Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat markazlarida ta’lim jarayonlarini tashkil qilish. Reja



Yüklə 183,71 Kb.
səhifə6/36
tarix14.12.2023
ölçüsü183,71 Kb.
#178229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
“Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashk-fayllar.org (1)

O‘z-o‘ziga xizmat - bolalar mehnatining bir turi bo‘lib, unda bolalar ilk yoshidan boshlab mustaqil ovqatlanishga, yuvinishga, kiyinish va yechinishga, o‘yinchoqlarni yig‘ishtirib qo‘yishga o‘rgatiladi. O‘z-o‘ziga xizmat qilish jarayonida bolalarda mustaqillik, ma’lum maqsad bilan harakat qilish kabi sifatlar shakllanadi, bolalar mustaqil ravishda o‘zlarining qo‘llaridan kelgan ishni bajarishga o‘rganadilar. O‘z-o‘ziga xizmat qilish bolalarda oddiy mehnat turlariga nisbatan qiziqish uyg‘otadi, batartiblikka, intizomli bo‘lishga, xulq-odobga o‘rgatadi.
Bolalar xo‘jalik-maishiy mehnatga MTT va oilada jalb etiladi. Xo‘jalik-maishiy mehnatga xona va maydonchani yig‘ishtirish, stolni bezatish va stoldagi idish-tovoqlarni yig‘ishtirish, choy idishlarini, qo‘g‘irchoq kiyimlarini, mayda narsalarni yuvish, mashg‘ulotga kerakli materialni tayyorlab qo‘yish, mashg‘ulotdan keyin stol ustidagi narsalarni yig‘ishtirib olish kabilarni kiritish mumkin.
Tabiatdagi mehnat bolaning har tomonlama rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘simlik va hayvonlar, yil fasllari, jonsiz tabiat burchagidagi bilimlar manbai, bolalarda mehnatsevarlikni, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish vositasidir. Shu bilan birga bolalar mehnatning bu turi orqali tuproqni ekishga tayyorlash va o‘g‘itlash, ko‘chat o‘tqazish, o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish kabi bir qancha mehnat ko‘nikma va malakalarini egallab oladilar. Mehnatning asosan ochiq havoda tashkil etilishi bolalar organizmini chiniqtiradi, ularning sog‘ligini mustahkamlaydi.
Tabiatdagi mehnat bolada bilishga qiziqishni rivojlantirishda ham muhim ahamiyatga ega. Bolalar jonli ob’ektning o‘sishi va rivojlanishini kuzatadilar, ayrim o‘simlik va hayvonlarning o‘ziga xosliklarini bilib oladi, tajribalarni o‘tkazishda ishtirok etadi.
Qo‘l mehnati – mashg‘ulot, o‘yinlarga mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan o‘yinchoq va qurilmalar (qog‘oz qiyqimlarini tashlash uchun, o‘simliklar urug‘i uchun qutichalar, qo‘g‘irchoq kiyimlari, qalpoqchalar, niqoblar va shunga o‘xshash narsalar)ni tayyorlash bo‘yicha bolalar mehnatidir. Qo‘l mehnatini bajarish orqali bola aniq natijaga erishadi, ya’ni narsa-buyumlar vujudga keladi. Bolalar yopishtirish, bo‘yash, qirqish, arralash, mix qoqish, tikish va shunga o‘xshash oddiy mehnat ko‘nikma va malakalarini egallab oladilar. Ularda ijodkorlik, topqirlik, zehnlilik xislatlari rivojlanadi.
M

Yüklə 183,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin