Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat markazlarida ta’lim jarayonlarini tashkil qilish. Reja


MTTDA BOLALAR MEHNATINI REJALASHTIRISH



Yüklə 183,71 Kb.
səhifə8/36
tarix14.12.2023
ölçüsü183,71 Kb.
#178229
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
“Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashk-fayllar.org (1)

MTTDA BOLALAR MEHNATINI REJALASHTIRISH
olalarning mehnat faoliyatlarini tashkil etish shakllariga doir rejalashtirish ma’quldir. Mehnatni tashkil etish shakli sifatida barcha guruhlarda topshiriqdan foydalaniladi. O‘z mazmuniga ko‘ra topshiriqlar turlicha bo‘lishi mumkin. Tarbiyachining ish rejasida yangi topshiriq mazmunini qayd etish, so‘ngra uni bajarishga jalb etiladigan bolalar ismlarini ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Bu tarbiyachiga mazkur topshiriq bilan barcha tarbiyalanuvchilarni qamrab olish va ularni kerakli mehnat topshiriqlarini bajarishga o‘rgatish, barcha bolalarning qo‘lidan keladigan bo‘lib borishiga ko‘ra tarbiyachi o‘zining alo‘ida e’tiboriga muhtoj bo‘lgan bolalarning ismlarinigina ko‘rsatib beradi.
Bolalar navbatchiligiga rahbarlikni rejalashtirar ekan, tarbiyachi mehnat hajmi va mazmunini, o‘zi bolalarga navbatchilarning vazifalarini tanishtirishda foydalanadigan jihoz, metod va usullarni ko‘rsatadi.
Keyinchalik navbatchilik ishiga rahbarlik rejada mehnat mazmuni murakkablashgan, navbatchilikka jalb qilinayotgan bolalar tarbiyachining alohida e’tiboriga muhtoj bo‘lgan hollarda ko‘rsatiladi. Vaqti-vaqtida navbatchilik bolalarning birlaridan ikkinchilariga topshirilayotgan vaqtda (katta guruhda) bolalar bilan suhbat rejalashtirnladi.
Rejada bolalarning jamoa shaklidagi mehnatlarini tashkil qilish mazmuni va tarkibi, o‘tkazish vaqti ko‘rsatiladi. Zarur jihozlar belgilanadi va joylashtiriladi.
Navro‘z va mustaqillik bayramlaridan avval uyushtiriladigan umumxalq xasharlari, bayramlari MTTsida bolalarda Vatanga muhabbat, baynalmilalchi xislatini tarbiyalash, ularga xalqning jangovor va mehnat an’analarini tanishtirish maqsadlarida nishonlanadi.
Bayramlar tarbiyaning muhim vositasi sifatida puxta rejalashtirilishi lozim. Rejada muassasaning butun jamoasi, shu jumladan bolalarning ham tayyorgarliklari aks ettiriladi.
Tarbiyachining joriy rejasida bolalarga u yoki bu bayram (yoki mashhur sana) ning ahamiyati haqida hikoya qilinadigan, bolalar katta yoshlilarning bayramga tayyorgarliklari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladigan sayr-tomoshalar o‘tkaziladigan turli mashg‘ulotlar nazarda to‘tiladi. Bolalarni bayram ertaliklarida qatnashishga tayyorlash: she’rlar, qo‘shiqlar aytish, raqsga tushish, libos va boshqa atributlarni tikishi ham rejalashtiriladi. Pedagogik kengashda bayram dasturi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, bolalarni bayramga tayyorlash jarayonida ham, bayramni o‘tkazish kunida ham uyushtirish shakllari o‘ylab chiqiladi va puxta rejalashtirnladi.
Umumxalq bayramlariga bag‘ishlangan ertaliklardan tashqari tarbiyachi bolalar bilan maishiy bayramlar va turli ko‘ngil ochishlar: yangi yil bayrami, bolalarni maktabga chiqarish, bir oyda tug‘ilgan bolalarning tug‘ilgan kunlarini bir kunda nishonlash, shuningdek, qo‘g‘irchoq, soya teatrini, ko‘ngil ochadigan videofilm va kinofilmlar, oynai jahon ko‘rsatuvlarini ko‘rsatish va shu kabilarni o‘tkazishni rejalashtiradi.
MTT ota-onalar o‘rtasida ishlashni rejalashtirish pedagoglik targ‘ibotini amalga oshirish rejalashtiriladi. Ularni oila va MTTning bolalarga ta’sir ko‘rsatishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadlarida ta’lim-tarbiyaviy ish mazmuni bilan tanishtiradi, bolalarni oilada tarbiyalashning ilg‘or tajribasini o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi. Bu ish uzluksiz tarzida amalga oshiriladi va MTT mudirasi tomonidan ham (yillik rejada), har bir guruh tarbiyachisi tomonidan ham rejalashtiriladi. Ishni tashkil etish usullari va ularning mazmuni quyidagilarni: ota- onalar majlislarini, maslahatlarini o‘tkazishni, bola oilasiga borishni, ochiq eshiklar kunini, mashg‘ulotlar o‘tkazishni, bolalar ishlari ko‘rgazmalarini tashkil etishni, ota-onalar burchaklarini yangilash va shu kabilarni nazarda tutadi.
Shunday qilib, mehnat shaxsning ma’naviy-axloqiy, jismoniy va aqliy jihatdan kamolotga erishishning muhim shartidir. Shu sababli MTTda mehnat tarbiyasini samarali tashkil etishga e’tibor qaratiladi. Mehnat tarbiyasi yordamida bolalarga mehnatning mohiyati anglatiladi, ularda mehnatga ongli munosabat, muayyan ijtimoiy-foydali harakat ko‘nikma, malakalari shakllantiriladi. Tarbiyalanuvchilarda daslabki mehnat ko‘nikmalarining shakllantirilishi uzluksiz ta’limning keyingi bosqichlari va oilada murakkab ko‘nikma, malakalarga egalikni taqozo etuvchi mehnat faoliyatini izchil tashkil etish orqali kasbiy faoliyatga samarali tayyorlash imkoniyatini yaratadi.



Yüklə 183,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin