J. Ataniyazov, E. Alimardonov, F. Hamidova xalqaro moliya bozori tahlili toshkent-2019



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/112
tarix05.12.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#172970
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   112
XALQARO MOLIYA BOZORI TAHLILI o’quv qo’llanma

qo‘shma moliyalashtirish
hisoblanadi. Xalqaro moliya institutlari qo‘shma moliyalashtirishning tashabbuskorlari 
bo‘lib, mazkur operatsiyaga ular odatda xususiy tijorat banklarini ham jalb etadilar va 
loyihaning eng foydali qismini imtiyozli asosda (foiz stavkasi bozor stavkasidan past) 
kreditlaydilar.
Qo‘shma moliyalashtirishning quyidagi 2 shakli qo‘llaniladi: 

parallel moliyalashtirish
, bunda turli kreditorlarning o‘zaro kelishuvi asosida 
belgilangan kvota(ulush, hissa) doirasida loyiha tarkibiy qismlarga ajratilib kreditlanadi;

birgalikda
moliyalashtirish
, bunda barcha kreditorlar loyihani amalga oshirilishi 
mobaynida o‘z ssudalarni taqdim etadilar. Kreditorlardan biri (menejer-bank) loyihaning 
tayyorlanishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi hamda nazorat qiladi. 
Qo‘shma moliyalashtirish orqali qarz oluvchi imtiyozli kreditlarni jalb etish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, kreditorlar ham mazkur moliyalashtirish shaklida 
imtiyozlarga ega bo‘lishadi, ya’ni bunday kreditlash kreditorga ssudani qarzdor 
tomonidan o‘z vaqtida so‘ndirilishining qo‘shimcha kafolatini beradi. 
Xalqaro sindikatlashgan yoki konsortsium kreditlari
- turli mamlakatlar banklari 
tomonidan yirik loyihani amalga oshirish uchun bir tashkilotga ajratigan qarz mablag‘lari 
hisoblanadi. Xalqaro kreditning bu shakli bir qator o‘ziga xos xususiyatlar bilan ajralib 
turadi: 
-
bunday kreditni taqdim etish uchun banklarni birlashuvi ma’lum bir muddatga 
konsortsium yoki sindikatni tuzish to‘g‘risidagi shartnomani rasmiylashtirish orqali 
amalga oshiriladi; 
-
maqsad yirik kreditni taqdim etish uchun xalqaro resurslarni jalb etish va bir qator 
bank-kreditorlar orasida bank risklarini taqsimlash hisoblanadi; 
-
sindikat yoki konsortsium a’zosi bo‘lgan yirik banklardan biri menejer 
funktsiyasini bajaradi, ya’ni qarzdor va bank-kreditorlar bilan o‘zaro muzokara olib 
boradi, kreditning moliyaviy-valyutaviy shartlarini aniqlaydi, risklarni va ularni 


86 
kamaytirish imkoniyatlarini baholaydi. Bunday kreditni tashkillashtirgani uchun bank-
menejer foiz va komission daromadlardan tashqari qo‘shimcha mukofotga ham ega 
bo‘ladi; 
-
qimmatli qog‘ozlarni chiqarish orqali xalqaro qarzlarni taqdim etishda oddiy 
sindikatlashgan yoki konsortsium kreditlar anderrayting bilan birga amalga oshiriladi, 
ya’ni belgilangan narx bo‘yicha banklar (ma’lum bir ulush bo‘yicha majburiyatlar 
oluvchi sindikat yoki konsortsiumning a’zolari) orasida ularni joylashtirishni 
kafolatlaydi; 
-
sindikatlashgan yoki konsortsium kreditlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlari 
amal qiladi. Jahon amaliyotida ushbu turdagi kreditlarni sug‘urtalashda ikkilaamchi 
bozorda sotish imkoniyati bo‘lgan likvidli aktivlardan (tratta, qimmatli qog‘ozlar) 
foydalaniladi.
Bunday kreditning turlaridan biri ulushli kredit hisoblanadi, ya’ni bank-kreditorlar 
bank konsortsiumi yoki sindikatini tuzmasdan o‘z ulushlarini boshqa banklarga sotishlari 
mumkin. Ba’zan xususiy banklar sindikati Xalqaro valyuta fondi (XVF) yoki Xalqaro 
taraqqiyot va tiklanish banki (XTTB) kreditlarini olgan qarzdor mamlakatlarga 
o‘zlarining xalqaro kreditlarini taqdim etishadi. Davlatlararo va xususiy banklar orasida 
bunday taqsimotdan asosiy maqsad – o‘z iqtisodiy va siyosiy manfaatlaridan kelib 
chiqqan holda jahon ssuda kapitallar bozorida qarzdorlarni tartibga solish hisoblanadi. 
Shuning uchun ham xalqaro moliyaviy tashkilotlarning mamlakatlarga ajratgan kreditlari 
nafaqat miqdor jihatdan, balki strategik rivojlanish xususiyatlari bilan ham muhim rol 
o‘ynaydi.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin