Maydalash turi
|
Materialning dastlabki o‗lchamlari,
D, mm
|
Materialning maydalashdan keying o‗lchamlari,
d, mm
|
Maydalash darajasi,
i
|
Yirik maydalash O‗rtacha maydalash Mayda yanchish Mayin yanchish O‗ta mayin yanchish
|
1500...300
300...100
50...10
10...2
10...0,075
|
300...100
50...10
10...2
2...0,075
0,075...0,0001
|
2...6
5...10
10...50
...100
-
|
Dispersion tarkib-sochiluvchan material polidispers sistema bo‗lib, uning dispersligini baholash uchun zarrachalarning quyidagi xarakteristikalaridan foydalaniladi:
max – maksimal o‗lcham; min - minimal o‗lcham; o‘r - o‗rtacha o‗lcham.
Yuzaning solishtirma maydoni - Fs ( m 2/m 3):
G n
c
F
L
(6.6)
bu yerda L - chiziqli o‗lcham; - zarracha zichligi; shar shakli uchun
n=1.
Maydalangan materialning dispersion tarkibini Rozin-Rommler formulasi yordamida aniqlash mumkin.
R exp b n (6.7)
bu yerda b, n-konstantalar.
Agar, zarrachalar o‗lchami turlicha bo‗lsa, material bir necha fraksiyalarga elab ajratiladi. So‗ng, har bir fraksiya uchun zarracha o‗lchami Li, fraksiyalarning massaviy ulushlari xi larni aniqlab, Fs ni hisoblash mumkin:
c
F G n i x i (6.8)
i
L
Sochiluvchan materiallarning "to‘kma" zichligi T - jism massasining u egallab turgan hajm nisbatiga aytiladi. ―To‗kma‖ zichlik T va material zichligi orasida quyidagi bog‗liqlik bor:
м
Т
1
(6.9)
bu yerda - material qatlamining g‗ovakliligi.
Nam materialning ―to‗kma‖ zichligi esa ushbu ifoda yordamida topiladi:
м
Т
(6.10)
1 1 u
bu yerda u = Mnam/ Mabs.quruq.
Tabiiy qiyalik burchagi e - sochiluvchan material tekis yuzaga to‗qilishi natijasida hosil bo‗lgan konus chizig‗i va uning asosi orasidagi burchak. Odatda, e ning son qiymati 30...40°C oralig‗ida bo‗ladi.
Qatlam g‗ovakliligi - bu qatlam zarrachalari orasidagi bo‗sh hajmni ifodalovchi parametr:
1 Т
(6.11)
кж
bu yerda kj - qattiq jism zichligi, kg/m3.
Ekvivalent diametr - de:
э
d (6.12)
Siqish va sinish paytidagi mustahkamlik - kuchlanish (Pa10-5) orqali topiladi.
Past mexanik mustahkamlik > 100
Juda yumshoq - 100...500
3. Yumshoq - 500...1000
4. O‗rtacha - 1000...1500
5. Mustahkam - 1500...1800
6. O‗ta mustahkam > 1800
qattiqlik - nafaqat maydalanish darajasi i ga, balki maydalash mashinalar ishchi detallarining yedirilishiga ta‘sir ko‗rsatadi. Yedirilish 10 balli Moor shkalasi yordamida baholanadi.
Mo‘rtlik. Jism mo‗rtligi plastik deformasiyasiz, mexaniq kuch ta‘siri ostida buzilish qobiliyati orqali aniqlanadi. Odatda mo‗rtlik haroratga bog‗liq. Jism bo‗lagining o‗lchami qanchalik kichik bo‗lsa, uning mustahkamligi shunchalik yuqori bo‗ladi.
Maydalash usullari Turli sanoat korxonalarida qo‗llaniladigan maydalash usullari 6.1-rasmda keltirilgan.
6.1-Maydalash usullari.
a-ezish; b-yorish; c-sindirish; d-qirqish; e-kesish;
f-yeyilish; j- erkin zarba berish; h-zarb bilan maydalash
Odatda, qattiq jismlarni maydalash uchun ko‗pincha ezish, yorish, siqish va erkin zarba berish usullaridan keng ko‗lamda foydalaniladi.
Lekin, sof holda hech qaysi usul sanoatda uchramaydi. Masalan, ezish, yorish, zarba bilan maydalash ketidan keladigan jarayon bu yeyilish yoki yedirilishdir. Yeyilish jarayonida ko‗pincha chang hosil bo‗ladi va materialning o‗ta maydalanish kabi zararli hollar ham uchraydi.
Shuning uchun, maydalash usulini tanlash material bo‗laklarining kattaligi va mustahkamligiga bog‗liq.
Mustahkam va mo‗rt materiallar ezish va zarba, mustahkam va egiluvchanlari - ezish, o‗rtacha mustahkam, egiluvchan materiallar - zarba, yeyilish yoki yorish usulida maydalanadi.
Maydalash bir yoki bir necha usullarda, ochiq va yopiq sikllarda amalga oshiriladi. Undan tashqari, maydalash jarayonini quruq yoki nam usullarda ham o‗tkazsa bo‗ladi.
Ayrim hollarda, material xususiyatlariga qarab: ultratovush, gidravlik zarba to‗lqini, yuqori va past haroratlarni tez almashtirish, elektrogidravlik zarba, bosimni tezda o‗zgartirish, yuqori haroratda qizdirish usullarini ham qo‗llasa bo‗ladi.
Maydalash jarayonlarida katta miqdorda energiya sarflanadi. Energiya sarfi mavjud maydalash nazariyalari asosida topilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |