Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə10/48
tarix11.09.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#142640
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48
amaliy mashg\'ulot

Vazifa: Elektrokar sexida yilning har qaysi choragida transportning quyidagi ro‗yxat bo‗yicha o‗rtacha soni ishlaydi: elektrokarlar-20, elektr yuklagichlar-30, traktorli yuklagichlar-3, avtoyuklagichlar-1. Kabisa yil bo‗lmagan yildagi har qaysi yil choragida kalendar bo‗yicha kalendar kunlar soni hisoblansin.
Yanvar oyidan iyul oyigacha har 8-shanba ish kuni, dekabr oyida bitta shanba ish kuni hisoblanadi. I, II chorakda, noyabr, dekabr oylarida sex besh kunlik ish haftasi bo‗yicha 2 smenada ishlaydi, transport sutkasiga 14
soat ishlaydi. III kvartalda va oktyabr oyida sex uzluksiz, sutkasiga 3 smenada ishlaydi, transport sutka davomida 21 soat ishlaydi.
Yilning har qaysi choragida transportni ta‘mirlash va akkumulyatorlarni zaryadlash vaqti o‗rta hisobda bitta transport birligi uchun 8 soat qabul qilingan.
Bir yil uchun transport birligi ishning foydali vaqt fondi va transportning umumiy ishlash soatlari soni aniqlansin. (tekshirish uchun javob - 288336 soat, farqi ham bo‗lishi mumkin).

Nazorat savollari


  1. Faol shamollatish tizimida qanday havo berish usuli afzal hisoblanadi?

  2. 1m/s havo uzatish uchun tirqishning yuzasi necha m bo‗lishi kerak? 3.Havo o‗tkazish kanalining oxirida ko‗ndalang kesim yuzasi

qanchaga o‗zgaradi?
4.Qanday sabzavot turlari uyumida gidravlik qarshilik yuqoriroq bo‗ladi?


5–AMALIY MASHG‘ULOT


QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI KESISH VA SHAKL BERISH MASHINALARI
Ishdan maqsad. Qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini kesish uchun qo‗llaniladigan mashinalar turlari bilan tanishish va hisoblash.


Umumiy ma’lumotlar.


Xomashyoni kesishda unga shakl berish mumkin, masalan doira, kubik va h.z.


Universal ―Ritm‖ mashinasida (5.1-rasm) sabzi, lavlagi, kartoshka, oq ildizlilar, piyoz har xil (kubik, doira) bo‗laklarga kesiladi.
Oziqlanuvchi ichi bo‗sh bo‗lgan silindrli korpusdan iborat, uning ichida zanglamaydigan po‗lat kesim qistirilgan. Yonboshdan unga yuklash
bunkeri, pastdan pichoqlar tushirish lotoki mahkamlangan. Korpusning ichida baraban aylanadi. Baraban ikkita disk va ular orasidagi uchta parrakdan iborat bo‗lib reduktor vali ulangan.

5.1-rasm. Universal «Ритм» mashinasi


Burchak pristavkasi xomashyoni kubik shaklida kesish uchun o‗rnatilgan. Uning ichida gorizontal disk 8 va 60 ta vertikal pichoqlar o‗rnatilgan.
Xomashyo yuklash bunkeri orqali baraban ichiga tushadi va markazdan qochma kuch ta‘sirida va parraklar yordamida pichoqlar yuboriladi. Bu pichoqlar mevani ko‗ndalang qirqadi. Burchak pristavkasidagi shaklda pichoqlar bo‗laklarni bo‗ylama qirqadi. Xomashyoni doira shaklda kesish uchun burchak pristavkasi yechiladi.
Mashina ishlab chiqarish quvvati 2000 kg/soat. Bo‗laklarning o‗lchamlari: kubiklar qalinligi 7 yoki 10 mm, doiralar 5 yoki 7 mm. Kesimlarning bir tomoni 5 yoki 10 mm bo‗ladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin