va geografiyasini tez o’zgarishiga olib kelmoqda. Sanoat ishlab chiqarish vositalarini va iste’mol buyumlarini ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga blinadi. Shuningdek, sanoat quyidagi ikki katta tarmoqqa blinadi: 1) qazib oluvchi sanoat (tabiatdagi mavjud boyliklami qazib oladi, tayyorlaydi; masalan: ko’mir, neft, metall rudasi, o’rmon, baliq ovlash va h.k.). 2) ishlab chiqaruvchi sanoat, sanoatning zida undirilgan, qishloq xjaligida ishlab chiqarilgan moddiy resurslarni qayta ishlaydi. Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarda qazib oluvchi sanoat salmog’i 10 foiz ni, ishlab beruvchi sanoat salmog’i esa 90 foizni tashkil etadi. Jahon sanoatining turli mamlakatlarda rivojlanishiga va joylanishiga asosan quyidagi ikki omil hal qiluvchi ta’sir koYsatadi: 1) tabiiy sharoit va tabiiy resurslar. 2) ijtimoiy-iqtisodiy omillar. Tabiiy sharoit va tabiiy resurslardan foydalanish hamisha ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi, fan va texnika taraqqiyotiga bog’liq bHb keladi. Jahon fani va texnikasining txtovsiz taraqqiyoti insonning tabiatdan foydalanish imkoniyatlarini oshirmoqda, ishlab chiqarish kuchlarini takomillashtirishga, uning tabiiy omillarga qaramligini kamaytirmoqda. Yadro, quyosh, qalqish energiyalaridan foydalanishning keng ylga qyilishi natijasida sanoatning tabiiy energiya manbalariga bog’liq ravishda joylanishi barham topmoqda. Bu ynalishda fan-texnika inqilobining quyidagi yutuqlari ayniqsa katta ahamiyatga ega bo’lmoqda. Sanoatni joylashtirishda awalo ishlab chiqarish xarajatlariga tg’ridan- to’g’ri ta’sir krsatuvchi tabiiy omillardan xom ashyo bazalarining sharoitlari alohida ahamiyat kasb etadi. Bular: a) xom ashyo manbalarining yaqinligi;