Innovatsiyalar vazirligi ajiniyaz nomidagi nukus davlat pedogogika instituti ellikqala pedogogika fakulteti


Jismoniy tarbiya nazariy asoslari



Yüklə 422,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix21.05.2023
ölçüsü422,51 Kb.
#118478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ibodullayev Xurshid (2).

Jismoniy tarbiya nazariy asoslari. Jismoniy tarbiya nazariyasining 
asosiy 
tushunchalari: jismoniy rivojlanish, jismoniy tarbiya, jismoniy tarbiya tizimi, 
jismoniy kamolot va jismoniy madaniyat. Shu tushunchalar orqali jismoniy 
tarbiya nazariyasining mohiyati va asosiy qonuniyatlari o‘rganiladi. Ular doimo 
o‘zgarib 
kengayib 
va 
chuqur 
mazmun 
aks 
ettirib 
keladi. 
Jismoniy rivojlanish - tarbiyaning ta’sirida organizmda biologik shakllar 
va funksiyalarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va takomillashuvidir. Bu jarayon 
organizm va uning yashash muhiti tuzilishi, o‘zgarishi hamda miqdor va sifat 
o‘zgarishlar qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Ijtimoiy taraqqiyot natijasida jismoniy 
xususiyatlar ishlab chiqarish, madaniyat fan va sport sohasida yuksak 
natijalarga erishish imkoniyatini yaratdi. Nasldan naslga o‘tadigan tabiiy 
xayotiy kuchlar va organizmlarning tuzilishi, inson jismoniy rivojlanishi uchun 
asos bo‘ladi. Lekin jismoniy rivojlanishning yo‘nalishi, uning harakteri, 
darajasi, shuningdek, inson o‘zida kamol toptiradigan fazilatlar va qobiliyat 
turmush sharoitlari va tarbiyaga ko‘p jixatdan bog‘liqdir. Jismoniy rivojlanish 
qonunlarini egallash, ulardan jismoniy tarbiya maqsadlarida foydalanish-
jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining muhim vazifasidir. 
Jismoniy tarbiya - aniq bir maqsadni ko‘zlab inson jismoniy holatini 
o‘zgarishi jismoniy tarbiyaning asosiy vazifasidir. Jismoniy tarbiya-pedagogik 


jarayon, inson organizmini takomillashtirishga, harakat malakasini va 
ko‘nikmasini, mahoratini shakllantirishga qaratilgan. Jamiyat xayot sharoitlari, 
ov jismoniy tarbiya vujudga kelishining asosiy sababi bo‘lgan. Insonning 
ibtidoiy jamoa davridanoq yashash uchun kurashga, jamoada o‘z o‘rnini 
topishga hamda ov qilishda jismoniy harakatlar qo‘l kelgan. Ongsiz ravishda 
bo‘lsa ham odamlar o‘zlarining jismoniy sifatlari tezkorlik, kuchlilik, 
chidamlilik, chaqqonlik, botirlik xislatlarini rivojlantirishga harakat qilganlar. 
Jismoniy barkamollik - har tomonlama rivojlanishning, harakatlarga 
tayyorgarlikning oliy darajasi bo‘lib, ishlab chiqarish va harbiy hamda turmush 
sharoitlariga moslanish imkoniyatini, yuksak ish qobiliyatini ta’minlaydi. 
Jismoniy barkamollik tushunchasini yana shunday izohlash mumkinki, bu 
insonni har qanday sharoitda ham og‘ir jismoniy yuklamalar bajara olish 
qobiliyati bilan birga o‘zida ahloqiy sifatlar, insonparvarlik, onglilik hamda 
jamoatchilik 
xislatlarini 
o‘zida 
mujassam 
bo‘lishidir. 
Jismoniy madaniyat - umumiy madaniyatning ajralmas bir qismi, hamda 
jismoniy tarbiya vositalarini yaratish va foydalanishda jamiyat erishgan 
muvaffaqiyatlarning yig‘indisidir. Millatning jismoniy madaniyat va sport 
sohasida erishgan yutuqlari, aholining ommaviy jismoniy tarbiya va sportga 
jalb etilishi, mamlakatda yoshlarni qolaversa aholini hamma qatlamini jismoniy 
tarbiya va sport bilan shug‘ullanishini ta’minlovchi vositalar-sport inshootlari, 
jihozlari, jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etuvchi va boshqaruvchi 
mutaxassis kadrlar etarliligi ham jismoniy madaniyat saviyasini belgilaydi. 
Sport – inson jismoniy barkamolligini ta’minlovchi vosita bo‘lib, bir xil 
shakldagi jismoniy mashqlar va xarakatlar majmu’idir. Sport trenirovkasi 
pedagogik hodisa bo‘lib, u sportda yuksak natijalarga erishish uchun bevosita 
yo‘naltirilgan maxsus jismoniy tarbiya jarayonidir. Boshqacha qilib aytganda, 
bu jismoniy tarbiyaning “sport orqali”, sport vositasida amalga oshiriladigan 
jarayondir. “Sport trenirovkasi” termini bilan bir qatorda “sportchini 
tayyorlash” termin ham qo‘llaniladi. Bularning tushunchasi bir-biriga juda 
yaqin, biroq bir xil emas.



Yüklə 422,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin