Nazorat savollari. Ikki turli sistema modelini keltirib chiqaring.
(1) sistemani (3) muvozanat atrofida chiziqlashtirish bilan unga mos maxsus nuqta markaz bo`lishini ko`rsating.
“Yirtqich–qurbon” sistemasi tebranish davrini va ampilitudasini joriy qiymatlar va xarakteristkalar yordamida hisoblang.
(6) tenglama va (1) sistema ikkinchi tenglamasidan iborat sistemani chiziqlashtirish yordamida uning muvozanat nuqtasi turg`un fokus ekanligini ko`rsating.
12 MARUZA IKKI DAVLAT O`RTASIDAGI QUROLLANISH POYGASI MODELI. Reja: Masalaning qo‘yilishi va modelni keltirib chiqarish.
Model tahlili va sifat o‘zgarishlarini aniqlash.
Modelda ehtimoliy harakatlar xarakteristikalarini aniqlash
Masalaning qo‘yilishi va modelni keltirib chiqarish.
Qarama- qarshiliklarning turli shakllari – populyatsiyada ikki tur orasidagi kurash, davlatlararo harbiy harakatlar va qurollanish poygasi jarayonlari modellarini qurishda va tahlil qilishda qo‘llaniluvchi metodologik yondoshuvlardagi o‘xshashliklarni ko‘rish qiyin emas.
Har bir mamlakat umumiy qurollar miqdori ushbu uch faktordan, ya’ni raqib qurollari miqdoridan, mavjud qurollarning eskirish darajasidan hamda raqiblar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchsizlik darajasidan bog‘liq deb hisoblaymiz. Qurollanish sur’atining o‘sishi yoki kamayishi ko‘rsatilgan faktorlarga proporsional, ya’ni
(1)
Bu tenglamada qurollanish hajmi, koeffitsiyentlar qurollanishning ortishi va “eskirishi” tezligini xarakterlaydi (iqtisodiy modellarda ishlab chiqarish quvvati amortizatsiyasi jarayoniga o‘xshash), funksiyalar raqiblarning o‘zaro ehtiyotkorlik darajasini ifodalaydi va u qurol-yarog‘lar soniga bog‘liqmas deb hisoblanadi.