinlar.
Og’zaki didaktik o’yinlar.
Yosh avlodni har tomonlama kamol topgan, yetuk, jismoniy sog‘lom, baquvvat qilib tarbiyalash hozirgi davrimizning eng muhim vazifalaridan biridir. Shunday ekan kelajagimiz bo‘lmish bolaning ilk yoshlik chog‘idan boshlab ularning o‘sishi va tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullanish ta’lim –tarbiya usuli va vositalaridan unumli foydalanish joizdir.
Tarbiya vositalari haqida gapirar ekanmiz, bolalar uchun eng sevimli va quvonchli vosita bo‘lgan o‘yinning o‘rni beqiyosdir.
Kishilik tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida ham o‘yin sub’ekt faoliyatining eng birinchi va muhim turi sifatida tan olingan. Binobarin, shaxs faoliyatining muhim turlari – mehnat, o‘qish bilan birga o‘yin ham uning shakllanlanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yinlar vositasida katta avlod tomonidan to‘plangan hayotiy tajriba, o‘zlashtirilgan bilim, turmush tarzi va ijtimoiy munosabat asoslari, madaniy qadriyatlar yosh avlodga izchil uzatib kelingan.
O‘yin shaxsning tarbiyalash, rivojlantirish, unga ta’lim berish xususiyatlariga ega. Mavjud xususiyatlari tufayli o‘yinlar qadim-qadimdan xalq pedagogikasining muhim asoslaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bevosita o‘yinlar bolalarda idrok, sezgi, xotira, tafakkur, nutqni rivojlantirishga yordam berish orqali ularni ma’naviy-axloqiy, aqliy, jismoniy va estetik jihatdan tarbiyalashga xizmat qiladi.
O‘yin maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatining asosiy shakli sanaladi. U orqali bola shaxs sifatida shakllanadi. O‘yin bolaning kelajakdagi o‘quv, mehnat faoliyati, kishilarga munosabatning qay darajada shakllanishini belgilab beradi. O‘yin bolalarning jismoniy rivojlanishi, MTTning ta’lim-tarbiya ishida, bolalarni aqliy, axloqiy, mehnat va estetik jihatdan tarbiyalashda katta o‘rin tutadi. O‘yinning maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida tutgan o‘rni va ahamiyatini quyidagicha ifodalash mumkin:
O‘yin bolalarning mustaqil faoliyati bo‘lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo‘ladi. Bola hayotining bir yoshidan boshlab unga o‘rab turgan tevarak-atrofni bilishga ehtiyoj xosdir. Bolalar o‘yinlari o‘zining barcha xilma-xilligi bilan unga yangi narsani bilish, o‘yin mazmunida aks etgan jihatga o‘z munosabatini bildirish imkonini beradi. Bola - o‘sib va rivojlanib boruvchi mavjudotdir.
Harakat – ma’lum maqsadga qaratilgan aqliy va jismoniy faoliyat, mehnat. O‘z mohiyatiga ko‘ra aqliy yoki jismoniy bo‘lishidan qat’iy nazar harakat MTT tarbiyalanuvchilarining to‘la-to‘kis o‘sib-ulg‘ayishlarini ta’minlovchi muhim shartlaridan biri sanaladi. Faol harakatlarga ehtiyoj o‘yinning barcha turlari, ayniqsa, harakatli va o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan didaktik o‘yinlar orqali to‘liq qoniqtiriladi. Shuningdek, o‘yinlar bolaning muloqotga kirishishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda katta imkoniyatga ega.
2. O‘yin maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir. Ilmiy asoslangan o‘yinlar MTTda bolalar hayoti va faoliyatini tashkil etish shakli sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonda tarbiyachi yetakchi o‘rin egallab, u eng avvalo, o‘yin orqali ta’lim-tarbiyaga doir qanday vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish mumkinligini aniq tasavvur qila olishi lozim. Shuningdek, bolalar o‘yiniga ajratilgan vaqtni mashg‘ulot yoki kun tartibidagi boshqa tadbirlarni cho‘zib yuborish orqali egallash mumkin emas. MTT dasturida har kungi kun tartibiga ovqatlanish, badantarbiya, sayr, mashg‘ulotlar o‘tkazish bilan bir qatorda o‘yin ham kiritilgan. O‘yin bolalar hayotini tashkil etish shakli sifatida kichik guruhdan boshlanadi. O‘yin ertalab nonushtagacha (15-20 daqiqa) boshlanadi va nonushtadan keyin, mashg‘ulotlar o‘rtasida, ochiq havoda, o‘yqudan keyin o‘tkaziladi. Ertalab rolli o‘yinlar, qurish-yasash, harakatli o‘yinlarni tashkil etish tavsiya etiladi. Mashg‘ulot o‘rtasida harakatli, qoidali o‘yinlar o‘tkaziladi. Ular asosan, mashg‘ulotning mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Sayr vaqtida ochiq havodagi o‘yinlardan foydalaniladi. Kunduzgi uyqudan keyingi o‘yinlarga qurilish o‘yinlari, ertak bo‘yicha qo‘yiladigan o‘yin, rolli, didaktik o‘yinlar kiradi.
3. O‘yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir. Pedagogika fani o‘yinni bola shaxsini tarbiyalashning asosiy vositasi deb hisoblaydi. O‘yin orqali bolalar kattalarning mehnat tajribasini, bilim, ko‘nikma va malakalari, harakat usullari, axloq me’yorlari va qoidalarini, mulohaza va muhokamalarini egallab oladi. O‘yinda bolaning o‘z tengqurlari va kattalar bilan bo‘ladigan munosabat usullari shakllanadi, his va didlari tarbiyalanadi.
4. O‘yin bolalarga ta’lim-tarbiya berishning metod va usulidir. O‘yin jarayonida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib boradi. O‘yinda u yoki bu rolni bajarayotib, bola o‘zining butun diqqatini o‘yinga qaratishi lozim. Bola o‘ynayotganida kishilar mehnati, ularning aniq harakatlari, munosabatlari to‘g‘risidagi tasavvuri yetarli emasligini sezib qoladi, buning natijasida kattalarga savol bera boshlaydi. Tarbiyachi bolalarning bunday savollariga javob berib, ularning bilimlariga aniqlik kiritadi, boyitadi. Shunday qilib, o‘yin bolalardagi bilim va tasavvurlarni mustahkamlaydi. Bunda pedagogning to‘g‘ri rahbarligida uning tushunchalari kengayadi.
Tarbiyachi o‘yin orqali bolalarda ona-vatanga, o‘z xalqiga, boshqa millat vakillariga ijobiy munosabatni shakllantiradi, mustahkamlaydi. O‘yin orqali tarbiyachi bolalarda jasurlik, rostgo‘ylik, o‘zini tuta bilishlik, tashabbuskorlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O‘yin bolalarda ijtimoiy axloqni, ularning hayotga, bir-biriga bo‘lgan munosabatni shakllantiruvchi maktab vazifasini bajaradi. Tarbiyachi bolalarning o‘yiniga rahbarlik qilayotib, ularni jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. O‘yin jarayonida bolalar o‘z xohish-istaklarini jamoa xohishi bilan kelishib olishga, o‘yinda o‘rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o‘rganadi.
M
Dostları ilə paylaş: |