Uchinchi guruh vazifalari mehnat faoliyatida bola shaxsini shakllantirishga qaratilgan:
1. Bolalarda mehnatsevarlik, har qanday mehnatga qatnashish, boshlagan ishini oxiriga yetkazish uchun bor kuchini ayamaslik, o‘z shaxsiy mehnatiga nisbatan to‘g‘ri munosabatni tarbiyalash.
2. Javobgarlik, mustaqillik, maqsadga qaratilganlik, qat’iylik, tashabbuskorlik vva faollik, sabr-matonatlilik, chidamlilik kabi bola shaxsining axloqiy sifatlarini tarbiyalash.
3. Madaniy xulq va o‘z tengdoshlariga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalash, o‘zaro kelishgan holda birga ishlay olish, jamoa ishida natijaga erishguncha o‘z mehnati bilan qatnashish, o‘zi va o‘rtoqlarining mehnatini xolisona baholash, yordam berish.
M
MTTDAGI MEHNAT TARBIYASINING MAZMUNI
TTda tarbiyalanuvchilarni mehnatning dastlabki asoslari bilan tanishtirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu boradagi pedagogik faoliyat tizimli tashkil etiladi. MTTda mehnat tarbiyasi ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi:
Maktabgacha yoshdagi bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali ularga kattalar mehnati ijtimoiy-foydali, ishlab chiqarish mehnati bo‘lib, moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishga qaratilganligi haqida tushuncha berish, kattalar mehnati haqida aniq bilim va tasavvur hosil qilish, mehnat natijalarini qadrlashga o‘rgatish, mehnatga qiziqish va muhabbatni uyg‘otish, mehnat qilish xohishini tarbiyalash kabilar amalga oshiriladi.
MTTda har bir yosh guruhidagi bolalar kattalar mehnati to‘g‘risida quyidagi bilim va tasavvurlarni egallab olishlari lozim:
Ilk yosh guruhida:
1. Kattalar mehnatiga qiziqishni tarbiyalash.
2. MTT xodimlarining mehnat jarayonlari bilan tanishtirish.
3. Bolalarga kattalarning mehnatini hurmat qilish tuyg‘usini shakllantirish.
Kichik yosh guruhida:
Kattalar mehnati natijasida kerakli narsalar, predmetlar yaratilishini tushuntirish.
Oshpaz, kir yuvuvchi, sotuvchi, quruvchi, haydovchi mehnati va ularning asosiy ishlari haqida bilim berish.
Ish natijasi va uning ahamiyatini ajratib ko‘rsatishga o‘rgatish.
Kattalar mehnati uchun zarur bo‘ladigan materiallar, kishilar mehnatini yengillashtiradigan, mehnat jarayoni va natijalariga erishishni tezlashtiradigan mashinalar bilan tanishtirish.
Turli transport vositalari va kasblar haqida tushuncha berish. Bolalarning bu boradagi bilimlarini kengaytirish va ularning nomlarini to‘g‘ri aytishga odatlantirish.
Dostları ilə paylaş: |