O’yinlar sinfdan tashqari ishlarda katta o’rin egallaydi. Sinfdan tashqari
ishlar, xususan o’yinlarni ham o’tkazishda asosiy e’tibor o’rganiladigan
materialning darslarda o’tiladigan o’quv materialiga mosligiga qaratiladi. O’quv va
sinfdan tashqari mashg’ulotlarning birga qo’shib olib borilishi bolalarning
harakatlanish malaka va ko’nikmalarini takomillashtirishga yordam berish kerak.
Maktabda jismoniy tarbiya va sportga oid sinfdan tashqari ishning tashkiliy
asosi qo’yidagilar hisoblanadi. Sakkiz yillik va o’rta maktablarda 3-8 yoki 3-10
sinf o’quvchilaridan tashkil topish mumkin bo’lgan jismoniy tarbiya jamoasi.
Boshlang’ich maktablarda jismoniy madaniyat tugaraklari. Jismoniy tarbiya
jamoasi ishga umumiy rahbarlik jismoniy madaniyat o’qituvchisi, to’garakga
rahbarlik
esa
boshlang’ich
sinf
o’qituvchilaridan
biri
zimmasiga
yuklanadi.Maktabdagi barcha sinflarda jismoniy tarbiya tashkilotchilari saylanadi.
Ular sinf rahbarlari boshchiligida ish olib boradilar. O’z sinfdoshlarining maktabda
o’tkaziladigan turli ommaviy - jismoniy tarbiya va sport tadbirlarida
qatnashishlarini uyushtiradilar
Dostları ilə paylaş: