Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə18/48
tarix11.09.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#142640
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48
amaliy mashg\'ulot

Suv bug‘i bilan haydash. Suv bug‗i bilan ishlaydigan haydash qurilmasining sxemasi 8.1-rasmda ko‗rsatilgan. Bu qurilma haydash kubining qobig‗iga susaytirilgan bug‗ beriladi. Dastlabki aralashma haydash kubiga quyiladi, so‗ngra barbotyor orqali kuchli suv bug‗i yuboriladi.
Aralashmalarning bug‗latishidan hosil bo‗lgan bug‗lar kondensator sovitkichga beriladi. Hosil bo‗lgan kondensat ko‗rsatkich orqali separatorga tushadi. Separatorning pastki qismidan gidravlik zatvor orqali chiqarilib yuboriladi, yuqoridagi qismidan esa suvda erimaydigan yengil komponent chiqariladi va maxsus idishga tushadi. Suv bug‗i bilan haydash nomuvozanat holatda olib boriladi. Bu jarayonda kuchli suv bug‗i ikki xil issiqlik tashuvchi va qaynash harorati pasaytiruvchi agent vazifasini bajaradi. Jarayonni davriy yoki uzluksiz usul bilan olib borish mumkin.
Ayrim sharoitlarda suv bug‗i o‗rniga inert gazlar masalan, azot uglerod oksid va boshqalardan foydalaniladi. Inert gazlar qo‗llanilganda aralashmaning qaynash haroratini ancha pasaytirish mumkin. Biroq
haydash kubidan uchib chiqayotgan bug‗ tarkibida inert gazlarning bo‗lishi kondensatorni sovitishda issiqlik berish koeffitsiyentining keskin pasayib ketishiga olib keladi. Natijada issiqlik almashinish yuzasi kattalashib ketadi. Bundan tashqari bug‗ gaz aralashmasining kondensatstiyalanishi tuman hosil bo‗lishiga olib keladi. Bunday holda aralashmaning ajralishi qiyinlashadi va tayyor mahsulotning bir qismi inert gaz bilan uchib ketadi.

8.1-rasm. Suv bug‗i bilan haydash qurilmasining sxemasi:


1-bug‗ gilofli haydash kubi; 2-kondensator-sovutkich; 3-separator.
Oddiy haydash kubli qurilmada amalaga oshiriladi.Oddiy haydashda suyuqlik bug‗latilganda qaynash harorati past bo‗lgan suyuqlik ko‗proq bug‗ holatiga o‗tadi, uning suyuqlikdagi konsentratsiyasi kamayib boradi. Shunday qilib, jarayon davomida suyuqlikning qaynash harorati oshib boradi, hosil bo‗ladigan bug‗ning tarkibidagi past haroratda qaynaydigan komponent miqdori kamayib boradi. Shuning uchun turli tarkibdagi distillyatni ajratib olish uchun kondensatordan oqib chiqayotgan distelyat turli idishda to‗planadi.
Oddiy haydash komponentlarning qaynash harorati keskin farq qilganda va aralashmani to‗la ajratish talab qilinmagan hollarda qo‗llaniladi.
Jarayonni o‗rganish quyidagi qismlardan iborat bo‗lgan qurilmada (8.2-rasm) amalga oshiriladi. Dastlabki aralashmaning ma‘lum miqdori 1 – haydash kubiga 9-truba orqali quyiladi. Aralashmani isitish 2-elektr isitkich yordamida amalga oshiriladi. Kubdagi bosim 3-manometr bilan o‗lchanadi.
Aralashma qaynashi natijasida hosil bo‗lgan bug‗ 4-sovutkich kondensatorga boradi. Kondensator zmeyevigi orqali o‗tish davomida bug‗
suv bilan sovutiladi va hosil bo‗lgan distillyat 5 – idishda to‗planadi. Qoldiq 10-jo‗mrak orqali olinadi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin