Kurs ishining vazifasi – O’quvchilarni sportga yo’naltirishda yosh xususiyatlarini
hisobga olgan holda sport mahoratini oshirish mashg’ulotlarning ahamiyati
o’rganish, o‘yinlarni tashkil qilish, tahlil qilish, sport o’yinlarining bolalarning
yoshiga mos holda tanlashni amaliy tanishtirish, o‘yinda hakamlik qilish o‘yinning
estetik xususiyatlari anglash, o‘yinlar orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib
toptirish malakalarini shakllantirish, sport bayramlari va turli sanalarga
bag‘ishlangan musobaqalar o‘tkazish usullarini va senariylarini tuzishga o‘rgatish,
jismoniy sifatlarni rivojlantirish va oshirish yo‘llarini o‘rgatish, musobaqalar
o‘tkazish usullari va nizomlarini tuzishga o‘rgatish, jismoniy sifatlarni
rivojlantirish va tarbiyalash yo‘llarini o‘rgatishdan iborat.
Kurs ishining obekti: O‘quvchilarni yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda sport
turlarini tanlash va o‘tkazish orqali mahoratni oshirish jarayoni
Kurs ishining predmeti. O‘quvchilarni yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda
sport turlarini tanlash va o‘tkazish orqali mahoratni oshirish mashg’ulotlarning
ahamiyati o’rganish usullari, metodlari.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi 2 bob, 4 paragrf, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlardan iborat.
I-BOB. O’QUVCHILARNI YOSH XUSUIYATLARINI HISOBGA OLGAN
HOLDA SPORT TURLARINI TANLASHNING NAZARIY AHAMIYATI
1.1. O’quvchilarni sportga qiziqtirishning maqsad va vazifalari
Inson organizmi va miyasi o‘zining ma’lum tizimlari asosida vaqtga qarab
ish qobiliyatlarning imkoniyatlarini o‘zgartirib, o‘sib borishi natijasida
tashqaridan olingan turli - tuman axborotlarni to‘la qaytadan ishlab berish
imkoniyatiga ega. Fanning so‘nggi yutuqlari bizga quyidagi ma’lumotlarni
beradi: inson miyasining tuzilishi, uning ishchanligi va kuch imkoniyatlari
cheksiz. Inson o‘zining mehnat jarayonida miyaning fikrlash qobiliyatining eng
oz qismi bilan ishlashga odatlangan.
Agar biz o‘z miyamiz ishlash imkoniyatining yarim kuchi bilan ishlashga
odatlanganmizda edi, o‘nlab xorijiy tillarni va katta enisklopediyalarni boshdan
oxirigacha o‘zlashtirib olgan bo‘lar edik. Hozirda umumta’lim maktablari va
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv rejalarini o‘rtacha oddiy kishi o‘zlashtirish
mumkinligi aniqlangan. Kelgusida buyuk insonlar ko‘zga ko‘rinmaydigan
tabiatning inson miyasiga bergan katta kuchi, imkoniyatlarini ishlatishga
muyassar bo‘ladilar. Hozirgi vaqtda olimlar insondagi faol nuqtalarning ishlash
qonuniyati va faoliyatini chuqur o‘rganmoqdalar. Yaqin kunlarda bu
muammolar hal qilinsa, sekin ta’sir qilish orqali inson faoliyatini boshqarish
imkoniyati tug‘iladi. Bunday boshqarish yo‘li bilan inson faqat kasal
organizmni davolabgina qolmasdan, balki uzoq umr ko‘rish, yaxshi kayfiyat va
jismoniy o‘sish xususiyatiga ham ega bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, yoshlar
o‘z organizmlarining funksiyalarini yaxshi bilishi, o‘z ruhiy holatining sirlarini
o‘rganishi orqali kelgusida dolzarb muammolarni yechish imkoniyatiga ega
bo‘ladi. Shunday qilib inson psixikasini kamol toptirish orqali yanada
kuchliroq, bilimliroq, aqlliroq va insonparvarroq bo‘lib yetishadi.
O‘quvchilar harakati va sport mashg‘ulotlari jarayonida psixikasini
rejalashtirish asosida o‘zini - o‘zi boshqarish, takomillashtirish imkoniyatlarini
kengaytirish mumkin. Bu uslub talabiga ko‘ra o‘quvhi o‘z oldiga aniq maqsad
qo‘yishi, o‘zining kuchiga ishonch hosil qilishi natijasida psixika o‘zini - o‘zi
rejalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Psixika o‘zini - o‘zi rejalashtirishda maqsad harakati tayanch nuqtasini
vujudga keltiradi. Agar o‘quvchining sportga qiziqishi kuchli bo‘lsa, uning
hayotidagi boshqa tomonlar ham shunga bog‘liq bo‘ladi va shunga bo‘ysinadi.
Buning uchun maqsad aniq va barqaror bo‘lishi shart. O‘quvchilar psixikasini
to‘g‘ri rejalashtirish uchun o‘quvchining musobaqadan oldin paydo bo‘ladigan
qaltirash va jonsizlik holatini bartaraf qilish maqsadida maxsus mashg‘ulotlar
tashkil etish, ijobiy hissiyotlarni hosil qilish, dunyo qarashini o‘stirish mumkin.
O‘quvchilarni butun jahondagi yangiliklarni, o‘zgarishlarni bilib borishga
undagi haqiqatlarni ochishga, insondagi tabiat go‘zalligini his qilishga, o‘zida
yuqori insoniy hislatlarni namoyon qilishga, ichki ruhiy va jismoniy, aqliy
imkoniyatlardan samarali foydalanishga odatlantirish lozim. Bu vazifani
bajarish o‘qituvchilar va murabbiylar zimmasiga tushadi. Ba’zi o‘quvchi -
yoshlarda uchraydigan ruhiy faollikning zaifligi, dangasalik, fikrlash
qobiliyatning torligi, tashabbussizlik qanday va qaerdan paydo bo‘ladi?
Tabiiyki, bolalikdan ilm - fanga intilish hayotiy zaruratdir. Biroq ayrim hollarda
ota - onalar, tarbiyachi va o‘qituvchilarning e’tiborsizligi natijasida ba’zi
o‘quvchilar o‘z faoliyatlarida tabiat va jamiyat sirlarini tushunaolmay turli
qiyinchiliklarga duch keladilar.
Yoshlar ertalabki umumiy gimnastika mashqlari bilan mustaqil
shug‘ullanishga odatlanmaganliklar sababli jismoniy, aqliy va ruhiy to‘siqlarga
duch keladi. Yuksak ma’naviy va estetik xis - tuyg‘ularning yaxshi
rivojlanmaganligi ayrim o‘quvchi yoshlarning jamoat joylarida o‘zini tutishida
ham seziladi. Bunday sifatlarning yetishmasligi o‘quvchilarni giyohvandlikka
berilishiga, hatto turli oqimlarga qo‘shilib ketishiga ham sabab bo‘ladi.
O‘quvchilarning umumta’lim maktab va professional ta’limda jismoniy
mashg‘ulot hamda sportning odam organizmiga ta’sirini chuqur anglab
etmasligi, o‘zi sevgan birorga sport turi bilan mustaqil mashq qilishni
o‘rganmaganligi natijasida talabalik davrida ham jismoniy tarbiya me’yorlarini
topshirish jarayonida yaxshi yutuqlarga erisha olmaydi. Buning sabablari
quyidagilar:
ota – onalarning o‘z farzandlariga bilim olish va mustaqil ravishda
jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun shart - sharoit yoki rejim
yaratib bermasligi:
- ba’zi o‘qituvchilarning o‘quv dasturi va o‘qitish uslublarini egallashda,
mantiqan tushunishda qobiliyatsizligi; o‘quvchilarda jismoniy harakat va
sportga oid ko‘nikma va malakalarning qiyinchilik bilan hosil bo‘lishi;
- o‘quvchilarning yoshiga, qobiliyatiga, kuchiga nisbatan qo‘yilayotgan
talablarning mos kelmasligi;
- o‘quvchilarga jismoniy mashg‘ulotlarning majburan o‘rgatilishi.
Bu sabablar o‘quvchilarning haddan ortiq charchashiga va asabiy
holatning paydo bo‘lishiga olib keladi, ularning jismoniy tarbiya darsiga,
mashg‘ulot va sportga bo‘lgan qiziqishlarini pasaytirib yuboradi. Hozirgi
davrda o‘quvchilarning jismoniy faoliyat va sport sohalarini yaxshi o‘zlashtira
olmasliklari sabablarini o‘rganishda mutaxasislarni eng muhim muammolaridan
biri bo‘lib kelmoqda.
O‘quvchilarda jismoniy va psixologik jihatdan qoloqlikning bir qancha
sabablari mavjud ekanligi aniqlangan:
1) ota - onaning ichkilikka berilishi oqibatida o‘quvchi aqlining pastligi,
jismoniy jihatdan zaifligi;
2) yoshlikdan bola tarbiyasiga alohida e’tibor berilmaganligi yoki miya va
ruhiy asab kasalligiga chalinganligi;
3) o‘quvchining irodasizligi sababli, birorta faoliyat turiga qiziqmasligi.
Bu salbiy holatlar natijasida o‘quvchi jismoniy chiniqishda va bilim
olishda nochor ahvolga tushib qolgan, ruhiy zaiflikdan qiynalayotgan
o‘quvchilar bilim olishda yoki jismoniy va ota - onasi va jismoniy tarbiya
o‘qituvchisi tomonidan qo‘llab - quvvatlanishi lozim. Ba’zi jismoniy tarbiya
mutaxasislari bunday o‘quvchini yanada qattiqroq taqib ostiga olishi, yomon
baho qo‘yishi oqibatida uning jismoniy tarbiya darsiga va sportga bo‘lgan
qiziqishini mutlaqo pasayib ketishiga sabab bo‘ladi. Jismoniy tarbiya
o‘qituvchisining o‘quvchilarga nisbatan e’tiborsizligi yoki yetarli darajada
nazar pisand qilmasligi o‘quvchilarning jismoniy tarbiya darsidagi davomatini
pasaytiradi, bu o‘quvchida havotirlanish va tashvishlanish holatini vujudga
keltiradi.
O‘qituvchining uzluksiz ravishda o‘quvchi shaxsini hurmat qilmasligi
masalan, «Sen gavdangni ko‘tar olmaysan», «Sen hech qachon ikkidan
chiqmaysan» kabi iboralar bilan munosabat qilish o‘quvchi psixologiyasiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi, o‘quvchi harakterida qaysarlik, o‘jarlik xususiyatlarini
paydo qiladi. Vaholangki, o‘qituvchining o‘zi o‘quvchilarga jismoniy ta’lim
asoslarini o‘rgatishda o‘quvchini nochor ahvolga tushirib qo‘yganligini o‘ylab
ham ko‘rmaydi. Natijada o‘quvchining ongiga «Mening jismoniy zaifligimning
asosiy sababi qobiliyatsizligimda bo‘lsa kerak», - degan fikr paydo bo‘ladi va
o‘quvchining ruhan qiynalishiga olib keladi. Hatto ba’zi bir o‘quvchilar
jismoniy tarbiya darsiga qatnashmaydigan, sport bilan shug‘ullanmaydigan
bo‘lib qoladi. O‘quvchining sport bilan shug‘ullanishga layoqatsizligi tashqi
sharoitlarning ta’siri natijasida ham bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘quvchi agar
sport bilan shug‘ullanib, faqat bir fandan o‘zlashtirishda orqada qolsa, u holat
o‘quvchining boshqa fanlarni yaxshi o‘zlashtirishga salbiy ta’sir etmaydi. Lekin
o‘quvchining shu o‘zlashtirmagan faniga bo‘lgan qiziqishi pasayib ketadi,
bunday vaziyatda jismoniy tarbiya o‘qituvchisining pedagogik mahorat
qobiliyati asosiy vazifani bajaradi
Jismoniy tarbiya tarbiyani bir qismi bo‘lib, bu tarbiya jarayonida aqliy,
ahloqiy, estetik hamda mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |