Yechish.1. Bankalarni qo‗lda joylashtirish bo‗yicha yillik rejani bajarish uchun ishchilarning o‗rtacha yillik soni (Cho‗r) ni aniqlaymiz.
Hisoblash quyidagi formula bo‗yicha bajarilsin:
Cho‗r=100Ky / (Nim BPm), (7.1) bu yerda Ky -yillik ish hajmi, banka hisobida;
B - bitta ishchiga yiliga o‗rtacha ish vaqti balansi, kunlar;
Pm -ishchilarning ishlab chiqarish me‘yorlarini o‗rtacha bajarishi, %.
Bu holda Cho‗r = 22,3 odam 100x61520/(11x241x103,8)
Texnik yangilik joriy etilgandan keyin xuddi o‗sha operatsiyada band bo‗lgan ishchilarning o‗rtacha yillik sonini aniqlaymiz.
1-formuladan foydalanib hisoblasak, Cho‗r=10,2 odam bo‗ladi: 100x61520(24x241x103,8).
Ishchilarning o‗rtacha yillik sonidan tejam Eich=12,1 odam bo‗ladi (22,3-10,2).
Texnik yangilik joriy etilgandan keyin shu operatsiyada mehnat unumdorligining oshishi (PTR) ni hisoblaymiz. Hisoblashni quyidagi formula bo‗yicha bajaramiz:
PTR=Eich x 100/(Tch - Ench) (7.2) bu yerda Tch - sanoat ishlab chiqarish xodimlarining umumiy soni, odam.
PTR=118,6%=12,1x100/(22,3-12,1)
Texnik yangilik joriy etilganiga qadar yillik ishlar hajmi hisobida ko‗rib chiqilayotgan operatsiyada sermehnatlilikni aniqlaymiz. U 5592,7 odam-kunni tashkil etadi (61520/11).
Texnik yangilik joriy etilgandan keyin operatsiya bo‗yicha yillik ishlar hajmi uchun sermehnatlilik 2563,3 odam-kun bo‗ladi (61520/24).
Texnik yangilik joriy etilgandan keyin mehnat sarfidan tejam 3029,4 odam/kun bo‗ladi (5592-2563,3).
Kunlik tarif stavkasini hisoblashdan 4400 so‗mni olamiz (550x8=4400 so‗m).
Ishlab chiqarishga texnik yangilik joriy etilishi natijasida tarif ish haqidan tejamni aniqlaymiz. 13329360 so‗mga teng (4400x3029,4).
Ish haqidan tejamni aniqlaymiz:
tarif ish haqiga to‗lovlar va mukofotlar hisobiga 3332340 so‗m (13329360x0,25);
asosiy ish haqi hisobiga - 16661700 so‗m (13329360+3332340); qo‗shimcha ish haqi hisobiga - 1016363,7 (16661700x0,061).
11. Ish haqidan umumiy tejam 17678063 so‗mni tashkil etadi (16661700+1016363,7).
Vazifa: Ish kunlari va soatlar hisobida joriy yil uchun bir ishchiga o‗rtacha to‗g‗ri keladigan ish vaqti balansi hisoblansin. 1- maydan 1 - noyabrgacha zavodning asosiy sexlarida 6 kunlik ish haftasi, qolgan oylar esa 5 kunlik ish haftasi deb qabul qilinsin.
Foydalanilmagan ish vaqti o‗rtacha bir ishchiga quyidagilarni tashkil etadi: navbatdagi va qo‗shimcha ta‘tillar - 26,1 kun; bola tuqqanligi munosabati bilan ta‘tillar - 2,3 kun, kasallik tufayli - 6 kun; davlat va jamoat ishlarini bajarganlik uchun - 0,5 kun, bayramoldi kunlari ish kunining bir soatiga qisqartirilgani sababli ish vaqtidan yo‗qotish.
Dostları ilə paylaş: |