159
jamoani sport seksiyasini, tirik burchakni boshqarish vazifasini ishonib, topshirish
natijasida salbiy fe‘l-atvorlarini kamaytirish mumkin. Ularni o‗zlari
qiziqqan
to‗garaklarga jalb qilish orqali o‗qishga salbiy munosabatlari asta-sekin yo‗qotib
boriladi.
Tarbiyasi qiyin o‗smir o‗quvchilarni qayta tarbiyalash uchun quyidagilarga
e‘tibor berish kerak. Tarbiyasi qiyin o‗smir o‗quvchilarni keltirib chiqaruvchi
sabablar majmuasi quyidagilardan iborat:
I. Shaxsning biologik nuqsonlari:
a) sezgi organlarining kamchiliklari;
b) o‗qishga salbiy ta‘sir etuvchi oliy nerv faoliyati va temperament
xususiyatlarining mavjudligi;
c) psixopatologik ojizliklar.
II. Shaxsning psixik kamolotidagi kamchiliklar:
a) aqlning bo‗sh o‗sganligi;
b)
irodaning zaifligi;
c) shaxsda hissiyotning kam rivojlangani;
d) zarur ehtiyoj va bilishga qiziqishlar mavjud emasligi;
e) o‗smirdagi intilish, bilan imkoniyatlarning nomutanosibligi.
Dostları ilə paylaş: