Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mehnatni tashkil etish shakllari. Reja:
O’z-o’ziga xizmat qilish,topshiriqlarni bajarish,yakka tartibdagi mehnat,qo’l mehnati,navbatchilik,jamoa mehnati.
“Ilk qadam”davlat o’quv dasturi asosida faoliyat markazlarida maktabgacha yoshdagi bolalar mehnatini tashkil qilish.
M
MEHNAT TARBIYASINING MAQSAD VA VAZIFALARI
ehnat tarbiyasi bolalarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Mehnat tarbiyasining maqsadi bolalarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir. Shuningdek, mehnat orqali bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarkib toptirish, kelajakdagi mehnat faoliyatiga ruhiy jihatdan tayyorlash, ularda mehnat qilish xohishini singdirib borish ham alohida ahamiyatga ega.
MTTdagi mehnat tarbiyasining vazifalari xilma-xil bo‘lib, ularni quyidagi uch katta guruhga tasnif etish mumkin:
Birinchi guruh vazifalari bolalarning mustaqil mehnat faoliyatiga pedagogik ta’sir ko‘rsatish bilan belgilanadi:
1. Bolalarni maqsad qo‘yishga, mehnat ko‘nikma va malakalari, mehnat madaniyati bo‘yicha kerakli materiallar va mehnat qurollarini tanlab olishga o‘rgatish.
2. Bolalarda bo‘lajak mehnat faoliyatini shakllantirish, mehnat jarayonlarini mehnatda qatnashuvchilar o‘rtasida taqsimlash, mehnatda yaxshi natijalarga erishish malakalarini shakllantirish.
3. Mehnat faoliyatining dastlabki ijtimoiy sabablarini shakllantirish, buyumlar va harakatlarga qiziqish uyg‘otish orqali mehnat natijalariga erishish, katta guruhlarda esa mehnatning ijtimoiy ahamiyatli ekanligini anglab yetish.
Ikkinchi guruh vazifalari kattalar mehnatiga ijobiy munosabatni tarbiyalashga qaratilgan:
1. Bolalarga kattalarni qanday natijalarga erishish uchun mehnat qilayotganini tushuntirish.
2. Bolalarga mehnat ahliga hurmatni, ularga qo‘lidan kelganicha yordam berish xohishlarini tarbiyalash.
3. Kattalarning mehnat natijalarini asrab-avaylashga o‘rgatish.