Vazifa:
Kesish mashinaga piyoz mahsuloti 0,5 m/sek oqim tezligida kelib tushmoqda. Xomashyo zichligi 0,8 kg/m3. Kesish mashinasining ish unumdorligi aniqlang.
Xomashyoni kesishda ishlatiladigan mashinalar.
Universal «Ритм» mashinasining ishlash prinsipi.
O‗xshash qurilmalarni sanab o‗ting.
6–AMALIY MASHG‘ULOT
MAYDALASH MASHINALARI VA ULARNING TURLARINI, ISHLASH PRINSIPINI O‘RGANISH
Ishdan maqsad: Qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini maydalash mashinalarini tanlash va hisoblash.
Umumiy ma’lumotlar.
Maydalash - bu qattiq jism bo‗laklarini kerakli o‗lchamlarga keltirish, parchalash va yuzasini oshirishdir. Maydalash jarayoni qattiq jismning mayda zarrachalar (atom va molekulalar) o‗zaro tortishish kuchlarini yengadigan tashqi kuchlar ta‘sirida o‗tadi. Maydalash natijasida ishlov berilayotgan jism yuzasi sezilarli darajada ko‗payadi, ko‗p jarayonlar, shu jumladan eritish, kuydirish kabi katta yuza talab qiladigan jarayonlar tezligi ortadi. Maydalash kon-metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat, qurilish va sanoatning boshqa tarmoqlarida keng qo‗llaniladi.
Hozirgi paytda qattiq jismlarni maydalash uchun har xil turdagi mashinalar qo‗llaniladi. Katta hajmli (<2 m3) palaxsalarni maydalaydigan jag‗li maydalagichlardan boshlab, to zarracha o‗lchamini 0,1 mkm gacha maydalaydigan kolloid tegirmonlar texnologik jarayonlarda ishlatiladi.
Maydalash jarayoni qattiq jismning boshlang‗ich va oxirgi o‗lchamiga qarab yanchish va tortishga bo‗linadi. Yanchish va tortish jarayonlari maydalash darajasi bilan xarakterlanadi.
i D (6.1)
d
Maydalash darajasi jismning boshlang‗ich o‗rtacha diametri D ning maydalangan zarrachalar o‗rtacha diametri d ga nisbati bilan ifodalanadi. hajmiy maydalash darajasi esa, ularning hajmlari nisbati bilan aniqlanadi:
i V ox
V
yoki
i Fox
F
(6.2)
Berilgan modda bo‗laklari va yanchilgan zarrachalar to‗g‗ri shaklga ega bo‗lmaydi. Shuning uchun, amalda ularning o‗lchamlari elakli tahlil orqali aniqlanadi, ya‘ni zarracha o‗lchami u o‗tgan elak teshiklari o‗lchamiga teng deb olinadi.
Maydalash jarayoni bir yoki bir necha bosqichda olib boriladi. har bir maydalagich, uning ishchi organi shakliga ko‗ra, cheklangan maydalash darajasini ta‘minlaydi. Maydalash darajasi 1-3...5 dan (jag‗li maydalagichda) 1>100 - tegirmonlarda o‗zgarishi mumkin.
Noto‗g‗ri geometrik shaklli jismning chiziqli o‗lchami o‗rtacha geometrik qiymat sifatida hisoblanishi mumkin:
d (6.3)
bu yerda l, b, h - jismning uch perpendikulyar yo‗nalishi bo‗yicha maksimal o‗lchamlari.
Material bo‗laklarining o‗rtacha o‗lchamlarini hisoblash uchun elaklar yordamida bir necha fraksiyaga ajratiladi. har bir fraksiyada bo‗laklar maksimal dmax va minimal dmin o‗lchamlar yarim yig‗indisining o‗rtacha miqdori topiladi:
d d
d yp
max min
2
(6.4)
Maksimal bo‗laklar o‗lchami, ular o‗tgan teshik diametriga, minimal bo‗laklarni esa - elak ushlab qolgan teshiklarining diametriga teng deb hisoblanadi.
Sochiluvchan material aralashmasining o‗rtacha o‗lchami ushbu tenglama yordamida aniqlanadi:
d yp 1 a 1
d
d yp 2 a 2
d ypn a n
(6.5)
1
a a 2 a n
bu yerda a1, a2, a ... an - har bir fraksiya miqdori,%; dyp1, dyp2, ...,dypn har bir fraksiya bo‗lakchalarining o‗rtacha o‗lchami.
Xomashyoning eng yirik bo‗laklari va maydalangan zarracha o‗lchamlariga qarab maydalash quyidagi turlarga bo‗linadi (6.1-jadval):
Odatda sanoatda yuqori maydalash darajasi talab etiladi. Ko‗pincha qayta ishlanadigan xomashyo bo‗laklarining o‗lchamlari 1,5...2,0 m gacha bo‗ladi, ammo texnologik jarayonlarda qo‗llaniladigan material zarrachalari mikrometrning bir necha ulushini tashkil etadi. Bunday o‗ta mayin maydalashga bir necha bosqichda erishiladi, chunki bitta maydalagichda yuqorida aytilgan natijaga erishib bo‗lmaydi.
6.1-jadval
2>
Dostları ilə paylaş: |