Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat markazlarida ta’lim jarayonlarini tashkil qilish. Reja



Yüklə 183,71 Kb.
səhifə5/36
tarix14.12.2023
ölçüsü183,71 Kb.
#178229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
“Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashk-fayllar.org (1)

O‘rta guruhda:
  1. Bolalarda kattalar mehnatiga hurmat va qiziqish hissini tarbiyalash.


  2. O‘zbek xalqining milliy hunarmandchilik mehnati – duradgorlik bilan tanishtirish.


  3. Dehqon mehnati haqida qisqacha ma’lumot berish.


  4. Bolalarning o‘z tarbiyachisi va boshqalar mehnati haqidagi tushunchalarini kengaytirish.


  5. Bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish jarayonida ularda inson va uning mehnatiga hurmat hissini shakllantirishga e’tiborni kuchaytirish.




Katta guruhda:
  1. Bolalarning kattalar mehnati haqidagi tasavvurlarini umumlashtirish.


  2. Ishlab chiqarish korxonalari, qurilishlar, dalalarda qilinadigan mehnat haqidagi bilimlarini takomillashtirish.


  3. Mehnatning shu joyda tarqalgan turlari bilan bolalarni yaqindan tanishtirish.


  4. Ularni yaqin atrofdagi korxonaga olib borish (mebel, avtomobil, televizor, chinni ishlab chiqaruvchi korxona, novvoyxona va h.k.). Bu korxonaning nomi, u yerda kimlar ishlashi, qanday mahsulot ishlab chiqarishi, mehnat quroli va asboblari haqidagi bilimlarini aniqlash va takomillashtirish.


  5. Ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni mamlakat aholisi uchun ahamiyati bilan tanishtirish.


  6. Mashinasoz, tikuvchi, kosib, nonvoy, oshpaz, o‘ymakor, bo‘yoqchi, haydovchi kabi kasblar bilan tanishtirish.


  7. Ishning maqsadi, natijasi va ularning jamiyat uchun ahamiyati, turli xil “aqlli” mashinalarning kishilar mehnatini yengillashtirishi, tovarlar sifatini yaxshilash va ishlab chiqarishni tezlashtirishdagi roli haqidagi bilimlarini kengaytirish.




Maktabga tayyorlov guruhida:
  1. Bolalarni zargarlik, zardo‘zlik, misgarlik, ganchkorlik kabi xalq hunarmandchiligi bilan tanishtirish.


  2. Bolalarni kattalar mehnati haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish, kishilar mehnatiga hurmat hissini tarbiyalashni davom ettirish.


  3. Bolalarga dehqonchilik, chorvachilik haqida so‘zlab berish va ularni dehqon, chorvador va bog‘bon mehnatining mazmuni bilan tanishtirish.


  4. Bozor haqida tushuncha berish.


  5. Pochta aloqasi xizmati bilan tanishtirish.


  6. Pochtaning vazifasi va ahamiyati haqida ma’lumot berish.


  7. Telefon aloqasi va telegrafchilar, ularning mehnati, telefon xizmatining hayotimizdagi ahamiyati haqida ma’lumot berish.


  8. Buyumlarning bir necha xil belgilari va ulardan foydalanish haqida tushuncha berish.


  9. Matodan qilingan buyumlar, ularning turlari va foydalanish usullari haqida tushuncha berish.


  10. Temir va yog‘ochdan ishlangan buyumlar va ulardan to‘g‘ri foydalanish haqida tushunchalar hosil qilish.


Maktabgacha yoshdagi bolalar mehnatini tashkil etishda mehnatning quyidagi turlaridan foydalaniladi:



Yüklə 183,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin