1.2. O‘quvchilarni yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda sport turlarini
tanlash va o‘tkazish orqali mahoratni oshirish
Jismoniy tarbiyadagi sinfdan tashqari ishlarning asosiy tashkiliy shaklla- ridan
biri jismoniy tarbiya to‘garagidir. To‘garakning hamma ishlari o‘quvchilar
tashkiloti bilan birgalikda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Har bir sinfda
badantarbiya tashkilotchisi saylanib, u o‘quvchilarni jismoniy tarbiya to‘garagining
tadbirlarida qatnashishga jalb etadi. Umumta’lim maktablardagi sharoit va
shug‘ullanuvchilarning miqdoriga qarab to‘garakni tashkil qilish shaklla-ridan biri
tanlanadi. To‘garakni tashkil qilish har bir sinf uchun alohida yoki o‘quv
materialini o‘zlashtirishda orqada qolayotgan barcha maktab o‘quvchilari uchun
alohida bo‘ladi. To‘garak ichida 20-30 kishidan iborat bo‘lgan o‘quv guruhlari
ajratishladi. Mashg‘ulot haftasiga uch marta 60-90 daqiqadan o‘tkazish kerak.
O‘quvchilarining jismoniyrivojlanishi hamda jismoniy tayyorgarligini va yosh, jins
xususiyatlarini
hisobga
olgan
holda
ular
maktablardagi
va
maxsus
sportmuassasalaridagi jismoniy tayyorgarlik va sport to‘garaklariga jalb etiladi.
Sport mashg‘ulotlarini to‘g‘ri tashkil etish va boshqarishda, bolalarni sport turlari
bilan shug‘ullanishida organizmi rivojlanishining hamda sport natijalarini
ko‘rsatishni ijobiy natijalariga erishish mumkin. Umumiy jismoniy tayyorgarlik
to‘garaklari o‘quvchilarni jismoniy rivojlan- tirishni ta’minlab to‘garak
mashg‘ulotlari ish faoliyati, yil davomiga quyidagicha rejalashtirish mumkin.
Kuzda-harakatli va sport o‘yinlari, yengil atletika, qishda- qishki sport turlari,
gimnastika, kurash mashg‘ulotlari, bahorda- kross tayyorgar- ligi, sport o‘yinlari,
yozda-suzish mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Umumjismoniy tay- yorgarlik mashug‘lotlari jismoniy tarbiya asosida tashkil
etiladi. Musobaqalar va sport bayramlarida o‘quvchilarning umumiy jismoniy
tayyorgarligi nazorat qilibboriladi. To‘garak a’zolari 15-20 kishidan iborat bo‘lishi
mumkin. Guruhlar yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarligi bir xil darajadagi
o‘quvchilardan saralanadi. To‘garak mashg‘ulotlari haftasiga bir yoki ikki marta
o‘tkaziladi. Har bir mashug‘lot 60 minut atrofida bo‘lishi mumkin. Jismoniy
tayyorgarlik guruhlariga guruh sardorlaritayinlanib ular tarbiyachilarga yordam
beradilar.
Maktabda sport turlari bo‘yicha to‘garaklar ham faoliyat ko‘rsatib, bu
to‘garaklarga jismoniy tayyorgarlikka ega, shaxsiy qiziqishlari va jismoniy
qobiliyatli bo‘lgano‘quvchilar jalb etiladi. Sport to‘garaklari maktab jismoniy
tarbiya dasturi asosida ish olib boradi. Sportchi o‘quvchilarni jismoniy
tayyorgarligi guruh mashg‘ulotlari va sport musobaqalari, bayramlarda nazorat
qilib turiladi. To‘garak mashug‘lotlari haftasiga 3- 4 marotaba tashkil etilib, 60-90
minut davomida o‘tkaziladi. Sport turi bo‘yicha zaruriy jihozlar va mutaxassis
tarbiyachilarning mavjudligi hamda mashg‘ulot o‘tish joylari talabga javob berishi
maktab sharoitida ham malakali sportchilar tayyorlash imkonini beradi. Yosh
avlodni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, sport
turlari bo‘yicha iste’dodli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirish,
kadrlar tayyorlash, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xalqaro
aloqalarni kengaytirish, moddiy-texnik bazalarni mustahkamlash hamda jismoniy
tarbiya va sportni rivojlantirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Jismoniy
tarbiya jarayonida aqliy, ahloqiy va estetik tarbiya vazifalarini hal etish uchun juda
katta imkoniyatlar bor. Bu vazifalarni hal etish shaxsni har taraflama kamol
toptirish omili sifatida jismoniy tarbiyaning rolini kengay tirib, bevosita jismoniy
tarbiyaning o‘z muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
Ma’naviy va jismonan har tomonlama kamol topgan kishilargina
takomillashgan jamiyat quruvchilari bo‘lishi mumkin. Barkamol insonni
tarbiyalash jismoniy tarbiya to‘g‘ri tashkil etilgan sharoitda amalga oshadi. Har
tomonlama rivojlangan shaxs bo‘lib, yetishish biologik hamda ijtimoiy
qonuniyatlar talabidir. Insonning jismo- niy barkamolligi uning ruhiy kamoloti
bilan uzviy bog‘liqdir. Odamning ruhiydunyosi tashqi ta’sirlar, ijtimoiy muhit
hamda insonning atrofidagi sharoit- larni o‘zgartirishga qaratilgan harakati tufayli
shakllanadi. Ko‘rinib turibdiki, jismoniy tarbiya jarayoni shartli reflekslarni
shakllanishi va bog‘lanishi uchun fiziologik poydevordir.
Insonning jismoniy tarbiya va sportdagi yutuqlari, rekordlari, oliy daraja-
dagi harakat va ko‘nikmalari shakllanishi sportchining aqliy, ahloqiy, ma’naviy
estetik va g‘oyaviy-siyosiy shakllanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lganda qadr-
qimmatga ega bo‘ladi. ijtimoiy faoliyat ixtisoslashgan ko‘rinishda bo‘lib, ishlab
chiqarish va harbiy jismoniy tayyorgarlikka bog‘liqdir, ya’ni ixtisoslashuvning
muvaffaqiyati ta’lim va jismoniy tayyorgarlik asosida yaratiladi. Har tomonlama
umumiy jis- moniy tayyorgarlikinson kamolotining asosiy qonuniyatlaridandir.
Jismoniy fazilatlarning takomillashuvi oliy darajadagi harakat malaka va
ko‘nikmalarini shakllanganligi maxsus jismoniy va sport tayyorgarligini amalga
oshirish imko- niyatini beradi. Sportda rekordlar ketidan quvish yoki
shuhratparastlik xislati jismoniy tarbiya va sportning shaxsni har tomonlama
rivojlantirish tamoyilini buzadi, va natijada jamiyat uchun hos bo‘lmagan ahloqsiz
sportchilar shakllanadi. Sport to‘garagi - o‘quvchilarni muntazam ravishda sport
bilan shug‘ullanishiga jalb qiladi, ularni «Alpomish» va «Barchinoy» nazorat
meyorlarini topshirishga, sport razryadlarini bajarishga tayyorlaydi, organizmni
chiniqtirishga, jismoniy to‘g‘ri rivojlanishga ko‘maklashadi.
Yosh avlodni Vatanimiz sha’nini himoya qilish, intizomli va botir bo‘lishida,
shuningdek, chidam, iroda kabi sifatlarini tarbiyalashda jismoniy mashqlarning
o‘rni katta. To‘garakni tashkil qiluvchi har bir murabbiy o‘quvchilarning intizomi,
mashg‘ulotlarni qay darajada o‘zlashtirayotganini kuzatib borishi, zaruriyat
tug‘ilganda sinf rahbari hamda ota-onalari bilan uchrashib, suhbatlashib
turishimuhim. Ta’kidlash joizki, ota-onalar farzandalari uchun sport to‘garagi
tanlayotganla- rida o‘zlarining ushalmay qolgan orzularidan kelib chiqqan holda
emas, balki far- zandlarining qiziqishlari va layoqatlaridan kelib chiqishlari
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Futbol, voleybol, basketbol kabi jamoaviy sport turlari
boshqalar bilan tez muloqotga kirisha oladigan bolalarga mos keladi. Agar bola
aksincha odamoviroq bo‘lsa, unda bu kabi sport turlari unga boshqalar bilan
muomala qilish uquvini rivoj- lantiradi. Jamoaviy sport turi bilan shug‘ullanish
bolalardan harakatchanlikni va muloqotni talab etadi. Suzish deyarli barcha
bolalarga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik ota-onalar farzandla- rini sportning aynan mana
shu turiga berishni ma’qul ko‘radilar, chunki suzish immunitetni mustahkamlab,
muskullarni rivojlantiradi. Suzish ayniqsa ortiqcha vazn, qandli diabet va skolioz
kasalliklari bilan kurashayotgan bolalarga juda foy-dali.
Gimnastika sport turi sifatida qizlar o‘rtasida juda mashhur. Gimna- stika
qomatni to‘g‘ri tutishga o‘rgatadi. Gimnastika boshqa sport turlari bilan
shug‘ullanishga yaxshi poydevor bo‘la oladi. Jang san’ati (sambo, karate, boks)
nafaqat o‘g‘il bolalar, balki qiz bolalar o‘rtasida ham juda ommabop. Bu kabi sport
turlari o‘zini himoya qila olish uchun hech qachon ortiqchalik qilmaydi. Jang
san’ati bilan shug‘ullanish nafaqat jismoniy, balki ma’naviy komillikka ham
ko‘maklashadi. Raqs sport turi sifatida nafaqat qizlarga, balki o‘g‘il bolalarga ham
to‘g‘ri keladi. Bu sport raqslari, zamonaviy raqs yoki aerobika bo‘lishi mumkin.
Raqs bilan shug‘ullanish ham qomatni to‘g‘ri tutish, koordinatsiya va tartibli
bo‘lishga o‘rgatadi. Nima bo‘lganda ham raqs go‘zallikka chorlaydi. Katta tennis
bugungi kunda urfga kirgan sport turlaridan hisoblanadi. Bu sport turi bilan
shug‘ullanish reaksiyani tezlashtirishga va epchillikka o‘rgatadi. Katta tennis
koordinatsiya va nafas olish tizimi faoliyatini yaxshilashga ko‘maklashadi. Ot
minish sporti 10 yoshdan katta bolalar uchun mos keladi. Bu sport turi psixi- kasi
o‘zgaruvchan bo‘lgan bolalarga tavsiya qilinadi. Shuningdek shifokorlar
bolalarserebral sholligi bilan azob chekayotgan bolalar uchun ham aynan shu sport
turini maslahat beradilar.
|