Innovatsiyalar vazirligi ajiniyaz nomidagi nukus davlat pedogogika instituti ellikqala pedogogika fakulteti


 Mаshg’ulotlarning umumiy tuzilishi



Yüklə 422,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix21.05.2023
ölçüsü422,51 Kb.
#118478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ibodullayev Xurshid (2).

2.2. Mаshg’ulotlarning umumiy tuzilishi. 
Mashg’ulotlarda ish qobiliyatining dianamikasi ular umumiy tuzilmasining 
negizi ekanligi. Jismoniy mashq mashg’ulotlarning tuzilmasi ko’p jihatdan 
shug’ullanuvchilarning ish qobiliyatidagi tipik o’zgarishlar bilan belgilanadi. Inson 
ish qobiliyatini mashg’ulotlar davomida o’rganish jismoniy tarbiya amaliyotida 
birichi 
galdagi 
muommoni 
tashkil 
etadi. 
Bu 
tabiiy 
holdir, 
chunki 
shug’ullanayotgan kishilarning ahvoli haqidagi ma’lumotlarni hisobga olmay turib, 
ular taraqqiyotini boshqarib bo’lmaydi. 


Mashg’ulot tuzilishining pedagogik vazifalariga bog’liqligi. Ish qobiliyati 
asosiy bo’limlariga, shuningdek, pedagog hamda shug’ullanuvchi kishilar faoliyati 
mazmknining o’ziga xos xususiyatlariga binoan pedagogikaga oid asarlarda 
mashg’ulot kirish, tayyorgarlik, asosiy va yakuniy qismlarga ajratiladi. 
Hozirga vaqtda kirish va tayyorgarlik qismlarini birlashtirib, mashg’ulotni 
tayyorgarlik (ba’zan uni kirish yoki kirish – tayyorgarlik qismi deb ataydilar), 
asosiy va yakuniy qismlarga bo’lish rasm bo’lgan. Ma’lum mashg’ulot 
o’tkaziladigan vaqt chegaralarini nazarda tutsak, bunday bo’lish mantiqan 
to’g’riroq bo’ladi, chunki darsning kirish qismiga to’g’ri keladigan start oldi 
holatlari mashg’ulot boshlangungacha bo’ladigan vaqtga mansubdir. To’g’ri, 
bunday holatlar faqat darsning kirish qismidagina sodir bo’lmay, balki barcha 
alohida vazifalarini (baho olish uchun harakatlar bajarish, o’quv musobaqalari va 
shunga o’xshashlarni) bajarish oldidan ham uchrab turadi, biroq ular bunda 
boshqacharoq sifat darajasiga o’tadi. 
Jismoniy mashq mashg’ulotlarida o’qituvchi o’z oldiga harakatlarni 
o’rgatish, turli jismoniy fazilatlarni taraqqiy ettirish, shaxsiy xususiyatlarni 
tarbiyalash, u yoki bu sog’lomlashtirish vazifasi singari ko’pgina vazifalar qo’yadi. 
Binobarin, mashg’ulotlarning umumiy tuzilmasi haqidagi tushuncha qarama 
– qarshi tushunchadir. Agar ish qobiliyati dinamikasini hisobga oladigan bo’lsak, u 
holda mashg’ulotlarda tayyorgarlik, asosiy va yakuniy qismlar hamda shularga 
muvofiq keladigan umumiy pedagogik vazifalar aniq ko’zga tashlanadi. Agar 
o’quv – tarbiya jarayoni mantiqiga chuqurroq amal qiladigan bo’lsak, u holda 
qismlar soni aniq vazifalarning soniga qarab ko’proq yoki kamroq bo’lishi 
mumkin. 
Ba’zi bir vazifalarni hal etish uchun boshqa bir xil vazifaga kamroq kuch 
sarflash talab qilinadi. Shuning uchun har bir aniq holda shug’ullanuvchilarga 
unchalik qiyin tushunmaydigan vazifalar mashg’ulotlarning tayyorgarlik va 
yakuniy qismiga, eng muhim vazifalar (odatda eng qiyinlari) asosiy qismga 


kiritiladi. Shunday yo’l bilan umumiy usul talab, ya’ni shug’ullanuvchilarning ish 
qobiliyati har gal eng yaxshi bo’lishi ta’minlanadi. So’ngra mashg’ulotning 
tuzilishini ishlab chiqayotgan vaqtda mantiqiy talablariga (vazifalar miqdoriga 
binoan) bo’ysindirib, mulohazalarga amal qilishi kerak. 
Mashg’ulotlarni yuqori saviyada o’tkazish uchun, yuqorida keltirilgan 
fikrlardan tashqari shug’ullanuvchilarning faoliyatiga rahabarlik qilishning o’ziga 
xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan umumiy uslubiy talablarga ham asoslanmoq 
kerak bo’ladi. Bu nuqtai nazadan qaraganda jismoniy mashq mashg’ulotlarining 
dars va darsdan tashqari shakllari bo’ladi. 
Jismoniy madaniyat mashg’uloti dars shakllari. 
Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiyaning asosiy shakli jismoniy tarbiya 
darslaridir. Darslarni to‘g‘ri o‘tkazish jismoniy rivojlanishning muvaffaqiyatini va 
talabalarning malaka va ko‘nikmalarni takomillashtirish topshiriqlarini 
bajarishlarini ta’minlaydi. Darslarda, talabalarni mashg‘ulot paytigacha 
o‘tkaziladigan 
gimnastika, 
tanaffus 
va 
jismoniy 
tarbiya 
daqiqalarida foydalaniladigan mashg‘ulotlar materiali bilan tanishtiriladi. 
Shunday qilib, darslar o‘quv kuni tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarining ham 
asosi hisoblanadi. Jismoniy madaniyat darslari o‘z mazmuni va tashkil etilishiga 
ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Ular zalda, maydonchada o‘tkaziladi, 
bunday joylarda bolalar harakati kamroq cheklangan bo‘ladi, bu esa bolalarni 
uyushtirish va dars o‘tkazishda alohida sharoit yaratadi.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’rta maktablarda g’oyat xilma - xil bo’lib, 
ular jismoniy tarbiya dars, jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, ertalabki badan tarbiya, 
sport musobaqalar, tanaffusda o’qishlar, boshqa darslarda o’tkaziladigan jismoniy 
mashqlar va boshqalar kiradi. Jismoniy mashq mashg’ulotlaridagi mazmun bilan 
shakl aloqadorligi pedagogik jihat 
dan g’oyat muhim ahamiyatga egadir. Kishilarning jismoniy sifatlarini kamol 
toptirishga qaratilgan faol harakat faoliyati mashg’ulotlarning asosiy mazmunini 


tashkil etadi. Jismoniy mashg’ulotlar umumta’lim maktablarida juda muhim 
ahamiyatga egadir. Chunki bir hafta tarbiyalanuv- 
chilarga o’tiladigan ikki soatlik jismoniy tarbiya darsi ularning organizimdagi 
jismoniy harakatga bo’lgan talablarni qoniqtira olmaydi, shuning uchun jismoniy 
tarbiya mashg’ulotlari maktabda to’liq tashkil etiladi va o’tkaziladi, 
mashg’ulotning o’quvchilarga o’tkazilishi ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Mashg’ulot 
mazmuni elementlarning tuzilishi jismoniy mashq mashg’ulotlarining shaklini 
tashkil etadi. Jismoniy mashqning umumiy tuzulishi (strukturasi) quyidagicha 
bo’ladi. 

Yüklə 422,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin