Birinchidan, elektronning yadro atrofidagi orbita bo‘ylab harakati
egri chiziqli, ya’ni tezlanish bilan ro‘y beradigan harakatdir. Bu harakatda
elektronning energiyasi kamayadi, uning aylanish orbitasi kichrayadi va
u yadroga yaqinlasha boradi. Boshqacha aytganda, ma’lum vaqtdan keyin
elektron yadroga qulab, atom yo‘qolishi kerak. Bu rezerford modeliga
muvofiq, atom nostabil sistema bo‘lishini ko‘rsatadi. Amalda esa atomlar
juda mustahkam sistema hisoblanadi.
ikkinchidan, elektron atomga yaqinlashgan sari orbitasining radiusi
kichraya boradi (R → 0), tezligi esa o‘zgarmaydi ( = const). natijada
154
tezlanishi
ortishi bilan elektronning nurlanish chastotasi ham
uzluksiz ravishda ortishi va demak, uzluksiz nurlanish spektri kuzatilishi
kerak. Tajribalar va ular bilan mos keluvchi Balmer formulasi esa atomning
nurlanish spektri uzlukli (chiziqli) ekanligini ko‘rsatganini bildik.
1913-yilda rezerfordning yadroviy modeliga kvant nazariyasi tatbiq etilib,
tajriba natijalarini to‘la tushuntirib bera oladigan vodorod atomi nazariyasi
yaratildi.
Bor nazariyasining asosini quyidagi ikkita postulat tashkil qiladi. Bu
postulatlardan har biri yuqorida qayd etilgan rezerford modelining ikkita
kamchiligini bartaraf etishga qaratilgan.
1. Statsionar (turg‘un) holatlar haqidagi postulat: atomda statsionar
holatlar mavjud bo‘lib, bu holatlarga elektronlarning statsionar orbitalari
mos keladi.
Elektronlar faqat shu statsionar orbitalarda bo‘lib, hattoki tezlanish bilan
harakatlanganida ham nurlanmaydi.
starsinar otbitadagi elektronning harakat nuqdori momenti (impuls
momenti) kvantlangan bolib quyidagi shart bilan aniqlanadi:
m
e
·
n
· r
n
= n · ħ
(7–2)
Bu yerda: m
e
– elektronning massasi; r
n
– n-orbitaning radiysiy;
n
–
elektronning shu orbitadagi tezligi; m
e
·
n
· r
n
– elektronning shu orbitadagi
inpuls momenti; n – nolga teng bo‘lmagan (no) butunsan,unga bosh kvant
soni deyiladi;
( ħ – Plank doimiysi).
Demak, Borning birinchi postulatiga ko‘ra, atomdagi elektron istalgan
orbita bo‘ylab emas, balki statsionar orbita deb ataluvchi ma’lum orbitalar
bo‘ylab harakatlanishi mumkin. Bu harakat davomida nurlanmaydi, ya’ni
energiyasi kamaymaydi. energiyasi kamaymasa, yadroga tushmaydi va atom
yo‘qolmaydi. shunday qilib, ushbu postulat rezerford modelining birinchi
kamchiligini bartaraf qiladi.
2. Chastotalar haqidagi postulat: elektron bir statsionar orbitadan
ikkinchisiga o‘tgandagina, energiyasi shu statsionar holatlardagi energiya-
larining farqiga teng bo‘lgan bitta foton chiqaradi (yoki yutadi):
hv = E
n
– E
m
,
(7–3)
bu yerda: E
n
va E
m
– mos ravishda elektronning n- va m- statsionar
orbitalardagi energiyalari.
155
agar E
n
> E
m
bo‘lsa, foton chiqariladi. Bunda, elektron katta energiyali
holatdan kichikroq energiyali holatga, ya’ni yadrodan uzoqroqda bo‘lgan
statsionar orbitadan yadroga yaqinroq bo‘lgan statsionar orbitaga o‘tadi.
agar E
n
< E
m
bo‘lsa, foton yutiladi va yuqoridagi mulohazalarga teskari
hol ro‘y beradi.
(7–2) ifodadan nurlanish ro‘y beradigan chastotalarni, ya’ni atomning
chiziqli spektrini aniqlash mumkin:
v =
. (7–4)
Borning ikkinchi postulatiga ko‘ra, elektron istalgan chastotali nurlanish
chiqarmay, chastotasi (7–4) shartni qanoatlantiruvchi nurlanishnigina
chiqarishi mumkin. shu sababli, atomning nurlanish spektri uzluksiz
bo‘lmay, uzlukli (chiziqli) ko‘rinishga ega. Demak, Borning ikkinchi postulati
rezerford modelining ikkinchi kamchiligini bartaraf qiladi.
elektron orbitasining radiusi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
r
n
= n
2
h
2
ε
0
π m
e
e
2
,
(7 –5)
bu yerda: n – elektron statsionar orbitasining (aniqrog‘i atomning statsionar
holatining) tartib raqamini ko‘rsatadi. Masalan, n = 1 deb olsak, elektronning
vodorod atomidagi birinchi statsionar orbitasi radiusining qiymatini hosil
qilamiz. Bu radiusga birinchi Bor radiusi deyiladi va atom fizikasida uzunlik
birligi sifatida foydalaniladi:
r
B
= 0,529 · 10
–10
m.
atomning istalgan energetik sathdagi energiyasi E
n
quyidagicha
aniqlanadi:
E
n
= –
.
(7–6)
Ushbu ifodadan ko‘rinib turibdiki, vodorod atomining to‘la energiyasi
manfiy bo‘lib, u elektron va protonni erkin zarralarga aylantirish uchun
qancha energiya sarflash kerakligini ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, aynan
shu energiya bu ikki zarrani bir butun atom sifatida saqlab turadi. shuning
uchun ham n = 1 holat eng turg‘un holat hisoblanib, bu holatda atom eng kam
energiyaga ega bo‘ladi va u asosiy energetik holatda deyiladi. Bu holatdagi
vodorod atomini ionlashtirish uchun eng ko‘p energiya sarflash taqozo
qilinadi. n > 1 holatlar esa g‘alayonlangan (uyg‘ongan) holatlar deyiladi
156
va ulardagi atomning energiyasi kamroq bo‘lib, bunday holatdagi atomni
ionlashtirish uchun kamroq energiya sarflanadi.
Borning ikkinchi postulatiga ko‘ra, elek tron bir energetik sathdan ikkin-
chisiga o‘tganida energiyali foton chiqariladi yoki yutiladi.
hv = E
2
– E
1
=
(7–7)
7.1-rasm.
r
3
r
2
r
1
Ze
agar elektron ikkinchi orbitadan (n
2
= 2)
birinchisiga o‘tsa ( n
1
= 1), foton chiqariladi (7.1-
rasm). Teskari holda – yutiladi. elektronni n
1
= 1
orbitadan n
2
→ ∞ ga o‘tkazish uchun, boshqacha
aytganda, elektronni atom yadrosidan ajratib olish
(atomni ionlashtirish) uchun eng katta energiya
sarflanadi. Bu energiyaning qiymati 13,6 eV ga teng
bo‘lib, vodorod atomini ionlashtirish energiyasidir.
Demak, vodorod atomining asosiy holatidagi
elektronning energiyasi –13,6 eV ga teng. Yuqorida ta’kidlaganimizdek,
energiyaning manfiyligi elektronning bog‘langan holatda ekanligini ko‘rsa-
tadi. erkin holatdagi elektronning energiyasi nolga teng deb qabul qilingan.
(7–7) ifoda yordamida chiqariladigan yoki yutiladigan fotonning
chastotasini yoki to‘lqin uzunligini aniqlash mumkin:
v =
. (7–8)
Bu Balmer formulasi bo‘lib, R =
– ridberg doimiysidir.
1. Rezerford modelining kamchiliklari nimalardan iborat edi?
2. Bor o‘z nazariyasini qanday g‘oyaga asoslanib yaratdi?
3. Statsionar holatlar haqidagi postulat nimadan iborat?
4. Borning birinchi postulati Rezerford modelining qanday kamchiligini
bartaraf qiladi?
Masala yechish namunasi
1. Vodorod atomining elektroni uchinchi orbitadan ikkinchi orbitaga
o‘tgandagi nurlanish to‘lqin uzunligi elektron ikkinchi orbitadan birinchi
orbitaga o‘tgandagi nurlanish to‘lqin uzunligidan necha marta katta?
157
B e r i l g a n:
f o r m u l a s i v a y e c h i l i s h i:
n
1
= 3,
n
2
= 2,
n
3
= 1,
R = 1,097·10
7
m
–1
.
v = R
. λ
21
=
;
λ
32
=
.
Javobi:
= 5,4.
Topish kerak:
= ?
38-
mavzu. laZEr va ularning turlari
lazer nima? lazer deb ataluvchi optik kvant generatorlarining paydo
bo‘lishi fizika fanining yangi sohasi – kvant elektronikasining ulkan
yutug‘idir. Lazer deganda, juda aniq yo‘naltirilgan kogerent yorug‘lik
nurining manbayi tushuniladi.
lazer so‘zining o‘zi inglizcha «majburiy tebranish natijasida yorug‘likning
kuchaytirilishi» so‘zlaridagi birinchi harflaridan olingan («Light
Amplification by Stimulated Emission of Radiation»).
Birinchi kvant generatorlari rus fiziklari N. Basov, A. P r o x o r o v
va amerikalik fizik Ch. Ta u n s tomonidan yaratilgan (Ushbu sohadagi
ishlari uchun 1964-yilda nobel mukofotiga sazovor bo‘lishgan). Bunday
generatorlarning ish prinsipini tushunish uchun nurlanish jarayoni bilan
batafsilroq tanishaylik.
Atomning majburiy nurlanishi. Oldingi mavzuda qayd etilganidek,
atom asosiy holatda bo‘lganida nurlanmaydi va unda cheksiz uzoq vaqt
davomida turadi. ammo atom boshqa ta’sirlar natijasida uyg‘ongan holatga
o‘tishi mumkin. Odatda, atom uyg‘ongan holatda uzoq bo‘lmay, yana qaytib,
asosiy holatga o‘tadi va bunda energetik sathlarning farqiga teng energiyali
foton chiqaradi. Bunday o‘tish o‘z-o‘zidan ro‘y bergani uchun chiqariladigan
nurlanish spontan nurlanish deyiladi va chiqarilgan nurlar kogerent bo‘lmaydi.
ammo a.eynshteynning ta’kidlashicha, bunday o‘tishlar nafaqat o‘z-o‘zidan,
158
balki majburiy ham bo‘lishi mumkin. Bunday majburiy o‘tish uyg‘ongan atom
yonidan o‘tayotgan foton ta’sirida ro‘y berishi mumkin (7.2-rasm).
Uygo‘ongan holat
Uygo‘ongan holat
a) asosiy holat
b) asosiy holat
h v
h v
h v
7.2-rasm.
natijada atom uyg‘ongan holatdan asosiy holatga o‘tishida chiqariladigan
foton, bu o‘tishni vujudga keltiradigan foton bilan bir xil bo‘ladi. Boshqacha
aytganda, har ikkala foton ham bir xil chastotaga, harakat yo‘nalishiga,
fazaga va qutblanish yo‘nalishiga ega bo‘ladi. Rus fizigi V. Fabrikant
majburiy nurlanish yordamida yorug‘likni kuchaytirish usulini taklif qildi.
Bu usulning mohiyatini tushunish uchun quyidagi misolni ko‘raylik. ayrim
moddalarning atomlarida shunday uyg‘ongan holatlar mavjudki, atomlar
bu holatlarda uzoq vaqt davomida bo‘lishlari mumkin. Bunday holatlar
metastabil holatlar deyiladi. Metastabil holatlar bilan yoqut kristali misolida
batafsil tanishaylik.
Xrom atomining uyg‘ongan holatda yashash davri juda kichik (10
–7
s)
bo‘lganligi uchun u yoki spontan ravishda (o‘z-o‘zidan) 1 asosiy holatga
o‘tishi yoki nurlanishsiz 2 holatga o‘tishi (metastabil holat) mumkin
(7.3-rasm). Bunda energiyaning ortiqcha qismi yoqut kristalining panjarasiga
beriladi. 2 holatdan 1 holatga o‘tishning tanlov qoidalariga muvofiq man
qilinganligi xrom atomlarining 2 holatda to‘planishiga olib keladi. agar
majburiy uyg‘otish juda katta bo‘lsa, 2 holatdagi atomlarning konsentratsiyasi
1 holatdagidan juda katta bo‘lib, 2 holatda elektronlarning juda zich joylashuvi
ro‘y beradi (7.4-rasm). agar yoqutga xrom atomining metastabil holati ( E
2
)
va asosiy holati ( E
1
) energiyalarining ayirmasiga teng, E
2
– E
1
= hv energiyali
birorta foton tushsa, unda ionlarning 2 holatdan 1 holatga majburiy o‘tishlari
ro‘y berib, energiyasi dastlabki fotonning energiyasiga teng bo‘lgan fotonlar
chiqariladi.
Yoqut lazeri. Yoqut kristali aluminiy oksid al
2
O
3
dan iborat bo‘lib,
al ning ba’zi atomlari o‘rnini xromning uch valentli Cr
3 +
ionlari egallagan
bo‘ladi. kuchli yoritilish natijasida xrom atomlari 1 asosiy holatdan
3 uyg‘ongan holatga majburiy ravishda o‘tkaziladi (7.3-rasm).
159
nurlanishsiz
o‘tish
M
aj
bu
riy
uy
g‘o
tis
h
sp
ont
an
o‘
tis
h
sp
ont
an
o‘
tis
h
λ =
0,
69
43
μ
m
3
1
2
7.3-rasm.
Metastabil holat
3
2
1
2
1
7.4-rasm.
7.5-rasm.
Bu jarayon ko‘chkisimon rivojlanib, fotonlarning soni keskin ortib boradi
(7.5-rasm). Bu fotonlarning nafaqat chastotalari, balki fazalari, tarqalish
yo‘nalishlari va qutblanish tekisliklari ham bir xil bo‘ladi. natijada yoqutdan
kuchaygan kogerent yorug‘lik dastasi, ya’ni lazer nuri chiqadi.
7.6-rasmda yoqut lazerini hosil qilish sxemasi ko‘rsatilgan. Yoqut tayoqcha
1 xrom atomlarining metastabil holatga o‘tishini ta’minlovchi 2 gazli
lampa bilan o‘ralgan. Yoqutning temperaturasi zarur qiymatda saqlanishini
ta’minlash maqsadida sovitish sistemasi 3 ulangan.
1
2
3
3
lazer nuri
7.6-rasm.
Boshqa lazerlarning hosil bo‘lish mexanizmi ham shunga o‘xshaydi.
lazerning turlari. kvant generatorlari kvant mexanikasi qonunlari
asosida istalgan (elektr, issiqlik, yorug‘lik, kimyoviy va h.k.) energiyani
160
kogerent yorug‘lik nuri energiyasiga aylantirib beradi. Bu ajoyib xossaga
egaligi lazer nurining juda keng qo‘llanilishiga sabab bo‘lmoqda.
lazerlar faollashtiruvchi moddalarning turlariga, ya’ni qanday energiyani
kogert yorug‘lik nuri energiyasiga aylantirishiga qarab bir nechta turlarga
bo‘linadi. Bular: qattiq lazerlar, yarim o‘tkazgichli lazerlar, gaz lazerlari,
kimyoviy lazerlar, tolali lazerlar, rentgent lazerlari va hokazolar.
Ular impuls, uzluksiz va kvaziuzluksiz rejimlarda ishlashi mumkin.
lazerning xossalari bilan tanishaylik.
Yuqori darajada kogerent, ya’ni fotonlarning fazalari bir xil.
Qat’iy monoxromatik. Dastaga kiruvchi fotonlar to‘lqin uzunliklarining
farqi 10
–11
m dan oshmaydi, ya’ni ∆λ < 10
–11
m.
Nurlanish quvvati juda katta. lazer nurida nurlanish quvvati 10
16
–10
20
W/m
2
gacha bo‘lishi mumkin. Bu juda katta qiymat hisoblanadi. Vaholanki,
Quyoshning to‘la nurlanish spektri bo‘yicha nurlanish quvvati 7 · 10
7
W/m
2
ni
tashkil qiladi.
Nurning yoyilish burchagi juda kichik. Masalan, Yerdan Oyga
yo‘naltirilgan lazer Oy sirtida 3 km diametrli joynigina yoritadi. Odatdagi
projektor nuri esa 40 000 km diametrli maydonni yoritgan bo‘lardi.
lazerning qo‘llanilishi. Qulayligi va kam energiya sarflanishi lazerning
juda qattiq materiallarni qayta ishlash va payvandlashda keng qo‘llanilishiga
imkon yaratdi. Masalan, oldin olmosdan kichkina teshikcha ochish uchun 24
soat vaqt sarflangan bo‘lsa, hozir bu ish lazer yordamida 6–8 minutda amalga
oshiriladi.
soatsozlik sanoati uchun zarur bo‘lgan yoqut va olmos toshlarda
ochiladigan diametri 1–10 mm, chuqurligi 10–100 μm bo‘lgan nozik
teshikchalar lazer yordamida hosil qilinadi.
lazer juda keng qo‘llaniladigan sohalardan yana biri – materiallarni
kesish va payvandlashdir. Bu ishlar nafaqat mikroelektronika, poligrafiya
kabi nozik sohalarda, balki mashinasozlik, avtomobilsozlik, qurilish
materiallarini ishlab chiqarishda ham bajariladi.
lazer nurlari buyumlardagi nuqsonlarni aniqlash, kimyoviy reaksiyalar
mexanizmini o‘rganish va ularni tezlashtirish, o‘ta toza materiallarni hosil
qilishda ham juda yaxshi yordamchidir. hozir lazer yordamida izotoplar,
jumladan, uran izotoplari ajratib olinmoqda.
lazer o‘lchov ishlarida ham juda keng qo‘llaniladi. Ular yordamida
uzoqdan turib ko‘chishlarni, muhitning sindirish ko‘rsatkichini, bosimni,
161
temperaturani o‘lchash mumkin. lazer nuri Yerdan Oygacha bo‘lgan
masofani aniqlashtirishga, Oy xaritasiga aniqliklar kiritishga yordam berdi.
lazer tibbiyotda ham juda keng qo‘llanilmoqda. U qon chiqarmaydigan
pichoq vazifasini bajarib, kishilarning umrini uzaytirishga, ko‘rish
qobiliyatini tiklashga xizmat qilmoqda.
lazer qo‘llanadigan istiqbolli sohalardan yana biri – yuqori temperaturali
plazma hosil qilishdir. Bu soha termoyadro sintezini lazer bilan boshqarish
yo‘lida yaxshigina imkoniyatlar ochgani sababli olimlarning diqqat markazida
turibdi.
lazerli disklar tushunchasi kompyuterda ishlovchilar va musiqasevarlar
kundalik hayotining ajralmas qismiga aylanib qoldi.
hozirgi paytda lazerning qo‘llanilish sohasi shu qadar ko‘pki, ularning
hammasiga to‘xtalib o‘tishning imkoni ham yo‘q. ammo bizning izlanuvchan
o‘quvchimiz bu ishni mustaqil amalga oshiradi, degan umiddamiz.
1. Lazer nima?
2. Spontan nurlanish deb qanday nurlanishga aytiladi?
3. Majburiy o‘tish qanday hosil qilinadi?
4. Metastabil holat deb qanday holatga aytiladi?
5. Lazerning o‘lchov ishlarida, fanda, tibbiyotda qo‘llanilishiga misol-
lar keltiring.
39-
mavzu. atoM yadrosining tarkibi.
bog‘lanish EnErgiyasi. Massa dEFEkti
Atom yadrosi. rezerford o‘z tajribalari natijasida atomning musbat
zaryadlangan yadrosi (o‘zagi) bor degan xulosaga keladi. atomning kattaligi
10
–10
m bo‘lgan bir paytda yadroning kattaligi 10
–14
–10
–15
m ni tashkil qiladi.
Boshqacha aytganda, yadro atomdan 10 000–100 000 marta kichikdir.
shu bilan birga, atom massasining qariyb 95 foizi yadroda mujassam-
lashgan. agar biror jism massasining 95 foizi u egallab turgan hajmdan
100 000 marta kichik hajmda mujassamlashganini e’tiborga olsak, barcha
moddalar, asosan, bo‘shliqdan iborat ekanligiga hayratlanishdan boshqa ilojimiz
qolmaydi. endi yadroning o‘zi qanday tuzilishga ega, degan masalani qaraylik.
Rus fizigi D. I. Ivanenko va nemis fizigi V. Geyzenberg atom yadrosi –
proton va neytronlardan tashkil topgan, degan g‘oyani olg‘a surganlar.
162
Proton (p)–vodorod atomining yadrosi, 1919-yilda rezerford va uning
xodimlari tomonidan kashf qilingan. elektronning zaryadiga teng musbat
zaryadga ega. Tinchlikdagi massasi m
p
= 1,6726 · 10
–27
kg ≈ 1836 m
e
bu yerda
m
e
– elektronning massasi. (Proton – grekcha – “birinchi”).
Neytron (n) – 1932-yilda ingliz fizigi J. Chedvik tomonidan kashf
qilingan. elektr neytral zarra. Tinchlikdagi massasi m
n
= 1,6749 · 10
-27
kg ≈ 1839 m
e
( Neytron – lotincha u ham emas, bu ham emas).
Proton va neytronlarni birgalikda nuklonlar deyishadi (lotincha nucleus –
yadro so‘zidan olingan). atom yadrosidagi nuklonlarning umumiy soni massa
soni (A) deyiladi.
atom yadrosi Ze zaryad miqdori bilan xarakterlanadi. Bu yerda:
e = 1,6 · 10
–19
C
ga teng bo‘lib protonning zaryadini xarakterlaydi. Z –
yadroning zaryad soni deyilib, u yadrodagi protonlar soniga teng va
Mendeleyev elementlar davriy sistemasida kimyoviy elementning tartib
raqami bilan mos keladi.
Yadro neytral atom qanday belgilansa, xuddi shunday belgilanadi:
,
bu yerda: X – kimyoviy elementning belgisi, Z – atomning tartib raqami
(yadrodagi protonlar soni); A – massa soni (yadrodagi nuklonlar soni).
atom elektr neytral bo‘lgani uchun ham yadrodagi protonlar soni atomdagi
elektronlar soni bilan teng bo‘ladi.
izotoplar. (Izotop – grekcha izos – teng, bir xil; topos – joy ) Tartib
raqami ( Z) bir xil, lekin massa soni (A) turlicha bo‘lgan elementlar izotoplar
deyiladi. izotoplar yadrosidagi neytronlar soni (N = A – Z) bilan farq qiladi.
izobarlar. Massa soni (A) bir xil, lekin tartib raqami ( Z) turlicha bo‘lgan
elementlar izobarlar deyiladi. izobarlar yadrosidagi protonlar soni (Z = A – N)
bilan farq qiladi.
Yadroning kattaligi. Yadroning radiusi tajriba natijasi asosida yozilgan
R = R
0
A
(7–9)
formula bilan aniqlanadi. Bu yerda: R
0
= (1,2–1,7) · 10
–15
m. shuni ta’kidlash
zarurki, atom yadrosining radiusi deganda, yadro kuchlarining ta’siri
namoyon bo‘ladigan sohaning chiziqli kattaligi tushuniladi. Yadroning hajmi
unga kiruvchi nuklonlar soni A ga bog‘liq bo‘lsa-da, barcha yadrolarda
nuklonlarning zichligi bir xil. Yadroning zichligi juda katta bo‘lib,
ρ = 2 · 10
11
kg/m
3
atrofida. Boshqacha aytganda, 1 m
3
yadro materialining
massasi 200 million tonna bo‘ladi. Bu qadar katta massa qanday qilib
bog‘lanib turar ekan?
163
Yadroni kulon kuchi ta’sirida parchalanib ketishdan saqlab turadigan
bunday tortishish kuchlari yadro kuchlari deyiladi.
Yadroning bog‘lanish energiyasi. Tekshirishlarning ko‘rsatishicha, atom
yadrosi ancha mustahkam tuzilishga ega. Demak, yadrodagi nuklonlar orasida
ma’lum bog‘lanish mavjud. Yadroni alohida nuklonlarga ajratish uchun
zarur bo‘ladigan energiya yadroning bog‘lanish energiyasi deyiladi.
Yadroning bog‘lanish energiyasi uning barqarorligi o‘lchovidir. energiyaning
saqlanish qonuniga ko‘ra, yadroni parchalash uchun qancha energiya sarflansa,
yadro hosil bo‘lganda ham shuncha energiya ajralib chiqadi.
Xo‘sh, bu energiya nimaga teng va u qanday vujudga keladi?
Massa defekti. Yadro massasini mass-spektrometrlar deb ataluvchi
asbob yordamida katta aniqlikda o‘lchash mumkin. Bunday o‘lchashlarning
ko‘rsatishicha, yadroning massasi uning tarkibiga kiruvchi nuklonlar
massalarining yig‘indisidan kichik ekan. Boshqacha aytganda, nuklonlardan
yadro hosil bo‘lishida
∆ m = [ Z · m
p
+ ( A – Z) m
n
] – m
ya
(7–10)
ga teng massa yetishmovchiligi vujudga keladi. Bu yerda: m
p
, m
n
, m
ya
– mos
ravishda proton, neytron va yadroning massalari. Massaning yetishmagan
bu qismi massa defekti deyiladi. Bizga ma’lumki, massaning har qanday Δ m
o‘zgarishiga energiyaning Δ mc
2
o‘zgarishi mos keladi. aynan shu energiya
yadroni bir butun tutib turadi va bog‘lanish energiyasiga teng:
E
bog‘
= Δ mc
2
= [ Z · m
p
+ ( A – Z) m
n
– m
ya
] c
2
.
(7–11)
Tabiiyki, turli yadrolar uchun bog‘lanish energiyasi ham turlicha. Ularni
taqqoslab, qaysilari barqaror, qaysilari esa beqarorroq ekanligini qanday
aniqlashimiz mumkin? Buni aniqlashning yagona yo‘li har bir nuklonga
to‘g‘ri keluvchi bog‘lanish energiyasini solishtirishdir.
Solishtirma bog‘lanish energiyasi E
sol
deb, har bir nuklonga to‘g‘ri
keluvchi bog‘lanish energiyasiga aytiladi, ya’ni:
E
sol
=
E
bog‘
A
, (7–12)
bu yerda: A – yadrodagi nuklonlar soni.
7.7-rasmda solishtirma bog‘lanish energiyasi E
sol
ning massa soni A ga bog‘liqlik
grafigi keltirilgan. Ko‘rinib turibdiki, E
sol
ning turli yadrolar uchun qiymatlari
ham turlichadir. Mendeleyev elementlar davriy sistemasining o‘rtasida joylashgan
164
elementlarning yadrolari ancha barqaror. Bunday yadrolar uchun bog‘lanish
energiyasi 8,7 MeV ga yaqin. Yadrodagi nuklonlarning soni ortishi bilan
bog‘lanish energiyasi kamaya boradi. Davriy sistemaning oxiridagi elementlar
(masalan, uran uchun) u 7,6 MeV atrofida bo‘ladi. Bunga sabab – yadrodagi
protonlarning soni ortishi bilan ular orasidagi itarishish kuchining ortishidir.
7.7-rasm.
Elektronning atomga bog‘lanish energiyasi 10 eV atrofida bo‘ladi. Demak,
nuklonning yadroga bog‘lanish energiyasi, elektronning atomga bog‘lanish
energiyasidan million marta katta ekan.
Xuddi shuningdek, yengil yadrolar uchun ham solishtirma bog‘lanish
energiyasi ancha kichik. Deyteriy uchun u bor-yo‘g‘i 1,1 MeV ni tashkil qiladi.
shuning uchun ham yadro energiyasini ajratib olishning ikki xil usuli
va demak, yadro energetikasining ham ikki xil yo‘nalishi mavjud. Bulardan
birinchisi, yengil yadrolarni sintez qilish bo‘lsa, ikkinchisi, og‘ir yadrolarning
parchalanishidir.
1. Atom yadrosining massa soni nimani ko‘rsatadi?
2. Yadroning bog‘lanish energiyasi deb qanday energiyaga aytiladi?
3. Massa defekti nima?
4. Atom massasining qancha qismi yadroda mujassamlangan?
5. Yadroning zaryad soni deganda nimani tushunamiz?
Dostları ilə paylaş: |